2022-3

Maqolalar

7-10 456 Sep 27, 2022 12:42:05 PM
Annotatsiya

Mazkur maqolada mamlakatimizdagi qiz bolalarni sog‘lom va barkamol etib ulg‘aytirish, ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ijtimoiy faol shaxs sifatlarini shakllantirishning pedagogik jihatlari, ularni ijtimoiy himoya etishdagi qonunchilikning rivojlanishi kabi yo’nalishlar tahlil etilgan.

11-15 671 Sep 29, 2022 5:42:57 PM
Annotatsiya

Maqolada o‘quvchilarda milliy g‘urur tuyg‘usini shakllantirishda etnopedagogik qadriyatlardan foydalanishning qulay vositalari, usullari va metodlarini ishlab chiqishga harakat qilingan. Ushbu vositalarga, usullarga va metodlarga asoslangan holda o‘quvchilarda milliy g‘urur tuyg‘usini rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonlarni tashkil etilishi ham yoritilgan bo‘lib, o‘quvchilarda milliy g‘urur tuyg‘usini shakllantirishning optimal tizimi ishlab chiqilgan. Shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchilariga o‘quvchilarda milliy g‘urur tuyg‘usini shakllantirishda etnopedagogik qadriyatlardan foydalanishning qulay vositalari, usullari va metodlaridan foydalanishlari yuzasidan taklif va tavsiyalar berilgan.

#usul #qadriyat #folklor #estetik did #metod #etnopedagogika #milliy g‘urur #vizual vosita

16-20 473 Sep 29, 2022 5:48:05 PM
Annotatsiya

Ushbu maqolada oliy texnika ta’lim muassasalarida texnologik ta’limning mazmunini talabalarga chuqurroq singdirish, shu bilan birga texnik ta’limning istiqbollari to‘g‘risidagi yondashuvlarni tushuntirish, xususan, texnologik determinizm va texnostatik determinizm konsepsiyasi doirasida yondashuvlarni o‘qitish, bu orqali texnika va texnologik rivojlanishni jamiyatdagi sabab va oqibat zanjirlariga bog‘lash, sabab va oqibat uyg‘unligi orqali texnologik taraqqiyotni tushunish, bu boradagi qarashlar tizimini o‘qitish metodikasini takomillashtirish masalalari keng yoritilgan.

#texnologik determinizm #texnostatik determinizm konsepsiyasi doirasida yondashuvlarni o‘qitish #texnik ta’limning istiqbollari #o‘qitish metodikasini takomillashtirish

21-25 444 Sep 29, 2022 6:13:31 PM
Annotatsiya

Ushbu maqolada axborotlashgan jamiyatda mediasavodxonlikni rivojlantirish haqida so‘z boradi. Mediasavodxonlikka ilmiy ta’riflar va uning bugungi kundagi zarurati ochib beriladi. Muallif pedagogik ma’lumotlarga tayanib, mavjud ilmiy adabiyotlar asosida axborotlashgan jamiyatda mediasavodxonlikni rivojlantirish bo‘yicha o‘ziga xos jihatlarni o‘rgangan va tahlil qilgan.

#internet #ta’lim #axborot #texnologiya #talaba #jamiyat #mediasavodxonlik

26-28 486 Sep 29, 2022 6:16:40 PM
Annotatsiya

Ushbu maqolada gender yondashuv asosida o‘smir yoshdagi o‘quvchilarda “ommaviy madaniyat”ga qarshi immunitetni shakllantirishning o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilingan bo‘lib, unda o‘smirlik davrining murakkab, ziddiyatlarga boy davr ekanligi, bu davrda o‘z-o‘zini anglash va o‘z-o‘zini baholashning rivojlanishi haqida fikr yuritilgan.

#milliy madaniyat #psixologik xususiyatlar #gender yondashuv #ommaviy madaniyat #o‘smir yoshdagi o‘quvchilar #qiz bolalar #o‘g‘il bolalar #ijtimoiy rollar #pedagogik omillar #gender ziddiyatlar #xulq-atvor meyorlari #qadriyatli yo‘nalishlar #gender ong #ommaviy madaniyat ko‘rinishlari

29-33 430 Sep 29, 2022 6:40:10 PM
Annotatsiya

Maqolada ijtimoiy-madaniy sohada marketingning kontsepsiyasi, mohiyati va o‘ziga xos xususiyatlari tadqiq qilingan. Maqsad mualliflar O‘zbekistonda oilaning bo‘sh vaqtini rivojlantirishda ijtimoiy-madaniy marketingning roliga katta ta’sir ko‘rsatadigan raqamli dunyoning asosiy tendensiyalarini keltirib o‘tgan. Unda shet el metodlari o‘rganilgan va yurtimizda amaliyotga tadbiq etish yuzasidan taklif va tavsiyalar berilgan. Shuningdek, madaniyat va san’at sohasida zamonaviy ijodiy xizmatlarni ko‘rsatish orqali soha marketingi va ommaning ma’naviy-madaniy saviyasini oshirish masalalari tahlil qilingan. Maqolada keltirilgan oilaviy dam olishni rivojlantirishda ijtimoiy va madaniy marketining istiqbolli vazifalari bo‘yicha tahliliy xulosalar berilgan.
 

#san’at #Madaniyat #ijod #bo‘sh vaqt #zamonaviy #ijtimoiy-madaniy marketing #oilaviy dam olish madaniyati #raqamli muhit #madaniy hordiq

34-38 334 Sep 29, 2022 6:55:54 PM
Annotatsiya

Byudjet mablag‘larining sarflanishi masalasiga jamiyatning har bir a’zosi o‘z mablag‘larining sarflashga nisbatan qanday munosabatda bo‘lsa, shunday munosabatda bo‘lish zarur. Afsuski, hozirgi kunda byudjet mablag‘laridan foydalanishga nisbatan qonun buzilish holatlarining bir necha barobarga oshganligi va buning natijasida bir necha yuzlab milliard so‘mlik mablag‘larning samarasiz sarflanganligi tashvishli holdir.
Maqolada byudjet mablag‘larini sarflanishidagi qonun buzilish holatlari bilan bog‘liq faktlar va ushbu mablag‘lardan foydalanishning samaradorligini xarakterlaydigan ko‘rsatkichlar tizimi taklif qilingan.

#xarajatlar #davlat byudjeti #mahalliy byudjet #byudjet mablag‘lari #moliyaviy nazorat #kamomad #o‘zlashtirish #noqonuniy o‘zlashtirishlar #moddiy boyliklar kamomadi #qayta tiklangan mablag‘lar #aniqlangan moliyaviy xatoliklar #noqonuniy xarajatlar

39-46 471 Sep 29, 2022 7:20:23 PM
Annotatsiya

Maqolada bugungi kunda O‘zbekistonda mualliflik huquqi himoyasining holati va jarayonlari, xususan bunda mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlarning o‘rni xususida so‘z boradi. Ma`lumki, O‘zbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g`risida”gi Qonuniga muvofiq, fan, adabiyot va san’at asarlarining mualliflari, ijrochilar, fonogrammalarni tayyorlovchilar yoki boshqa huquq egalari o‘z mulkiy huquqlarini amalga oshirish maqsadida o‘z mulkiy huquqlarini jamoaviy asosda boshqaradigan tashkilotlar tuzishga haqlidir.
Maqolada ushbu turdagi tashkilotlar o‘z vazifa va funksiyalarini amalga oshirishda qollaydigan huquqiy usul va vositalarning yuridik ahamiyati aytib o‘tilgan. Mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlar o‘zi boshqarayotgan huquqlarni himoya qilish uchun zarur bo‘ladigan har qanday yuridik harakatlarni bajarish huquqiga ega ekanligidan kelib chiqib, ushbu harakatni yuridik tabiati, muallif va huquq egalarining mulkiy hamda shaxsiy nomulkiy huquqlari himoyasini amalga oshirish mexanizmlari sud amaliyoti orqali yoritib berilgan. Shuningdek, maqolada mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot o‘zi qaysi huquq egalarining nomidan ish ko‘rayotgan bo‘lsa, shu huquq egalarining nomidan va ulardan olingan vakolatlar asosida to‘lanadigan haq miqdorini va shartnomalarning tuzilishiga doir boshqa shartlarni foydalanuvchilar bilan kelishib olishi, bunday tashkilot boshqarayotgan huquqlardan foydalanish uchun foydalanuvchilar bilan shartnomalar tuzish va haq miqdorini foydalanuvchilar bilan kelishib olish kabi masalalar ham muhokama qilingan. Xulosada O‘zbekistonda mualliflik huquqini jamoaviy asosda boshqarish “instituti”ni takomillashtirish masalasi haqida xulosalar qilingan.

#foydalanuvchi #mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqarish #mualliflik huquqi #mulkiy huquqlar

47-52 316 Sep 29, 2022 7:38:27 PM
Annotatsiya

Ushbu maqolada XX asrning 40-50 yillarida olib borilgan qatag‘onlik siyosati, uni aholi ma'naviy hayotiga ta'siri hususida so‘z boradi. Jumladan, ushbu davr siyosatining aholi hayotning diniy, madaniy, kadrlar boshqaruvi, ilm-fan sohalariga yetkazgan salbiy ta'siri manbalar asosida tadqiq etildi. Undan tashqari, sho‘ro hukumati tomonidan o‘rnatilgan qoidalar hamda unga bo‘y so‘nmagan shaxslarga nisbatan qo‘llanilgan jazo choralari, hamda Sobiq ittifoqning jazo mashinasiga tushib qolishidan qo‘rqqan xalq bu davrda milliy qadriyatlari va o‘zligidan uzoqlashganligi maqolada yoritildi. Xulosa o‘rnida maqolada O‘zbekiston mustaqilligini qo‘lga kiritishi o‘zbek xalqiga berganilgan eng oliy ne'mat ekanligi, tarixiy haqiqat va adolatning tiklanishi, xalqning ma'naviy tafakkurini shakllanishi mamlakat taraqqiyotining kafolati ekanligi haqida so‘z boradi.

#Madaniyat #qadriyat #millat #ilm-fan #jamiyat #ma'naviyat #urf-odatlar #paxtachilik #qatag‘on

53-57 379 Sep 29, 2022 7:45:27 PM
Annotatsiya

Maqola Farg‘ona vodiysidagi urbanizatsiya jarayonlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Shaharni tashkil etuvchi omillarni hisobga olgan holda mualliflar arxeologik yodgorliklarning uch guruhini ajratib, birinchi guruhni ilk shaharlar, ikkinchi guruhni eng qadimiy shaharlar, uchinchi guruhni esa, qadimiy shaharlar tashkil etishini tasniflab berganlar.

#saklar #Dalvarzin #Mingtepa #Eylaton #Pop #Xo‘jand #mudofaa tizimi #ichki shahar #ark #Shaxrixonsoy #O‘zganariq #Andijonsoy #o‘troq dehqonchilik

58-62 387 Sep 29, 2022 8:02:01 PM
Annotatsiya

Ushbu maqolada XX asrning 20-yillarida Turkiston АSSR hududiga Rossiyaning ocharchilik yuz bergan Volgaboʼyi, Uraloldi hududlaridan och bolalarning evakuatsiya qilinishi va keyinchalik ushbu och bolalarni oʼz yurtlariga reevakuatsiya qilinganligiga oid maʼlumotlar bayon qilinadi. Shu bilan birga, yurtimizga evakuatsiya qilingan bolalarga yordam koʼrsatishda davlat tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlarning holati hamda keltirilgan bolalarni qayta reevakuatsiya qilinish sabablari va jarayonlari arxiv materiallar, ilmiy adabiyotlar asosida tahlil qilingan. Mavzuga oid manbalarni oʼrganish orqali bolalar evakuatsiyasi haddan tashqari koʼpayib ketganligi, buning natijasida yurtimizda mehribonlik va bolalar uylarining tashkil etilganligi, qolaversa, mehribon va bolajon xalqimizning och bolalarga koʼrsatgan gʼamxoʼrliklari kabi masalalar oʼzining xolisona yechimiga ega boʼldi. Xulosa oʼrnida esa sovet hokimiyati ushbu evakuatsiya va reevakuatsiya tadbirini pala-partish amalga oshirganligini, yaʼni keltirilgan bolalarni uy-joy, oziq-ovqat, kiyim-kechak kabilar bilan taʼminlash ishlari va reevakuatsiya qilish harakatlari qoniqarsiz boʼlgan deb aytish mumkin.

#evakuatsiya #reevakuatsiya #ocharchilik #och bolalar #mehribonlik va bolalar uyi

63-69 384 Sep 29, 2022 8:07:57 PM
Annotatsiya

Ushbu maqolada sovet hukumatining Turkiston ASSRda katta yoshdagi aholi o‘rtasida o‘tkazgan savodsizlikni tugatish chora-tadbirlari 1918-1922-yillar davriy chegarasida tahlil etish maqsadi belgilangan. Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda, maqolada Turkiston ASSRdagi savodsizlikka qarshi kurashning dastlabki tajribasi sovet hukumati tomonidan muammoni hal qilishning o‘ziga xos strategiyasini ishlab chiqish uchun qay tariqa qo‘llangani ko‘rsatib o‘tildi. XX asr 20-yillari birinchi yarmida Turkiston ASSRda savodsizlikni tugatish jarayonlari tanqidiy o‘rganilib, bu jarayonda yuzaga kelgan muammo va kamchiliklar aniqlandi. Shuningdek, 1918-1922-yillarda Turkiston ASSRda savodsizlikka qarshi kurashda qanday yangi tendensiyalar paydo bo‘lgani ochib berildi.  Maqolada tarixiy-xronologik, qiyosiy tahlil, statistik tahlil, miqdoriy tahlil, mazmuniy tahlil va fanlararo yondashuv usullaridan foydalanildi. Savodsizlikni tugatish ishlarining Turkiston ASSRda joriy etilishi va uning jarayonlari, savodsizlikni tugatish maktablarini tashkil etish, maktablar moddiy-texnik bazasi va mutaxassis kadrlar ta’minotidagi muammolar va ularni hal etilishiga doir ma’lumotlar umumlashtirilgan, savodsizlikni tugatish ishlarining Turkiston ASSRga xos jihatlari aniqlangan.

#mafkura #Turkiston ASSR #savodsizlikni tugatish #“madaniy inqilob” #bolsheviklar hokimiyati #savodsizlikni tugatish maktablari #sovet maktablari #alifbo

70-73 354 Sep 29, 2022 8:11:35 PM
Annotatsiya

Mazkur maqolada O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan turli diniy konfessiyalar faoliyati, xususan, xristianlik dini katolik yo‘nalishini O‘zbekiston hududida paydo bo‘lishi, yashagan joylari va mintaqamizda tarqalishi haqida maʼlumot berilgan. Shuningdek, Farg‘ona viloyatidagi katolik jamoasi tarixi va bugungi kundagi faoliyati, Islom dini kirib kelgunga qadar va Islom dini tarqalgandan keyin ham viloyat hududi turli dinlar, millatlar tinch va totuv yashagan mintaqa bo‘lganligi maqolada keltirib o‘tilgan.

#ibodat #marosim #millat #cherkov #din #islom #zardushtiylik #xristianlik #buddaviylik #moniylik #pravoslav #katolik #protestant #rohib #yetti sirli marosim #bagʼrikenglik #Fargʼona #eʼtiqod erkinligi

74-77 519 Sep 29, 2022 8:16:16 PM
Annotatsiya

Shaharsozlik madaniyati shahar me’morchiligi, me’moriy inshootlarning joylashishi va nisbiy yaxlitligi kabilarda o‘ziga xosliklar namoyon bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida shaharsozlikni o‘zlikni anglash nuqtai nazaridan o‘rganish zarurligini ko‘rsatadi. Amir Temur shaharsozlikka katta e’tibor qaratadi. U shaharlarning iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ma’naviy jihatdan qulay bo‘lishiga va o‘zlik talablariga javob berishiga ahamiyat bergan. Maqolada ushbu masalalar tarixiy manbalar va arxeologik tadqiqotlar natijalari asosida tahlil etilgan.

#Amir Temur #Samarqand #o‘zlik #shaharsozlik #Shahrisabz #me’moriy inshootlar

78-84 531 Sep 29, 2022 8:22:41 PM
Annotatsiya

Изучение восточных культур европейскими востоковедами принимало всё более филологическое направление, избегавшее обобщений в пользу детализации и фактологии. Несмотря на разные причины возникновения востоковедения это наука служила к взаимообогащению цивилизаций. Наряду с другими отраслями востоковедения развивается и исламоведение, начало формирования которого относится к середине XIX в. Среди исламских наук особое внимание уделяется изучению исламского права.
В данной статье рассматривается вопросы зарождения и развития исследований по мусульманскому праву в Европе. А также анализируются подходы ученых востоковедов по изучению исламского права в Европе.

#Запад #востоковед #Ближний Восток #испытательный срок #Алжир #история зарождения

85-91 410 Sep 30, 2022 11:41:34 AM
Annotatsiya

Ushbu maqolada Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekistonda mamlakatning mudofaa qudratini kuchaytirish hamda aholi ehtiyojlarini qondirish uchun mahalliy resurslardan, ichki imkoniyatlardan foydalanilishi tarixi urush davri o‘zbek milliy matbuoti ma’lumotlari asosida xronologik tartibda tahlil qilindi.
Tadqiqot ishi natijasida urush yillarida O‘zbekistonda oziq-ovqat resurslarini ko‘paytirish uchun ilgari foydalanilmay kelingan yovvoyi mevalar, o‘simliklar, meva danaklari, poliz ekinlarining urug‘lari ham ishlatilganligi aniqlandi. Jumladan, iste’mol qilingan mevalarning po‘choqlari, sanoat chiqindilari bilan urush sharoiti tufayli yetishmayotgan xomashyolarning o‘rnini to‘ldirilgan. Birgina anor mevasining po‘chog‘i – ko‘nchilik (teriga ishlov berish), siyoh tayyorlash va tibbiyotda muhim xomashyo sifatida ishlatilgan.

#sanoat chiqindilari #Ikkinchi jahon urushi #o‘zbek milliy matbuoti #mahalliy resurslar #oziq-ovqat muammosi #yovvoyi mevalar #yovvoyi o‘simliklar #g‘o‘zapoya kuli #tikan shakar

92-97 403 Sep 30, 2022 11:48:30 AM
Annotatsiya

Ushbu maqolada Toshkent viloyati hududida joylashgan ko‘chmanchi chorvadorlarga taalluqli So‘ngak mozor- qo‘rg‘onida o‘tkazilgan arxeologik tadqiqotlar va uni davrlashtirilishi masalalari bayon qilingan. Ushbu arxeologik yodgorlik Qovunchi madaniyatining III bosqichiga to‘g‘ri keladi. Ta’kidlash kerakki, bu paytda Chotqol daryosi havzasi orqali Talas vodiysi va Yettisuv hududlari bilan madaniy aloqalar shakllanib, u joylardan vohaning shimoli-sharqiy qismlariga yangi etnik guruhlar ham kirib kelgan. Natijada Chorvoq hududida VI-VIII asrlardan qo‘nar-ko‘char jamoalarning o‘troqlashuv jarayoni tezlashgan. Keyingi paytlarda, mutaxassis arxeologlar tomonidan yetarlicha o‘rganilmagan Chorvoq hududini muallif tomonidan arxeologik jihatdan qayta o‘rganish ayrim yangi fikr-mulohazalarni ilgari surilishiga sabab bo‘lgan.

#arxeologik tadqiqot #Choch vohasi #So‘ngak mozor-qo‘rg‘oni #ko‘chmanchi madaniyat #qo‘nar- ko‘char

98-102 513 Sep 30, 2022 11:53:00 AM
Annotatsiya

Islom huquqshunosligi sharqshunoslikning eng qadimgi va rivojlangan yo‘nalishlaridan biridir. G‘arb olimlari tomonidan islom qonunlarini keng o‘rganish Yevropaning mustamlakachilik ekspansiyasi davrida boshlandi va zamonaviy "islom huquqi" fan  sifatida XIX asr o‘rtalarida shakllandi. Ushbu davrda sharqshunos olimlar G‘arbda musulmon huquqi to‘g‘risida birinchi ilmiy g‘oyalarni shakllantirgan asosiy asarlarini yaratdilar.
Bu maqolada islom huquqi va tarixi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borgan va bugungi kunda tadqiqotlari bu sohada Yevropa sharqshunoslari uchun dasturulamal bo‘lib xizmat qilib kelayotgan olimlardan biri Yozef Shaxt haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tiladi.

#sharqshunoslik #Islom huquqi #Yozef Shaxt #"Islom huquqiga kirish"

103-108 459 Sep 30, 2022 12:00:34 PM
Annotatsiya

Maqolada 1917-1924-yillarda Farg‘ona vodiysi neft sanoati tarixi o‘rganilib, ushbu tarmoqning iqtisodiyot rivojlanishi va butun sanoatning yuksalishidagi ahamiyati ko‘rsatilgan. Yangi o‘rnatilgan mustabid sovet hokimiyati boshlab bergan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy jarayonlar xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlaridagi o‘zgarishlar neft quduqlaridan neftning qazib olinishi, uni qayta ishlash jarayonlari bilan bog‘liq holda o‘rganilgan. Maqola O‘zbekiston  Milliy Davlat arxivi fondlaridagi arxiv hujjatlari, xorijiy va mahalliy tadqiqotchilarning ilmiy izlanishlari asosida Farg‘ona vodiysida 1917- 1924 yillarda neft sanoati tarixiga bag‘ishlanib, mavzuga doir xulosalarni ham o‘z ichiga oladi.

#neft qazib olish sur’atlari dinamikasi #sanoatning barcha sohalarini yuksaltirish #mashinasozlik va transport sohalarining rivojlanishi

109-112 372 Oct 3, 2022 3:27:32 PM
Annotatsiya

Mazkur maqolada yoshlarning huquqiy tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish, har bir shaxsda qonunlarga va odob-axloq qoidalariga hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat, huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik hissini uyg‘otish ishiga kompleks yondashuv masalalari yoritilgan. Yoshlar har qanday jamiyatning ajralmas qismidir va globallashuv davrida avvalambor uning muammolari birinchilardan bo‘lib yuzaga chiqishi, insoniyatning global muammolari, globallashuvning real jarayonlari va shaklla-rini aniqlashda, birinchi navbatda, yoshlar parametri turishi, aynan yoshlar iqtisodiy va ijtimoiy tomondan aziyat chekadilar va mojarolar markaziga borib qolishlari mumkin. Avvalo, yoshlar yangilanib borayotgan dunyoviy etikani puxta egallab, uning asosida yashashni o‘rganishlari kerakligi bayon etilgan.

#yoshlar #globallashuv #dunyoviy etika

113-117 359 Oct 3, 2022 3:32:26 PM
Annotatsiya

Ushbu maqolada Amir Temur hamda Oltin O‘rda hukmdori To‘xtamishxon o‘rtasida olib borilgan diplomatik munosabatlarining manbashunosligiga doir ayrim fikr-mulohazlar bayon etilgan. Shuningdek ikki hukmdor o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar manbashunosligi qiyosiy tahlili hamda manbalardagi ma’lumotlarga tayangan holda diplomatik munosabatlarning vujudga kelish sabablari va omillari to‘g‘risida ilmiy xulosalalar berilgan.

#Amir Temur #“Muntaxab ut-tavorixi Muiniy” #Diplomatik munosabatlar #Oltin O‘rda #“Zafarnoma”

118-121 554 Oct 3, 2022 3:44:43 PM
Annotatsiya

Ushbu maqolada faoliyat yuzasidan uyushgan kishilar jamoasi, shuningdek, muassasa, tashkilot va korxonalar atoqli oti bo‘lgan ergonimlar haqida so‘z boradi. Ergonimlar universal onomastik xususiyatlar bilan bir qatorda, uni alohida guruhga ajratish imkonini beradigan o‘ziga xos jihatlarga ega. Ergonomik tizim ko‘p jihatdan davlat tomonidan tartibga solishga bog‘liq. Yangi ergonimlarni shakllantirishda leksik-semantik usul eng samarali hisoblanadi. Bu usuldan foydalanganda tanish so‘z va birikmalar o‘z ma’nosida qo‘llanadi. Zamonaviy ergonomika "nominal portlash" holatini boshdan kechirmoqda. Ergonimlardagi leksik-semantik shakllanish usullarining uchta kichik turi mavjud: semantik nomlash, transonimizatsiya va so‘z o‘zlashtirish.

#ergonimlar #muassasa #tashkilot va korxonalar atoqli oti #tabiiy va sun’iy #semantik nomlash

122-126 357 Oct 3, 2022 3:49:43 PM
Annotatsiya

Maqolada zamonaviy o‘zbek nasrida rangning g‘oyaviy yo‘nalishni tashkillashdagi ahamiyati masalasi Shoyim Bo‘taevning “Qora tuman” hikoyasi misolida ko‘riladi. Tadqiqot davomida tarixiy-adabiy, genetik, qiyosiy-tarixiy, badiiy tahlil, tavsiflash usullaridan foydalaniladi. Hikoya syujetida to‘rt epizod o‘zaro qora rang vositasida bog‘lanadi. Muallif tomonidan “tanishtirilayotgan” qahramonning taqdiri tumanning rang ifodasi bilan bog‘lanishi orqali sodir bo‘lishi muqarrar fojiali taqdiridan darak beradi. Ta’kid orqali u tasavvurda yanada qat’iy o‘rinlasha boradi: birikmalarida qora rangning orttirma darajasi bilan birga takroriy, ta’kidiy qo‘llanishi leytmotiv sifatida keyingi fojiaviy manzaralardan darakchi bo‘lib keladi. Qora rangning ramziy – salbiy ifodasi psixologik dramatizmda aks eta boradi. Asarda qora rang nafaqat salbiy ifodada, balki ijobiy ramzni ham ifodalaydi. Shuningdek, qora rang timsolidagi ikki xil tushuncha qahramon ruhiyatidagi qarama-qarshiliklarga parallel ko‘chadi. Hikoyada rang yozuvchi g‘oyaviy mantig‘ini shakllantiruvchi muhim omil bo‘lib kelishi, bunda rangning ramziy ifodasi asardagi obraz va detallarni o‘z xususiyatiga xos ravishda badiiy makonda harakatlantirilishi aniqlanadi

#ramz #tushuncha #rang #omil #ifoda #badiiy g‘oya #badiiy makon #psixologik dramatizm

126-133 942 Oct 3, 2022 3:55:27 PM
Annotatsiya

Maqolada adabiyotshunoslikning dolzarb muammolaridan biri xronotopning badiiy-funksional xususiyatlari tahlil qilingan. Xronotop olam va odam munosabatlarini tasvirlashda, qahramon qalbidagi kechinma, iztirob, uning o‘zigagina tegishli ruhiyat manzaralarining eng chuqur o‘zanlarini to‘liq his qilishda, yozuvchining badiiy-g‘oyaviy maqsadini ifodalashda hamda asarning mazmun va shaklini ochishda xizmat qiladi. U ijodkor uslubining o‘ziga xos jihatlarini belgilab, milliy fikrlash tarzini aks ettiradi. Xronotop janr va syujetni tashkil etib, asarning ichki izchilligini mustahkamlaydi. Zamon va makon kategoriyasi umumlashtiruvchi vazifa bajaradi.

#real #milliy #psixologik #ijtimoiy #xronotop #badiiy makon #badiiy zamon #zamon-makon dialektikasi #mikroolam #makroolam #megaolam xronotopi

134-137 311 Oct 3, 2022 3:58:39 PM
Annotatsiya

Vaqt va makon kategoriyasi umumjahondir, bu esa xalq tili, adabiyoti va madaniyatidagi milliy va madaniy o‘ziga xoslikning o‘zaro bog‘liqligini ochib berishga imkon beradi. Maqolada Abdulla Qodiriy ijodidagi tarixiy inversiya va folklor xronotopi masalasi ko‘rib chiqiladi. Bu romandagi zamon va makon tasvirida voqelikning har bir elementi o‘z o‘rnida. Usullar, elementlar va funktsiyalar ham tahlil qilinadi. Inversiya, aslida, o‘tmish doirasidagi mifologik va badiiy tafakkurning maqsad, ideal, adolat, komillik, shaxs, jamiyatning uyg‘un holati kabi kategoriyalari bilan chegaralanishiga olib keladi.

#makon #bashorat #inversiya #zamon #xronotop #folklor xronotopi #badiiy obraz #tarixiy voqelik #g‘oyaviy-falsafiy asos #tarixiy fakt #tarixiy ildiz

138-142 622 Oct 3, 2022 4:04:40 PM
Annotatsiya

Jadid adabiyoti, xususan, Cho‘lpon ijodi adabiyotimizning durdona asarlari sirasiga kiradi. Bu davrda yozilgan asarlar g‘oyaviy pishiqligi, obrazlar mukammalligi, syujetlarning izchilligi bilan ham ahamiyatlidir. Bugunga qadar jadidchilik harakatining yetakchilaridan biri bo‘lgan Cho‘lponning nasriy asarlari janr xususiyatlari, hikoyalari strukturasi, nasriy asarlarida tagma’no qatlamlarini o‘rganish borasida ilmiy izlanishlar olib borilgan. Bu kabi izlanishlar esa, cho‘lponshunosligimizni yanada boyitadi. Ushbu maqolada esa, Cho‘lpon hikoyalaridagi ayyollar obrazi tadqiq etiladi.

#obyektivlik #izchillik #badiiy umumlashma #kutilmaganlik effekti #ziddiyatlar ketma-ketligi

143-150 711 Oct 3, 2022 4:18:04 PM
Annotatsiya

Maqolada Turkiston o‘lkasida dastlabki drama janr asosida taraqqiyparvar Mahmudxo‘ja Behbudiy tomonidan yozilgan “Padarkush” asarining paydo bo‘lishi va uning boshqa o‘nlab jadid dramalarining yaratilishiga asos bo‘lganligi ko‘rsatiladi. Asar jadid dramaturgiyasining paydo bo‘lishi, shakllanishida asosiy omil bo‘lib xizmat qildi. Maqolaning maqsadi “Padarkush”da ko‘tarilgan ma'rifatparvarlik g‘oyasining orqasidan jadid dramalarida ushbu mavzuning muammo sifatida olib chiqilishi o‘quvchiga yetkaziladi.

#drama #pesa #millat #ilm #milliy #Turkiston #jaholat #jadid #eski #yangi #shakllanishi #to‘y #maʼrifat #mustamlaka

151-154 709 Oct 3, 2022 4:25:00 PM
Annotatsiya

Ushbu maqola Omon Matjon lirikasining o‘ziga xos jihatlari va badiiyati masalasi tadqiqiga bag‘ishlangan. Maqolada shoirning XX asr o‘zbek she'riyati taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi, she'riyatining o‘zgacha qirralari ochib beriladi. Shoirning bir necha she'rlari tahlilga tortilib, ijodkorning “Seni yaxshi ko‘raman” turkum she'rlarining mazmun–mohiyatiga e'tibor qaratiladi. Shoirning “Qo‘shiq”, “Ishq”, “O‘zbek go‘zali”, “Ayolga maqtov”, “Sog‘indim”, “Qiyin muhabbat”, “Seni yaxshi ko‘raman” she’larini o‘rganish asnosida, ularda ishqiy ifodalar oshiq tilidan o‘ziga xos, milliy ruhda, inson qalbiga ozor bermaydigan tarzda, o‘rinli istiora va tashbehlardan foydalangan holda, hayotiy asoslarning muhabbat talqinlariga moslashtiriluvi tarzida san'atkorona ifodalanganligini aniqladik.

#lirik qahramon #tushuncha #poetik tafakkur #Lirik ifoda #Badiiy tafakkur #lirik jozibadorlik

155-161 371 Oct 3, 2022 4:32:20 PM
Annotatsiya

Ushbu maqola XX asr shoiri va adibi Shuhrat ijodidan o‘rin olgan masal va hajviy she’rlar tahlil va talqini masalasiga bag‘ishlangan. Maqolada masal va hajviy she’rning o‘ziga xos xususiyatlari ochib beriladi. Shoirning “Tulki va quyon” va “Qurbaqa” masalining g‘oyaviy mazmuni, ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyati satrma-satr tahlil qilinadi. Masallardagi tuyg‘u – fikr – g‘oya zanjiri ko‘rsatib beriladi. Shuhratning ma’rifiy g‘oyalar ifodasi talqin etilgan “Bo‘ri edi, tulki bo‘ldi” va “Xira pashsha” hajviy she’rlarida inson tabiatiga xos bo‘lgan illatni, inson tabiatining zaif tomonlari, nuqsonlari, qusur-kamchiliklari, noto‘g‘ri xatti-harakatlari aniq, o‘tkir hajv orqali ochib berganligi ko‘rsatilgan. Shoirning yuqoridagi masal va hajviy she’rlari didaktik tarbiyaning muhim vositasi sifatida bashariyatni tarbiyalashga xizmat qilishi isbotlangan. Shuhratning masal va hajviy she’rlari XX asr adabiy maydonidagi ma’naviy ibrati bilan hozir ham o‘z ahamiyatini to‘la saqlab qolgani aniqlangan.

#kinoya #obraz #motiv #g‘oya #majoz #tuyg‘u #illat #masal #hajv #allegorik #nuqson #munofiqlik #didaktik tarbiya

162-167 218 Oct 3, 2022 4:39:32 PM
Annotatsiya

Ma’lumki, o‘lan janriga soha mutaxassislari tomonidan turli qarashlar bayon etilgan, ta’rif va tasniflar berilgan. Bu borada ijodkorlarning o‘zlari qanday fikrdalar?O‘lanlar nima maqsadda to‘qilgan? Ularning uzoq muddat esda saqlanib qolishi, tinglovchilar auditoriyasini hamisha qiziqtirib kelganligining sababi nimada? Mazkur maqolada ana shu kabi savollarga javob izlanadi. Umuman, o‘lan ijrochilarining o‘lan ijodkorligi uchun ehtiyojlari, o‘lanlarning paydo bo‘lishidagi omillar hamda ularning o‘langa nisbatan keltirgan ta’riflari xususida so‘z yuritiladi va tasniflanadi.
Tadqiqotda ilmiy mushohadalar va ularning natijalariga chuqurroq erishish maqsadida o‘lanlarni qiyosiy-tipologik tahlil metodidan foydalanib o‘rgangan holda quyidagicha: 1)an’anaviylik; 2) eranlar homiyligi; 3) gerental to‘siqsizlik; 4) motivatsion xossa; 5) moddiy rag‘bat; 6) ma’naviy rag‘bat; 7) mag‘lubiyat tovoni; 8) ijro reglamenti; 9) meditativ vosita tarzida tasnif etildi.

#an’anaviylik #o‘lan #harbadosh #eranlar homiyligi #gerental to‘siqsizlik #motivatsion xossa #moddiy rag‘bat #ma’naviy rag‘bat #mag‘lubiyat tovoni #ijro reglamenti

168-170 308 Oct 3, 2022 4:45:49 PM
Annotatsiya

Maqolada zamon tushunchasi va uning o‘ziga xos talqini, jahon va o‘zbek tilshunosligida temporallikning ifodalanish xususiyatlari, mazkur tushunchaning Muhammad Yusuf she'riyati misolidagi ahamiyati masalalari yoritilgan. Temporallikning jahon va o‘zbek tilshunosligidagi o‘rganilganlik darajasi, bu hodisaga falsafa va tilshunoslikdagi yondashuvlar bayon etilgan. Bilish jarayonining bosqichlari, aqliy va hissiy bilish orqali zamonni idrok etish, his qilish, til taraqqiyotida mufassal anglab yetish masalalariga to‘xtalib o‘tilgan. Makon va zamon tushunchalarining keng qamrovliligi, bog‘liqligi , badiiy matnda namoyon bo‘lishi yoritilgan. Muhammad Yusuf she'rlarida zamonni ifodalovchi leksemalarning tilning ma'lum sathlarida ifodalanishi bayon etilgan. Til tamaddun shakllanishidagi asosiy mezon sifatida zamon bilan bog‘liq ravishda rivojlanib, sayqallanib borishi Muhammad Yusuf she'rlari misolida tahlil etilgan. Lingvistikada zamon tushunchasi bir vaqtda bir necha hududlarni qamrab olishi bayon etilgan.

#nutq #gap #zamon tushunchasi #temporallik

171-175 282 Oct 3, 2022 4:49:33 PM
Annotatsiya

Mazkur maqolada feʼl so´z turkumiga xos bahstalab grammatik kategoriyalardan biri bo´lgan nisbat kategoriyasining agglyutinativ va flektiv tillardagi talqini, turlari va funksional-uslubiy xususiyatlari haqida fikr yuritiladi. Nisbat shakllarining sinkretik tabiati hamda polifunksional jihatlari o´zbek va ingliz tillari materiallari asosida tahlilga tortiladi.

#majhul nisbat #nisbat kategoriyasi #ikki nisbatli nazariya #uch nisbatli nazariya #aniq nisbat #o´zlik nisbat #orttirma nisbat #birgalik nisbat #o´rta majhul nisbat #leksik majhul nisbat #sinkretiklik

176-183 389 Oct 3, 2022 4:55:12 PM
Annotatsiya

Ma’lumki, so’ngi yillarda mamlakatimizda diniy e’tiqod erkinligi mustahkamlanayotganligi, islomiy ma’naviy-ma’rifiy asarlarning keng o’rganilayotgani va ularning nashr etilayotgani, bu yo’nalishda qator ilmiy tadqiqotlar olib borilayotgani tilimizda arabcha so’zlarning faollashuviga ham sabab bo’ldi. Ayni jihat ayrim so’z va jumlalarning imlosi va talaffuzida ma’lum bir chalkashliklar kelib chiqishiga olib keldi. Bu kabi muammolarning bartaraf etilishiga ona tilimizning yashash qonuniyatlariga tayangan holda harakat qilish to’g’ri bo’ladi. Barcha tillarda bo’lgani kabi o’zbek tilida ham boshqa tildan so’z qabul qilishning o’z qonuniyatlari mavjud. Unga ko’ra, o’zga tildan qabul qilinayotgan har qanday til birligi qabul qilayotgan tilning talaffuz qoidalariga mos kelishi lozim bo’ladi. Agar shunday qilinmasa, talaffuzda notabiiylik, zo’rama-zo’rakilik vujudga keladi.

#Fonetika #lingvistik yarus #diniy matn #orfoepik me’yor #lingvistik birlik

184-186 268 Oct 3, 2022 5:02:53 PM
Annotatsiya

Mazkur maqolada bilvosita nutqning turli madaniyatlarda qo‘llanilish masalalari atroflicha bayon etildi. Bilvosita nutq tahlilida analitik va tasviriy metodlardan foydalanildi. Bilvosita nutqlar pragmalingvistikaning o‘rganish ob’ekti bo‘lib, gapning implitsit ifodalanishi va tinglovchi tomonidan izohlanishini namoyon etadi. Alohida e’tibor turli tillarda gender nutqidagi implitsitlik tushunchasiga ham qaratildi.

#bilvosita nutq #implitsitlik #yashirin ma’no #ko‘chma ma’no #gender nutqi

187-189 266 Oct 3, 2022 5:05:56 PM
Annotatsiya

Ushbu maqola bo‘lajak filolog mutaxassislarni tayyorlashda terminologik kompetentlikning o‘rni va ahamiyati mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda kompetentsiya, uning mazmun-mohiyati, kompetentlik, kasbiy kompetentlik, pedagogik jarayonda kasbiy kompetentlikning o‘rni, terminologik kompetenlik kabi terminlarining qo‘llanishi xususida batafsil ma’lumot berilgan. Bo‘lg‘usi filolog o‘qituvchida kasbiy kompetentsiyalarni shakllantirish omillari, asosiy komponentlari, kasbiy faoliyati jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kasbiy muammolarni hal qilish, terminologik kompetentlik, terminologik kompetentlikning filolog mutaxassislar yetishtirishdagi zaruriy ehtiyoj ekanligi ochib berilgan. Bo‘lajak mutaxassis – o‘qituvchi nutq madaniyatiga ega bo‘lishi zarurligi, nutqning to‘g‘riligi, aniqligi, ifodaviyligi, nutqning sofligi, uning turli sheva so‘zlaridan holi bo‘lishi, yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishi uchun esa sohasiga oid terminlarni mukammal egallashi kerakligi,terminologik kompetentlik bo‘lajakmutaxassisning o‘rganayotgan til materiallaridan va olingan axborotlardan kasbiy faoliyatida oqilona foydalana olishi, shu tilda o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda mustaqil ifodalashi, mutaxassislikka oid terminlarni tushunish layoqati dolzarb ekanligi xususida fikrlar bayon etilgan. Terminologik kompetentlik va uni shakllantirishda o‘quv lug‘atlarining o‘rni, ahamiyati, mazkur jarayon haqida yetakchi olim va tadqiqotchilarni fikrlari bayon etilgan.

#bilim #kompetentsiya #ko‘nikma #kompetentlik #malaka #kasbiy kompetentlik #terminologik kompetentsiya

190-192 312 Oct 3, 2022 5:11:14 PM
Annotatsiya

Maqolada murojaat shakllari har qanday muloqotda aloqa qonunlariga muvofiq bo‘lishi kerak. Murojaat shakllari to‘g‘ri tanlanmasa, u holda muloqot samarali bo‘lmaydi. Formanovskayaning ta’kidlashicha, murojaatlar nutqiy etiketning keng doirasiga kiradi, chunki shu birliklar yordamida suhbatdosh bilan nutqiy aloqa o‘rnatilgan va qo‘llab-quvvatlanadi, umuman so‘zlovchi hamda tinglovchining muloqot davomidagi ijtimoiy, shaxsiy munosabatlari tartibga solinishi haqida atroflicha fikrlar berilgan. Shuningdek, maqolada bolalarga oid murojaat birliklarida rus va o‘zbek oilalaridagi murojaat birliklari taqqoslangan.

#muloqot #til birliklari #Leksik birliklar #murojaat shakllari #oila diskursi

193-196 331 Oct 3, 2022 5:14:17 PM
Annotatsiya

Mahsulot va tovar nomlarini ifodalovchi til birliklari – atoqli nomlar tilshunoslar tomonidan llmiy manbalarda pragmonim, tovaronim, pragmatonim kabi terminlar bilan nomlanayotgani xususida fikr bildirildi. Firma, tashkilot, korxona nomlarini anglatuvchi ergonimlar bir nechta guruhlarga ajratib tahlil qilindi, brend ishlab chiqarilgan mahsulot, tovar yoki xizmat nomini anglatishi izohlandi, pragmatonimlar tarkibiga kiruvchi mashhur brend nomlarining farqlovchi elementlari va funksiyalarini  tasniflash, tavsiflash, qiyoslash va pragmatik tahlil usullari asosida yoritish asnosida ushbu hodisaning til sistemasida tutgan o‘rni aniqlandi. Brend o‘z ichiga brend nomi, logotip, shior, shakl, rang, tovush va ohang, ifor, ta’m, harakat kabi bir nechta elementlarni qamrab olishi misollar asosida ko ‘rsatildi. Ijtimoiy, psixologik va lingvistik omillar brend nomini tanlash va ommalashtirishda muhim ahamiyatga ega ekanligi aniqlandi. Pragmatonimlar farqlovchi, informativ, “asrovchi”, kafolat, psixologik funksiyalarni bajarishi ko‘rsatildi.

#onomastika #ergonim #pragmonim #tovaronim #pragmatonim #farqlovchi funksiya #informativ funksiya #“asrovchi” funksiya #kafolat funksiyasi

197-200 578 Oct 3, 2022 5:17:45 PM
Annotatsiya

Maqolada nutqning shakllanishida muhim vazifa bajaruvchi birliklar, kompozitsion-sintaktik tuzilishini o‘rganish, uni semantik-struktur va funktsional jihatdan baholash, ma’lum bir makon va zamon birligida uni tashkil etgan komponent-qismlar, sintaktik-stilistik figuralar, gaplar va boshqa obraz yaratuvchi vositalarning tartibli joylashishi, mantiqiy va lingvistik kategoriya sifatida talqin etiluvchi sintaktik-kompozitsion qismlar, murojaat, mavzuning belgilanishi, eslatish, tasvirlash, dalillash, rad, iddao qilish, xulosa, so‘z, birikma, gap, frazalar, uslubiy vositalar, lingvistik kategoriyalar, nutqning mavzusi, sarlavhasi, nomlanishi, epigrafi, yozma nutq, matn, poetik nutq, she’riy band bitta supersintaktik, liroepik asarlarda xotima va uni ifoda etuvchi lisoniy va nutqiy vositalar tizimi va ularning asosiy belgi- xususiyatlari, kompozitsion qismlari sifatida boshlanma, tartibli joylashuv, “sochilib yotgan”, izchil rivojlanib borish, fikr rivoji va tugallanmalar haqida ma’lumot beriladi.

#semantika #kommunikatsiya #kompozitsiya #kommunikativ birlik #lisoniy faktor #struktur tahlil #sintaktik butunlik #supersintaktik butunlik

201-208 282 Oct 3, 2022 5:26:54 PM
Annotatsiya

Maxsus funksiyalar bo‘yicha mashhur kitobda Gorn ro‘yxatiga kirgan bir necha ikki o‘zgaruvchili gipergeometrik funksiyalarning ta’riflarida noaniqliklar va ba’zi gipergeometrik funksiyalar qanoatlantirishi mumkin bo‘lgan xususiy hosilali differensial tenglamalarning sistemalarida xatoliklar uchraydi. Mazkur ishda dastlabki manbalarga tayangan holda ikki o‘zgaruvchili gipergeometrik funksiyalarning ta’riflariga aniqliklar kiritiladi va gipergeometrik tipdagi differensial tenglamalarni tuzish jarayoni almashtirishlarni bevosita bajarish yo‘li bilan batafsil bayon qilinadi.

#икки ўзгарувчили гипергеометрик функциянинг таърифи #Горн рўйхати

209-213 349 Oct 3, 2022 5:34:45 PM
Annotatsiya

Ushbu maqolada to‘rtburchakli sohada Kaputo operatori qatnashgan, involyutsiyali parabolik differensial tenglama uchun teskari masala ko‘rib chiqilgan. O‘zgaruvchilarni ajratish usulidan foydalanib, masalaning yechimi Furye qatori shaklida qurilgan.Masala yechimining yagonaligi isbotlangan, mavjudligi haqidagi teorema keltirilgan. Maqolada ko‘rilgan masala matematik-fizikaning zamonaviy muammolariga oid bo‘lib,olingan natijalar ko‘proq nazariy ahamiyatga ega hamda ular kasr tartibli xususiy hosilali differensial tenglamalar uchun qo‘yiladigan chegaraviy masalalarni o‘rganishda hamda matematik fizika tenglamalari nazariyasida qo‘llanilishi mumkin.

#involyutsiya qatnashgan differensial tenglama #Koshi-Shvars tengsizligi #kasr tartibli integro- differensial operator #Kaputo operatori

214-222 259 Oct 3, 2022 5:40:29 PM
Annotatsiya

Ushbu maqolada vazn funksiyasiga ega bo‘lgan Riman-Liuvil va Atangana-Baleanu kasr tartibli operatorlar
qatnashgan to‘lqin tenglamasi uchun bir chegaraviy masala bayon qilingan va o‘rganilgan. Masala Furye usuli yordamida
tadqiq qilingan. Bunda vaqt o‘zgaruvchisi bo‘yicha hosi lqilingan masala yechimi Laplas almashtirishi yordamida topilgan.
Qo‘yilgan masalaning yechimi qator ko‘rinishida topilgan.

#differensial tenglama #kasr tartibli differensial operator #vazn funksiyasiga ega bo‘lgan Atangana-Baleanu kast tartibli operator

223-227 370 Oct 3, 2022 5:56:58 PM
Annotatsiya

Ta’limda va pedagogik faoliyatda, zamonaviy elektr jihozlarini o‘qitishda axborot texnologiyalaridan foydalanish dars samarasini oshiradi, telekommunikatsiya, vizualizatsiya va STEAM metodlaridan foydalanish o‘quvchilar tasavvurini rivojlantiradi, muammoli vaziyatda bir nechta yechim topa oladilar,o‘quvchilarning olayotgan bilimlarini yuqori saviyada bo‘lishida samarali yordam beradi va ularning kelgusida malakali mutaxassislar bo‘lib kamol topishiga zamin yaratadi. O‘zbekiston pedagog ustozlarning ta’lim berish saviyasini rivojlangan davlatlarning ta‘lim berish darajasiga tenglashtirishga qaratilgan bir nechta metodlar ko‘rsatilgan.

#axborot texnologiyasi #vizualizatsiya #steam #axborot kommunikatsiya texnologiyalari #QR kod

228-232 377 Oct 3, 2022 6:02:53 PM
Annotatsiya

Ushbu maqolada umumiy orta ta’lim maktabi oquvchilarida milliy hunarmandchilikni kreativ yondashuv asosida organishning pedagogik-psixologik imkoniyatlari ishlab chiqilgan Vizualitsiya metodlaridan foydalanib oqitish tasavvurini rivojlantiradi.Muammoli vaziiyatda bir necha yechim topa oladilar.Oquvchilarni olayotgan bilimlarini yuqori saviyada bolishiga samarali yordam beradi va ularni kelgusida malakali mutaxasislar bolib kamol topishiga zamin yaratadi.

#креативлик #ахборот технологиялари #миллий ҳунармандчилик #креатив фикрлаш #амалий ва бадиий безак санъати #Технология таълими #креативлик сифатлари #компьютер соводхонлиги

233-237 303 Oct 3, 2022 6:25:01 PM
Annotatsiya

Tibbiyot elektronikasi darsini tashkillash va uni olib borishda o‘qituvchi, o‘qitish usulining turli shakllaridan (ma’ruza, og‘zaki bayon qilish, masalalar yechish, amaliy ish, ko‘rgazmalilik va boshqa shakllardan) foydalanishi mumkin.
Shuningdek, darslarni o‘tishda dars berishning turli noan’anaviy usullaridan bayon, savol-javob, boshqotirmalar, bahs- munozara, elektron qo‘llanmalar va multimedialardan foydalanish tavsiya etiladi. O‘qituvchi yuqoridagilarga tayangan holda izlanuvchanlik bilan talabalarni fanga bo‘lgan ijodkorlik tuyg‘usini uyg‘ota olishi kerak. O‘qituvchi talabada “Menga tibbiyot elektronikasi zarur, uni bilish, kasbiy faoliyatda qo‘llashning uddasidan chiqishim kerak”- degan intilishni uyg‘otshi zarur.  Ushbu intilishni uyg‘otish uchun dars davomida pedagogik texnologiyalarni qo‘llash samarali natija beradi.

#motivatsiya #Tibbiyot elektronikasi #innovatsion usullar

238-241 400 Oct 3, 2022 6:31:05 PM
Annotatsiya

Ushbu maqolada Texnologik ta'lim sohasida texnik mexanika fanini o‘qitish metodikasi bo‘yicha fikr va mulohazalar keltirilgan. Bugungi kunda ta’limda va pedagogik faoliyatda texnologiyalardan foydalanish yordamida o‘qitish dars samarasini oshiradi. Yangi metodlardan foydalanib, o‘quvchilar tasavvurini rivojlantirish juda katta samarali yordam beradi. Bugungi kunda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida texnologiya fani darslarida sifatli ta’limni tashkil etish, o‘qitishning zamonaviy metodlaridan foydalanish, o‘quvchilarda kreativlik qobiliyatlarini shakllantirish eng dolzarb masalalardan biridir. Ma’lumki texnologiya fani turli materiallarga ishlov berish, ularning o‘ziga xos xossalarini o‘rganish mavzularini o‘z ichiga oladi. Ushbu maqolada eng qiziqarli mavzulardan biri “Texnik mexanika” – fanini o‘qitish uslubiyoti haqida keng yoritilgan.

#o‘quv jarayoni #texnologiya #kreativ #interfaol #texnik mexanika #texnologik ta'lim #materiallar

242-246 388 Oct 4, 2022 10:37:19 AM
Annotatsiya

Ushbu maqolada innovatsion yondoshuv asosida umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarida texnologik kompetensiyalarni shakllantirishning pedagogik shartlari ishlab chiqilgan.Talimda va pedagogik faoliyatida innovatsion yondashuv asosida o‘qitish dars samaradorligini oshiradi va kelgusida yetuk mutaxassis bo‘lishiga ko‘maklashadi. Maqolada texnologiya fanini o‘qitishda zamonaviy innovatsion dasturdan foydalanib ta’limning tashkil usuli bayon etilgan.O‘quvchi muammoli vaziyatlarda yechim topa oladi,o‘quvchini olayotgan bilimlari yuqori saviyada bo‘lishigayordam beradi.
 

#innovatsiya #innovatsion texnologiyalar #axborot texnologiyalari #innovatsion ta’lim #innovatsion jarayonlar #Texnologiya ta’limi #kompyuter sovodxonligi

248-252 573 Oct 4, 2022 10:46:30 AM
Annotatsiya

Ushbu maqolada o‘qituvchilik kasbining naqadar muhimligi va uning vazifasi, yog‘ochga ishlov berish o ‘quv ustaxonasidagi mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning vazifalari va majburiyatlari,“yog‘och materiallari” mavzusiga “FSMU” texnologiyasi, “yog‘och materiallari” mavzusiga “SWOT-TAHLIL” jadvali, yog‘och materiallari haqida ma’lumot ya’ni yog‘ochning puxtaligi, qattiqligi, zichligi, yog‘ochning qattiqlik darajasiga qarab guruhlanishi ,yog‘och materiallaridan ramka tayyorlash  texnologiyasi, shu bilan birga texnologiya fanining kundalik hayotda o‘rni yoritilgan.

#o‘quv jarayoni #vazifa #materiallar #Texnoligiya #yog‘och materiallari #o‘qituvchi #o‘quvchi shakldor #dekorativ

253-256 320 Oct 4, 2022 10:51:05 AM
Annotatsiya

Maqolada fizika fanini o‘qitishda integrativ darslarni tashkillashtirish metodlari keltirilgan. Fizika darslarini bu shaklda tashkil etish o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma, malaka va kreativlikni shakllantiradi. Tadqiqotning maqsadi akademik litseylarda fizika fanini o‘qitishda integrativ darslarni tashkil etish mazmuni va o‘tkazish metodikasi bo‘yicha tadqiqot natijalarini bayon qilishdan iborat. Tadqiqotni olib borishda kuzatish, taqqoslash, so‘rovnomalar o‘tkazish, tahlil qilish va matematik statistika metodlaridan foydalanildi. Tadqiqotda akademik litseylarda fizika fani mazmuni va uni o‘qitishda integrativ darslarni tashkil etish hamda o‘tkazish metodikasi bo‘yicha mulohazalar va amaliy takliflar ishlab chiqildi. Tadqiqotda fizika fani bo‘yicha o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar samaradorligini oshirishda faollik prinsipini qo‘llash, zamonaviy fizikada integrativ va tizimli yondashuv natijasida o‘quvchilar keng qamrovli bilimlarga ega bo‘lishi, o‘quvchilarning mustaqil izlanish va ijodiy qobiliyatlarni o‘stirishda fanning mustaqillik prinsipiga amal qilishiga alohida ahamiyat berilgan. Fizika bo‘limlariga doir mavzularni integrativ metodlar yordamida fanlar aro integratsiyasiga didaktik-metodologik xarakterdagi sharoit va tartiblarning muayyan majmuyini kiritish mumkin. Bunday sharoit va tartiblarni fizik bilimlarning integratsiyalash imkoniyatlarini ta’minlash sharti sifatida qarash lozim.

#ijodkorlik #bilim #ko‘nikma #integratsiya #malaka #kreativlik #integrativ #metopredmet

257-261 354 Oct 4, 2022 11:00:00 AM
Annotatsiya

Ushbu tadqiqot xromatografik va spektroskopik usullardan foydalangan holda biologik faol ikkilamchi metabolitlarni ajratib olish va tavsiflash uchun olib borildi. Ephedra equisetina Bunge oʻsimligi Oʻzbekiston Respublikasining Fargʻona viloyatida yigʻib olingan. Turlarning mansubligi gerbariy namunasi bilan solishtirish orqali aniqlandi. O‘simlik tarkibiy qismlarini ajratish uchun Ephedra equisetina etil spirti bilan ekstraksiya qilindi. Efedrin alkaloidi birinchi marta oʻzbek florasi populyatsiyasiga tegishli Ephedra equisetina Bunge yer ustki qismining spirtli ekstraktidan xromatografiya usullari yordamida ajratib olingan. Alkaloidning tuzilishi IQ, 1H va 13C NMR, shuningdek, HSQC, HMBC spektroskopiyasi yordamida o‘rnatildi. O‘zbekiston Respublikasi Farg‘ona viloyatida o‘sadigan Ephedra equisetina Bunge o‘simligining alkaloid tarkibi birinchi marta o‘rganildi.

#alkaloid #Ephedra equisetina Bunge #ekstraktsiya #suyuqlik-suyuqlik xromatografiyasi #efedrin #IQ spektr

262-266 277 Oct 4, 2022 11:17:03 AM
Annotatsiya

Maqolada neft tarkibidagi kislotalarda eng koʼp oʼrganilgani naften kislotalari boʼlib, ular neftning barcha tarkibiy qismlarida uchraydi. Ularni neft franktsiyalarini tarkibidan ajratib olish va xossalarini oʼrganish muhim ahamiyat kasb etadi. Radiusi 70 A0 bo‘lgan silikagel va alyuminiy oksidi neftning kislorodli tarkibiy qismlariga (fenol, yog‘ va naften kislotalari) nisbatan juda faol, lekin ular yoqilg‘ining uglevodorod qismini ham oz miqdorda adsorbsiya qiladi. Binobarin, bu sorbentlar yordamida ajratib olinganda, naften kislotalari tarkibida 10% ga yaqin uglevodorod aralashmalari bo‘ladi.
Naften kislotalarini uglevodorodlardan tozalashda qo‘shimcha texnologik jarayonlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun g‘ovak radiusi 300 A0 bo‘lgan eng yirik g‘ovakli silikageldan foydalangan ma'qul. Neft kislotalari ichida eng ko‘p o‘rganilgani naften kislotalari bo‘lib, ular neftning barcha tarkibiy qismlarida uchraydi. Ularni neft fraksiyalaridan ajratish va xossalarini o‘rganish muhim ahamiyatga ega.

#adsorbent #fenol #naften kislotalar #neft franktsiyalari #KSK-2 #silikogel bentonit #С-68 markali poliamid smolasi #yogʼ kislotalari #bentonit

267-273 293 Oct 4, 2022 11:35:05 AM
Annotatsiya

Tarkibida oltingugurt saqlagan organik va noorganik birikmalar tabiiy gaz, neft va uning mahsulotlariga salbiy ta‘sir ko‘rsatadi. Oltingugurtli birikmalar kislotali xossani namoyon qilganligi sababli, ishlab chiqarish jarayonlarida texnologik qismlarning karroziyasiga olib keladi. Respublikamizda avtotransport vositalarida asosan suyultirilgan tabiiy gazdan foydalaniladi. Gaz tarkibidagi oltingugurtli birikmalar gaz balonlarining yemirilishiga olib keladi, natijada chaqnash ro‘y berishi mumkin. Sintetik seolitlardan ishlab chiqarish sanoatlarida, shuningdek, gaz bilan ishlaydigan kichik korxonalarda  ham foydalanilsa texnologik yemirilishlarni oldi olingan bo‘ladi. Sintetik seolitlar yuqori sorbsion xususiyatga ega bo‘lganligi sababli turli ishlab chiqarish sanoatlarida shlatiladi. Olib borilgan tadqiqot ishlarida oltingugurtli birikmalar fojazit tipidagi seolitlarning superbo‘shliqlarida joylashishi va sorbsion strukturasini tadqiq qilish imkonini beradi. Vodorod sulfidning NaX seolitiga adsorbsiyasi yuqori vakuumli adsorbsion qurilmada olib borildi. Olingan natijalarga asoslanib, adsorbsiya differensial issiqligi, izotermasi, entropiyasi va issiqlik muvozanat vaqti (termokinetika) hisoblandi.

#entropiya #izoterma #vakuum #NaX seoliti #vodorod sul'fid #mikrokalori metr #differensial issiqlik

274-278 396 Oct 4, 2022 11:57:14 AM
Annotatsiya

Poliakrilonitril matosining olovga chidamliligini oshirish maqsadida u dastlab karbamid bilan modifikatsiya qilindi.
So‘ngra, modifikatsiyalangan poliakrilonitril matoni ortofosfat kislotasi bilan qayta kimyoviy ishlov berildi va natijada olovbardosh PAN matosi sintez qilindi. Sintes qilingan N va P tutgan yong‘inga chidamli poliakrilonitril materialining tarkibi va yonish darajasi Furye infraqizil spektroskopiyasi, rentgenofazaviy tahlili va cheklovchi kislorod ko‘rsatkichi yordamida o‘rganildi. Yong‘inga chidamli poliakrilonitril matoning cheklovchi kislorod ko‘rsatkichi qiymati 20 marta yuvish davridan so‘ng 28,5% ni tashkil etdi, bu esa yuvilishga bardoshliligidan va yong‘inga chidamliligidan dalolat beradi.

#karbamid #poliakrilonitril matosi #modifikatsiya #yong‘inga chidamli #cheklovchi kislorod ko‘rsatkichi

279-282 450 Oct 4, 2022 12:05:34 PM
Annotatsiya

Maqolada qon bosimini oshishi kasalligida ishlatiladigan sintetik dorilarning kimyoviy tarkibi va ularning inson organizmidagi boshqa organlarga salbiy ta’siri o‘rganilgan. Kiyik o‘tning kimyoviy tarkibi o‘rganilib, sintetik dorilarning kimyoviy tarkibi bilan qiyoslangan. Kiyik o‘tning haqiqatan ham sintetik dorilarning kimyoviy tarkibi bilan o‘xshashligi sababli qon bosimini tushirishda yordam berishi aniqlangan.Kiyik o‘t o‘simligi asosida oziq-ovqat qo‘shilmasi tovari yaratish bo‘yicha xulosalar keltirilgan

#Xalq tabobati #sintetik dorilar #qon bosimini oshishi #salbiy ta’siri #kimyoviy tarkibi #kiyik o‘t #oziq- ovqat qo‘shilmasi

283-288 211 Oct 4, 2022 12:10:16 PM
Annotatsiya

Ushbu maqolada ferrotsen asosida yangi biologik faol birkimalar sintez qilish mumkinligi, molekulasida ferrotsen saqlovchi birikmalar ferrotsenil yadrosining o‘ziga xos molekulyar tuzilishi evasiga kuchli biologik faollikni namoyon qilishi keltirib o‘tilgan.  Ferrotsenkarbon kislotasining tiomochevina va uning hosilalarini bilan birikmalarini sintez qilish va ularni amaliyotga joriy etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yoritilgan. Ushbu reaksiya diazotirlash usuli bo‘yicha olib borildi.
Sintez qilib olingan birkmani suyuqlanish temperaturasi SMP10 asbobida, IQ-spektrlari Perkin Elmer Spektrum IR spektrometrida qayd etilgan. Reaksiya mahsulotining individualligi yupqa qatlam xromatagrafiyasi usuli bilan tekshirildi va kalonkali xromotografiya yordamida ajratib olindi. Asosiy modda 1`-karboksiferrotsenil tiokarboksamidning chiqish unumi 98 % ni tashkil qilib birikmaning tuzilishi IQ-spektrlar yordamida o‘rganildi. Olingan IQ-spektr ma’lumotlari bilan mass- spektrometriya natijalari bilan tasdiqlandi.

#xloroz #ferrotsen #biostimulyator #tiomochevina #ferrotsenkarbon kislota #diazotirlash #MAKSIT-1 #ADUMAX-1 #geteroannulyar

289-292 344 Oct 4, 2022 1:21:23 PM
Annotatsiya

Maqolada Lamiaceae oilasiga oid shifobaxsh o‘simliklardan Phlomoides canescens tarkibidagi efir moylarini komponentlari va miqdori aniqlandi. O‘simlikning bargi va guli namunalari Farg‘ona tumanining tog‘li xududidan terildi. Tajriba GX-MS usulida Ajilent 7890 GC-MS uskunasida bajarildi. Jami o‘simlikning ikkita a’zosida 54 ta moddaning miqdori aniqlandi. Moddalarning miqdori hamda akrtefaktlar paydo bo‘lish masalalari tajriba sharoitlari bilan bog‘liqlik masalalari muhokama etildi.

#lipid #flora #komponent #xolesterin #Gidrodistillash #xromatografiya #populyatsiya #terpenoidlar #biosintez #spektrometriya #steroid gormonlar #fermentlar

293-298 281 Oct 4, 2022 1:26:34 PM
Annotatsiya

Ushbu maqolada polivinilxlorid(PVX)ni tarkibida monoetanolamin saqlagan chiqindi mahsuloti bilan kimyoviy modifikatsiya qilib, yangi turdagi anionitning olishning maqbul sharoitdlari, olingan anionitning kimyoviy barqarorligi hamda turli konsentratsiyali sun’iy eritmalardan KMnO4 ionlariningturli haroratda sorbsiyasi o‘rganish natijalari keltirilgan. Jarayonlarning muvozanat holatidagi adsorbsiya mexanizmini ifodalash izoterma modellaridan foydalanildi. Olingan natijalar asosida hisoblab topilgan Lengmyur izoterma modeli bo‘yicha
= 125 (293K) mg/g, bu esa polivinilxlorid hamda chiqindilar asosida tarkibida azot saqlagan yangi ionitga Mn
ionlarini yuqori darajada sorbsiyalashini ko‘rsatadi.

#sulfat kislota #ionit #nitrat kislota #polivinilxlorid (PVX) #kimyoviy barqarorlik

299-303 395 Oct 4, 2022 1:33:51 PM
Annotatsiya

Tadqiqot maqsadi polivinilxlorid asosida olingan yangi sorbentning fizik-kimyoviy xossalarini o‘rganishdan iborat. Tatdqiqotlar termogravimetrik analiz, differentsial termik analiz, kompleksonometriya kabi zamonaviy usullar yordamida eksperimental natijalar olinganligi bilan asoslangan. Sorbent va sorbat o‘rtasidagi ion muvozanati Lengmyur va Freundlix izoterma modellari, sorbsiya termodinamikasi haqidagi zamonaviy nazariyalarda ishlatiladigan tenglamalarni qo‘llash orqali xulosalar chiqarilgan. PVX asosida olingan ionitning fizik kimyoviy xossasi o‘rganish natijasida yuqori termik barqarorlikka egaligi va metall ionlarining yutilishi yuqori darajada ekanligi aniqlangan.

#sorbsiya #ion #polivinilxlorid #kationit

308-310 397 Oct 4, 2022 1:43:50 PM
Annotatsiya

Bugungi kunda yuqori molekulyar birikmalar xossalari va ular ishtirokidagi kimyoviy reaksiyalarni nazariy jihatdan yuqori aniqlikda aniq aytib berish sohasida olib borilayotgan tadqiqotlar muhim hisoblanadi.Ushbu maqolada furfurolidenkarbamid olish uchun kerakli furfurol va karbamid molekulalarining reaksion qobiliyatlari zamonaviy Gaussian98 kompyuter dasturi yordamida xisoblangan natijalari keltirilgan. Furfurolidenkarbamid molekulasining elektron tuzilishi, optimallashgan geometrik parametrlari, atom zaryadlarini yuqori aniqlikda hisoblandi. Birikmaning reaksion qobiliyati bo‘yicha nazariy jihatdan kerakli natijalar olindi.

#karbamid #furfurol #furfurolidenkarbamid #kvant-kimyoviy hisob #atom zaryadi #bog‘ uzunligi

311-314 370 Oct 4, 2022 1:52:10 PM
Annotatsiya

Ushbu maqolada Vermikulit asosida olingan ionitgasun’iy eritmalardagi Cu2+ionlariningsorbsiyasi 293, 303 va 313 K haroratda, sorbsiya davomiyligi muvozanat holatigacha (18-soat) va turli konsentratsiyalarda o‘rganish natijalari keltirilgan. Jarayonlarning kinetikasi o‘rganildi, muvozanat holatidagi adsorbsiya mexanizmini ifodalash uchun Lengmyur va Freyndlix izoterma modellaridan foydalanildi. Olingan natijalar asosida hisoblab topilgan izoterma parametrlari R2(0,998-0,9998). qiymati barcha izoterma modellarida mos kelganligi aniqlandi. Lengmyur izoterma modeli bo‘yicha
=40,161mg/g, Freyndlix izoterma modeli bo‘yicha n=0,277 kelib chiqdi. Bu esa Vermikulit asosida olingan ionitga Cu2+ionlari sorbsiyalashini ko‘rsatadi.

#adsorbent #kinetika #Vermikulit #mis ionlari(Cu2+) #SАS #Lengmyur

315-321 200 Oct 4, 2022 1:57:05 PM
Annotatsiya

Tadqiqotning maqsad Karaulbozor neft moylaridan, tovar neftidan, neft konining oqava suvlaridan, shuningdek, naften konsentratlari va dizel yoqilg‘isi fraktsiyalarini oksidlash natijasida olingan sintetik kislotalardan ajratilgan tabiiy neft kislotalari tarkibini o‘rganish, neft va neft maxsulotlari tarkibidagi naften kislotalarning miqdorini aniqlashdan iborat. Tadqiqot natijalari. Tajriba jarayonida fraksiya unumi aniqlandi. Ishqorli chiqindilarni qo‘sh indikatorlar yordamida uch karra titrlash usuli bilan sovunli naften tarkibidagi naften kislotalarning miqdorini aniqlash usuli ishlab chiqildi va Karaulbozor neftlaridan naften kislotalarni kamaytirish natijasida olingan izoparafin-naften uglevodorodlarning tarkibi, Karaulbozor neftidan ajratib olingan neft kislotalarining fraktsion tarkibi.

#Naften kislota #monotsiklik #bitsiklik #tritsiklik #tetratsiklik #pentatsiklik naften kislotalar #kislota soni #metil efirlari

322-327 194 Oct 4, 2022 2:01:08 PM
Annotatsiya

Ushbu ishda furfurolning furfurol va aseton bilan ishqoriy muhitda kondensatsiyasini o‘rganildi va ularning komponent tarkibidagi o‘zgarishini UV, IQ, YMR spektroskopik va xromatografik usullar bilan tadqiq qilindi. Aniqlanishicha, haroratning minus 15 C oralig‘ida pasayishi bilan furfurolning Kannitssaro reaktsiyasi tezlashadi va haroratning +20 dan 85±50Cda olib borishi monomerini yuqori 96±2% unumgacha olish umkoniyatini bersdi.

#UV- #furfurol #kompleks hosil boʹlishi #Kanissaro reaksiyasi #aseton #ishqor #difurfurilidenatsenton-DIFA #IQ- #YАMR- spektroskopiya

328-334 321 Oct 4, 2022 2:07:33 PM
Annotatsiya

Suprefos bo‘tqasi, NH4NO3 va KCl ni рН = 5,25, 60С hamda 120 daqiqa aralashtirish asosida kompleks o‘g‘itlar olish bo‘yicha tadqiqotlar keltirilgan. Donadorlash va quritishdan so‘ng yuqori konversiya darajasi 93,66; 97,78 va 99,61% ga teng bo‘lgan N : Р = 1 : 1, N : Р : K = 0,4 : 1 : 1 ва 1 : 1 : 1 markalariga mos keluvchi 17,76% SO3, 18,71% N; 18,88%, 17,08% SO3, 7,02% N; 18,53% Р2О5общ.; 18,42% K2О и 14,34% N; 13,91% Р2О5общ.; 13,81% K2О, 12,98% SO3 tarkibli kompleks o‘g‘itlar olindi. SO3 ning 12,98-17,76% miqdoriga ko‘ra ularni NРS- va NРKS-o‘g‘itlar deb ham nomlash mumkin. Rentgenografik usulda tuzlarning to‘liq tuzli tarkiblari o‘rganildi, unga ko‘ra dikalsiyfosfat, nitrat, sulfat, ammoniy va kaliy fosfatlarining cho‘qqilari aniqlandi.

#ammiakli selitra #Suprefosli bo‘tqa #kaliy xlorid #NP- #NPK-o‘g‘itlar

335-340 473 Oct 4, 2022 2:14:35 PM
Annotatsiya

Ushbu maqolada ekologiyaga, asosan ichimlik suvini zararli metall ionlari va konserogan moddalar bilan ifloslanish yo‘llari hamda ularni tozalashda foydalaniladigan kimyoviy, fizikaviy, texnologik usullarni afzallik va kamchiliklari haqida ma’lumot berilgan. Bu usullardan sorbsiya jarayoning boshqa usullardan afzalliklari keltirilgan. Shuningdek, mualliflar tamonidan o‘rganilgan suvni zararli moddalardan tozalashda ishlatiladigan biosorbentlar olish sharoitlari va ularning sorbsion xossalari keltirilgan. Biosorbent olishda tabiiy polimer chiqindilari, manbalari va ularni qayta ishlash sharoitlari yoritib berilgan. Sholi qobig‘ini aktiflash, mehnik ishlov berish va uni mochavina bilan modifikatsiyalash mahsulotini boshqa biosorbentlarga nisbatan sorbsion xossalari solishtirilgan. Bundan tashqari, tabiiy polimerlarni manbalariga ko‘ra turlari va ularning sun’iy metall tuzlari eritmalaridan 1 g sorbent uchun sorbsiya miqdorlari keltirilgan. Biomateriallarning sorbsion xossalarini Fredlix va Lingmur izoterma modeli metodlaridan foydalanilgan. Yutilgan metall ioni miqdorini aniqlashda SHIMADZU (UV-1900) spektrofotometrdan foydalanildi.

#oqova suv #biomassa #sorbsiya #modifikatsiya #tabiiy polimer #biosorbent #sholi qobig‘i #metall ioni

341-345 186 Oct 4, 2022 2:22:21 PM
Annotatsiya

Ishdan maqsad 3-amino-5-merkapto-1,2,4-triazoldan yangi organik modda 3,3'-disulfanidilbis(1H-1,2,4-triazol-5-amin)ni sintez qilishdir. Maqolada 3-amino-5-merkapto-1,2,4-triazolning ahamiyati va undan 3,3'-disulfanidilbis(1H-1,2,4-triazol-5-amin)ning eng maqbul sintez usuli keltirilgan. 3-amino-5-merkapto-1,2,4-triazol va 3,3'-disulfanidilbis(1H-1,2,4-triazol-5-amin)ning infraqizil va Raman spektroskopik tahlillari keltirilgan.

#2 #3 #1 #3-amino-5-merkapto-1 #4-triazol #3'-disulfanidilbis(1H-1 #4-triazol-5-amin) #IQ spektroskopiya

346-351 349 Oct 4, 2022 2:34:56 PM
Annotatsiya

Maqolada Farg‘ona vodiysi mahalliy aholisining aholi maskanlarini yaratishda landshaft omili imkoniyatlaridan foydalanish malakalari haqida fikr yuritilgan. Vodiydagi shaharlarni vujudga kelishida tabiiy sharoitga moslashib borish, uning chorlovchi imkoniyatlaridan sanalgan suv resurslaridan foydalanish masalalari yoritilgan.

352-357 331 Oct 4, 2022 2:40:16 PM
Annotatsiya

Мақолада Фарғона водийси ёйилма ландшафтларини хўжалик мақсадларида тадқиқ этиш, уларни тизимли баҳолаш мезонларини ишлаб чиқиш, ёйилма ландшафтларини микрозоналлаштириш асосида экинларни жойлаштиришни такомиллаштиришнинг илмий асослари ҳақида фикр юритилган. Шунингдек, ёйилма ландшафтларига турли омилларнинг таъсири, ёйилмаларнинг вужудга келиши ва шаклланиш қонуниятларини аниқлаш, ёйилма ландшафтларнинг шаклланиши, тарқалиши ва барқарор ривожланишининг ўзига хос хусусиятлари, йирик ва кичик ёйилмаларда ҳосил бўлган воҳа ландшафтлари ва уларнинг тадрижий ўзгариши, тоғ оралиғи ботиқларини табиий географик районлаштириш масалалари ёритилган.

#Ёйилма ландшафтлари #воҳа ландшафтлари #мелиоратив тадбирлар #агроирригацион ётқизиқлар #конуссимон ёйилмалар

358-362 346 Oct 4, 2022 3:01:24 PM
Annotatsiya

Ushbu maqolada Sirdaryo viloyatida yetishtirilgan o‘simlik (Cannabis sativa L) va tuproq na’munalarida og‘ir metallar (Hg, Pb, Cr, Sn, Ni, Cu, Fe, Mn, Zn) miqdorini o‘rganish natijalari ko‘rib chiqildi. O‘simliklarni himoya qilishning antioksidant tizimining (fenollar va flavonoidlar) javobi ham o‘ziga xos bo‘lib, antioksidant miqdorining oshishi va pasayishi ham kuzatiladi, bu o‘simliklarning ifloslantiruvchi moddalar ta'siriga turli xil chidamliligi bilan bog‘liqdir. Ba'zi hollarda og‘ir metallar tarkibi, fenollar va flavonoidlar darajasi o‘rtasida korrelyatsiya aniqlandi, bu o‘simliklarning biokimyoviy stressininпg sababini ko‘rsatadi.

#og‘ir metallar #fenollar #flavonoidlar #antioksidantlar

363-368 250 Oct 4, 2022 3:08:47 PM
Annotatsiya

Maqolada turli darajada sho‘rlangan, sug‘oriladigan tuproqlarning biogeokimyoviy muammolari keltirilgan bo‘lib, Markaziy Farg‘ona sug‘oriladigan o‘tloqi saz tuproqlarida arzik-shoxli, shox-arzikli qatlamlarning shakllanishi natijasida yuzaga kelgan biogeokimyoviy baryerlarning tarkibi va tavsiflari yoritib berilgan. Shu bilan birga, radial baryerlar guruhida ikki tomonlama baryerlar ajratilgan bo‘lib, ular ustki va ostki tushunchaga tayangan, ya’ni qatlamni ustki tomonlarining xususiyatlari uning ostki qismlarining xususiyatlaridan farq qilishi ochib berilgan.

369-371 236 Oct 4, 2022 3:13:10 PM
Annotatsiya

Mazkur maqolada ta’lim-tarbiyaning ma’naviy-axloqiy mazmunini kuchaytirish, yoshlarni milliy qadriyatlarga hurmat, insonparvarlik va yuksak ma’naviy g‘oyalar asosida vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda yot g‘oya va mafkuralarga qarshi immunitetni mustahkamlash borasidagi ishlarni yanada rivojlantirish, ajdodlarimiz tomonidan ko‘p asrlar mobaynida yaratib kelingan g‘oyat ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligi yoritilgan. Ayniqsa, jamiyatimizda ma’naviyat va ma’rifat masalalariga birinchi darajali ahamiyat berilib, milliy tarbiya sohasida sog‘lom fikrli, ma’naviy barkamol inson bo‘lgan yoshlarga ushbu tushunchalarning mazmuni, mohiyati, ularning hayotdagi asl maqsadini anglatish borasida jiddiy ishlash zaririyati misollarda tahlilga tortilgan.

#Ta’lim tarbiya #hamkorlik texnologiyasi

372-374 298 Oct 4, 2022 3:22:17 PM
Annotatsiya

Maqolada badiiy matn yaratilishidagi verbal assotsiativ birliklar Nazar Eshonqul hikoyasi misolida antroposentrik nuqtayi nazardan tahlil qilingan. Maqola davomida lingvopoetik, assotsiativ, analiz hamda sintez tahlil metodlaridan foydalanilgan. Olamning lisoniy manzarasi hamda ijodkor badiiy tafakkuridagi verbal assotsiatsiyalarning o‘zaro aloqasi o‘rganilib, badiiy matnning assotsiativ maydoni hosil qilingan.

#badiiy matn #antroposentrik tilshunoslik #assotsiativ tilshunoslik #stimul so‘z #assotsiat #assotsiativ maydon #maydon yadrosi #lingvistik omillar

375-378 216 Oct 4, 2022 3:26:34 PM
Annotatsiya

Maqolada O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar murabbiyi,professor Yo‘ldosh Solijonovning 2022-yilda “Yangi asr avlodi” nashriyoti tomonidan Toshkentda chop etilgan “Anvar Obidjon poetik olami” monografiyasi haqida fikr yuritilgan. Monografiyada she’riyat, nars, dramaturgiya, hajviyot,publisistikaning qator janrlarida samarali ijod qilgan, bolalar va kattalar adabiyotining o‘ziga xos yangilanishiga munosib hissa qo‘shgan Anvar Obidjon ijodining uslubiy o‘ziga xosliklari tahlil etilgan. Muallif serqirra iste’dod sohibi ijodini yaxlit tarzda o‘rgangani holda o‘zbek adabiyotiga qo‘shgan ulkan hissasini uslubi va badiiy mahorati qirralarini, poetik olamini turli rakuslarda yoritishga erishgan.
Monografiyada “Tanlangan she’rlar” 1, 2 hamda “Saylanma” kitoblari (ular „Sharq“ nashriyotida 2006-yilda, keyingisi “AKADEMNASHR”da 2017-yilda chop etilgan)da jamlangan asarlari tahlili orqali Anvar Obidjon ijodining XX – XXI asrlar O‘zbek adabiyoti taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi yoritilgan.

#iste’dod #she’riyat #badiiy uslub #nasr #dramaturgiya #monografiya #badiy mahorat #publitsistika

379-383 189 Oct 4, 2022 3:31:14 PM
Annotatsiya

Mazkur maqolada tarixiy etnolisoniy jarayonlarda milliy til tarkibidagi uch asosiy lahja – qarluq, qipchoq va o‘g‘uz lahjalarining shakllanishi, turli hudud shevalari, hozirgi adabiy tilning shakllanishi va rivojlanishi jarayonida, ayniqsa, qipchoq lahjasiga mansub shevalarning alohida o‘rni haqidagi ma’lumot va qarashlarni ma’lum ma’noda yoritib berish maqsad qilib olingan. Jаhоn tilshunоsligi e`tirоf etgаnidаy, hаr qаndаy milliy tilining birinchi pоg‘оnаsi lаhjа vа shevаlаr hisоblаnаdi. Natijada ulаrni hаr tоmоnlаmа chuqur o‘rgаnish аsоsidа hududning dilеktаl lisоniy tаbiаti оchilаdi. Bu esа millаt аdаbiy tilining rivоjlаnishigа, uning sаth birliklаri o‘zigа хоs tаrzdа mukаmmаllаshishigа хizmаt qilаdi. Shevа vа lаhjаlаr fаqаt lingvistik mаtеriаlginа emаs, аyni pаytdа millаtning tаriхi, mаdаniyati, milliy bеlgi, хаrаktеr-хususiyatlаrini o‘zidа mujаssаmlаshtirgаn muhim bir mаnbаdir. Shuni аlоhidа tа`kidlаsh jоizki, bugungi glоbаllаshuv sharоiti vа ijtimоiy hаyotdаgi o‘zgаrishlаr tilgа o‘z tа`sirini o‘tkаzmоqdа. Shuning uchun hаm shevаlаrni o‘z vаqtidа ilmiy аsоslаr оrqаli o‘rgаnish vа ulаr to‘g‘risidа muаyyan хulоsаlаrgа kеlish hаr dоimgidаndа dоlzаrblik kаsb etadi.

#milliy til #sheva #adabiy til #etnomadaniy #etnolingvistik #lahja #til sathlari #sath birliklari #hudud lisoniy dialectal tabiati #jahon tilshunosligi #o‘zbek tilshunosligi

384-387 199 Oct 4, 2022 3:34:38 PM
Annotatsiya

Mazkur maqolada “Sharq” kontseptining ifodasi turli jihatdan yoritiladi. “Sharq” kontseptining turli olim va mutafakkitlar tomonidan talqini, G‘arb va Sharq madaniyatlarining tafovuti masalalari ochib beriladi. Shiningdek, G‘arb tafakkurlari tomonidan berilgan “sharq” kontseptiga izohlar, ularning nigohida “sharq” tushunchasining ifodasi namoyon etiladi, bu esa g‘arbiy va sharqiy madaniyat bitta universal belgi va ramz orqali ta’riflanganligini ifodalaydi.

#sotsiologiya #lingvokulturologiya #Oriyentalizm #axloqiy qadriyatlar #madaniy qadriyatlar #kognitiv lingvistika #madaniyatshunoslik #siyosiy fanlar

388-390 367 Oct 4, 2022 3:39:21 PM
Annotatsiya

Ushbu maqolada sinonimiya tushunchasi va uning mazmunini o‘rganish, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari duch kelishi mumkin bo‘lgan nutqiy vaziyatlarda sinonim so‘zlardan o‘rinli foydalanish ko‘nikmalari, uning rivojlanib borishi ta’kidlanadi. Sinonim so‘zlarni boshlang‘ich ta’lim jarayonida kichik yoshdagi o‘quvchilarga bosqichma-bosqich o‘rgatish usullari, sinonim so‘zni o‘quvchilar nutqida faollashtirishda darsliklardan foydalanish hamda ona tilidagi sinonimiya hodisasini o‘zlashtirish darajasini oshirib borishi haqida so‘z yuritiladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga sinonimiya tushunchasi haqidagi ma’lumotlarni berishning miqdori tushunchaning o‘ziga xos xususiyatiga, uning lisoniy tabiatiga, ma’lum bir funktsional uslubda qo‘llanish darajasiga, shuningdek, o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga bog‘liq. O‘quvchilar nutqida leksik sinonimllarni faollashtirish bo‘yicha ularga zaruriy ma’lumotlarni yetkazishda boshlang‘ich sinflar uchun ona tili darliklariga sinonimiyaga oid nazariy ma’lumotlarni batafsilroq kiritish samaraliroq bo‘ladi. Kichik yoshdagi o‘quvchilarga induktiv usulda yangi tushunchalarni o‘rgatish ularni faol bilish jarayonida sodir bo‘lishi bilan samaralidir.

#nutq #tafakkur #so‘z boyligi #metod #etimologiya #lisoniy #darslik #Boshlang‘ich sinf #lug‘at #sinonim so‘zlar #leksik so‘zlar #faollashtirish #induktiv

391-395 183 Oct 4, 2022 4:06:23 PM
Annotatsiya

Ushbu maqolada Qo‘qon xonliga va uning keyingi mustamlaka davrlarida (1709-1917) turkiy tarixchilari tomonidan yozilgan turli chig‘atoy manbalari ma’lumotlaridan foydalanilgan bo‘lib, unda Farg‘ona vodiysidagi o‘troq turkiy musulmonlar (sart)ning ona tili – chig‘atoy turkiyning adabiy-uslubiy xususiyatlari tahlil qilingan. 

#turkiy #chigatoy tili #ozbek tili #uyghur tili #forsiy

413-415 235 Oct 4, 2022 4:44:44 PM
Annotatsiya

Maqolada «Boburnoma» matnidagi saj’larning Leyden-Erskin, A.S.Beverij va V.Tekstonlar tomonidan amalga oshirilgan inglizcha tarjimalarida asliyatda foydalanilgan saj’larning tarjimasi haqida so‘z boradi. Shuningdek matnda kelgan saj’larni ifoda etishda tarjima etilayotgan tilga oid muqobil variantlar bilan almashtirish lozimligi tilga olingan.
Saj’larning qofiyadosh, vazndosh shakllarini saralash, matnda aks ettirish tarjimada asliyat ruhiyatini saqlab qolish muhimligi toʻgʻrisida ham fikr yuritaladi.

#qofiya #lingvopragmatika #lingvomadaniyat #saj’ #asliyat matni #asar qahramoni #tarixiy shaxslar #proza #muqobil

396-399 187 Oct 4, 2022 4:44:49 PM
Annotatsiya

Mazkur maqolada hozirgi globallashuv jarayonida keng tarqalgan kompyuter va internet terminlarini lingvistik tadqiqi bayon etilgan. Kompyuter va internet terminologiyasining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri ularning keng omma orasida ham hech qanday qiyinchiliksiz tushunilishi va ishlatilishidir. Shu nuqtayi nazardan, kompyuter terminografiyasi, kompyuter terminologiyasining etimologiyasi, metaforik xususiyatlari, terminologizatsiya jarayonining terminograflar va leksikograflar tomonidan qabul qilinishini farqli jihatlarini keltirishni lozim topdik. Ushbu tadqiqot davomida ingliz tilidagi terminlarning o‘zbek tili terminologiyasiga o‘zlashish jarayoni, ularning kelib chiqishi tahlil etilgan.

#kompyuter #terminografiya #hisoblash texnikasi #terminologizatsiya #termin – o‘zlashmalar

400-403 211 Oct 4, 2022 4:48:38 PM
Annotatsiya

Maqolada, bugungi kunda kichik yoshdagi bolalarga ingliz tiini o‘rgatishda o‘ziga xos yondashuvlar, tilni o‘rgatishda bola yoshiga mos bo‘lgan usullardan unumli foydalanish hamda o‘qitilishining innovatsion yo‘llari atroflicha yoritib berilgan. Bugungi kundagi mamlakatimizda ta’lim sohasida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni erishilayotgan ijobiy natijalarga tayangan holda taraqqiyot mevasi deb bemalol aytish mumkin. Shu o‘rinda, ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasi esa nihoyatda ko‘zga ko‘rinarli darajada ahamiyatli haqida so‘z boradi.

#yangi metodlar #intellektual qobiliyat #tinglab tushunish

404-406 1537 Oct 4, 2022 4:53:04 PM
Annotatsiya

Ushbu maqolada abstraktsiya tushunchasi va uning insoniyat tafakkuri bilan bog‘liqligi yoritiladi. Abstraktsiya tushunchasini izohlashda miflarga, folklor namunalariga, diniy matnlarga murojaat qilinadi. Maqolada mavhum va aniq otlarning grammatik xususiyatlari izohlanadi. O‘zbek tili grammatikasining shakllanish tarixi va mazkur sohada olib borilgan tadqiqotlar haqida bahs yuritiladi.. Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi “Avesto” , xalq og‘zaki ijodi namunalari va Alisher Navoiy ijodida uchraydigan mavhum otlarga murojaat etiladi. Denotativ va signifikativ ma’nolar izohlanadi. Abstrakt otlarni o‘zbek tilshunosligida o‘rganilishi va mazkur sohada olib borilgan tadqiqotlar kabi masalalar xususida so‘z yuritiladi.

#folklor #morfologiya #ot so‘z turkumi #mavhum otlar #denotativ ma’no #signifikativ ma’no

407-408 239 Oct 4, 2022 4:56:41 PM
Annotatsiya

Evfemizmlar tabulashgan so‘zlarning o‘rnini bosa oladigan til vositalari sifatida tilshunoslarning e'tiborini tortib, turli aspektdan tahlilga tortilgan. Mazkur maqolada evfemizmlarning xususiyati va ularning tasniflash masalasi atroflicha talqin etiladi. Evfemizmlarning turli sohalarda qo‘llanishi hamda turli so‘z yasalish turlari asosida vujudga kelishi tahlil etiladi. Ushbu jihatlarni e'tiborga olgan xolda, evfemizmlarning ta'rif-tavsifini ifodalovchi turli tasniflar keltiriladi. Evfemik birliklarning tasnifi ularning tabiatini to‘liq namoyon etilishiga turtki bo‘ladi.

#soha #tasnif #Evfemizm #tabu #ta'rif-tavsif #muloyim ifodalash

409-412 393 Oct 4, 2022 5:01:50 PM
Annotatsiya

Ushbu maqolada tarjimachilik sohasida dolzarb bo‘lib turgan masalalardan biri badiiy tarjimada tarjimon mahoratini namoyon bo‘lishi va ahamiyatli jihatlari haqida so‘z yuritilgan. Bunda asliyat muallifi uslubi, milliy o‘ziga xoslik, davr ruhini tarjimada aks ettirilishi misollar orqali ifodalab berilgan. Bundan tashqari, badiiy asarda obrazlilik va uni tarjimada aks ettirishning ahamiyatli tomonlari misollar orqali bayon etilgan. Shu o‘rinda tarjimonning so‘z tanlash mahorati tilga olingan.

#obrazlilik #tarjimon mahorati #transliteratsiya #asliyat matni #asar qahramoni #yozuvchi uslubi #tarjima tarixi #umummilliylik #manzara tasviri

416-419 175 Oct 4, 2022 5:09:17 PM
Annotatsiya

Mazkur maqolada o‘zbek va nemis tillaridagi dafn marosimi bilan bog‘liq leksik birliklar dafn, aza, ma’raka, janoza, ta’ziya, a’zador, marhum, marhumninig yaqinlari, go‘rkov, qabriston, ruhoniy, musiqa, motam yig‘isi, nutq, duo, gulbarglar solingan savat, oq sharlar, oq kabutarlar, hamdardlik, tasalli, vidolashuv, gullar va gulchambarlar, o‘zbek va nemis motam marosimidagi kiyimlar, motam bilan bog‘liq marosimlar, motam bilan bog‘liq joy nomlari kabilar atroflicha tadqiq etiladi, ularning o‘iga hos hususiyatlari y’ani ohshash va farqli jihatlari ochib beriladi.

#dafn #aza #ma’raka #janoza #ta’ziya #a’zador #marhum #go‘rkov #ruhoniy #hamdardlik

420-424 176 Oct 4, 2022 5:12:31 PM
Annotatsiya

Мақолада тилшуносликдаги рамзлар, тимсоллар дунёси маъноси таҳлили ёритилган. Тилшунослик тафаккури ривожланишининг ҳозирги босқичида лингвистик материал ўзини ўзи таъминлайдиган ва, еҳтимол, дунё ва ундаги шахс тўғрисидаги маълумотларнинг енг муҳим манбаи еканлигига ишонилади. A.И. Смирницкий сўзнинг маъноси бу "объект, ҳодиса ёки муносабатларнинг онгдаги таниқли аксидир ... сўзнинг тузилишига унинг ички томони деб аталадиган нарса киради, унга нисбатан товуш пайдо бўлади", деб ҳисоблаган. сўз моддий қобиқ вазифасини бажаради”.

#тимсол #когнитив #тилшуносликда рамзий дунё #тимсоллашув мазмуни #тилнинг ассоциатив-вербал воситалари

425-427 334 Oct 4, 2022 5:15:29 PM
Annotatsiya

Maqolada tabu so‘zlarning tadqiqot darajalari va sohalari, nazariy va amaliy ahamiyati hamda lingvo madaniyatshunoslikdagi ahamiyati yoritilgan. Bu esa lingvomadaniyatning nazariy asoslari va empirik topilmalaridan boxabar bo‘lishga zamin yaratadi.

#Madaniyat #tilshunoslik #falsafa #til #lingvokulturologiya #tabu

FarDU Ilmiy Xabarlari, 2022-3