Maqolalar : Turg'unov Sherali Dolixonovich

162-167 218 Oct 3, 2022 4:39:32 PM
Annotatsiya

Ma’lumki, o‘lan janriga soha mutaxassislari tomonidan turli qarashlar bayon etilgan, ta’rif va tasniflar berilgan. Bu borada ijodkorlarning o‘zlari qanday fikrdalar?O‘lanlar nima maqsadda to‘qilgan? Ularning uzoq muddat esda saqlanib qolishi, tinglovchilar auditoriyasini hamisha qiziqtirib kelganligining sababi nimada? Mazkur maqolada ana shu kabi savollarga javob izlanadi. Umuman, o‘lan ijrochilarining o‘lan ijodkorligi uchun ehtiyojlari, o‘lanlarning paydo bo‘lishidagi omillar hamda ularning o‘langa nisbatan keltirgan ta’riflari xususida so‘z yuritiladi va tasniflanadi.
Tadqiqotda ilmiy mushohadalar va ularning natijalariga chuqurroq erishish maqsadida o‘lanlarni qiyosiy-tipologik tahlil metodidan foydalanib o‘rgangan holda quyidagicha: 1)an’anaviylik; 2) eranlar homiyligi; 3) gerental to‘siqsizlik; 4) motivatsion xossa; 5) moddiy rag‘bat; 6) ma’naviy rag‘bat; 7) mag‘lubiyat tovoni; 8) ijro reglamenti; 9) meditativ vosita tarzida tasnif etildi.

#an’anaviylik #o‘lan #harbadosh #eranlar homiyligi #gerental to‘siqsizlik #motivatsion xossa #moddiy rag‘bat #ma’naviy rag‘bat #mag‘lubiyat tovoni #ijro reglamenti