Maqolalar : Dexkanova Nigora Namanjanovna

267-273 294 Oct 4, 2022 11:35:05 AM
Annotatsiya

Tarkibida oltingugurt saqlagan organik va noorganik birikmalar tabiiy gaz, neft va uning mahsulotlariga salbiy ta‘sir ko‘rsatadi. Oltingugurtli birikmalar kislotali xossani namoyon qilganligi sababli, ishlab chiqarish jarayonlarida texnologik qismlarning karroziyasiga olib keladi. Respublikamizda avtotransport vositalarida asosan suyultirilgan tabiiy gazdan foydalaniladi. Gaz tarkibidagi oltingugurtli birikmalar gaz balonlarining yemirilishiga olib keladi, natijada chaqnash ro‘y berishi mumkin. Sintetik seolitlardan ishlab chiqarish sanoatlarida, shuningdek, gaz bilan ishlaydigan kichik korxonalarda  ham foydalanilsa texnologik yemirilishlarni oldi olingan bo‘ladi. Sintetik seolitlar yuqori sorbsion xususiyatga ega bo‘lganligi sababli turli ishlab chiqarish sanoatlarida shlatiladi. Olib borilgan tadqiqot ishlarida oltingugurtli birikmalar fojazit tipidagi seolitlarning superbo‘shliqlarida joylashishi va sorbsion strukturasini tadqiq qilish imkonini beradi. Vodorod sulfidning NaX seolitiga adsorbsiyasi yuqori vakuumli adsorbsion qurilmada olib borildi. Olingan natijalarga asoslanib, adsorbsiya differensial issiqligi, izotermasi, entropiyasi va issiqlik muvozanat vaqti (termokinetika) hisoblandi.

#entropiya #izoterma #vakuum #NaX seoliti #vodorod sul'fid #mikrokalori metr #differensial issiqlik