Maqolalar : Barziyev Oybek
Maqolada Abdulla Avloniy va ozarbayjon shoiri Aliakbar Sobir qalamiga mansub bo‘lgan yurt ozodligiga bag‘ishlangan lirik she’rlar qiyosiy jihatdan tahlil qilingan. Mazkur shoirlar she’riyatidagi an’anaviy poetik turkumlilik va mushtarak jihatlarga asosiy e’tibor qaratilgan.
Har ikki millat shoirlarining she’riyatidagi uslubiy yaqinlik tahlil qilingani holda ularning lirik asarlaridagi obraz, so‘z qo‘llash mahorati kabi badiiyat masalalari o‘rganilgan.
O‘tgan asr boshlarida Turkiston va Ozarbayjon xalqining har bir sohada qoloqlik botqog‘iga botib borayotganligi, o‘lkaning ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘zgarishlar, oddiy xalq ustidan yurgizilayotgan ko‘r-ko‘rona siyosatlar, millat boshiga tushgan ko‘rgiliklar mazkur shoirlar she’riyatida o‘z ifodasini topgan.
Ozarbayjon shoiri Aliakbar Sobirning “Xo‘p-xo‘pnoma” devoni shoir va jurnalist Karim Bahriyev tomonidan qilingan tarjima she’rlarida ko‘tarilgan g‘oya Abdulla Avloniy ijodiga qilgan ta’siri masalalari haqida so‘z yuritiladi.
Shoirlarning ijodiy niyati va uslubiy dunyoqarashining uyg‘unligi ular tanlagan kinoya (hukumat rahbarlariga nisbatan), munozara (oilaviy muammolar masalasida) kabilar tahlil doirasiga tortilgan. She’rlarda ko‘tarilgan muammolarga munosbat bildirishda ikki xalq vakillari lirik qahramonlarining o‘z tilidan gapirtirilganligi ham yuksak ahamiyatga molik. Lisoniy vositalardagi bu an’ana esa o‘ziga xos novatorlik samarasi sanaladi.
#kinoya #munozara #yurt ozodligi #izdoshlik #loqaydlik va boqimandalik #hukumat rahbarlari #g‘oyaviy mushtaraklik #ijodiy ta’sirlanish #so‘z qo‘llash mahorati #uslubiy yaqinlik