Maqolalar : Abdukarimova Nazokat Abduholiq qizi
Ushbu maqolada Texnologik ta'lim sohasida texnik mexanika fanini o‘qitish metodikasi bo‘yicha fikr va mulohazalar keltirilgan. Bugungi kunda ta’limda va pedagogik faoliyatda texnologiyalardan foydalanish yordamida o‘qitish dars samarasini oshiradi. Yangi metodlardan foydalanib, o‘quvchilar tasavvurini rivojlantirish juda katta samarali yordam beradi. Bugungi kunda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida texnologiya fani darslarida sifatli ta’limni tashkil etish, o‘qitishning zamonaviy metodlaridan foydalanish, o‘quvchilarda kreativlik qobiliyatlarini shakllantirish eng dolzarb masalalardan biridir. Ma’lumki texnologiya fani turli materiallarga ishlov berish, ularning o‘ziga xos xossalarini o‘rganish mavzularini o‘z ichiga oladi. Ushbu maqolada eng qiziqarli mavzulardan biri “Texnik mexanika” – fanini o‘qitish uslubiyoti haqida keng yoritilgan.
#o‘quv jarayoni #texnologiya #kreativ #interfaol #texnik mexanika #texnologik ta'lim #materiallar