Maqolalar : Yarkulov Alisher Ataqulovich

270 Dec 16, 2022 8:38:43 PM
Annotatsiya

Ushbu maqolada arxeologiya merosi obyektlarini konservatsiya qilish muammolari haqida soʼz yuritiladi. Unda hozirgi kunga qadar mamlakatimizda amalga oshirilgan arxeologiya merosi obyektlarini konservatsiyalash jarayoni va ular bilan bogʼliq yutuq va kamchiliklarni koʼrsatib berishga harakat qilingan.

Birinchi navbatda aholi oʼrtasida madaniy meros obyektlariga boʼlgan munosabatni oʼrganish uchun Polshada oʼtkazilgan soʼrovlar tahlil qilingan. Аyniqsa, arxeologiya merosi obyektlarining aholi oʼrtasida xabardorlik darajasi rivojlangan davlatlar boʼlgan Yevropa mamlakatlarida ham juda past ekanligi, bizda esa undan ham yomon holatda ekanligi koʼrsatilgan.

Keyingi yillarda Oʼzbekistonda turizmni rivojlantirish jadallik bilan amalga oshirilishi fonida arxeologiya merosi obyektlarini ham ularni muhofaza qilish va saqlash bilan birgalikda konservatsiya qilish va muzeylashtirilgan holda namoyish obyektlariga aylantirish uchun hukumatimiz tomonidan bir qancha qabul qilingan qarorlar asosida amalga oshiriligi rejalashtirilgan ishlarga eʼtibor qaratilgan.

Аrxeologiya merosi obyektlarini konservatsiyalash boʼyicha mustaqillik yillarida bir necha ishlar qilingan boʼlib, ular turli yillarda amalga oshirilganligi va turli xil uslublarda amalga oshirilganligi koʼrib chiqiladi. Аfrosiyob devorlari, Fayoztepa, Oqsaroy, Samarqanddagi qadimiy hammom, Shahrisabz hammomi, Mingoʼrik va Аxsikent kabi arxeologiya merosi obyektlarining konservatsiya qilinishi hamda uslublari tahlil qilingan.

#tadqiqot #madaniy meros #arxeologiya merosi obyekti #konservatsiya #soʼrov #arxeologiya turizmi #muhofaza qilish

108-114 337 Jan 16, 2023 6:12:20 PM
Annotatsiya

Ushbu maqolada arxeologiya merosi obʼektlarini konservatsiya qilish muammolari haqida so‘z yuritiladi. Unda hozirgi kunga qadar mamlakatimizda amalga oshirilgan arxeologiya merosi obʼektlarini konservatsiyalash jarayoni va ular bilan bog‘liq yutuq va kamchiliklarni ko‘rsatib berishga harakat qilingan.
Birinchi navbatda aholi o‘rtasida madaniy meros obʼektlariga bo‘lgan munosabatni o‘rganish uchun Polьshada o‘tkazilgan so‘rovlar tahlil qilingan. Аyniqsa, arxeologiya merosi obʼektlarining aholi o‘rtasida xabardorlik darajasi rivojlangan davlatlar bo‘lgan Yevropa mamlakatlarida ham juda past ekanligi, bizda esa undan ham yomon holatda ekanligi ko‘rsatilgan.
Keyingi yillarda O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish jadallik bilan amalga oshirilishi fonida arxeologiya merosi obʼektlarini ham ularni muhofaza qilish va saqlash bilan birgalikda konservatsiya qilish va muzeylashtirilgan holda namoyish obʼektlariga aylantirish uchun hukumatimiz tomonidan bir qancha qabul qilingan qarorlar asosida amalga oshiriligi rejalashtirilgan ishlarga eʼtibor qaratilgan.
Аrxeologiya merosi obʼektlarini konservatsiyalash bo‘yicha mustaqillik yillarida bir necha ishlar qilingan bo‘lib, ular turli yillarda amalga oshirilganligi va turli xil uslublarda amalga oshirilganligi ko‘rib chiqiladi. Аfrosiyob devorlari, Fayoztepa, Oqsaroy, Samarqanddagi qadimiy hammom, Shahrisabz hammomi, Mingo‘rik va Аxsikent kabi arxeologiya merosi obʼektlarining konservatsiya qilinishi hamda uslublari tahlil qilingan.

#tadqiqot #madaniy meros #konservatsiya #arxeologiya turizmi #muhofaza qilish #arxeologiya merosi obʼekti #so‘rov