Maqolalar : Umarova Nargizaxon Rustamovna

211-214 629 May 26, 2022 3:07:50 PM
Annotatsiya

Maqolada nutq hodisalaridan biri “argo”ning definitsiya masalasi mahalliy va  xorij tilshunoslarining  talqin va tahlillari asosida yoritib berilgan. Unda tilshunos-olimlarning bu so‘zning etimologiyasi, ya’ni qachon, qaysi tildan kirib kelganligi, unga bergan ta’riflari va uning talqinidagi tafovutlar, shuningdek,  bu termindan jamiyatning qaysi tabaqa vakillari (quyi, yuqori) yoki ijtimoiy guruhlari tomonidan foydalanishi misollar yordamida izohlangan.

Maqolaning tahlil va natija qismida, tilshunos-olimlarning talqin va tahlillari “argo”ni ikki (2) yo‘nalishga ajratish mumkin ekanligini, ya’ni: a) “argo” jamiyatning qo‘yi tabaqa vakillari nutqida ko‘zatilishi mumkin bo‘lgan til hodisasi va b) “argo” turli soha vakillari tomonidan foydalaniladigan “maxsus so‘z va iboralar” ekanligi ta’kidlangan

#nutq hodisasi #definitsiya masalasi #argo #maxsus ibora #lingvistik qatlam #lingvistik hodisa #kasbiy yoki ijtimoiy guruhlar #semantik munosabatlar #so‘z shakllanishi munosabatlari #yopiq leksik tizim #umumiy jargon #o‘g‘rilar jargoni #kriptologik maqsad

211-214 480 Aug 31, 2022 1:24:58 PM
Annotatsiya

Maqolada nutq hodisalaridan biri “argo”ning definitsiya masalasi mahalliy va  xorij tilshunoslarining  talqin va tahlillari asosida yoritib berilgan. Unda tilshunos-olimlarning bu so‘zning etimologiyasi, ya’ni qachon, qaysi tildan kirib kelganligi, unga bergan ta’riflari va uning talqinidagi tafovutlar, shuningdek,  bu termindan jamiyatning qaysi tabaqa vakillari (quyi, yuqori) yoki ijtimoiy guruhlari tomonidan foydalanishi misollar yordamida izohlangan.  
Maqolaning tahlil va natija qismida, tilshunos-olimlarning talqin va tahlillari “argo”ni ikki (2) yo‘nalishga ajratish mumkin ekanligini, ya’ni: a) “argo” jamiyatning qo‘yi tabaqa vakillari nutqida ko‘zatilishi mumkin bo‘lgan til hodisasi va b) “argo” turli soha vakillari tomonidan foydalaniladigan “maxsus so‘z va iboralar” ekanligi ta’kidlangan. 

#nutq hodisasi #definitsiya masalasi #argo #maxsus ibora #lingvistik qatlam #lingvistik hodisa #kasbiy yoki ijtimoiy guruhlar #semantik munosabatlar #so‘z shakllanishi munosabatlari #yopiq leksik tizim #umumiy jargon #o‘g‘rilar jargoni

194-196 339 Sep 8, 2022 7:11:24 PM
Annotatsiya

Мақолада кийим ва либос сўзларининг услубий фарқланиши, шоир асарларида қўлланган кийим номларининг таснифи,  рўмол тушунчали сўзлар этимологияси ва семантикаси хусусида фикр юритилади.

#тасниф #луғат #категория #либос #кийим

139-142 591 Oct 17, 2022 3:52:04 PM
Annotatsiya

Мақолада мақоллар ва маталлар, уларнинг ўзига хос хусусиятлари, илмий талқини, мақоллардаги семантик ўзгаришлар ва улар синонимияси ҳақида сўз юритилади.

#мақол #матал #предикат #нақл #ҳикматлисўз #таянчлуғавийбирлик #мақолларсемантикаси #синониммақоллар

164-166 468 Oct 24, 2022 2:38:00 PM
Annotatsiya

Мақолада бугунги кундаги ёшлар нутқининг таҳлили, нутқда содир  бўлаётган лисоний ҳодисалар ва уларнинг нутққа кириб келиш омиллари баён этилган.

#нутқ #жаргон #мулоқот #сленг #тил ҳодисалари

170-172 454 Nov 10, 2022 4:33:07 PM
Annotatsiya

Mazkur maqolada Navoiy g‘azallarida qo‘llangan o‘xshatish qurilmalarining tarkibi xususida fikr yuritilgan. Navoiy g’azallarida o‘xshatish uch xil grammatik vosita yordamida shakllanashi va ularning o‘xshatish qurilmalarini shakllantirishdagi imkoniyatlari teng emasligi haqida ma’lumotberilgan. Navoiy she’riyatida kengaytirilgan o‘xshatish subyektlariga misollar berilib, tahlil etilgan, umuman olganda, tilshunoslikda o‘xshatish qurilmalarining o‘rganilishi nechog‘lik muhim vazifa ekanligi yoritib berilgan.

#O‘xshatish belgisi #o‘xshatish asosi #kengaytirilgan o‘xshatish #morfologik vosita #leksik vosita #sintaktik vosita #izohlovchi #izohlanmish #o‘xshatish subyekti #o‘xshatish obyekti

243-245 572 Jan 19, 2023 6:27:12 PM
Annotatsiya

Maqolada o‘zbek tilshunosligi taraqqiyotida yurislingvistika yo‘nalishining qay darajada muhim o‘rin tutishi, ahamiyati ochib beriladi. Muallif mavzu mohiyatini ochiqlashda yuridik terminlarni misol tariqasida keltiradi va O‘zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlarida ularning qo‘llanilishiga to‘xtalib, mazkur yo‘nalishda jahon tilshunoslari, huquqshunoslari va o‘zbek tadqiqotchilari tomonidan olib borilgan izlanishlarga murojaat qiladi. Xususan, yuridik terminlar lug‘ati, huquqiy atamalarning o‘z va o‘zlashgan qatlamga mansublik darajasi, terminlarning leksik-semantik xususiyatlari bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqotlarni keltirib o‘tadi. Qolaversa, ushbu mavzuda hali qilinishi lozim bo‘lgan ishlar,  ilmiy izlanishlar oldinda ekanligini qayd qiladi. Chunki shu kunga qadar yurislingvistika yo‘nalishida amalga oshirilgan izlanishlar yo tilshunoslar yoki huquqshunoslar tomonidangina olib borilgan bo‘lib, ushbu tadqiqotlarda har bir izlanuvchi o‘z ixtisosligidan kelib chiqqan holda aksariyat hollarda mavzuga biryoqlama yondoshganini bildiradi. YA’ni tilshunos o‘z nuqtai nazaridan, huquqshunos esa o‘z qarashlari bilan mavzu mohiyatini ochiqlashga kirishganligini ta’kidlaydi. Shu bilan birgalikda yurislingvistika sohasida katta ilmiy izlanishlar olib borgan o‘zbek tadqiqotchilari yutug‘ini alohida e’tirof etadi. Lekin ushbu sohadagi ilmiy izlanishlarning ham tilshunoslik, ham yuridik soha bo‘yicha bilimga ega bo‘lgan tadqiqotchilar tomonidan olib borilishi har ikki soha o‘rtasidagi oraliq muvozanatni ta’minlashda, saqlashda muhim o‘rin tutishini bildiradi.

#tilshunoslik #normativ-huquqiy hujjat #yuridik termin #huquqiy atamalar lug‘ati #huquqshunoslik #milliy qonunchilik