2022-6

Maqolalar

12-15 453 Jan 16, 2023 2:26:29 PM
Annotatsiya

Ushbu maqolada gender g‘oyasi, ayollar muammosi, gender tizimi, gender ta’limoti, ijtimoiy muammo, gender o‘lchovi, oila, ta’lim, din, madaniyat, differentsiatsiya, jamiyatda xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini shakllantirish, talaba- qizlarning jamiyatdagi siyosiy-ijtimoiy ishtiroki bayon etilgan.Gender yondashuv asosida talaba-qizlarning ijtimoiy faolligini rivojlantirishning  pedagogik o‘ziga xosliklari yoritib berilgan.

#gender #tadqiqot #ijtimoiy-madaniy #feminist #differentsiatsiya #oliy ta`lim #gender tadqiqotlariga #ilmiy oqim

12-16 519 Jan 16, 2023 2:34:19 PM
Annotatsiya

Ushbu maqolaning dolzarbligi ta’lim jarayoniga onlayn kurslarning joriy etilishi bilan bog‘liq. Maqolaning ustuvor maqsadi onlayn ta’limning ijobiy va zaif tomonlarini aniqlashdir. O‘zbekiston sharoitida onlayn ta’limni ahamiyati va dolzarligi tahlil qilinadi. Sharoitda kelib chiqib, hamma narsani hisobga olish kerak, talaba onlayn o‘qiganda vijdonan va sidqidildan yondashmog‘i darkor. Undan tashqari texnik imkoniyatlarni ham albatta hisobga olish  shart. Har narsani yaxshi va yomon tomoni bo‘lgani kabi, onlayn ta’limda ham shunday muammolar mavjud.

#ta’lim jarayoni #onlayn ta’lim #onlayn kurslar #vizual dizayni #zaif tomonlari #virtual maydon

17-20 464 Jan 16, 2023 2:39:20 PM
Annotatsiya

Ushbu maqolada kimyoni o‘qitishda innovatsion texnologiyalarning o‘rni haqida so‘z boradi. Muallif pedagogik ma’lumotlarga tayanib, mavjud ilmiy adabiyotlar asosida muammoni tahlil qilgan va kimyo fanini o‘qitishda innovatsion texnologiyalarning o‘rni mavjud o‘ziga xos jihatlarini o‘rgangan. Kimyo fanini o‘qitishda samaradorlikni oshirish maqsadida innovatsion texnologiyalardan foydalanishni asoslash maqolaning maqsadi hisoblanadi.Maqolani tayyorlashda qiyoslash, tahlil qilish metodlaridan unumli va maqsadli foydalanildi.

#kimyo #pedagogik ta’lim #innovatsion texnologiya #ijtimoiy-madaniy muhit #intellektuallik

27-31 571 Jan 16, 2023 3:35:42 PM
Annotatsiya

Maqolada zamonaviy pedagogic nazorat tarkibiga kiruvchi portfolioni maqsadi, vazifasi va ta’lim tizimidagi o‘rni atroflicha muhokama etilgan, Asosiy e’tibor portfolioning ta’limda rivojlantiruvchi rolini o‘ynashini ochib berishga qaratilgan.
 

#portfolio #portfel #motivatsiya #ko‘nikma #malaka #talim #daraja #bilimning miqdori

38-42 403 Jan 16, 2023 3:39:52 PM
Annotatsiya

Maqolada Oliy taʼlim muassasalari talabalari orasida mutolaa madaniyatini shakllantirishdagi mavjud muammolar tahlil qilingan. OTMdagi axborot-resurs markazlarining talabalarga xizma ko‘rsatishidagi va mutolaa madaniyatining ayrim muammolari atiroflicha oʻrganilib, ularning yechimlariga oid taklif va tavsiyalar bildirilgan. OTMda talabalarning faqat kutubxon talaba sifatida emas, balkim kitob mutolaachisi va ilmiy-tadqiqotchi etib tarbiyalash ishlarini amalga oshirish samaradorligini yanada takomillashtirish zarurligi taʼkidlangan.

#raqamlashtirish #mutolaa madaniyati #maʼnaviy-maʼrifiy jarayon #axborot-resurs markazlari #kutubxona #oliy taʼlim muassasasi

37-43 379 Jan 16, 2023 3:46:00 PM
Annotatsiya

Ushbu maqoladao‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda badiiy adabiyotning ahamiyati yoritiladi, samarali metodlar, rivojlantiruvchi texnologiyalar asoslanadi, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda mustaqil ta’limni tashkil etish metodikasi takomillashtiriladi, amaliy –metodik tavsiyalar ishlab chiqiladi, o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalanganlik darajasini baholovchi mezonlar asoslanadi, o‘quvchi yoshlar tafakkurida o‘zlikni anglash, tarixiy xotiraga sadoqat tuyg‘usini shakllantirish, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, millatimizga xos bo‘lgan iymon-e’tiqod, insof- diyonat, halollik, mehr-oqibat sharmu-hayo kabi fazilatlarni yanada yuksaltirishga muhabbat tuyg‘usi rivojlantirishga erishish imkoniyatlari aniqlanadi, o‘quvchilarning pedagogik-psixologik xususiyatlari, ularda muayyan idealni tanlashga bo‘lgan ehtiyojning kuchayishni anglatadi, o‘quvchilar qalbida vatanparvarlik ruhini qaror topishida, badiiy qahramonlar kabi fazilat sohibi bo‘lganlarning hayotiy ideal sifatida tanlanishiga erishiladi. Badiiy obrazlar o‘quvchilarda badiiy-estetik ehtiyojlarning shakllanishiga, badiiy-estetik did va badiiy qobiliyatlarning rivojlanishiga xizmat qilinadi.

#obraz #fidoyilik #badiiy adabiyot #badiiy obraz #ijobiy qahramon #oila va maktab hamkorligi

44-48 348 Jan 16, 2023 3:50:13 PM
Annotatsiya

Ushbu maqolada san’at diskursidagi vizual tushunchaning lingvo-kognitiv tahlili amalga oshirilgan. Diskursda ifodalangan yoki tasvirlangan san’at asari qandaydir “ritm va ohangga ega bo‘lishi”, insonga nimanidir “anglatishga intilishi”, nimadir “ko‘rsatishi”, insonda qandaydir “hislar uyg‘otishi” va ularni “o‘zida aks ettirishi” mumkinligi hamda san’at asarida tasvirlangan “sahnalar” bizga nimanidir so‘zlab berishi, boshqalari his-tuyg‘ularni “namoyon etishga” yordam berishi aniqlangan.
 

#san’at #nutq #diskurs #inson #tasvir #konsept #til #kontekst #verbalizatsiya #rassom #his-tuyg‘ular #nafislik

49-54 365 Jan 16, 2023 3:57:01 PM
Annotatsiya

Inson kapitalini rivojlantirishni, turmush tarzini yaxshilash ko‘p omillarga bog‘liqligi borasida qadimda ham va hozirda ham oziq-ovqat bilan ta’minlash dolzarbligi, insonlarni oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanish darajasining ilmiy metodik tadqiqoti tahlil qilingani inson kapitali reytingi aniqlanadi.

#inson kapitali #metod #valyuta #reyting #indeks #inson xarid qobilyati

55-58 359 Jan 16, 2023 4:09:13 PM
Annotatsiya

Maqolada  biznesni o‘ziga hos inson faoliyatining  bir turi bo‘lib, uning shaxsiy ehtiyojlarini qondirishga qaratilganligi ochib beruvchi biznes falsafasidagi qarashlar tizimi haqida mualliflik qarashlari taqdim qilingan. Muallif oliy ta’lim muassasalarida “Biznes falsafasi” kursini o‘rganish kerakligi haqida vaziyatni asoslab berishga xarakat qildi.

#tadbirkorlik #tadbirkorlik madaniyati #tadbirkorlik qadriyatlari #biznes falsafasi

63-66 1950 Jan 16, 2023 4:16:33 PM
Annotatsiya

Ushbu maqolada nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish katta va ko‘pgina omillarga bog‘liq masala ekanligi yoritilgan. Shu bois, jamiyatning bir bo‘lagi bo‘lgan maxsus yordamga muhtoj bolalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularga ta’lim berish, ularning sog‘lom bolalar qatoridan o‘rin olib o‘z qobiliyati, imkoniyatlarini ko‘rsata olishi inklyuziv ta’lim orqali ochib berilgan. O‘zbekiston Respublikasida inklyuziv ta’limni rivojlantirishi, alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalarga ta’lim va tarbiya berish tizimini takomillashtirish maqsadida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning ta’lim olishini ta’minlash normativ- huquqiy hujjatlar asosida tahlil qilingan.

#imkoniyati cheklangan #inson huquqlari #inklyuziv ta’lim #Nogironligi bo‘lgan shaxs #ta’lim huquqi #tibbiy-ijtimoiy ekspertiza

67-69 311 Jan 16, 2023 4:29:48 PM
Annotatsiya

Mazkur maqolada jamiyatdagi yangi ma’naviy makonni yaratilishi davr nuqtai nazardan ijtimoiy-falsafiy tadqiqotlarni amalga oshirish muhim ekanligi tadqiq etilgan. Shuning uchun ma’rifatli jamiyat shakllanishi jadidchilik harakati, ma'rifatparvarlar merosini o‘rganishimizni takomillashtirish zarurati ochib berilgan. Jadidchilik harakati ma'rifatparvar g’oyalari shaxs ma’rifatli jamiyat qurishni asosi ekanligi o‘rganilgan.

#ma’naviyat #jamiyat #ma’rifat #jadidlar #inson sensualistik qarashlari #ma’rifatli jamiyat #ma’naviy o‘zgarishlar

73-78 527 Jan 16, 2023 5:00:03 PM
Annotatsiya

Maqolada Amir Temur va temuriylar davrida Xorazm shaharlari mudofaa inshootlarining holati tadqiq etilgan. Xorazmdagi shaharlaring mudofaa inshootlari harbiy salohiyati ushbu davrda bo‘lib o‘tgan siyosiy va harbiy jarayonlar bayoniga bag‘ishlangan yozma manbalar orqali yoritib berilgan.

#Amir Temur #Yusuf So‘fi #Amir Ibrohim #Amir Mustafo #Chin Sufi #Hiva #Urgench #Vazir #Hazorasp #Kot

79-88 658 Jan 16, 2023 5:08:11 PM
Annotatsiya

Maqolada XII–XIII asrlarga oid «as-Sila fi tarix a’immat al-Andalus», «Bugat al-multamis fi tarix rijol ahl al- Andalus», «Kitob al-Takmila li kitob al-sila», «Nuzhat al-mushtoq fi-ihtiroq al-afoq», «al-Maso‘il al-Siqilliyya» nomli arab tilidagi asarlar tahlilga tortilgan. Mazkur asarlar yevropalik manbashunoslar tomonidan tarixiy, bio-bibliografik va geografik manbalar sifatida tadqiq etilgan bo‘lsa-da, ularga hozirga qadar o‘rta asr Yevropa tarjima markazlari tarixiga oid ma’lumot berishi mumkin bo‘lgan manbalar sifatida qaralmagan. Muallif tomonidan mazkur asarlarda keltirilgan XII–XIII asrlardagi tarjimachilik ishlariga oid ma’lumotlar aniqlanib, ular lotin tilli manbalardagi ma’lumotlar bilan qiyosiy tahlil qilingan. Qiyosiy tahlil natijilarishuki, arab va lotin manbalaridagi ma’lumotlar bir-birini o‘zaro tasdiqlaydi hamda ayrim hollarda yuqoridagi asarlar lotin tilidagi manbalarda mavjud mavhumlik va chalkashliklarga oydinlik kiritib, ularni to‘ldiradi.

#tarjima tarixi #O‘rta asrlar #Yevropa #Ispaniya #tarjima markazlari #lotin tilli manbalar #Sitsiliya #arab tilidagi manbalar #Ibn Bashkuvol #al-Dabbiy #Ibn Abbor #al-Idrisiy #Ibn Sabin

89-93 348 Jan 16, 2023 5:12:43 PM
Annotatsiya

Mazkur maqolada XIX-XX asr boshlarida Farg‘ona vodiysi anʼanaviy dehqonchilik madaniyatini anʼanalarining ijtimoiy iqtisodiy hayotga taʼsiri, qishloq xo‘jaligi turlarining rivojlanishi bilan ijtimoiy-madaniy munosabatlarning ham o‘zgarib borishi tahlil qilingan. Shuningdek, vodiyning shimoli-sharqiy hududlarida sug‘oriladigan yerlarning asosiy qismiga paxta ekila boshlangandan so‘ng qipchoqlar vodiyning boshqa etnik jamoalari kabi o‘z ekin maydonlarini dehqonchilik vohalari atrofidagi hali o‘zlashtirilmay yotgan yerlar hisobiga kengayib borishi haqidagi mulohazalar ilmiy asoslangan.
 

#qishloq xo‘jaligi #chorvachilik #dehqonchilik #sholi yetishtirish #xo‘jalik xususiyatlari #vodiy

98-102 366 Jan 16, 2023 5:18:26 PM
Annotatsiya

Maqolaning maqsadi profilaktika inspektorlarining jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini ta’minlashda asosiy vazifalari va funksiyalari nimalardan iborat ekanligi, ularning bugungi kundagi bajarilish holatini, ilmiy asosda tahlil etishdan iborat. Shuningdek, maqolada O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari faoliyati tubdan takomillashga doir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror va farmonlari viloyat, tuman, shahar ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlari tomonidan tashkil etilgan ishlar atroflicha o‘rganilib metodologik tahlil etilgan. Bundan tashqari profilaktika inspektorlarining jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini ta’minlashda asosiy vazifalari va funksiyalarining amaldagi natijalari ijobiy ekanligi, respublikada olib borilayotgan jinoyatchilikka qarshi kurashish siyosatida huquqbuzarliklar profilaktikasining o‘rni va roli sezilarli darajada oshganligi,  huquqni muhofaza qiluvchi organlarning faoliyat mazmuni butunlay o‘zgarganligi kabi xulosaga kelingan.

#mahalla #erkinlik #tuman #qonun #shahar #huquqbuzarlik #fuqaro #huquq #ichki ishlar #jinoyatchilik

103-106 309 Jan 16, 2023 5:22:52 PM
Annotatsiya

Основная цель исследования заключается в историческом процессе деятельности молодёжных организаций в сфере занятости и трудоустройства молодёжи на территории Зарафшанского оазиса. Использован источниковедческий, структурно-функциональный, сравнительно-исторический метод. Изучение проблемы проведено согласно хронологической последовательности, сравнительного анализа и регионального подхода. В частности сопоставлены Самаркандская, Бухарская и Навоийская области, где молодёжные организации как «Союз молодёжи Узбекистана», Агентство по делам молодёжи, работают на основании планов мероприятий связанные с занятостью молодых людей. Исходя из полученных результатов, в статье рассмотрена историческая роль и нормативно-правовые основы молодёжных организаций. Социальная значимость проводимых мероприятий молодёжными организациями на примере Зарафшанского оазиса. Сущность законов направленных, на всестороннее развитие молодого поколения Узбекистана в сфере занятости. Отмечены предпринятые решения правительства относительно молодёжи по совершенствованию законотворчества за последние пять лет. В заключение исследования проблемы относительно деятельности молодёжных организаций, выявлен исторический опыт по организации трудоустройства молодёжи на примере Зарафшанского оазиса.

#молодежь #трудоустройство #занятость #законодательство #преимущество #молодежные организации

103-107 312 Jan 16, 2023 6:07:14 PM
Annotatsiya

Maqolada tarixiy manbalar va adabiyotlarga asoslangan holda Farg‘ona vodiysiga arablarning dastlabki yurishlari to‘g‘risida fikr yuritiladi. Jumladan, Umayr ibn Usmon, ar-Rabi al-Horisiy, Salm ibn Ziyod, Solih ibn Muslim va Nasr ibn Sayyor tomonidan turli yillarda Farg‘ona hamda Xo‘jandga amalga oshirilgan harbiy yurishlar to‘g‘risida ma’lumot beriladi.
Ushbu yurishlardan ko‘zlangan maqsadlar va ularni keltirib chiqargan sabablar ham maqoladan o‘rin olgan.

#Yazdigard III #Koson #Farg‘ona #Feruz #Nars #Arab xalifaligi #Qutayba #Solih #Nasr ibn Sayyor #Turk xoqonligi

108-114 392 Jan 16, 2023 6:12:20 PM
Annotatsiya

Ushbu maqolada arxeologiya merosi obʼektlarini konservatsiya qilish muammolari haqida so‘z yuritiladi. Unda hozirgi kunga qadar mamlakatimizda amalga oshirilgan arxeologiya merosi obʼektlarini konservatsiyalash jarayoni va ular bilan bog‘liq yutuq va kamchiliklarni ko‘rsatib berishga harakat qilingan.
Birinchi navbatda aholi o‘rtasida madaniy meros obʼektlariga bo‘lgan munosabatni o‘rganish uchun Polьshada o‘tkazilgan so‘rovlar tahlil qilingan. Аyniqsa, arxeologiya merosi obʼektlarining aholi o‘rtasida xabardorlik darajasi rivojlangan davlatlar bo‘lgan Yevropa mamlakatlarida ham juda past ekanligi, bizda esa undan ham yomon holatda ekanligi ko‘rsatilgan.
Keyingi yillarda O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish jadallik bilan amalga oshirilishi fonida arxeologiya merosi obʼektlarini ham ularni muhofaza qilish va saqlash bilan birgalikda konservatsiya qilish va muzeylashtirilgan holda namoyish obʼektlariga aylantirish uchun hukumatimiz tomonidan bir qancha qabul qilingan qarorlar asosida amalga oshiriligi rejalashtirilgan ishlarga eʼtibor qaratilgan.
Аrxeologiya merosi obʼektlarini konservatsiyalash bo‘yicha mustaqillik yillarida bir necha ishlar qilingan bo‘lib, ular turli yillarda amalga oshirilganligi va turli xil uslublarda amalga oshirilganligi ko‘rib chiqiladi. Аfrosiyob devorlari, Fayoztepa, Oqsaroy, Samarqanddagi qadimiy hammom, Shahrisabz hammomi, Mingo‘rik va Аxsikent kabi arxeologiya merosi obʼektlarining konservatsiya qilinishi hamda uslublari tahlil qilingan.

#tadqiqot #madaniy meros #konservatsiya #arxeologiya turizmi #muhofaza qilish #arxeologiya merosi obʼekti #so‘rov

21-26 358 Jan 18, 2023 6:49:30 PM
Annotatsiya

Maktab boshqaruvining sifati maktab boshqaruvining xususiyatlari yig‘indisi sifatida tushuniladi, buning natijasida u belgilangan ta’lim maqsadlariga erishishga, ma'lum talablarga javob berishga va pirovardida, maktab faoliyatini rivojlantirishga olib keladi. Maktab faoliyatini rivojlantirish maktab rahbarlarining qanchalik zamonaviy rahbar kompetensiyalarini egallaganligi bilan izohlanadi. Ushbu maqolada xozirgi maktab rahbarlari egallashi lozim bo‘lgan zamonaviy kompetensiyalar tahlil qilingan.

#kompetensiya #malaka #maktab direktori #pedagogik jamoa

32-36 379 Jan 18, 2023 6:54:56 PM
Annotatsiya

Mazkur maqolada mutolaa madaniyati orqali yoshlarni ma’nan yetuk shaxslar etib tarbiyalash zaruriyati yuzasidan fikr-mulohozalar yuritiladi. Mutolaa madaniyati orqali taʼlim-tarbiyaning samaradorligiga erishish mumkin. Shu bilan birga mutolaa madaniyatining ayrim muammolariga ham to‘xtalib o‘tilgan. Shu nuqtaiy nazardan mutola madaniyatini yoshlar orasida targ‘ib etish yuzasidan taklif va tavsiyalar berilgan.

#tafakkur #kitob #mutolaa madaniyati #taʼlim-tarbiya #kitobxonlik

59-62 704 Jan 18, 2023 7:03:17 PM
Annotatsiya

Fanlararo yondashuv ilmiy bilishda olamning bir butun manzarasini berish uchun zarur bo‘lgan yangi paradigmani shakllantirishga asoslangan bo‘lib, fan taraqqiyotida muhim metodologik ahamiyatga ega. Fanlararo yondashuv rivoji zamonaviy fanda shu vaqtgacha erishilgan bilimlarni sistemalashtirish, ularni bir biri bilan bog‘lash, muayyan shaklga solish, amaliyotga tadbiq etish, nazorat qilish kabilar bilan belgilanadi. Ushbu maqolada fanlararo yondashuv yo‘nalishlarining o‘ziga xos xususiyati falsafiy tahlil etiladi.

#fan #yondashuv #yo‘nalish #fanlararo yondashuv #dissiplinar yondashuv #multidissiplinar yondashuv

70-72 837 Jan 18, 2023 7:08:26 PM
Annotatsiya

Mazkur maqolada bugungi kunda butun dunyo miqyosida deyarli barcha soha vakillari tomonidan eng ko‘p o‘rganilayotgan kreativlik tushunchasi va tuzilishi, uning shakllanishi va rivojlanishiga tas’sir ko‘rsatuvchi omillar, kreativlikning jamiyat hayotida tutgan o‘rni, ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarni kreativ fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish zaruriyati hamda tashabbuskorlik hususiyatlariga ega bo‘lgan barkamol avlodni tarbiyalashdagi ahamiyati haqida so‘z yuritiladi. Shaxsda kreativ fikrlashning shakllanishi va rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar falsafiy, psixologik, sotsiologik nuqtai nazardan yondashilgan bo‘lib, mazkur sohada faoliyat ko‘rsatgan yetuk olimlarning va nufuzli xalqaro tashkilotlarning tajribalari va ilmiy izlanishlari natijalarida erishilgan xulosalariga tayaniladi. Shuningdek, ushbu maqolada kreativlik va kreativ fikrlash tushunchalari xorijiy va mahalliy manbalarga tayangan holda atroflicha tahlil qilingan.

#yoshlar #tafakkur #PISA #kreativlik #kreativ fikrlash #konvergent tafakkur #divergent tafakkur

115-118 363 Jan 18, 2023 7:18:30 PM
Annotatsiya

Maqolada tarixiy manbalar va adabiyotlarga asoslangan holda Farg‘ona vodiysining ilk o‘rta asrlardagi ijtimoiy-siyosiy hayotida ayollarning o‘rni va mavqei tarixi yoritilgan. SHuningdek, VII asrning 40-yillaridagi Farg‘ona davlati malikalari, arablar bosqini davridagi siyosiy jarayonlarda ayollarning ta’siri yoritilgan.

#Farg‘ona #Arab xalifaligi #Nasr ibn Sayyor #Ashina shuni #To‘n Baxodur #Kibi #Alyaotsen #Xumin #Malika xotun #Syuanь Tszyan

119-122 290 Jan 18, 2023 7:23:00 PM
Annotatsiya

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida harbiy sohani rivojlantirishning yangi bosqichi haqida so‘z boradi. Muallif harbiy ma’lumotlar hamda yozma manbalarga tayanib, mavjud ilmiy-ta’limiy adabiyotlar asosida muammoga aniqliklar kiritgan va O‘zbekiston Respublikasida harbiy sohani rivojlantirishning yangi bosqichi bo‘yicha mavjud o‘ziga xos jihatlarini o‘rgangan. Maqolada O‘zbekiston Respublikasida harbiy sohani rivojlantirish bo‘yicha amalga oshhirilayotgan ishlarni o‘rganish maqsad qilib qo‘yilgan. Maqolani tayyorlashda qiyoslash, tahlil qilish metodlaridan unumli foydalanildi.

#O‘zbekiston #harbiy tizim #harbiy kadrlar #mutahassislar

123-126 275 Jan 18, 2023 7:43:34 PM
Annotatsiya

Ushbu maqolada, tarixnavis adib, yirik so‘z san’atkori va adabiyotshunos olim Sadriddin Ayniyning hayot yo‘li, ilmiy-adabiy merosi shoir, tarjimon, tarixshunos, manbashunos, sharqshunos, romannavis,  olim sifatidagi ilmiy-ijodiy faoliyati, publisistik ijodi, uning zamondoshlari va yaqin qalam ahllari tomonidan Sadriddin Ayniyning ilmiy-ijodiy faoliyati, ilmiy merosiga, jadidchilik va taraqqiyparvarlik faoliyatiga o‘z asarlarida, u haqdagi fikr-mulohazalarini va xotiralari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek, “Buxoro mang‘it amirlari tarixi”, “Buxoro inqilobi tarixi uchun materiallar”, “Tojik adabiyotidan namunalar”, “Esdaliklar” kabi asarlarining mazmun-mohiyati, uning ushbu asarlarida Buxoro va Turkiston tarixi bo‘yicha tilga olingan muhim tarixiy, ijtimoiy-madaniy masalalar ilmiy jihatdan tahlil etilgan.

#shoir #yozuvchi #darslik #ma’rifatparvar #jadid #matbuot #qo‘llanma #Oyina #Inqilob #Mehnatkashlar tovushi #Zarafshon #Hurriyat #Inqilob shu’lasi #sharqshunos olim #publisist #jurnalist #mohir pedagog

127-139 364 Jan 18, 2023 7:53:01 PM
Annotatsiya

Объектом комплексного палеогеографического исследования являются пространство и время, которые отдельно в природе не встречаются. В связи с этим изучение палеогеографических условий и временных этапов в истории развития древнейшей материальной и духовной культуры человечества, в единстве с историей развития природы, в зоне вновь открытого комплекса памятников – Ханабад основано на междисциплинарных методах исследования общественных и ряда естественных научных направлений. Основной целью статьи является публикация предварительных результатов по изучению истоков возникновения древнейших культур человечества, и дальнейшего их формирования в генетической последовательности в зоне северных склонов Высокой Азии и Ферганского региона на основе вновь открытого опорного комплекса объектов истории природы и общества – Ханабад.

#археологические памятники #каменный век #тектоника #материальная и духовная культура #Ферганский регион #Ханабад #палеогеография #хроностратиграфия #ландшафтная зона #Высокая Азия

140-144 392 Jan 18, 2023 7:58:09 PM
Annotatsiya

В статье анализируется динамика этнического состава населения сел Ферганской долины в годы царской России и советского тоталитаризма на основе исторических источников, архивных документов и результатов переписи населения. Он основан на материалах переписей и устных рассказов, проведенных в 1897, 1920, 1926, 1937, 1939, 1959, 1970, 1979 и 1989 годах, в том числе в период царской России и советского тоталитаризма. В частности, в статье анализируется расселение европейцев: крымских татар, русских, немцев, корейцев и др., наряду с местным населением узбеков, таджиков, кыргызов, казахов, каракалпаков и уйгуров, и их этнодинамика.

#узбеки #советский период #Ферганская долина #казахи #каракалпаки #царская Россия #национальный состав населения #динамика этнического состава #таджики #киргизы #уйгуры

145-147 470 Jan 18, 2023 8:03:19 PM
Annotatsiya

Ushbu maqolada O‘zbekiston shaharlari antropologiyasiga oid ayrim tadqiqotlar tahlil qilingan. Unda tadqiqotchilar tomonidan qo‘llaniladigan tadqiqot usullari, muammoga turlicha yondashuvlar va ularning maqsadlari atroflicha bayon etilgan. Shuningdek, shahar muammosini etnologik tadqiq qilishda fanlararo yondashuvning ahamiyati turli sohaga doir adabiyotlarning tahlili orqali ko‘rsatib berilgan.

#tarixshunoslik #adaptatsiya #Toshkent #shahar madaniyati #shahar antropologiyasi #polietnik muhit #multimadaniyat #shahar jamiyati #shahar etnografiyasi #kundalik hayot #eski shahar

148-154 315 Jan 18, 2023 8:14:01 PM
Annotatsiya

Ushbu maqolada Farg‘ona vodiysi aholisi dunyoqarashida jonivorlarga nisbatan dunyoqarashning ijobiy va salbiy jijatlari shakllanishining tarixiy ildizlari va etnoijtimoiy omillari yoritilgan. Hususan, vodiy aholisi turmush tarzining asosini tashkil etuvchi uy hayvonlari bilan bog‘liq tasavvurlarining hozirgi kundagi holati, uning asoslari hamda dunyoqarashdagi o‘ziga xosliklari ochib berilgan. Shu bilan birgalikda eng qadimiy diniy dunyoqarashlardan to islom diniy asoslarigacha bo‘lgan tasavvurlarning o‘zaro qorishuvi va uyg‘unlashuvi ko‘rsatib berilgan. Bundan tashqari chorvachilik va dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi aholi vakillari turmush tarzida hayvonot olamiga nisbatan shakllangan dunyoqarashning aks etishi tahlil qilingan. Shu kabi turli ishonch elementlari haligacha saqlanib kelishi sabablari, ularning o‘zaro bog‘liqligi va farqli jihatlari solishtirilgan.

Maqolada shuningdek o‘zbek oilasida farzand tarbiyasidagi hayvonot olami bilan bog‘liq tasavvurlarning ayrim qoldiqlari yoritilgan bo‘lib, muallif ushbu materiallarni dala tadqiqoti jarayonida to‘plashga erishgan hamda tahlil etgan. Asrlar davomida yig‘ilgan xalq bilimlarining dunyoqarashdagi ifodalanishi hamda lokal hususiyatlari ajratib berilgan. Farg‘ona vodiysing uch xil jug‘rofiy muhitga ega qismlarida istiqomat qiluvchi aholi dunyoqarashidagi hayvonot olami bilan bog‘liq tasavvurlar solishtirilgan.

#Avesto #Teshiktosh #Takatosh #Qorong‘usoy #Qarnob #Zarautsoy #Sarmishsoy #Aravon #Varaxran

155-160 345 Jan 18, 2023 8:21:23 PM
Annotatsiya

Turkiston, Afg‘oniston va Ozarbayjon xalqlari qadimdan til, din, madaniyat va qadriyatlar jihatdan bir-birlari bilan juda yaqin bo‘lganlar. Millatimiz oydinlari XX asr boshlarida bu ikki mamlakatning hur fikrli, taraqqiyparvar va millatparvar ziyolilari bilan madaniy-maʼrifiy aloqalarni yo‘lga qo‘ydilar. Ushbu maqolada Turkiston jadidlarining Afg‘oniston va Ozarbayjon taraqqiyparvarlari bilan matbuot ishlarini tashkil etish, teatr faoliyatni yo‘lga qo‘yish hamda rivojlantirish borasida hamkorliklari masalalalari tahlil qilinadi. Tarixiylik tamoyili, tizimlilik, qiyosiy tahlil usullaridan foydalanilgan.

Turkiston jadidlarining Afg‘oniston va Ozarbayjon taraqqiyparvarlari bilan adabiyot, matbuot, teatr sohasidagi hamkorliklari yo‘lga qo‘yilgan. Turkiston jadidlaridan Sharifjon So‘fizoda, Abdurauf Fitrat, Sadriddin Ayniy, Zuhriddin Fathiddinzodalarning ta’lim-tarbiya, maorif, milliy ozodlik g‘oyalarini targ‘ib qilishga bag‘ishlangan maqolalari Afg‘onistondagi “Siroj ul axbor afg‘oniya” gazetasida nashr qilingan bo‘lsa, afg‘on ma’rifatparvarlarining maqolalari “Samarqand” gazetasida chop etilgan. Ozarbayjon-o‘zbek oydinlari xalqqa ilmiy rivojlanish va ozodlik uchun kurash g‘oyalarini teatr orqali yetkazish yo‘lida birlashdilar. 

Ushbu davlatlar taraqqiyparvarlarining teatrchilik va matbuotchilikdagi hamkorliklar natijasida o‘zbek, ozarbayjon, afg‘on xalqlari bir-birlarining ijtimoiy turmushlari hamda madaniyatlaridan xabardor bo‘ldilar.

#maktab #ozodlik #maorif #darslik #islohot #jadid #gazeta #matbuot

161-163 365 Jan 18, 2023 8:25:37 PM
Annotatsiya

Maqolada tarixiy manbalar va adabiyotlarga asoslangan holda Farg‘ona vodiysining Qoraxoniylar tomonidan egallanishi tarixi yoritilgan. SHuningdek, X asrning 90-yillaridagi Farg‘onadagi siyosiy jarayonlari yoritilgan. Jumladan, Fargʻonada saljuqiylar yordamida somoniylar hokimiyatini qayta tiklanishi va Nasr Eloqxon tomonidan amalga oshirilgan ikkinchi istilo toʻgʻrisa ham batafsil tahlillar amalga oshirilgan

#Farg‘ona #Xorun Bugʻroxon #somoniylar #qoraxoniylar #saljuqiylar #Isfijob #Oʻzgand #Ayachtegin #Nuh II #Sobuqtegin #gʻaznaviylar #Sirdaryo

164-168 310 Jan 18, 2023 8:30:42 PM
Annotatsiya

Maqolada Samarqandning shimoli-g‘arbida joylashgan Navbog‘tepa yodgorligidan topilgan Qoraxoniylar davriga oid och-kulrang sopol ko‘zalari haqida ma’lumotlar berilgan. Sirlanmagan sopol idishlar orasida och - kulrang yoki bo‘z rangli sopol idishlar mavjud bo‘lib, ular qadimdan an’anaviy yasalib kelinadi. Bu turdagi sopol idishlarXI-XII asrlarga kelib keng ommalashadi, ayniqsa simob ko‘zachalarda yaqqol ko‘rinadi. Och-kulrang sopol idishlar kulolchilik charxida ishlangan sirsiz sopol idishlardan rangi va sifatidan tashqari, ayrim o‘zgacha naqsh uslubi va tiplari bilan ham ajralib turadi.

#qoraxoniylar #Navbog‘tepa #Afrosiyob #ko‘za #och-kulrang sopol #kulolchilik #naqsh motivlari #sirlanmagan sopol

169-175 301 Jan 18, 2023 8:39:45 PM
Annotatsiya

Ikkinchi Jahon urushidan keyingi yillarda soliq sohasidagi kadrlar yetishmovchiligi o‘z navbatida soliq yig‘imi borasida bir qator muammolarni keltirib chiqargan edi. Xususan, hududiy soliq idoralarida faoliyat olib borgan nomutaxassis, o‘rta ta’lim yoki sirtqi ta’limda tahsil olgan yetarli malakaga ega bo‘lmagan xodimlarining soliq yig‘imi ijrosini olib borganligi hamda aholining huquqiy ongining yetarli darajada emasligi sababli, soliq yig‘imini noto‘g‘ri yoki reja bo‘yicha undirilmaslik holatlari ko‘plab kuzatilgan.

#ta’lim #viloyat #tuman #nazorat #mutaxassis #moliya #Kadr #soliq #oliy ma’lumot #tugallanmagan #bosh boshqarma #qo‘mita #inspeksiya #taftish

176-180 325 Jan 18, 2023 8:44:20 PM
Annotatsiya

Ushbu maqolada Rossiya Imperiyasining Birinchi jahon urushidagi ishtiroki sabab o‘lkada vujudga kelgan oziq-ovqat taqchilligining Avliyoota uyezdidagi aks sadosiga bag‘ishlangan.Ushbu muammoni yuzaga keltirgan omillar Muvaqqat Hukumat va sovet xokimiyatining dastlabki yillaridagi oziq-ovqat yechimi yuzasidan ko‘rgan chora-tadbirlari qisqacha tahlil qilingan.

#oziq-ovqat #Turkiston #Avliyoota #oziq-oqvat qo‘mitasi #g‘alla #funt

181-184 368 Jan 18, 2023 8:47:40 PM
Annotatsiya

Maqolada Mustaqillik yilarida O‘zbekistonda Nodavlat ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash, xususan Qoroqolpog‘istonda mintaqaviy radio va televideniyening paydo bo‘lishi, moddiy-texnik bazasini yanada kengaytirish hamda nodavlat tele va radiokanallarni ochish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zgarishlar tahlil etiladi. Asosan, “Nukus-FM”, “Ellikqalʼa TV”, “To‘rtko‘l TV”, “Jaslar TV”, “Amudaryo TV” tele radio kanallaring paydo bo‘lishi haqida ko‘plab mulohazali fikrlar bayon etilgan.

#fuqarolik jamiyati #radio #demokratiya #ommaviy axborot vositalari #Televizor #so‘z erkinligi #televideniye #telejurnalistika #muharrirlar #redaksiya

185-191 348 Jan 18, 2023 8:52:44 PM
Annotatsiya

Maqola XIX asrdan boshlab Turkistonda Rossiya imperiyasi tomonidan olib borilgan gidrografik tadqiqotlar tarixiga bag‘ishlanib, ular haqida umumiy ma'lumot berilgan. Muallif tomonidan ushbu tadqiqotlar maqsadlarining harbiy-strategik, ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy va amaliy mohiyatini ochib berilgan. Jumladan, gidrografik tadqiqotlar natijalari hududimizni zabt etish, Orol dengizi, Amudaryo va Sirdaryoda kemachilikni yo‘lga qo‘yish, Buxoro amirligi va Xiva xonligiga siyosiy bosim o‘tkazish, Turkistonda sug‘oriladigan yerlarni kengaytirish, paxtachilikni rivojlantirish, ko‘chirish siyosatini olib borish, suv inshootlarini loyihalash, mintaqa haqidagi geografik ma'lumotlarni to‘ldirishga xizmat qildi.

Shuningdek, maqolada tarixiylik tamoyili, qiyosiy va tizimli tahlil, faktologik usul, muammoviy-xronologik yondashuv usullaridan foydalangan holda bunday tadqiqotlarni olib borishning ilmiy uslublari, uzluksiz gidrometrik ishlarni yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqilib, bu yo‘nalish katta amaliy ahamiyatga ega bo‘lganligidan uni moliyalashtirish yildan-yilga ortib borgani haqidagi arxiv materiallari dalolat beradi. Tabiiy suv havzalarining chuqurroq va muntazam ravishda o‘rganib borilishi suv resurslaridan foydalanish ishlarini tartibga solish, yangi gidrotexnik inshootlarni barpo etishga, irrigatsiya va suv ta'minotini yaxshilashga, o‘lkada gidrologiya fanining rivojlanishiga xizmat qildi.

#Rossiya imperiyasi #Turkiston #Sirdaryo #gidrografiya #ekspeditsiya #Orol dengizi #Amudaryo

192-196 354 Jan 18, 2023 9:03:10 PM
Annotatsiya

The article examines the Aksu battle, an important event in the history of Fergana, based on historical sources and literature. The political events in pre-war Fergana are reflected in the conflict between the interests of the Arab Caliphate, the Tang Empire, Tibet and the Turkish Khanate in the valley. The influence of the events that took place in Fergana in 715-716 on the Battle of Aksu is also described. The issues including Qutayba ibn Muslim's march into the valley in 715, the fled of the Ikhshid of Fergana to the province of Ansi as a result and his seeking military assistance from the Tang Empire, Abdullah Yashkuri's departure to Aksu through Fergana, his being taken captive by the Chinese, and the Turkashes taking control of northern Fergana are studied.

#Tibet #Fergana #Alutar #ikhshid #Qutayba ibn Muslim #Boshak #Sulukhan #Zhang Xiaousun #Northern Fergana #Aksu

197-201 1091 Jan 18, 2023 9:11:17 PM
Annotatsiya

Turkistonda faoliyat yuritgan ilmiy jamiyatlarning o‘lkada olib borgan ilmiy izlanishlari haqida ma’lumot beruvchi hujjatlar O‘zbekiston Milliy arxivida saqlanadi. Maqolaning mazmunini ochib berishda arxiv fondlaridagi hujjatlardan maqsadli foydalanilgan.

Ushbu maqolada XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Turkiston o‘lkasida faoliyat yuritgan ilmiy jamiyatlar tarixini o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada Turkiston general-gubernatorligida ilmiy jamiyatlarning paydo bo‘lishi va faoliyatiga doir ma’lumotlar tarixiy asarlar hamda arxiv manbalari yordamida yoritilgan.

#arxiv #tadqiqot #Rossiya imperiyasi #Turkiston #Toshkent #nizom #O‘rta Osiyo #imperatorlik #ilmiy jamiyatlar #general-gubernator

202-206 365 Jan 19, 2023 5:23:27 PM
Annotatsiya

Maqolada Karl Rayxl – o‘zbek folklorshunoslarining ilmiy ishlaridan keng foydalangan va o‘z tadqiqotlarida ularga ingliz va nemis tillarida keng munosabat bildirgan taniqli turkshunoslardan biri ekani, uning o‘zbek folklori tarjimoni va tadqiqotchisi sifatidagi faoliyati, nemis va ingliz tillarida amalga oshirgan tarjimalari, yaratgan ilmiy tadqiqotlarining mazmun-mohiyati, mundarijasi, tuzilishi haqida fikr yuritilgan. Olimning qiyosiy tahlil asosida turkiy xalqlar og‘zaki ijodi namunalari orasidagi o‘xshashlik va farqlarni yorqin ifodalovchi aniq va qiziqarli ma'lumotlari bayon etilgan. Jahon folklorshunosligida o‘zbek folkloriga qiyosiy yondashuv asoslari hamda usullari Karl Rayxlning ingliz tilidagi tarjima va tadqiqotlari misolida aniqlangan. Epik matn va yozma adabiyotning yuzaga kelishi, taraqqiy etishi borasidagi nemis olimi Karl Rayxlning ba'zi mulohazalari keltiriladi. Folklor va yozma adabiyotning ilmiy tadqiqi borasida olim kelgan nazariy xulosalar haqida fikr yuritiladi.

O‘tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab o‘zbek folklori namunalarining yevropa tillariga tarjima qilinishida yangi bir bosqich boshlandi. Bu yangilanish jarayoni bevosita Karl Rayx nomi bilan bog‘liqdir. Taniqli nemis olimi Karl Rayxl o‘zbek dostonlarining mohir tarjimoni bo‘lsada, uning “Alpomish” dostoni tarjimasida yo‘l qo‘ygan ba'zi kamchiliklari va uning sabablari tahlil qilinadi.

#epos #folklor #tarjima #sheva #doston #tarjimon #folklorshunos #poliglot olim #turk eposi

207-210 396 Jan 19, 2023 5:26:38 PM
Annotatsiya

Ushbu maqolada nasriy asarlardagi perefraza haqida so‘z yuritiladi. A.Qahhorning “Sarob “, “Sinchalak”, “To‘yda aza”, “Ming bir jon”, “Bashorat” kabi asarlaridagi perefraza tahlil etiladi. Asar ishtirokchilarining o‘ziga xos xususiyatlarini ochishda, asar badiiy butunligini ta`minlashda, muallif kontseptsiyasini berilishidagi perefrazaning ahamiyati ko‘rsatib o‘tiladi. Shuningdek, bu tasviriy vositaning qo‘llanish jarayoni va usullar xususida nazariy xulosalar chiqariladi. Tahlil etish jarayonida bevosita badiiy matnga murojaat etiladi va ilmiy-nazariy xulosalar chiqariladi. Yozuvchi mahoratiga alohida etibor qaratiladi.

#uslub #badiiy matn #konflikt #funksiya #hikoya #portret #mahorat #xarakter #badiiy nutq #kitobxon #qahramon #kontekst #muallif #syujet #perefraza. badiiiy butunlik #ijodiy metod #ijodiy jarayon #situatsiya #asar kulminatsiya #masterstvo #geroy #xudojestvenыy tekst #xudojestvennaya rechь

211-214 300 Jan 19, 2023 5:51:12 PM
Annotatsiya

Maqolada tarixiy roman poetikasi, badiiy asarning shakl va mazmun birligi, asar syujeti va kompozitsiyasi, mavzu va g‘oya uyg‘unligi, tarixiy haqiqatning mutanosibligi va badiiy asarning mazmuni birligi kabi masalalar muhokama qilindi. badiiy tekstura, badiiy asar tili va psixologizm tarixiy romandagi yetakchi obraz sifatida.

#tarixiy roman #Badiiy tafakkur #dinamik va tipologik tamoyil #ruh dialektikasi #sintetik va introspeksiya tamoyil #psixologik mazmun

215-219 373 Jan 19, 2023 5:54:37 PM
Annotatsiya

Maqolada Abdulla Avloniy va ozarbayjon shoiri Aliakbar Sobir qalamiga mansub bo‘lgan yurt ozodligiga bag‘ishlangan lirik she’rlar qiyosiy jihatdan tahlil qilingan. Mazkur shoirlar she’riyatidagi an’anaviy poetik turkumlilik va mushtarak jihatlarga asosiy e’tibor qaratilgan.

Har ikki millat shoirlarining she’riyatidagi uslubiy yaqinlik tahlil qilingani holda ularning lirik asarlaridagi obraz, so‘z qo‘llash mahorati kabi badiiyat masalalari o‘rganilgan.

O‘tgan asr boshlarida Turkiston va Ozarbayjon xalqining har bir sohada qoloqlik botqog‘iga botib borayotganligi, o‘lkaning ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘zgarishlar, oddiy xalq ustidan yurgizilayotgan ko‘r-ko‘rona siyosatlar, millat boshiga tushgan ko‘rgiliklar mazkur shoirlar she’riyatida o‘z ifodasini topgan.

Ozarbayjon shoiri Aliakbar Sobirning “Xo‘p-xo‘pnoma” devoni shoir va jurnalist Karim Bahriyev tomonidan qilingan tarjima she’rlarida ko‘tarilgan g‘oya Abdulla Avloniy ijodiga qilgan ta’siri masalalari haqida so‘z yuritiladi.

Shoirlarning ijodiy niyati va uslubiy dunyoqarashining uyg‘unligi ular tanlagan kinoya (hukumat rahbarlariga nisbatan), munozara (oilaviy muammolar masalasida) kabilar tahlil doirasiga tortilgan. She’rlarda ko‘tarilgan muammolarga munosbat bildirishda ikki xalq vakillari lirik qahramonlarining o‘z tilidan gapirtirilganligi ham yuksak ahamiyatga molik. Lisoniy vositalardagi bu an’ana esa o‘ziga xos novatorlik samarasi sanaladi.

#kinoya #munozara #yurt ozodligi #izdoshlik #loqaydlik va boqimandalik #hukumat rahbarlari #g‘oyaviy mushtaraklik #ijodiy ta’sirlanish #so‘z qo‘llash mahorati #uslubiy yaqinlik

220-223 401 Jan 19, 2023 5:57:41 PM
Annotatsiya
Ushbu maqolada inson va tabiat muammosining ijtimoiy-falsafiy asoslari, e’tiqod, san’at, ilm-fan va madaniyatning shakllanishida tutgan o‘rni haqida fikr yuritilgan. Umuman olganda so‘z san’ati bo‘lgan badiiy adabiyotda tabiat (hayvonot, nabotot, jamodot) tasviri va uning folklor, mumtoz va zamonaviy asarlardagi ifodasi tahlilga tortilgan.

#san’at #yondashuv #ramz #obraz #tasvir #badiiy adabiyot #petroglif #kultlik tushunchasi

224-227 514 Jan 19, 2023 6:02:31 PM
Annotatsiya

Maqolada mustaqillik davri o‘zbek lirikasining janr xususiyatlarini belgilashda va ijodkor badiiy mahoratini ko‘rsatishda so‘z va tovush takrorlarining badiiy-estetik funksiyasi ochib berildi. Tadqiqotda psixologik, struktural-poetik, tavsiflash metodlaridan foydalanildi.Buning natijasida takrorlar she’riy asarningturli sathlarida namoyon bo‘lishi, evfonik elementlar va stilistik vositalar she’r ohangdorligini ta’minlashga xizmat qilishi Ulug‘bek Hamdam she’riyati misolida aniqlanishga erishildi. Tadqiqot ilmiy natijalari asosida chiqarilgan xulosalar lirik she’rlar poetikasining ilmiy-nazariy jihatdan to‘ldirilishiga asos bo‘ladi.

#lirika #alliteratsiya #epifora #anafora #kompozitsiya #poetik g‘oya #evfonik elementlar #stilistik vositalar #so‘z takrorlari #vokal

228-230 404 Jan 19, 2023 6:08:19 PM
Annotatsiya

XX asr romanlari orasida Asqad Muxtor asarlari hayotni badiiy tadqiq etishning o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Ikkinchi jahon urushidan keyin badiiy adabiyotda o‘z haq-huquqini tanigan, ancha mustaqil harakat qiluvchi ayol obrazlari yaratildi. Xususan, Asqad Muxtorning deyarli barcha nasriy asarlarida ijodkor yaratgan ayollar obrazi o‘zining shijoati, faolligi, ijtimoiy turmushdagi fikrlarini ochiq aytish barobarida rahbarlik qobiliyatiga ham ega shaxslar ekanligi bilan ajralib turadi. Maqolada “Tug‘ilish” romani asosida davr ayollarining qalb kechinmalari psixologik va psixofiziologik aspektda tahlil etilgan.

#ruhiyat #obraz #ayol #konflikt #roman #xarakter #kechinma #ichki kechinma #psixofiziologiya

231-234 415 Jan 19, 2023 6:13:57 PM
Annotatsiya

Tadqiqot mavzusini yoritishda tavsiflash, qiyoslash, zidlash, umumlashtirish, uzviy tahlil usullaridan foydalanildi.

Rasmiy nutqqa oid matnlarda pragmatik maqsadning ifodalanishi isbotlangan, rasmiy nutqqa oid rasmiy ish hujjatlari va diplomatik yozishmalar matnlaridagi pragmatik madsad misollar orqali dalillangan.

Ish natijalarining ilmiy ahamiyati  pragmalingvistika sohasining nazariy masalalari, xususan, rasmiy nutqning lingvopragmatik xususiyatlariga aloqador muammolarni tadqiq etish bilan bog‘liq ilmiy-nazariy qarashlarni to‘ldirish va kengaytirish bilan belgilanadi. Ishning amaliy ahamiyati shundan iboratki, undan o‘quv darsliklari tuzishda, nutq madaniyati, rasmiy matnning lingvistik tahlili kabi fanlarni o‘tishda nazariy manba sifatida foydalanish mumkin. Ishimizda jamlangan dalillar ma’lum bir rasmiy nutqqa oid matnlarning pragmatik xususiyatlari bo‘yicha yaratilajak monografiya, darslik, o‘quv qo‘llanmalar tayyorlash uchun xizmat qiladi.

#pragmatika #ilmiy uslub #rasmiy nutq #rasmiy ish hujjatlari #logik izchillik #diplomatik yozishmalar #pragmatik maqsad #intensiya

235-238 295 Jan 19, 2023 6:17:48 PM
Annotatsiya

Ushbu maqolada ko‘chma ma’noli birliklarning tarixiy taraqqiyoti, o‘zbek tilida ko‘p ma’nolilik tushunchasining ifodalanishi, Uvaysiy lirikasida ko‘chma ma’noli birliklarning uslubiy xususiyatlari, ularning shakliy tuzilishi  va uslubiyati yoritildi. Faxri Kamol, Miraziz Mirtojiyev, Shavkat Rahmatullayevkabitilshunos olimlar fikrlariga munosabat bildirildi. Metaforaning uslubiy xususiyatlari aniqlandi, Uvaysiy lirikasida qo‘llangan ko‘chma ma’noli birliklar tahlil etildi. Maqolaning obyektisifatida Uvaysiy lirikasidagi ko‘chma ma’noli birliklar, matnlar, tasviriy vositalar, shuningdek, semantikasida ko‘p ma’nolilik mavjud bo‘lgan lingvomadaniy birliklar tanlangan. Tadqiqotni amalga oshirishda tavsiflash, tasniflash, qiyoslash, lingvomadaniy tahlil usullaridan foydalanildi. Asar matnida muayyan lingvokulturologik maqsad bilan qo‘llangan metaforik birliklarning lingvomadaniy xususiyatlari aniqlandi

#metafora #o‘xshatish #shakliy o‘xshashlik #sinekdoxa #ko‘chma ma’no #metonimiya #leksikologiya #ramziy ma’no #figural ma’no

239-242 353 Jan 19, 2023 6:24:00 PM
Annotatsiya

Maqolada ijod psixologiyasini ijodkorlarning adabiy-estetik qarashlari orqali tadqiq etish nazarda tutilgan. Unda Nazar Eshonqulning ijod psixologiyasi, ijod va ijodkorlik, adabiyot va badiiy ijodning jamiyat ma’naviy olami hamda ilmiy hayotdagi roli yuzasidan adabiy-estetik qarashlari yoritilgan. Tadqiqotda germenevtik va biografik metodlar, tasviflash, qiyoslash, sharhlash usullari vositasida ijodkor inson – yozuvchining ijodiy tafakkuri, olamni badiiy-estetik idrok etish tamoyillari o‘rganilgan. Salmoqli ijodiy tajribaga ega ijodkor Nazar Eshonqulning ijod tabiati haqidagi falsafasi asosida muallifning ruhiy olami, shaxsiyatiga doir fikr va xulosalar  berilgan. Jumladan, muallif asarlarida tasvirlangan musavvir obrazi va uning badiiy-estetik funktsiyasi, ijodkor inson obrazi tasviridagi uslubiy xoslanish masalalari yuzasidan fikrlar bildirilgan. Shuningdek, Nazar Eshonqulning “Mendan “men”gacha” asaridagi ijod psixologiyasiga doir fikrlar qiyosiy-tahliliy o‘rganilgan. Muallif tomonidan badiiy ijodga berilgan tavsiflar asosida ijod falsafasi sharhlangan. Ijod va  ijodkor inson tabiati, ijodning badiiy-falsafiy asoslari, hayot haqiqatining badiiy haqiqatga aylanish tamoyillari o‘rganilgan.  Jahon adabiyoti namoyandalarining ijodidan tahlillar asosida ijodkor insonning ruhiyatini kashf etish yo‘lidagi izlanishlar tadqiq etiladi.

#ijodkor #ijodiy tafakkur #: ijod #ijod jarayoni #badiiy idrok #roviy #“Mendan “men”gacha #adabiy-tanqidiy

243-245 572 Jan 19, 2023 6:27:12 PM
Annotatsiya

Maqolada o‘zbek tilshunosligi taraqqiyotida yurislingvistika yo‘nalishining qay darajada muhim o‘rin tutishi, ahamiyati ochib beriladi. Muallif mavzu mohiyatini ochiqlashda yuridik terminlarni misol tariqasida keltiradi va O‘zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlarida ularning qo‘llanilishiga to‘xtalib, mazkur yo‘nalishda jahon tilshunoslari, huquqshunoslari va o‘zbek tadqiqotchilari tomonidan olib borilgan izlanishlarga murojaat qiladi. Xususan, yuridik terminlar lug‘ati, huquqiy atamalarning o‘z va o‘zlashgan qatlamga mansublik darajasi, terminlarning leksik-semantik xususiyatlari bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqotlarni keltirib o‘tadi. Qolaversa, ushbu mavzuda hali qilinishi lozim bo‘lgan ishlar,  ilmiy izlanishlar oldinda ekanligini qayd qiladi. Chunki shu kunga qadar yurislingvistika yo‘nalishida amalga oshirilgan izlanishlar yo tilshunoslar yoki huquqshunoslar tomonidangina olib borilgan bo‘lib, ushbu tadqiqotlarda har bir izlanuvchi o‘z ixtisosligidan kelib chiqqan holda aksariyat hollarda mavzuga biryoqlama yondoshganini bildiradi. YA’ni tilshunos o‘z nuqtai nazaridan, huquqshunos esa o‘z qarashlari bilan mavzu mohiyatini ochiqlashga kirishganligini ta’kidlaydi. Shu bilan birgalikda yurislingvistika sohasida katta ilmiy izlanishlar olib borgan o‘zbek tadqiqotchilari yutug‘ini alohida e’tirof etadi. Lekin ushbu sohadagi ilmiy izlanishlarning ham tilshunoslik, ham yuridik soha bo‘yicha bilimga ega bo‘lgan tadqiqotchilar tomonidan olib borilishi har ikki soha o‘rtasidagi oraliq muvozanatni ta’minlashda, saqlashda muhim o‘rin tutishini bildiradi.

#tilshunoslik #normativ-huquqiy hujjat #yuridik termin #huquqiy atamalar lug‘ati #huquqshunoslik #milliy qonunchilik

246-252 350 Jan 19, 2023 6:31:35 PM
Annotatsiya

Maqolada Isajon Sultonning “Boqiy darbadar”, “Ozod” romanlarida yo‘l xronotopning o‘ziga xos o‘rni tadqiq qilinadi. Ijodkor asarlaridagi yo‘lga nisbatan ramziy va metaforik ma’noda qaraladi. Shuningdek, olam va odam haqidagi tasavvurlar  qahramonlarni xilma-xil hodislar tilida anglashidagi muhim makon va unda kechgan zamonning ijodkor uslubining namoyon qiluvchi element sifatida tahlil etiladi.

#detal #obraz #roman #psixologizm #xarakter #kompozitsiya #syujet #xronotop #yo‘l #roman-metafora #egzotikbegonadunyo #badiiyestetika

253-257 550 Jan 19, 2023 6:34:52 PM
Annotatsiya

Ushbu maqolada o‘zbek mumtoz adabiyotining yetuk vakili Xojanazar Huvaydo shaxsi va ijodining mumtoz adabiyotda tutgan o‘rni xususida so‘z yuritiladi. Uning boy ijodiy merosi – mumtoz janrdagi she’rlardan iborat “Devon” i, “Rohati dil”, “Ibrohim Adham” dostonlarining mohiyati tasavvufiy hamda badiiy talqinda o‘rganiladi.  Shu orqali taniqli adib Ahmad Yassaviy boshlab bergan tasavvuf adabiyotining oʻziga xos an’anlari shoir ijodida qay darajada ko‘rilishi aniqlanadi. Ushbu an’analar shoir ijodidagi bir qancha namunalarni tahlil qilish jarayonida Huvaydo asarlarida gʻoyaviy jihatdan toʻliq oʻz aksini topganligi namoyon boʻladi. Bular nafsga qarshi kurash, oʻtkinchi dunyo nayranglariga aldanmaslik, diniy ahkomlarda sobit turish, manmanlik, takabburlik kabi yomon illatlardan yiroq yashash kabilarda toʻla namoyon boʻladi.

#devon #Tasavvuf adabiyoti #“Rohati dil” #nafsga qarshi kurash #dunyo #“Nasabnomayi eshon Huvaydo”

258-261 304 Jan 19, 2023 6:39:28 PM
Annotatsiya

Maqolada yozuvchi T.Jo‘rayevning “Bozor dunyo” romanida uchlik timsoli qo‘llanishining o‘ziga xos xususiyatlari va ularning ijtimoiy-badiiy talqini tahlil qilinadi. Badiiy asar yaratilishida ijodkor qo‘llagan uchlik tamoyili va uning asar kompozitsiyasiga alohida xususiyat sifatida singdirib yuborilishi badiiy asarning shakl va mazmun birligini ta’minlovchi muhim unsur sifatida tadqiq etiladi. Tadqiqotda structural va qiyosiy metoddan foydalanilgan. Tadqiqotdan chiqariladigan ilmiy-nazariy xulosalar badiiy adabiyotda timsollarning ijtimoiy-badiiy talqinini ko‘rsatishga xizmat qiladi.

#makon #badiiy matn #personaj #tasvir #ramziylik #muammo #qahramon #kompozitsiya #uchlik tamoyili #unsur #reallik

262-267 357 Jan 19, 2023 6:42:22 PM
Annotatsiya

Maqolada XX asrning 80-yillaridan boshlab o‘zbek adabiyotida Boborahim Mashrab obrazini yaratilishi va unga bag‘ishlangan romanlarda shoir yashab o‘tgan dolg‘ali hayot yo‘lining badiiy talqinlari, yozuvchilarning mazkur masalaga yondoshishdagi uslublari tahlil etilgan. Natijada Boborahim Mashrab obrazi mavjud asarlarda otashqalb shoir hayoti va ijodi yuzasidan fikrlarning qamrovi kengayishiga erishish mumkin va navbatdagi ilmiy tadqiqotlar uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

#obraz #badiiy mahorat #janr #o‘zbek romanchiligi #tarixiy haqiqat #badiiy to‘qima #xarakterlar talqini #peyzaj

268-271 382 Jan 19, 2023 6:45:15 PM
Annotatsiya

Maqolada buyuk nemis yozuvchisi Erix Mariya Remarkning “Uch og‘ayni” romanida uslubiy xususiyatlar, tasviriy ifoda va vositalardan foydalanish mahorati tadqiq etilgan. Asarda aks etgan mavzular ko‘lami, qahramonlar dunyosi keng yoritib berilgan. Yozuvchining qahramonlar ichki dunyosini yoritishdagi mahorati o‘rganilgan. Romanning XX asr o‘zbek prozasi taraqqiyotidagi ahamiyati ko‘rsatib berilgan. Asardagi urushni qoralash g‘oyasi qahramonlarning og‘ir va fojeali taqdiri, ruhiy kechinmalari tasviri orqali ko‘rsatib berilganligi dalillangan.

#uslub #falsafa #tasvir #g‘oya #roman #mahorat #mavzu ko‘lami #qahramon va personajlar

272-276 339 Jan 19, 2023 6:51:46 PM
Annotatsiya

Maqolada Anvar Obidjonning “Kezargon Boychechak” qissasida Sharq mumtoz adabiyoti va o‘zbek xalq og‘zaki ijodi ta’siridan foydalanishdagi mahorati, uslubiga xos jihatlar yoritilgan. Qadimgi xalq qo‘shiqlarida fasllar almashinuvi hodisasi qish va bahor, qish va yoz o‘rtasidagi qarama-qarshilik, kurash fonida tasvirlangan. Anvar Obidjonning “Kezargon Boychechak” qissasida konflikt nafaqat tabiat kuchlari o‘rtasida, balki hayvonlar o‘rtasida ham ro‘y berishi talqin qilingan. Yozuvchi kichik maktab yoshidagi bolalarga sharq taqvimi bo‘yicha yangi yilning kirib kelishi, Navo‘z bayrami, uni nishonlanishidagi urf-odatlar, sumalaklar solinishidagi holatlar bilan tanishtirishning badiiy talqinini taqdim etgan. Shu orqali bolalarda sharqona urf-odatlar, o‘z tarixini bilishlari uchun ma’lumot berishni maqsad qilgan. Qissada yozuvchining qahramon va personojlar talqinidagi hayotiylik va jonlilikni  ta’minlashdagi mahorati namoyon bo‘lgan.

#konflikt #mahorat #talqin #xalq og‘zaki ijodi #jonlilik #bosh qahramon #sharq mumtoz adabiyoti #hayotiylik

277-282 360 Jan 20, 2023 4:56:42 PM
Annotatsiya

Ushbu maqolada qarama-qarshilik munosabatini ifodalovchi leksik birlik bo‘lgan antonim so‘zlar tahliliga e’tibor qaratilgan. Shuningdek, tadqiqotning nazariy asoslari va metodlari haqida ma’lumot berilgan. Ishda umumnazariy metod sifatida tavsiflash, qiyoslash, chog‘ishtirish, zidlash, umumlashtirish kabi metodlardan foydalanilgan. Leksoantonimlar tilda qarama-qarshilik munosabatini yuzaga chiqaruvchi birlik sifatida badiiy matn ichida tahlil qilingan. Fikrlarlisoniydalillarorqaliisbotlangan.

#Tasviriy- ifodaviy vosita #leksik sath #leksik birlik #antonimlar #oppozitiv munosabat #kontekstual antonimlar #zidlik

283-288 320 Jan 20, 2023 5:34:16 PM
Annotatsiya

Keyingi yillarda o‘zbek tilshunosligida matnni tadqiq etishda bir qancha yo‘nalishlar yuzaga keldi. Mazkur maqolada matnni tahlil qilishdagi zamonaviy tamoyillar va yondashuvlar haqida fikr yuritiladi. Jumladan, an’anaviy tilshunoslikdagi grammatik, semantik, kompozitsion-stilistik, differensiatsiya tamoyillarining matn birliklarini chegaralashdagi o‘rni va funksiyasi lisoniy dalillar vositasida yoritib berilgan. Shuningdek, matnni tadqiq etishda eng zamonaviy yondashuvlar sifatida e’tirof etilayotgan: a) lingvotsentrik yondashuv (“til - matn” munosabatlari aspekti); b) matnga yo‘naltirilgan (tekstotsentik) yondashuv (bunda matn alohida struktural-semantik bir butunlik sifatida muloqot ishtirokchilari munosabatiga e’tibor qaratilmay matnning o‘zi tahlil qilinishi); v) antropotsentrik yondashuv (muallif – matn – o‘quvchi munosabati aspekti); g) kognitiv yondashuv (muallif – matn –matndan tashqaridagi faoliyat korrelyasiyasi aspekti)larning matnni tahlil qilishdagi asosiy jihatlarini ko‘rsatib o‘tish maqsad qilib olingan. Maqolada sinxron-tasviriy, tavsifiy, komponent tahlil, oppozitiv, qiyosiy metodlardan foydalanildi. Olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, an’anaviy tilshunoslikdagi mavjud tamoyillar va ko‘rsatib o‘tilgan zamonaviy yondashuvlar matnni hozirgi zamon talablari asosida kompleks tahlil etishda alohida ahamiyatga ega. Maqolada matn tadqiqidagi ana shunday jihatlar yoritib berilgan va zamonaviy yondashuvlarning matnni turli aspektlarda baholash imkoniyati yuqori ekanligi haqidagi aniq xulosalar berilgan.

#matn #zamonaviy yondashuv #semantik tamoyil #grammatik tamoyil #kompozitsion-stilistik tamoyil #differensiatsiya tamoyili #lingvotsentrik yondashuv #tekstotsentik yondashuv #antropotsentrik yondashuv

289-293 283 Jan 20, 2023 5:45:01 PM
Annotatsiya

Mazkur maqolada Farg‘ona viloyati Rishton tumanidayashovchi o‘zbеk va tojik tilli aholining o‘zaro aloqalari natijasida ushbu hududda yoyilgan tojik shеvalarining lingvistik хususiyatlari yoritilgan. Shuningdеk, tadqiqotning nazariy asoslari va tadqiq mеtodlari haqida atroflicha ma’lumot bеrilgan. Ishda umumnazariy mеtod sifatida qiyoslash, chog‘ishtirish, zidlash, transformatsion analiz, umumlashtirish kabi usullardan foydalanilgan. Gеnеologik va tipologik jihatdan turli til oilalariga mansub bo‘lgan o‘zbеk va tojik tillari orasida faqat lеksikadagina emas, balki tilning fonеtik, lеksik, morfologik, sintaktik sathlarida ham bir qator umumiy tomonlar vujudga kеlganligi ko‘p sonli misollar asosida tahlil qilingan.

#til aloqalari #shеva хususiyatlari #gеnеologik jihat #tipologik jihat #fonеtik sath #lеksik sath #morfologik sath

295-298 356 Jan 20, 2023 6:00:36 PM
Annotatsiya

Ushbu maqolada Qo‘qon adabiy muhiti vakili Muqimiy asarlarida ko‘chimlarning semantik xususiyatlari tahlil qilingan. Shoir asarlarida qo‘llanilgan metaforaning oddiy, sinestezik, personifikatsiya kabi turlari tadqiq qilingan.

#oddiy metafora #sinestezik metafora #personifikatsiya

299-301 429 Jan 20, 2023 6:04:47 PM
Annotatsiya

Ushbu maqola sabr konseptining lingvomadaniy, lisoniy tadqiqiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda lingvo kognitiv yo‘nalish umuman kognitiv lingvistikada “mental leksika” tushunchasining ahamiyati,  konsept va uning mohiyati, “Sabr” tushunchasining falsafiy, diniy hamda lingvofalsafa va lingvokulurologiya nuqtai-nazaridan ham murakkab va ko‘p qirrali tushunchalardan biri ekanligi haqida mulohazalar bayon etilgan. Bundan tashqari, maqolada zamonaviy jamiyatda “Sabr” va “Bag‘rikenglik” kabi bir-biriga chambarchas bog‘liq bo‘lgan tushunchalarga o‘ziga xos yondoshuv bilan yondashilishi har bir inson va xalq uchun muhim ahamiyatga ega ekanligiga alohida to‘talib o‘tilgan. Bu ikki tushuncha bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lishiga qaramay, ayni paytda ular o‘zaro farq qilishi, o‘zbek tilidagi “sabr” konseptining faollashuvi, uning istilohiy ma’nosi va frazeologiyada aks etgan jihatlari yoritilgan.

#lingvomadaniyat #lingvokognitiv #“Sabr” konsepti #lingvofalsafa

302-305 262 Jan 20, 2023 6:09:45 PM
Annotatsiya

Pragmatic failure is the inability to understand what is meant by what is said, which can often lead to misunderstanding or confusion in cross-cultural communication. For this reason, the present article explores the contributing factors of pragmatic failure in Uzbek’s ELT Classrooms. The following factors as teacher-centered teaching; lack of authentic input; teaching English without considering the cultural differences; linguistic competence oriented evaluation system were found out.

#culture #linguistic competence #cultivation #pragmatic competence #aspects #pragmatic failure #contributing factors

306-309 414 Jan 20, 2023 6:13:16 PM
Annotatsiya

Ushbu maqolada o‘zbek va ingliz tillarida so‘z yasalishida derivatsion formantlarning  xusuiyatlari va gapda bajaradigan vazifalari  haqida  so‘z boradi. Shuningdek, ushbu formantlarning tildan foydalanishdagi o‘rnini qay darajada ekanligini ifodalab berish yuzasidan mulohazalar yuritiladi. Xususan, so‘z yasalishi jarayoni  derivatsiya  deb nomlanib, morfemalar qo‘shiluvi bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli, u morfologiya, to‘g‘rirog‘i morfemika bilan tutashishi, yasovchi morfema bilan asos morfemaning qo‘shiluvi natijasida yangi leksema vujudga kelishi,  derivatsiya tilshunoslikning morfologiya bo‘limida o‘rganilishi, o‘zbek va ingliz tillarida  so‘z yasalishi o‘rtasida katta farq borligi  haqida ham fikrlar bildirilgan. Shuningdek, maqolada o‘zbek va ingliz tillarida ko‘p uchraydigan prefikslar va suffikslar haqida so‘z boradi.

#so‘z yasalishi #derivatsiya #morfema #til #tilni rivojlantirish #so‘z o‘zgarishi

310-313 351 Jan 20, 2023 6:19:33 PM
Annotatsiya

Ushbu maqolada maqollarni lingvokulturologik birlik sifatida o‘rganish bilan bog‘liq masalalar yoritilgan. Folklor janri sifatida ular maqol, lingvokulturologiyada esa paremiya deb nomlanishiga aloqador mulohazalar umumlashtirilgan. Lingvokulturologiya sohasi doirasida paremiyalar paremiologiya tarmogida qaralishi lozimligi ta’kidlangan. Chunki paremiyalarda o‘tmishda yashagan ota-bobolarimizning milliy nigohi, tarixiy madaniyati aks etganligi keltirilgan. Bizning ajdodlarimiz atrofida kechayotgan har bir hodisani o‘zicha baholab, borliqni kuzatishlari natijasida undagi voqelikni paremiyalar orqali ifodalaganligi qayd qilingan. Paremiyalarda xalq o‘zining bor tajribasini, shu bilan birga aql-zakovatini uyg‘unlashtirgan holda namoyon etishi haqida so‘z yuritilgan. Paremiyalarning badiiy adabiyotga olib kirilishi bilan ularning mazmuni teranlashishi, yanada sayqallashishi, dono fikrlarni, teran mazmunni o‘zida jamlagan rang-barang paremiyalar nutqning ta’sirchanligini ta’minlovchi vositaga aylanishi belgilangan. Paremiyalarda xalqning urf-odatlari, tarixiy shaxslar, mashhur kishilar hayoti, umuman, milliy-madaniy tushunchalar obrazli tarzda ifodalanishi, zamirida ko‘chma ma’no mujassamligi bois ularga turg‘un birlik, ya’ni frazeologizmlar kabi munosabatda bo‘lish ham kuzatilishi, biroq paremiyalar frazeologik birliklardan farqlanishi xususidagi fikrlar ifodalangan. Paremiyalarni folklor (xalq og‘zaki ijodi) mahsuli sifatida frazeologiya tarkibida qaralishi ularning muayyan darajada chegaralanib qolishiga sababchi bo‘lishi haqidagi nuqtayi nazarlar bildirilgan.

#frazeologiya #frazeologik birlik #urf-odat #paremiologiya #an’ana #lingvokulturologiya #paremiya #milliy-madaniyat

314-316 286 Jan 20, 2023 6:23:23 PM
Annotatsiya

Ushbu maqola o‘zbek tilshunosligida ilk bor tadqiq etilayotgan hid fenomeni va uning o‘rganilishiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda hid va uning ifodalanishi, hid konseptining badiiy olam olfaktor tasviridagi ahamiyati kabi masalalar ko‘rib chiqilgan.

#hid #olfaktorlik #olfakt #odoronimlar #leksik lakuna

317-322 463 Jan 20, 2023 6:26:53 PM
Annotatsiya

Maqolada Ashurali Zohiriy faoliyatiga, filologiyaga oid qarashlariga to‘xtalib o‘tilgan bo‘lib, uning o‘z davri tili, matbuoti va adabiyoti borasidagi fikrlari keltirilgan, o‘rganilgan, tahlil qilingan. “Sadoi Turkiston” gazetasida nashr qilingan Ashurali Zohiriy ijodiga mansub “So‘z boshi” deb nomlangan maqolaning asl nusxasi va uning transliterasiyasi ham keltirilgan, u filologlar, tarixchilar, publisistlar, matnshunoslar uchun qimmatli manba bo‘lib xizmat qiladi. Transliterasiya qilingan matnni tadqiq etish orqali o‘sha davr o‘zbek tili xususiyatlari, matn qurilishi, noshirlik tarixi bilan bog‘liq yangi bilimlarni o‘zlashtirish mumkin.

#maqola #gazeta #matnshunoslik #manbashunoslik #noshirlik #publisistika #matbuot #til tarixi

323-326 239 Jan 20, 2023 6:33:19 PM
Annotatsiya

В статье расматривается проблема о своеобразии исследования языковых контактов в полилингвальной среде, как форма идентификаци объективной реальности, рассматривается полилингвальная культурная среда. Акцентировано внимание на проблеме формирования человека, способного к активной и эффективной жизнедеятельности в многонациональной и поликультурной среде.

#языковые универсалии #языковые контакты #полилингвальная культура #полилингвальная языковая среда #интеллектуально-рациональная сфера

327-330 833 Jan 20, 2023 6:38:49 PM
Annotatsiya

Maqolada Mirzo Ulug‘bekning “Tarix-i arba ulus” (“To‘rt ulus tarixi”) asarida qo‘llangan onomastik birliklar, jumladan, antroponim, toponim, etnonimlar haqida fikrlar bayon etilgan. Mazkur yodgorlikda saqlanib qolgan tarixiy onomastik leksikonning o‘ziga xos xususiyatlari ochib berilgan. Nomlarning tarkibiy tahlili, etimologiyasiga doir fikrlar bayon etilgan. Onomastik birliklarning qo‘llanish darajasi, statistikasini aniqlash maqsadida statistik metod va ularni katalog (kartochka)larga tushirish hamda sistemalashtirish uchun tasviriy hamda etimologik tahlil metodidan foydalanilgan. Maqola natijasidan olingan xulosalar bugungi kunda soha oldida dolzarb bo‘lib turgan bir qancha muammolarni bartaraf etishda, xususan, hozirda tarkibi va ma’nosi lisoniy tadqiqqa muhtoj sanalgan ko‘plab onomastik birliklarning etnogenezisi, etimologiyasi va lug‘aviy qatlamlarini aniqlashda, ularning nominatsiyasini o‘sha davr nuqtayi nazaridan baholashda, onimlarning ilk shakli va qadimiy variantlari, ular bilan bog‘liq fonetik, leksik jarayonlarni boshqa davr manbalari onomastikasi bilan o‘zaro qiyoslash hamda shu orqali ilmiy xulosalar chiqarishda ahamiyatli hisoblanadi.

#onomastika #antroponim #toponim #laqab #etimologiya #etnonim #madaniy yodgorlik #apellyativ nom #etnogenez

331-333 352 Jan 20, 2023 6:42:23 PM
Annotatsiya

Ushbu maqolada zamonaviy tilshunoslikning an’anaviy tilahunoslikdan farqli jihatlari hamda tilshunoslikda yangi paydo bo‘layotgan yondashuvlarning asl mohiyati ochib beriladi. Uning maqsadi tilshunoslikda vasalalarga yangicha yondashuvlarning shakllanishini haqida bayon qilingan. Nilshunoslikdagi zamonaviy yondashuvlarning asosiy negizida til orqali so‘zlovchi yoki tinglovchi ruhiyatining psixologik tahlili, til birliklari pragmatikasi va uning antroposentrik xususiyatlarini o‘rganishga katta e’tibor qaratilishi bilan farqlanadi. Bunda germinevtik usul keng qo‘llanadi. Bundan tashqari tavsiflash, qiyoslash kabi an’anaviy tahlil metodlari ham ishlatiladi. Yangi yondashuvlar til masalalari obyektini kengaytiradi va uning ijtimoiy ahamiyatini oshiradi. Tadqiqot natijalari o‘zbek tili materiallarining turli sohalar uchun ahamiyatliligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda jamiyat til va undan foydalanishda o‘z maqsadining aniq amalga oshishini ko‘zda tutar ekan, biror tilning faqat lug‘at tarkibi va grammatik qoidalari majmui bilan, balki shu tilda so‘zlashuvchi kishilar xulq-atvori, madaniyati va olamni lisoniy planda tasavvur etish shakllaridan ham xabardor bo‘lishi talab etiladi. Shu ma’noda tadqiqot tilshunoslikda matnning muloqot jarayonida qo‘llanish asoslari va ko‘zda tutilgan maqsadga bog‘liq holda o‘rganish bilan bog‘liq yondashuvlarning paydo bo‘lishiga doir ma’lumotlarni o‘zida jamlaydi. Matn tahliliga uning muallifa yoki tinglovchisining shaxs xususiyatlarini hisobga olgan holda yondashish tilshunoslikdagi yangi yondashuvlarning asosi hisoblanadi.

#zamonaviy yondashuv #grammatika #matn tahlili #an’anaviy yondashuv #pragmalingvistika #shaxs xususiyatlari #antroposenrtrizm

334-339 384 Jan 20, 2023 6:47:44 PM
Annotatsiya

В повествовании анимационного мини-сериала «По ту сторону изгороди» можно найти множество литературных отсылок от классики до детских басен, а также аллюзии на различные мифы. Среди многочисленных текстов, используемых в мультсериале, есть один, особо выделяющийся – «Божественная комедия» Данте Алигьери. В данной статье рассматривается связь между анимационным мини-сериалом «По ту сторону изгороди» и «Божественной комедией» Данте. Автор анализирует главных героев и сюжет комедии с точки зрения интертекстуальности.

#литература #Религия #интертекстуальность #мифология #аллюзия #сюжетная схожесть

340-345 305 Jan 20, 2023 6:55:42 PM
Annotatsiya

Dunyo tilshunosligida tilga uning foydalanuvchisi ijodkori, ya'n iinson omilini hisobga olgan holda tadqiqotlar olib boorish ommalashib bormoqda. Tililmining umumnazariy masalalari, tadqiqaspektlari, usullari, o‘zbek tili lug‘at tarkibining shakllanishi va rivojlanishi, o‘zgarishi va boyish xususiyatlari, xususan, onomastic birliklarni muayyan tizim sifatida tavsiflash ham dakognitiv xususiyatlarini ochib berish masalalari yetarli darajada tadqiq etilmagan.

Onomastika tilshunoslikning juda keng tarmog‘i bo‘lib, toponimika uning tarkibiy  qismlaridan biri sanaladi. Bu soha bir necha ichki tarmoqlarni qamrab oladi. Onomastik birliklarning o‘rganish aspektlarini tahlil qilish tilshunoslik, tarix, etnografiya, madaniyatshunoslik va geografiyaning ko‘plab masalalarini hal etishda muhim vosita bo‘lib, bir qator qimmatli ma'lumotlar va ilmiy dalillarni olish imkonini beradi.

O‘zbek tili leksikologiyasining tadqiq etilishi lozim bo‘lgan muammolaridan biri toponimlarning leksik-semantik, etnonimik xususiyatlari, ularning nutqda yuzaga kelish omillari, sabablari hamda lug‘aviy-ma'noviy, uslubiy xususiyatlarini o‘rganish hamda mavzuiy jihatdan tasnif qilish hisoblanadi.

#toponim #etimologiya #onomastik birlik #toponimik indikator #antropotoponim #sotstoponim #fitotoponim

346-348 476 Jan 20, 2023 7:17:46 PM
Annotatsiya

Ushbu maqolada bugungi kunda ekolingvistika o‘zbek tilshunosligining dolzarb yo‘nalishlarda biri ekanligi, unda lingvistik xilma-xillikni himoya qilish va ona tilimizning sofligiga putur yetkazuvchi hamda nutqni buzuvchi ayrim salbiy hodisalar haqida fikr-mulohazalar yuritiladi. Maqolada dolzarb muammoga aylanayotgan til sofligini saqlash, ekolingvistik muammolarning ayrimlari haqida fikrlar bayon etiladi. Muallif argo, jargon vulgarizm, varvarizm kabi lingvistik, agnonim kabi stilistik hodisalar haqida atroflicha to‘xtaladi.

#tilshunoslik #til #jargon #argo #me’yor #ekolingvistika #vulgarizm #varvarizm #agnonim

349-352 324 Jan 20, 2023 7:21:24 PM
Annotatsiya

Maqolada Farida Afro‘z poetik asarlarida qo‘llangan tarixiy so‘zlar xususida fikr yuritilgan. Arxaizmlarning ekspressivlik  ifodalash imkoniyatlari, ekspressivlik darajasi, ularning qo‘llanish maqsadlari haqida so‘z borgan. Poetik nutqda eskirgan so‘zlarning barchasi ham eskilik, tarixiylik bo‘yog‘ining o‘zi bilan emas, balki ko‘tarinkilik, soddalik, ravonlik, ohangdorlik, hatto yangilik bo‘yoqlari bilan ham qo‘llanishi mumkinligi dalillangan. Shuningdek, maqolada  muallifning individual uslubiga xos xususiyatlar, poetik imkoniyatlar va shoiraning poetik  mahorati tahlilga tortilgan.

#sinonimik qator #nutqda nofaol qo‘llanuvchi so‘zlar #emotsional-ekspressiv bo‘yoq #olinma so‘zlar #arxaizmlar #eskilik bo‘yog‘i

353-355 369 Jan 20, 2023 7:24:40 PM
Annotatsiya

Ushbu maqolada nutqning yaratilishi va idrok jarayonini tadqiq etish, kommunikatsiya jarayonida nutqning o‘zgarib turishi ruhiyat bilan bog‘liq ekanligini ko‘rsatish, muloqotda bevosita ishtirok etuvchi birliklarni tahlil qilishdan iborat. Maqolani yoritishda tavsiflash, qiyoslash metodlaridan foydalanildi. Tilning ruhiyat bilan bog‘liqligi unda shaxs xususiyatlarining namoyon bo‘lishiga oid masalalar tilga falsafiy yondashuv asosidagi qarashlar ta’sirida shakllanishi ko‘rsatilgan. Bu jarayonda til va nutqning turli birlik va ifoda vositalari ishtirok etib fikrning obrazliligini, ta’sirchanligini, fikrni tez va oson yetkazilishida muhim o‘rin tutadi. Til belgilarning murakkab tizimidan iborat sistema sifatida borliqdagi narsa va hodisalarni cheklanmagan holatda ifodalay oladi. Zero, tilning eng muhim belgisi uning kommunikativligi, insonlar o‘rtasidagi muloqot jarayonini to‘la to‘kis ifodalashi bilan xarakterlanadi.

#muloqot #nutq #adresant #adresat #matn #fonetik birikmalar #fiziologik holatini

356-362 347 Jan 20, 2023 7:45:52 PM
Annotatsiya

Дар мақолаи мазкур сиёсати давлатии забон дар охири солҳои 80-ум дар минтақаи Ӯзбекистон, зарурати қабул гардидани Қонуни Республикаи Ӯзбекистон “Дар бораи забони давлатӣ” ва манбаъҳои таърихии он, афзалият ва нуқсҳои қонуни қаблӣ, муҳимтарин тағйиротҳо дар таҳрири баъдӣ, аҳамияти ин қонун дар рушди забони давлатӣ муҳокимаву баррасӣ ёфтааст.

#забони давлатӣ #забони миллӣ #забони байнимиллӣ #забони ақаллиятҳои миллӣ #забони диаспора #сиёсати давлатии забон #Қонун “Дар бораи забони давлатӣ” #хати ниёгон

363-367 279 Jan 20, 2023 7:50:00 PM
Annotatsiya

Mazkur maqolada ensiklopedik lug‘atlarning tahlili keltirilgan bo‘lib, ijtimoiy-siyosiy va ilmiy-ommabop adabiyotlarda ishlatiladigan hamda ma’naviy hayotda keng qo‘llaniladigan ayrim ilmiy, falsafiy atama, tushuncha, oqim, yo‘nalish, nazariya, ta’limotlar izohlanadi. Ayrim terminologik xususiyatga ega birliklar semantic jihatdan ierarxik guruhlarga ajratiladi. Til korpusidagi falsafiy terminlar ma’lumotlar bazasini yaratishda ularni xususiyatlarini e’tiborga olib, ularni semantic teglash usullari izohlanadi.

#falsafa #tasnif #lug‘at #atribut

368-371 351 Jan 21, 2023 3:56:40 PM
Annotatsiya

Maqolada jahon va o‘zbek adabiyotida qo‘llanilayotgan ramziy obrazlarning murakkab va xilma-xilligi, jumladan ularning manosini anglash uchun kitobxondan yetarli bilim va malaka talab qilinishi haqida gapiriladi. Asosan M.Bulgakovning “Usta va Margarita” romani, Ernest Xemingueyning “Kilimanjaro qorlari”, “Yomg‘irda qolgan mushuk” hikoyalari, A.Kamyuning “Vabo” romani, Omon Muxtorning “Aflotun” asari, N.Eshonqulning “Tobud” hikoyasi, Xurshid Do‘stmuhammadning  “Jajman” va  “Ibn  Mug‘anniy” hikoyalaridagi ramzlarning ma’nosi va ularni yozuvchilar ijodidagi tutgan o‘rni haqida fikr yuritiladi.

#ramziy ma’no #ramziy obraz #simvol #XX asr adabiyoti #poetik xususiyatlar

327-376 391 Jan 21, 2023 4:16:00 PM
Annotatsiya

Ushbu maqolada o‘zbek tilshunosligida o‘zlashma so‘zlarning o‘rganilishiga doir yaratilgan tadqiqotlar borasida so‘z boradi. Maqola muallifiga ko‘ra, sobiq ittifoq davrida yaratilgan mazkur yo‘nalishdagi ishlarda o‘zlashmalarning asosan leksik, semantik va leksikografik jihatlariga diqqat qaratilgan va shu tariqa o‘zlashgan so‘zlar tadqiqining klassik usuli yaratilgan. Istiqlol davri tilshunosligida esa o‘zlashgan qatlam so‘zlari zamonaviy metodlar, xususan, fanga kirib kelgan yangi tarmoqlar mahsuli sifatida o‘rganilib kelmoqda.

#semantika #o‘zlashma so‘zlar #leksikografiya #kognitiv tilshunoslik #leksikologiya #etnolingvistika

377-380 242 Jan 21, 2023 4:25:19 PM
Annotatsiya

Ushbu maqolada olamning konseptual va lisoniy manzarasining poetik matnlardagi ifodasi va uning tadqiqiga kognitiv-pragmatik jihatdan yondashuv masalalari, muallifning borliq haqidagi tasavvurlari va dunyoqarashi, poetik nigohda davr voqealariga turli munosabatni ifodalovchi pragmapoetik simptom masalalari yoritilgan.

#semiotika #pragmatika #pragmalingvistika #poetik nigoh #simptom

381-383 278 Jan 21, 2023 4:29:22 PM
Annotatsiya

Ushbu maqolada nemis tilidagi harbiylar nutqida frazeologik birliklarning pragmatik maʼno ifodasi tahlil qilindi. Harbiy submadaniyatning nutqida ham emotsional semaning ko‘rinishi sodiqlik, Vatan oldidagi burchi va sobitqadamlik kabi ijobiy semalarda, dangasalik, tajribasizlik, kasbiy mahoratning yetishmasligi kabi salbiy semalardagi ko‘rinishi nemis tilidagi misollarda yoritildi. Shuningdek, maqolada informativ sema va pragmatik semalarga bo‘linishi, informativ sema o‘z ichiga nomlovchi sema va relyativ semalarni olishi, pragmatik sema tarkibida esa ham emotsional, ham ekspressiv semalar borligi manbalarga asoslangan holda ko‘rsatildi. Pragmatik sema harbiylar nutqidagi frazeologik birliklardagi tahlili amalga oshirildi.

#nutq #tilshunoslik #leksema #semema #emotsional #pragmatik #ijobiy #salbiy #maʼno

384-387 256 Jan 21, 2023 4:58:47 PM
Annotatsiya

Mаzkur mаqоlаdа tilshunоslikning muhim tеrminоlоgik birliklаri hisоblаngаn prеsuppоzitsiya vа implikаtsiya hоdisаlаri hаqidа bаhs yuritilgаn. Shuningdеk, prеsuppоzitsiya hоdisаsi tаdqiqidа оlimlаr tоmоnidаn turli nuqtаyi nаzаr аsоsidаgi yondаshuvlаrning mаvjudligi, tаsnif tаmоyilidаgi хilmа-хillik ko‘zgа tаshlаnishi e’tibоrgа оlingаn. Tаdqiqоtning nаzаriy аsоslаri vа mеtоdlаri hаqidа аtrоfichа mа’lumоt bеrilgаn. Ishdа umumnаzаriy mеtоd sifаtidа qiyoslаsh, zidlаsh, sеmаntik vа prаgmаtik tаhlil, umumlаshtirish kаbi usullаrdаn fоydаlаnilgаn. Prеsuppоzitsiya hоdisаsi o‘zining yashirin hukmgа egаligi bilаn implikаtsiyaning elеmеnti sifаtidа tаhlilgа tоrilgаn. Prеsuppоzitsiya turlаri bаdiiy аdаbiyotdаn оlingаn lisоniy dаlillаr yordаmidа аniq ko‘rsаtilgаn.

#: implikаtsiya #prеzumpsiya #prеsuppоzitsiya #prеsuppоzitsiya turlаri #mаntiqiy prеsuppоzitsiya #sеmаntik prеsuppоzitsiya #prаgmаtik prеsuppоzitsiya #ekzistеnsiоnаl prеsuppоzitsiya #lingvistik prеsuppоzitsiya

388-390 339 Jan 21, 2023 5:01:23 PM
Annotatsiya

Maqolada badiiy uslubga xos matnlarning o‘ziga xos uslubiy belgilarining namoyon bo‘lishida  lug‘aviy vosita vazifasini  bajargan umumxalq tili birliklarining yozuvchi O‘tkir Xoshimov hikoyalari tilida ishlatilishini tadqiq etish misolida ochib berilgan. Umumxalq tilida ishlatiladigan so‘zlarning badiiy matnda qayta ishlanib, ko‘chma ma’nolarda qo‘llanilishi orqali ta’sirchanlikni yuzaga keltirishi, o‘zbek xalq tilidagi xalqonalashgan chuqur ma’noli iboralar, maqol va matallarning personajlar nutqini individuallashtirish, obrazlilikni oshirish maqsadida ishlatilishi tahlil qilib berilgan.umumxalq tili birliklarining badiiy matnlarda ijodiy qo‘llanib, emotsional-ekspressivlikni oshiruvchi vositalar vazifalarida qo‘llanilishi talqin qilingan.

#maqollar #badiiy matn #obrazlilik #alliteratsiya #milliy tafakkur #matallar #ekspressivlik #umumxalq milliy tili #dialekt #til imkoniyatlari #so‘zlashuv nutqi #tilning lug‘at tarkibi #milli til tarmoqlari #grammatik vositalar #xalqonalashgan iboralar #chuqur ma’noli birliklar #milliylikning asosiy belgilari #personajlar nutqini individuallashtirish #lingvokulьturologiya #yozuvchi mahorati #maxsus atamalar #individual neologizmlar #estetik va emotsional ta’sirchanlik #obrazlar tabiatini ochish #til boyligi #nutq musiqiyligi #nutqiy ta’sirchanlik

391-394 359 Jan 21, 2023 5:18:03 PM
Annotatsiya

Maqolada Farg‘ona viloyati etnotoponimlarining qanday asosga ko‘ra nomlanganligi va bunday nomlanishiga qaysi omillar sabab bo‘lganligi haqida fikr yuritiladi. Etnonimlar o‘tmishda Farg‘ona viloyati hududida istiqomat qilgan va hozirgi kunda ham yashab kelayotgan turli elatlar tarkibidagi etnik guruh, qabila haqida ma’lumot bersa, etnotoponimlar bu etnik guruh yashab kelgan o‘rinlar, hududlarni muayyanlashtirish va aniqlashga xizmat qiladi. Shu sababli etnonim va etnotoponimlarni tadqiq etish o‘zbek tilidagi atoqli otlar tizimining shakllanish bosqichlari xususida qimmatli ma’lumotlar beribgina qolmay, madaniyat va ma’naviyatni turli yo‘nalishi bo‘yicha izlanishlar olib borishda muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada etnotoponimlarning atalish motivlariga ko‘ra turlari lingvistik tavsiflash va tasniflash, statistik va etimologik tahlil usullaridan foydalanilgan holda tadqiq etildi.

#etnos #onomastika #toponim #qabila #totem #urug‘ #etnotoponim

395-400 551 Jan 21, 2023 5:24:24 PM
Annotatsiya

Mazkur maqolada uslubshunoslikning tilshunoslik bo‘limi sifatida vujudga kelishi va funksional uslublarning, xususan, ilmiy uslubning shakllanishi va ularga oid tadqiqotlar tarixini o‘rganish maqsad qilingan. Tadqiqotda lingvistik tahlil, kuzatish, qiyoslash, tasniflash, leksikografik, semantik-stilistik tahlil metodlaridan foydalanilgan. Stilistika tilshunoslik fanining eng avval shakllangan bo‘limi hisoblanadi. Funksional uslublar insonlar jamoa bo‘lib yashagan paytdan mavjud bo‘lgan. Bu davrda funksional uslublar mavjud bo‘lsa ham, ilmiy jihatdan o‘ragnilmagan. Tilshunoslikning fan sifatida tan olinishi va olimlar tomonidan chuqur o‘rganilishi natijasida, uning turli bo‘limlardan iborat ekanligi isbotlangan. XX asr boshlaridan stilistikaning ilmiy asoslari shakllangan. XX asr o‘rtalaridan  stilistikaning markaziy masalalari va funksional uslublar haqidagi nazariyalar vujudga kelgan. Xususan, ilmiy uslubning dastlabki ildizlarini qadimgi turk tili davridanoq ko‘rishimiz mumkin. Ilmiy uslubning turk (o‘zbek) tilida shakllanishi va rivojlanishida esa  Alisher Navoiy asarlari muhim ahamiyatga ega. Keyinchalik rus istilosi va  ijtimoiy-siyosiy omillar sababli fanlarning ilmiy bayon uslubida bir qancha o‘zgarishlar ro‘y bergan. O‘zbek tilshunosligida ilmiy uslubning til xususiyatlari XX asr oxirlarida monogarfik tarzda tadqiq etilgan.

#nutq #til #uslubshunoslik #funksional uslub #ilmiy uslub #til stilistikasi #nutq stilistikasi

401-406 312 Jan 21, 2023 5:33:57 PM
Annotatsiya

Maqolada o‘zbek adabiy tilida ikkinchi tur o‘zlashtirmalik (o‘zlashtirmalikning morfologik turi)ning mikromatnda voqelanishi nemis tili bilan qiyosiy tahlil qilingan. Morfologik o‘zlashtirmalik o‘zbvek tilida fe`l o‘zagiga tegishli qo‘shimcha qo‘shish va emoq to‘liqsiz fe`li orqali yasaladi.  Xabar manbai, muallif nutqi, nutqiy amal o‘rni va payti kabi o‘zlashtirmalikni hosil qiluvchi kategoriyalar har doim ham gapda eksplitsit ifodalanmaganidan mikromatnga murojaat qilinadi. Jumaladan mikromatn yaxlitligi va hajmi masalasi ham atroflicha yoritilgan. Nemis tilida o‘zbek tilidagidek o‘zlashtirmalikning morfologik turi mavjud, rus tilida esa faqat sintaktik turi xos. O‘zbekcha badiiy asarlar asosan rus tili orqali nemis tiliga tarjima qilinganligi bois maqolada morfologik o‘zlashtirmalik nemis tiliga noto‘g‘ri o‘girilganligi misollar asosida tahlil qilingan. Maqolani yozishda til ruhiy-ijtimoiy xilqat deb qaraladigan yo‘nalish nuqtai nazaridan yondashildi.

#matn #morfologik vosita #o‘zga nutq #ko‘chirma nutq #o‘zlashtirma nutq #mikromatn #yaxlitlik #muallif nutqi #xabar manbai #nutq fe’li #til qurilishi

401-411 327 Jan 21, 2023 5:39:20 PM
Annotatsiya

Mazkur maqolada tilshunoslikdagi “semantika” atamasi va shu nom bilan ataluvchi soha, uning vujudga kelish hamda rivojlanish tarixi haqida so’z yuritiladi. Dunyo tilshunosligi hamda o’zbek tilshunosligida semantika tadqiqida turlicha nuqtayi nazarning mavjudligi masalasiga to’xtalib o’tilgan. Ushbu sohada amalga oshirilgan ishlar,  shuningdek, bu yo’nalishga doir dolzarb masalalar borasida ham ma’lumot beriladi. Semantika va semasiologiya, shu bilan birga, semiotika  tushunchalari, ularning o’zaro munosabati,  umumiy hamda farqli jihatlari ko’rsatib o’tilgan.

#semiotika #semantika #ma’no #pragmatika #referent #semasiologiya #sintaktika #onomasiologiya #denotativ (nominativ) aspekt

412-423 381 Jan 21, 2023 5:48:40 PM
Annotatsiya

Ushbu maqolada singulyar koeffitsiyentli to‘rtinchi tartibli giperbolik tenglama uchun yarim tekislikda Koshi masalasi bayon qilingan va o‘rganilgan. Masalani yechimining mavjudligi va yagonaligi isbotlangan. Yechimning mavjudlini ko‘rsatishda Erdeyi-Kober almashtirish operatoridan va Riman funksiyalari usulidan foydalanilgan. Yordamchi masalaning Riman funksiyasi qurilgan. Yordamchi masala yechimidan foydalanib asosiy masalaning aniq yechimi qurilgan.

#Koshi masalasi #to‘rtinchi tartibli tenglama #singulyar koeffitsiyent #Riman funksiyasi

424-246 350 Jan 21, 2023 5:53:42 PM
Annotatsiya

Ushbu maqolada Mittag-Leffler tipidagi funksiyalarning integral ko‘rinishlari topilgan. Bunda Eylerning gamma-funksiyasi xossalari hamda Rayt funksiyasining ayrim xossalaridan foydalanilgan.

#integral ko‘rinish #gamma-funksiya #Prabhakar funksiyasi #Rayt funksiyasi #Mittag-Leffler tipdagi funksiyasi

427-430 299 Jan 21, 2023 6:00:56 PM
Annotatsiya

Ta‘lim sifatini oshirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o‘rni muhim ahamiyatga ega. Pedagogik texnologiya – bu ta‘lim oluvchi shaxsga yo‘naltirilgan, demokratik hamda takrorlanuvchan o‘qish natijalarini kafolatlaydigan ta‘lim jarayonlarini loyihalash, amalga oshirish va baholashning tizimiy metodi. Uning an‘anaviy usullardan farqi, u talabalarning o‘zlariga berilgan bilimni yodlab aytib berishga emas, balki ta‘lim-tarbiya jarayonining yakunida konkret bir harakatlarni bajarishga yo‘naltirilganligidadir. Neytronlar fizikasi fanidan ma‘ruza mashg‘ulotlarini o‘qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish ta‘lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Hozirgi kungacha Venn diagramasidan ingliz tilini o‘qitishda, pedagoglarni o‘qitishdа, matematika va fizika fanlarini o‘qitishda foydalanilgan. Ammo Neytronlar fizikasi fanida ma‘ruza mashg‘ulotlarini o‘qitishda ushbu usul yetarlicha tadqiq etilmagan. Ushbu ishda neytronlar fizikasi fanining mavzularini o‘qitishda grafikli organayzerlardan - Venn diagrammasining qo‘llanilishi keltirilgan.

#massa #yadro #energiya #neytron #spin #student kriteriyasi

431-436 368 Jan 21, 2023 6:07:11 PM
Annotatsiya

Ushbu maqolada chiqindi maxsulotlardan biosorbentlar ularni hossalari haqida qisqacha ma’lumot keltirilgan. Keltirilgan biosorbentlarga kimyoviy tarkibi o‘xshash va modifikatsiyalashga qulay funksiyanal guruhlarga ega sholi qobig‘ini mochovinaning suvli eritmada modifikatsiya sharoitlari keltirilgan. Mexnik tozalangan sholi qobig‘i, aktiflangan sholi qobig‘i hamda modifikatsiyalangan sholi qobig‘i namunalari tarkibi element analiz tahlili o‘tkazildi. Olingan biosorbentni fizik-kimyoviy xossalari o‘rganildi. Biosorbentni Ni(II) ionini statik sharoitda suniy eritmadan yutish maksimal miqdori 245.8 mg/g ekanligi aniqlandi. Eritma konsentratsiyasi, sorbsiya davomiyligi va haroratning sorbsiya jarayoniga ta’siri o‘rganildi. Biosorbentning metall ionilarini yutgan miqdori, eritmalarning UV-spektrofotometrdagi dastlabki va sorbsiyadan kiyingi nur sindirish ko‘rsatgichlarini eritma kansentratsiyasiga bog‘liqlik grafigi asosida xisoblab topildi. Aniqlangan metall ionlarining sorbent tomonidan yutilish kinetikasini o‘rganib, sorbsiya jarayoni psevdo-birinchi tartibiliy (R2=0.8132) va psevdo-ikkinchi tartibiliy (R2=0.999) kinetik modellari aniqlandi. Bundan sorbsiya jarayoni psevdo-ikkinchi kinetik modelga bo‘ysunishi aniqlandi.

#biomassa #sorbsiya #kinetika #kationit #biosorbent #mochovina #nikel(II) ioni #statik almashinuv sig‘imi #psevdo-birinchi

437-445 563 Jan 21, 2023 6:16:09 PM
Annotatsiya

Производные бензимидазола — универсальные азотсодержащие гетероциклические соединения, с давных времен известен как многообещающий класс биологически активных веществ. Очень многие производные бензимидазола обладають широким спектром биологической и фармакологической (такой как антибактериальной, противовоспалительной, противоязвенной, антидиабетической и т.д.) активностью. Настоящая статья охватывает строению и фармакологическую активность замещенных безимидазолов.

#противовоспалительный #бензимидазол #противогрибковый #антигистаминный #противосудорожный #обезболивающий #противовирусный #антиоксидантный

446-452 443 Jan 21, 2023 6:22:36 PM
Annotatsiya

Tadqiqot ishini bajarishda karbamid, formaldegid va etilendiamintetrasirka kislotasining dinatriyli tuzi (KFTB) asosida sintez qilingan xelat hosil qiluvchi sorbentning ayrim d-metallari bilan sorbsion xossalarini, ion almashinishning reaktivlar nisbati va statik almashinish sig‘imiga bog‘liqligi o‘rganildi. Sintez qilingan sorbentning IQ spektrlari va Co (II) va Cu (II) ionlari bilan hosil qilgan kompleks birikmasining IQ spektroskopik tahlil natijalari o‘rganilib, tebranish chastotalaridagi siljishlar farqi keltirilgan. KFTB ning Co (II) va Cu (II) ionlari bilan hosil qilgan kompleks birikmalarining taxminiy kimyoviy reaksiyalari va formulalari berilgan. Sintez qilib olingan xelat hosil qiluvchi sorbentning sorbsion xossalarini reaktivlar nisbatiga bog‘liqligi aniqlandi. Sorbentning tuzilishi IQ-spektroskopiya natijalari asosida o‘rganilib, reaksiya tenglamalari taklif qilingan.Sintez qilingan sorbentning statik almashinish qobiliyati 2:5:0,2 molyar nisbatda samarali ekanligini ko‘rsatdi. Sorbent va uning d-metall ionlari bilan hosil qilgan kompleks birikmasining IQ-spektr chiziqlarida farqli siljishlar tahlil qilindi.

#sorbent #karbamid #polikondensatsiya #formaldegid #statik almashinuv sig‘imi #etilendiamintetrasirka kislotasining dinatriyli tuzi #bo‘kish darajasi #sochma og‘irligi

453-457 325 Jan 21, 2023 6:31:32 PM
Annotatsiya

Ushbu maqolada Vermikulit asosida olingan ionitgasun’iy eritmalardagi Ni2+ionlariningsorbsiyasi 293, 303 va 313 K haroratda, sorbsiya davomiyligi muvozanat holatigacha (24-soat) va turli konsentratsiyalarda o‘rganish natijalari keltirilgan. Jarayonlarning  kinetikasi o‘rganildi, muvozanat  holatidagi adsorbsiya mexanizmini ifodalash uchun Lengmyur va Freyndlix izoterma modellaridan foydalanildi. Olingan natijalar asosida hisoblab topilgan izoterma parametrlari R2(0,99883-0,9995) qiymati barcha izoterma modellarida mos kelganligi aniqlandi. Lengmyur izoterma modeli bo‘yicha = 48,78 mg/g, Freyndlix izoterma modeli bo‘yicha n=0,3052 kelib chiqdi. Bu esa Vermikulit asosida olingan ionitga Ni2+ionlari sorbsiyalashini ko‘rsatadi.

#kinetika #Vermikulit #SАS #Lengmyur #nikel ionlari(Ni2+)

458-462 316 Jan 21, 2023 6:38:34 PM
Annotatsiya

Ma’lumki, ionalmashinuvchi materiallar ustida juda ko‘p kimyogar olimlar tomonidan muhim ilmiy izlanishlar olib borilgan.Amalda donor funktsiyali (N, U, S, P, As va boshqalar) atomlarni o‘z ichiga olgan kompleks hosil qiluvchi faol guruhlarning bo‘lishi keng tarqalgan.Bular eng istiqbolli ion almashinadigan materiallardir.Ushbu sharhda elektrodonor atom saqlovchi ionalmashinuvchi qatronlarda metallar sorbsiyasi muhokama qilinib, PVX va tiokarbamid modifikatsiyasi asosida olingan ionitga Co2+ ionining yutilishi amino guruhlarga donor akseptor bog‘ orqali bog‘langanligi tahlil qilinadi.

#PVX #Ionalmashinuvchi qatron #elektrodonor

463-466 416 Jan 21, 2023 6:47:15 PM
Annotatsiya

Ushbu maqolada bosh og‘rig‘ida ishlatiladigan zamonaviy dori-darmon vositalarining kimyoviy tarkibi taxlil qilinib, ularning kimyoviy formulalari keltirilgan.Bosh og‘rigida ishlatiladigan dorilarning inson organizmiga salbiy ta`siri haqida ma`lumotlar berilgan va shifobaxsh sedanani (Чернушка посевная) bosh og‘rig‘iga ishlatiladigan kimyoviy tarkibi yoritilgan.

#ampikillin #tetraqiklin #katromokzazol #gentamiqin va alidiksparatsetamol #povidon #asetilsalisil kislotasi

467-471 415 Jan 21, 2023 6:54:42 PM
Annotatsiya

Ushbumaqoladamaxalliy vatabiiy xomashyo boʻlgan Melolontha melolontha (Mayqo‘ng‘izi) tarkibidan avvaliga xitin ajratib olinib, soʻngra u asosida xitozan olish, olingan moddalarning tarkibi va tuzilishini tahlil qilish yoritilgan.

#hasharot #xitin #xitozan #IQ-spektr

472-474 506 Jan 21, 2023 7:08:32 PM
Annotatsiya

Namangan viloyati Chust (G‘ova tog‘ yon bag‘irlari), Kosonsoy (tog‘ yon bag‘irlari)dan gullash bosqichida yig‘ilgan Nepeta Olgae Regel (L.) o‘simligining yer ustki qismi ekstraktining aminokislotalar tarkibi YUSSX usulda tahlil qilindi. 17 ta aminokislotalar aniqlandi. FTK (feniltiokarbomail) hosilalarini sintezi StevenA., CohenDavielJ usuli bo‘yicha amalga oshirildi. Ulardan 8 tasi organizmda sintez qilinmaydigan aminokislotalar ekanligi ko‘rsatildi.

#ЮССХ #аминокислоталар #Nepeta Olgae Regel (L.) #Lamiaceae оиласи #ФТК (фенилтиокарбомаил) ҳосилалари

475-479 356 Jan 21, 2023 7:20:10 PM
Annotatsiya

Anorzor agrobiotsenozining fitofag hasharotlari bir asrdan ortiq davr mobaynida olimlarni tashvishga solib keladi. Bu borada bir qator izlanishlar olib borilgan. Farg‘ona viloyati sharoitida anor agrobiotsenozida hasharotlarning 8 oilaga mansub 12 turi, o‘rgimchaksimonlarning 2 turi qayd etildi.

Anorzor agropbiotsenozida zararkunanda hasharotlarning Scarabaeidae oilasidan eng ko‘p turlar – jami 4 tani yoki entomofaunaning 33,3 % ni tashkil etadi. Keyingi o‘rinda Pyralidae oilasidan 2 ta (16,6%) tur qayd etilgan bo‘lsa,  Aphididae, Tephritidae, Pseudococcidae, Diaspididae, Aleyrodidae, Curculionidae kabi oilalardan 1 tadan (8,3%) turlar uchrashi ma’lum bo‘ldi.

#hasharot #anor #fitofag #agrobiotsеnoz #Scarabaeidae #Pyralidae #Aphididae #Tephritidae #Pseudococcidae #Diaspididae #Aleyrodidae #Curculionidae

480-484 361 Jan 21, 2023 7:26:20 PM
Annotatsiya

Maqolada shiralarning parazitlikka xos ayrim xususiyatlari tahlil etilgan. Ularning parazitlikka moslanish bo‘yicha xarakterli belgilari quyidagi yo‘nalishlarda namoyon bo‘ladi: shiralar ozuqa o‘simligi tanasidagi to‘qima suyuqligi hisobiga yashaydi; ekologik omillar shiralarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ozuqa o‘simligining tanasi orqali ta’sir ko‘rsatib turadi; har qanday ozuqa o‘simligi o‘zida parazitlik qilayotgan shira ta’sirini sezadi va unga biologik qarshilik ko‘rsatadi.

Shiralar ham “ko‘p sonli nasl qonuni”ga muvofiq boshqa parazitlar singari jadal ko‘payish xususiyatiga ega. “Parazit-xo‘jayin” munosabatlar tizimida shiralarning ozuqa o‘simliklaridan foydalanish xususiyatlari ulardagi ekologik moslanishning belgisidir.

#biologiya #ekologiya #o‘simlik #shiralar #“parazit-xo‘jayin” #ekologik omillar

485-487 300 Jan 23, 2023 6:24:49 PM
Annotatsiya

Maqolada XVII asrda yashagan fransuz tarixchisi Barthélémi d’Herbelot de Molenvilning “Sharq kutubxonasi” asarida Amir Temur tomonidan Hindistonning zabt etilishi masalasi tadqiq etilgan. Mazkur yurishning mohiyati haqida mahalliy hamda xorijiy tadqiqotchilarning fikrlarini manbalar orqali tahlil etilgan. Tadqiqotda qiyosiy tahlil va muammoviy-xronologik metodlaridan foydalanilgan. Fransuz orientalisti tomonidan Sohibqiron tashqi siyosatida Hindistonning tutgan o’rni va ro’li masalasida bildirgan fikrlar manbalar asosida tadqiq etilib, xato va kamchiliklari yuzasidan mulohaza yuritilgan. D’Herbelot tomonidan Amir Temurning Hindistondagi to’liq faoliyati yoritilmaganligi manbalardagi ma’lumotlar orqali to’xtalib o’tilgan.

#Amir Temur #Pir Muhammad Jahongir #Sulton Mahmud #Barthélémi d’Herbelot de Molenvil #G‘iyosiddin Ali #Nizomiddin Shomiy #Sharafuddin Ali Yazdiy #Muiniddin Natanziy #Fasih Havofiy #Xondamir #Mo‘lton #Hindiston

488-494 391 Jan 23, 2023 6:47:16 PM
Annotatsiya

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligida o‘simlik zararkunandalari, kasalliklariga va begona o‘tlarga qarshi foydalanish uchun ruhsat etilgan kimyoviy va biologik himoya vositalari, defoliantlar hamda o‘simliklarning o‘sishini boshqaruvchi vositalar ro‘yhatiga kiritilgan  insektitsidlar tahlil qilindi. Insektitsidlarning O‘zbekiston respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasidagi (2017y) o‘rni o‘rganildi, shuningdek, pozitsiya, subpozitsiya va podsubpozitsiyalarga berilgan izohlar taxlil qilindi. Nurell-D insektitsidining kimyoviy tarkibi gaz xromatografida (ГХ-МС/МС) skrining usulida aniqlandi va preparat tarkibiga kiruvchi faol moddalar: sipermetrin va xlorpirifosning ayrim fizik-kimyoviy xossalari o‘rganildi. O‘rganilgan materiallar va olingannatijalar asosida  insektitsidlarni O‘zbekiston respublikasi tovarlar nomenklaturasida sinflanishi bo‘yicha tegishli takliflar berildi.

#indikator #Nurell-D #pestitsid #insektitsid #pozitsiya #subpozitsiya #podsubpozitsiya #xlorpirifos

495-497 368 Jan 23, 2023 6:53:21 PM
Annotatsiya

Biologik faol moddalar tibbiyotda va kasalliklarning oldini olishda, shuningdek, yuqori darajadagi hayotiy faoliyatni ta’minlash uchun ishlatiladi. Ushbu maqolada yeryong‘oq mevasining tarkibida uchraydigan bilologik faol moddalar, ularning foydali xususiyatlari va kimyoviy tuzilishi haqida ma’lumotlar keltirilgan.

#vitamin #Yeryong‘oq #biologik faol moddalar #antoksidant

498-501 286 Jan 23, 2023 6:58:17 PM
Annotatsiya

Ushbu maqolamiz asosida Qur’oni Karimning “Kahf” surasiga borib taqaluvchi, vujudga iymon nuri tushgan ilk hayvon “As’hobi kahf iti”, uning Ahmad Yassaviy ijodidagi o‘rni va tadriji yoritilgan. Maqolada badiiy adabiyotga bu ramziy obrazning kirib kelishi va Alisher Navoiyning izdoshligi masalalari ochib berilgan. It obrazining badiiy talqini tahlilga tortilgan.Shuningdek, Ahmad Yassaviyning tadqiq e’tilayotgan “Kahf iti” ramziy timsoliga bag‘ishlangan hikmatining har bir qatori tahlil qilinib, sharhlangan.Maqolada Yassviy hikmatlari orqali adabiyotimizga kirib kelgan va uni mukammallashuviga hizmat qilgan islomiy tushunchalar va timsollar genezisini yoritishga e’tibor qaratilgan.

#hadis #Tasavvuf #axloq #hikmat #as’hobikahf #qitmirit #ramziyobraz #badiiytalqin #oyat #payg‘ambar

502-504 424 Jan 23, 2023 7:21:38 PM
Annotatsiya

Ushbu maqolada XIX asrning ikkinchi yarmida rus romanchiligida ro‘y bergan roman janriga xos “ijodiy yangilanish”, Fyodor Dostoyevskiyning inson hayoti tahliliga asoslangan, murakkab poetikani mujassam etgan romanlari, yozuvchining psixologik va falasafiy romanlardan ancha yuksak asarlar yaratgani, u yaratgan romanlarda “ichki ko ‘p ovozlilikning mavjudligi, qahramon ongida kechayotgan dialogning kuchayishi, qahramon ruhiy holatining psixologik tahlil uslubi  aynan roman janrining uslubiy yangilanishiga katta ta’sir ko‘rsatgani, Dostoyevskiyning yuksak badiiy mahorati va badiiy-estetik novatorligi. Mixail Baxtinning “Dostoyevskiy poetikasi muammolari” asari, polifonik romanning o‘ziga xos jihatlari va polifonik uslub haqida so‘z yuritilgan.

#roman #badiiy uslub #badiiy mahorat #roman poetikasi #psixologik roman #falsafiy roman #polifonik roman #psixologik tahlil #poetika

505-508 557 Jan 23, 2023 7:28:47 PM
Annotatsiya

Maqolada ko‘k so‘zining qadimgi turkiy tillarda uzual teonim sifatida iste'molda bo‘lganligi, uning osmon hamda xudo ma'nolarini ifodalaganligi, shuningdek, bu so‘zning to‘qqiz ma'noda  kelishi haqida fikr boradi. Ko‘k so‘zi so‘zlashuv uslubida Yaratguvchi ma'nosida ishlatilmaydi, badiiy uslubning nazmiy shaklida – she'riyatda, juda faol bo‘lmasa-da, uchrab turadi. Nasriy shaklida qo‘llanmaydi. Bu so‘z o‘zining ilohiylik ma'nosi bilan  qo‘shma so‘zlar tarkibida keladi. Ko‘k so‘zining Tangri ma'nosida kelishi rus olimi L.N.Gumilyov, N.YA.Bichuring asaridan olingan  misollar bilan isbotlangan.  Shuningdek, Tangri so‘zining tarixan kelib chiqishi hamda kirdikor teonimining Yaratguvchi ma'nosida kelishi haqida mulohazalar beriladi.  Bu so‘zlarning “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” hamda “Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug‘ati”da qaysi ma'nolarda kelishi misollar bilan qiyoslab berladi.

#tangri #Xudo #Ko‘k #Taolo #Yaratguvchi #Ug‘an #O‘g‘on #Bayat #Bayot #Olloh #ilohiy #sodda #sodda tub #uzual teonim #mifonim

509-511 320 Jan 23, 2023 7:33:01 PM
Annotatsiya

Ushbu maqolada Uchko‘prik tumani shevasi haqida fikr bildirilib, shevalar tilshunoslikning ajralmas qismi sifatida o‘rganilishi, bugungi kunda o‘zbek shevashunosligiga oid tadqiqotlarga biroz bo‘lsa-da kamroq e’tibor berilayotganligi va Uchko‘prik tumani shevasi hali o‘rganilmagan, shevashunoslik ilmi uchun yangi tadqiqot obyekti ekanligi haqida atroflicha fikr yuritilgan. Shuningdek, Uchko‘prik tumani shevasining fonetik va morfologik xususiyatlariga doir ma’lumotlarini tadqiq qilib borish mobaynida, sof milliy so‘zlashuv jarayonidagi o‘zbek tilining turli sathlariga oid dialektik ma’lumotlarni lingvistik jihatdan o‘rganib, o‘zbek adabiy tilining shakllanishi uchun asos bo‘lgan lahjalar tarkibiga kiruvchi sheva elementlarini oddiy xalq va ilm ahlidan olingan ma’lumotlarga tayangan holda, shevashunos olimlarning ilmiy manbaalariga asoslanib yoritib berilgan.

#leksik #sheva #morfologiya #Fonetika #lahja #Dialektologiya #o‘zbektilshunosligi #o‘zbektili #adabiytil #shevalarningo‘rganilishtarixi #shevashunoslik #lablanganundoshlar #lablanmaganundoshlar #portlovchiundoshlar #jarangliundoshlar #jarangsizundoshlar #grammatikxususiyatlar #singarmonizm #palatalsingarmonizm #labialsingarmonizm

512-515 216 Jan 23, 2023 8:06:17 PM
Annotatsiya

This article highlights the possibilities of obtaining plasticized gypsum with compositions based on phenol-formaldehydetriethoxysilane. We also studied the physical and mechanical properties of samples obtained with a gypsum mixture containing various concentrations of polymer compositions, such as water permeability, flexural and compressive strength, including a decrease in water permeability up to 50-60%, an increase in flexural strength up to 20-56% was determined, for compression up to 20-47%.

#gips #tetraetoksisilan #fenolformaldegid #egilishdagi mustakamlik #siqilishdagi mustakamlik

516-519 271 Jan 23, 2023 8:09:46 PM
Annotatsiya

Maqolada bog‘lovchilarning pragmalingvistik xususiyatlari yoritilgan. Bog‘lovchilarning pragmalingvistik xususiyatlari nаmoyon bo‘lishida dialogik nutqning o‘rni muhum omil sifatida belgilangan va diologik nutqda bog‘lovchilarning nutqiy voqeylanishi asoslangan.

#pragmatika #bog‘lovchi #diologik nutq #lisoniy xususiyat #nutqiy akt

520-522 256 Jan 23, 2023 8:14:26 PM
Annotatsiya

 XX asrning 80-yillariga kelib sheʼriyatda ham, tanqidchilikda ham qator o‘zgarishlar vujudga keldi. Аdabiyotshunoslar lirikani chuqur tahlil etib, shoirning, sheʼrning qiymatiga baho bera boshladi. Shunga qaramay sheʼriyatdan ijtimoiy-siyosiy yangilik izlash tahlilda yaqqol ko‘zga tashlanar edi. Maqolada 80-yillar adabiy tanqidchilarining she’riyatga munosabati tahlil qilingan. Ushbu davr adabiyotshunosligining talqinlari aks etgan.  

#tahlil #lirik qahramon #talqin #o‘zbek adabiyoti #o‘zbek sheʼriyati #80-yillar sheʼriyati #tanqidchilik #ijtimoiy-siyosiy yangilik

523-525 283 Jan 23, 2023 8:18:37 PM
Annotatsiya

Maqolada XX asr birinchi yarmi o‘zbek adabiyoti namunalarida davr muammosi yoritilgan. Tavallo she’riyati, Abdulhamid Cho‘lpon hikoyalari misolida davr masalasi tahlil qilingan. Hayotdagi inqilobiy o‘zgarishlarning ijtimoiy ahamiyati, odamlar dunyoqarashini kengaytirish mohiyati va ma’nosi ushbu davr o‘zbek adabiyotining bosh mavzusi bo‘lib qoldi. Bu jarayondagi ziddiyatlar, ijtimoiy tiplar yozuvchilarimizning badiiy izlanishlaridan tushib qolmadi. Masalan, ijtimoiy tartiblar o‘zgargan, yangi tuzumdagi g‘oya va yo‘nalishlar qaror topayotgan paytdagi drammatik kolliziyalarni badiiy umumlashtirish natijasida yangi adabiy tiplar yaratilganligi haqida ma’lumot berildi.

#hikoya #she’r #ijodiy metod #davr masalasi #janrlar sistemasi #sotsiolistik metod

526-528 276 Jan 23, 2023 8:22:13 PM
Annotatsiya

Sharq adabiyotida keng rivojlanib, hadislarning mazmunini badiiy jihatdan nasr va nazmda bayon etish asosida arba’inlar yaratish keng tarqalgan bo‘lib, maqolada shu xususida so‘z yuritilada. Bunda hadislarni bayon etishda qit’a janrining bu boradagi imkoniyatlariga ham e’tibor berilgan. Tarjima jihatidan ham badiiy tarjimaning ahamiyati haqida fikr yuritilgan. Tadqiqotda psixologik, struktural-poetik, tavsiflash metodlaridan foydalanildi. Arba’in yaratgan ijodkorlar shuni inobatga olgan holda hadisning mazmunini berishga harakat qilganlar. Arba’in uchun tanlab olingan hadislarning aksariyat qismi jonli muloqotda, ayniqsa, kundalik turmushda ko‘p ishlatilib maqol va hikmatli so‘zlar darajasiga chiqqan hadislar bo‘lganligi haqida so‘z brogan.

#hadis #badiiylik #tarjima #an’ana #Arba’in #Sharq adabiyoti #o‘ziga xoslik

529-532 264 Jan 23, 2023 8:26:27 PM
Annotatsiya

В данной статье автор проанализировал составляющие Eсенинского мифа о Востоке. Так, показаны специальные узбекские подтексты пейзажных образов ташкентского цикла. С.Есениным, при этом привлечен аутентичный материал: языковые и литературные факты, отмечены реалии узбекского ландшафта, приведены цитаты из восточной поэзии, не очевидные для русского читателя.

#невыдуманный Восток #восточный мотив #человек Востока #cредства выражения: метафора

533-536 265 Jan 23, 2023 8:29:51 PM
Annotatsiya

Maqolada O‘zbekiston xalq yozuvchisi Odil Yoqubovning “Vido” hikoyasida qahramon yaratish mahorati tahlil etilgan. Hikoyaning qahramon va personajlari tasviridagi o‘ziga xosliklar yoritilgan. Asarning mavzu va g‘oyasi, xarakterlar yaratishdagi yozuvchi uslubiga xos jihatlar ko‘rsatib berilgan. Mehr-oqibat, yurtparvarlik, mehnatsevarlik, umrni e’zozlash va mazmunli o‘tkazish kabi umumbashariy g‘oyalar tarannumida Odil Yoqubov yondashuvidagi betakrorlik ko‘rsatib berilgan. Hikoyada aks etgan davr muammolari, asar badiyati, yozuvchi dunyoqarashi talqin etish mahorati masalalari keng yoritilgan.

#uslub #personaj #hikoya #xarakter #badiiy mahorat #qahramon #davr muammolari #mehr-oqibat

537-538 291 Jan 23, 2023 8:34:20 PM
Annotatsiya

Mazkur maqolada tilda mavjud boʻlgan til birliklarini muhokama qilishda ingliz va o‘zbek tillardagi manbalarga tayanib tahlil qilingan. Inson tabiatiga va xarakteriga oid iboralar va ularning xususiyatlari semantik, grammatik etimologik va stilistik jihatlardan frazeosemantik maydon doirasida ko‘rib chiqilgan. Maqolaning xulosa qismida frezeologik birliklarning qo‘llanilish va o‘rganilish doirasi milliy qadriyatlar hamda xalq tajribasi sifatida o‘rganilishi yoritilgan.

#frazeologizm #inson tabiati #frazeosemantika

539-541 271 Jan 23, 2023 8:37:52 PM
Annotatsiya

Tilshunoslikda turkiy tub so‘zlarning fonetik tarkibi haqidagi fikrlar xilma-xil. Turkiy tub so‘zlar tarixan K+V+K fonetik tarkibga borib taqalar ekan, shu fonetik tarkibga ega turkiy so‘zlargina tub so‘z deb qaraladi. Shu fonetik tarkibga ega hozirgi turkiy so‘zlarning hammasi ham tarixan turkiy tub so‘z deb tan olinavermaydi. Turkiy so‘zlarning tub so‘z qolipida bo‘lgan shundaylari ham uchraydiki, ular tarixan biror tub so‘zning maʼlum bir grammatik shaklida bo‘lib, fonetik taraqqiyotga ko‘ra turkiy tub so‘z qolipiga kelib qolganligi kuzatiladi. Mazkur maqolada tarixiy-qiyosiy tahlil metodi asosida turkiy tub so‘zlarning fonetik tarkibi o‘rganilgan. Maqolada turkolog olimlarning, jumladan M.Mirtojiyevning ilmiy-nazariy qarashlari asos qilib olingan. Natijada, turkiy tub so‘zlarning tuzilishi haqidafi faktlar izohlandi. Bu faktlarni izohlashda M.Mirtojiyevning turkiy tub fe’llarning ustida olib brogan tadqiqotlaridan foydalanildi.

#fonetik sath #turkiy tub so‘zlar #grammatik shakl #fonetik tarkib

542-544 269 Jan 23, 2023 8:43:49 PM
Annotatsiya

Настоящая статья посвящена созданию кружка «Молодой оратор» в высших учебных заведениях, в том числе и Ферганском государственном университете, цель которого развитие и совершенствование риторической речи, в связи с чем, на наш взгляд, важно учиться ораторской речи, учиться умению выступать перед аудиторией. Риторика, содержащая свои специфические каноны построения речи, даёт возможность совершенствованию техники речи, учит правильно говорить, выражать своё мнение, организовывать речевое общение, создавать новые формы выражения собственных мыслей.

#оратор #общение #риторика #совершенствование #кружок #цели и задачи #публичное выступление #«Молодой оратор» #торическая речь #специфические каноны #учащаяся молодёжь #техника речи

545-548 250 Jan 23, 2023 8:48:28 PM
Annotatsiya

Ushbu maqolada Tohir Malik publitsistikaning sintaktik-stilistik xususiyatlari o‘rganilgan va ilmiy tahlil qilingan. Yozuvchi asarlarining sintaktik jihatdan o‘ziga xosligi maqolalarni nomlanishida ham ko‘rinishi va shu kabi jihatlari ko‘rsatilgan. Publitsistik matnlarda ham subyekt munosabati maxsus tahlil qilish mumkinligi aytilgan.

#asar #uslub #munosabat #ma’no #publitsistik matn #stilistika #publitsistika

549-551 354 Jan 23, 2023 8:53:52 PM
Annotatsiya

MaqoladaFarg‘ona viloyati sharoitida Ocneria dispar turining fe’l-atvor xususiyatlari bayon etilgan.Tengsiz ipakchi turining ozuqa o‘simligi hamda rivojlanish bosqichlari, xususan, g‘umbakka aylanishi, tuxum qo‘yishi uchun turlicha ekologik tokchalarni tanlashi uning muhitga moslanishning asosiy ko‘rinishidir.Tengsiz ipakchi turi populyatsiya kengligida individual xususiyatga ega bo‘lib, o‘z-o‘zining hayotini ta’minlashga qaratilgan biologik jarayondir.

#tuxum #tengsiz ipakchi #fe’l-atvor #ozuqa o‘simligi #rivojlanish bosqichlari #g‘umbak

552-554 395 Jan 23, 2023 8:57:32 PM
Annotatsiya

Nutq odobining muhim birliklaridan biri "murojaat”dir, so‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasidagi, suhbatdoshlar o‘rtasidagi munosabatlar reyestrini aniqlash va o‘rnatish vositasi sifatida kommunikativ jarayonda ishtirok yetuvchi birlikdir. «Murojaat» fenomenining turlicha talqinlari mavjud bo‘lib, bu birlikni xar xil aspektdan ko‘rib chiqish mumkin (grammatik, sintaktik, stilistik). Ushbu maqolada murojaat birligi kommunikativ birlik sifatida ko‘rib chiqilgan bulib, uning struktur-semantik tasnifi kursatilgan.

#adresat #appelyativ #murojaat #birliklar #appelyativlik #rus sintaksisi #uzbek tilshunosligi #rus tilshunosligi #umumbashariy #semantik

555-558 1298 Jan 23, 2023 9:03:01 PM
Annotatsiya

В данной статье рассматривается вопрос о понятии концепта. Концепты рассматриваются в культурологическом, лингвистическом, психологическом, философскомидругихаспектах, предлагается большое количество их интерпретаций, классификаций иметодовисследования.

Понятие«концепт»составляетосновукогнитологииилингвокультурологии.Но,несмотрянаширокоераспространениетермина «концепт»какв зарубежной, такив отечественной лингвистикенасегодняшнийденьне существует его единоготолкования. Сущность концепта определяется его мыслительной когнитивной природой, представляющей собой результат отражения действительности сознанием. Содержание концепта намного шире и глубже лексического значения слова, так как включает не только актуальные для сознания смысловые компоненты, но и информацию, отражающую общую информационную базу человека, его энциклопедические знания о предмете или явлении, которые могут и не обнаруживаться в его речи.

#лингвокультурология #концепт #фрейм #концептосфера #когнитивный термин #лингвокогнитивное #психолингвистическое #лингвокультурное #культурно-национальные представления человека о мире

559-562 280 Jan 23, 2023 9:06:07 PM
Annotatsiya

Maqolada pamfletning tarixiy ildizlari, xususan, uning achchiq kulgi orqali jamiyatdagi turli illatlarni ochib tashlash xususiyati o‘zbek adabiyotida qadimdan mavjudligi haqida so‘z yuritiladi. Bunda muallif Alisher Navoiy, Turdi Farog‘iy, Gulxaniy, Muqimiy kabi mumtoz adabiyot vakillari asarlaridagi satira unsurlarini tahlil qiladi, o‘rni bilan Nurali Qobulning roman-pamfletiga solishtiradi. Satirik kulgi va pamfletning farqli va o‘xshash jihatlarini ko‘rsatadi. Natijada pamflet o‘zbek adabiyotida o‘ziga xos tarixiy asosga ega degan xulosaga keladi.

#sarkazm #doston #muxammas #publitsistika #satira #kulgi #roman-pamflet #g‘azal

8-11 571 Feb 14, 2023 4:41:57 PM
Annotatsiya

Maqola modernizatsiya vazifasining dolzarbligini asoslaydi va raqamli madaniyat shakllari bo‘yicha o‘qituvchilarni tayyorlash va malakasini oshirishga etibor qaratadi. Maqolaning maqsadi — ta'limni raqamlashtirish sharoitida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy ta'lim dasturini ishlab chiqish bo‘yicha muallifning konsepsiyasini ochib berishdan iborat. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, integral-faoliyat yondashuvi asosida ishlab chiqilgan degan xulosaga kelinadi, o‘qituvchining raqamli madaniyati modeli, shuningdek, yo‘nalish bo‘yicha o‘quv dasturini loyihalash uchun konseptual g‘oyalar ifodalanadi.

#axborot xavfsizligi #axborot huruji #iste’mol #milliy g’urur #kompetensiya va kompetentlik

479-484 511 Feb 14, 2023 4:58:29 PM
Annotatsiya

Fan texnika rivojlangan hozirgi davrda yangi turdagi sorbentlar sintez qilish, ularning ba’zi metall kationlariga nisbatan kompleks hosil qilish xossalarini aniqlash va ular yordamida eritmalar tarkibidan metall kationlarini ajratib olib, ushbu jarayonida hosil bo‘ladigan birikmalarning tarkibi, tuzilishi, fizik-kimyoviy xossalarini o‘rganish noorganik kimyoning dolzarb muammolaridan biridir. Ushbu maqolada karbamid formaldegid va anilin asosida yangi turdagi polimer ligand sintez qilindi. Ligand sintez qilish sharoitlari, polikondensatsiya jarayoniga haroratning ta’siri, sorbentning IQ-spektroskopik va termik tahlil natijalarini tadqiq qilindi.

#karbamid #Polimer ligand #formaldegid #anilin #statik almashinish #termik tadqiqotlar

FarDU Ilmiy Xabarlari, 2022-6