Maqolalar : Mirzayev Diyorbek Azamjonovich
Maqolada fizika fanini o‘qitishda integrativ darslarni tashkillashtirish metodlari keltirilgan. Fizika darslarini bu shaklda tashkil etish o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma, malaka va kreativlikni shakllantiradi. Tadqiqotning maqsadi akademik litseylarda fizika fanini o‘qitishda integrativ darslarni tashkil etish mazmuni va o‘tkazish metodikasi bo‘yicha tadqiqot natijalarini bayon qilishdan iborat. Tadqiqotni olib borishda kuzatish, taqqoslash, so‘rovnomalar o‘tkazish, tahlil qilish va matematik statistika metodlaridan foydalanildi. Tadqiqotda akademik litseylarda fizika fani mazmuni va uni o‘qitishda integrativ darslarni tashkil etish hamda o‘tkazish metodikasi bo‘yicha mulohazalar va amaliy takliflar ishlab chiqildi. Tadqiqotda fizika fani bo‘yicha o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar samaradorligini oshirishda faollik prinsipini qo‘llash, zamonaviy fizikada integrativ va tizimli yondashuv natijasida o‘quvchilar keng qamrovli bilimlarga ega bo‘lishi, o‘quvchilarning mustaqil izlanish va ijodiy qobiliyatlarni o‘stirishda fanning mustaqillik prinsipiga amal qilishiga alohida ahamiyat berilgan. Fizika bo‘limlariga doir mavzularni integrativ metodlar yordamida fanlar aro integratsiyasiga didaktik-metodologik xarakterdagi sharoit va tartiblarning muayyan majmuyini kiritish mumkin. Bunday sharoit va tartiblarni fizik bilimlarning integratsiyalash imkoniyatlarini ta’minlash sharti sifatida qarash lozim.
#ijodkorlik #bilim #ko‘nikma #integratsiya #malaka #kreativlik #integrativ #metopredmet