Maqolalar : Abdunazarov Elyor Mamasoat oʻgʻli

446-452 374 Jan 21, 2023 6:22:36 PM
Annotatsiya

Tadqiqot ishini bajarishda karbamid, formaldegid va etilendiamintetrasirka kislotasining dinatriyli tuzi (KFTB) asosida sintez qilingan xelat hosil qiluvchi sorbentning ayrim d-metallari bilan sorbsion xossalarini, ion almashinishning reaktivlar nisbati va statik almashinish sig‘imiga bog‘liqligi o‘rganildi. Sintez qilingan sorbentning IQ spektrlari va Co (II) va Cu (II) ionlari bilan hosil qilgan kompleks birikmasining IQ spektroskopik tahlil natijalari o‘rganilib, tebranish chastotalaridagi siljishlar farqi keltirilgan. KFTB ning Co (II) va Cu (II) ionlari bilan hosil qilgan kompleks birikmalarining taxminiy kimyoviy reaksiyalari va formulalari berilgan. Sintez qilib olingan xelat hosil qiluvchi sorbentning sorbsion xossalarini reaktivlar nisbatiga bog‘liqligi aniqlandi. Sorbentning tuzilishi IQ-spektroskopiya natijalari asosida o‘rganilib, reaksiya tenglamalari taklif qilingan.Sintez qilingan sorbentning statik almashinish qobiliyati 2:5:0,2 molyar nisbatda samarali ekanligini ko‘rsatdi. Sorbent va uning d-metall ionlari bilan hosil qilgan kompleks birikmasining IQ-spektr chiziqlarida farqli siljishlar tahlil qilindi.

#sorbent #karbamid #polikondensatsiya #formaldegid #statik almashinuv sig‘imi #etilendiamintetrasirka kislotasining dinatriyli tuzi #bo‘kish darajasi #sochma og‘irligi