Maqolalar : Akbarova Zuxro Akmaljonovna

234-237 397 Jul 6, 2022 8:29:53 PM
Annotatsiya

Ushbu maqolada til hodisalarining imkoniyati haqida fikr bildirib, tilda polisemiyaning borligi tufayli insonlar bir so‘z orqali turli xil narsa va hodisalarga nom bera olishi, boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga polisementik lug‘at bilan ishlashni o‘rgatish o‘quvchilar so‘z boyligini sifat jihatdan yaxshilashga xizmat qilishi haqida atroflicha fikrlar keltirilgan. Maktabda boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ona tilini o‘qitish jarayonida polisemiyaning murakkab jihatlarini bosqichma-bosqich o‘rgatib borishni tashkil etadi .Ularga leksik polisemiya yordamida so‘z manolarini farqlashni o‘rgatibgina qolmay, balki o‘quvchilar nutqini yangi so‘z ma’nolari bilan boyitib borish kerakligi haqida fikrlar yoritib berilgan. Shuningdek boshlang‘ich sinflarda ko‘p manoli so‘zlarning o‘quvilar ongida shakllanishi xaqida ko‘p olimlarning fikrlari bilan uyg‘unlashtirilgan.

#muloqot #leksema #polisemiya #Til hodisalari #tadqoqot #eksperement #tashqi nutq #psixolingvistik

182-185 420 Jul 7, 2022 4:39:16 PM
Annotatsiya

Ushbu maqolada til hodisalarining imkoniyati haqida fikr bildirib, tilda polisemiyaning borligi tufayli insonlar bir so‘z orqali turli xil narsa va hodisalarga nom bera olishi, boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga polisementik lug‘at bilan ishlashni o‘rgatish o‘quvchilar so‘z boyligini sifat jihatdan yaxshilashga xizmat qilishi haqida atroflicha fikrlar keltirilgan. Maktabda boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ona tilini o‘qitish jarayonida polisemiyaning murakkab jihatlarini bosqichma-bosqich o‘rgatib borishni tashkil etadi .Ularga leksik polisemiya yordamida so‘z manolarini farqlashni o‘rgatibgina qolmay, balki o‘quvchilar nutqini yangi so‘z ma’nolari bilan boyitib borish kerakligi haqida fikrlar yoritib berilgan. Shuningdek boshlang‘ich sinflarda ko‘p manoli so‘zlarning o‘quvilar ongida shakllanishi xaqida  ko‘p olimlarning fikrlari bilan uyg‘unlashtirilgan.
 

#muloqot #leksema #polisemiya #Til hodisalari #tadqoqot #eksperement #psixolingvistik #tashqi nutq

207-208 353 Sep 14, 2022 7:12:53 PM
Annotatsiya

Мақолада тил ва маданият ўртасидаги ўзаро алоқага бир томонлама ҳаракат сифатида қаралиб, тил воқеликни акс эттиради, маданият эса одам дуч келадиган бу воқеликнинг ажралмас қисмидир ва бу ўринда тил маданиятнинг оддий акси эканлиги ҳақида сўз юритилади.

#лингвокультурология #маданиятшунослик #тилшунослик

388-390 367 Oct 4, 2022 3:39:21 PM
Annotatsiya

Ushbu maqolada sinonimiya tushunchasi va uning mazmunini o‘rganish, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari duch kelishi mumkin bo‘lgan nutqiy vaziyatlarda sinonim so‘zlardan o‘rinli foydalanish ko‘nikmalari, uning rivojlanib borishi ta’kidlanadi. Sinonim so‘zlarni boshlang‘ich ta’lim jarayonida kichik yoshdagi o‘quvchilarga bosqichma-bosqich o‘rgatish usullari, sinonim so‘zni o‘quvchilar nutqida faollashtirishda darsliklardan foydalanish hamda ona tilidagi sinonimiya hodisasini o‘zlashtirish darajasini oshirib borishi haqida so‘z yuritiladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga sinonimiya tushunchasi haqidagi ma’lumotlarni berishning miqdori tushunchaning o‘ziga xos xususiyatiga, uning lisoniy tabiatiga, ma’lum bir funktsional uslubda qo‘llanish darajasiga, shuningdek, o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga bog‘liq. O‘quvchilar nutqida leksik sinonimllarni faollashtirish bo‘yicha ularga zaruriy ma’lumotlarni yetkazishda boshlang‘ich sinflar uchun ona tili darliklariga sinonimiyaga oid nazariy ma’lumotlarni batafsilroq kiritish samaraliroq bo‘ladi. Kichik yoshdagi o‘quvchilarga induktiv usulda yangi tushunchalarni o‘rgatish ularni faol bilish jarayonida sodir bo‘lishi bilan samaralidir.

#nutq #tafakkur #so‘z boyligi #metod #etimologiya #lisoniy #darslik #Boshlang‘ich sinf #lug‘at #sinonim so‘zlar #leksik so‘zlar #faollashtirish #induktiv

100-102 394 Nov 10, 2022 1:39:31 PM
Annotatsiya

Ushbu maqolada o‘quv lug‘atlari to‘g‘risida, ular o‘quvchilarning intelektual salohiyatini  rivojlantirishga, so‘z boyligini oshirishga, tafakkurini o‘stirishga, tilning mavjud adabiy me’yorlarini o‘zlashtirishga, tildan amaliy foydalanish kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qilishi to‘g‘risida,o‘quv  lug‘atlarining  yaratilishi boshlang‘ich  sinf o‘quvchilariga mo‘ljallangan yangi avlod lug‘atlarini tuzish uchun olib borilayotgan tadqiqotlarning o‘zaro bog‘lanishiga yordam berishi va ulardan foydalana olish ko‘nikmasini shakllantirish zaruriyati mavjud ekanligi haqida so‘z yuritilgan.

#innovatsion ta’lim #leksikografiya #о‘quv lug‘ati #elektron-o‘quv lug‘atlari #konsepsiyasi #semantizatsiya

299-301 429 Jan 20, 2023 6:04:47 PM
Annotatsiya

Ushbu maqola sabr konseptining lingvomadaniy, lisoniy tadqiqiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda lingvo kognitiv yo‘nalish umuman kognitiv lingvistikada “mental leksika” tushunchasining ahamiyati,  konsept va uning mohiyati, “Sabr” tushunchasining falsafiy, diniy hamda lingvofalsafa va lingvokulurologiya nuqtai-nazaridan ham murakkab va ko‘p qirrali tushunchalardan biri ekanligi haqida mulohazalar bayon etilgan. Bundan tashqari, maqolada zamonaviy jamiyatda “Sabr” va “Bag‘rikenglik” kabi bir-biriga chambarchas bog‘liq bo‘lgan tushunchalarga o‘ziga xos yondoshuv bilan yondashilishi har bir inson va xalq uchun muhim ahamiyatga ega ekanligiga alohida to‘talib o‘tilgan. Bu ikki tushuncha bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lishiga qaramay, ayni paytda ular o‘zaro farq qilishi, o‘zbek tilidagi “sabr” konseptining faollashuvi, uning istilohiy ma’nosi va frazeologiyada aks etgan jihatlari yoritilgan.

#lingvomadaniyat #lingvokognitiv #“Sabr” konsepti #lingvofalsafa