Maqolalar : Numonov Bakhtierjon Omonjonovich
Suprefos bo‘tqasi, NH4NO3 va KCl ni рН = 5,25, 60С hamda 120 daqiqa aralashtirish asosida kompleks o‘g‘itlar olish bo‘yicha tadqiqotlar keltirilgan. Donadorlash va quritishdan so‘ng yuqori konversiya darajasi 93,66; 97,78 va 99,61% ga teng bo‘lgan N : Р = 1 : 1, N : Р : K = 0,4 : 1 : 1 ва 1 : 1 : 1 markalariga mos keluvchi 17,76% SO3, 18,71% N; 18,88%, 17,08% SO3, 7,02% N; 18,53% Р2О5общ.; 18,42% K2О и 14,34% N; 13,91% Р2О5общ.; 13,81% K2О, 12,98% SO3 tarkibli kompleks o‘g‘itlar olindi. SO3 ning 12,98-17,76% miqdoriga ko‘ra ularni NРS- va NРKS-o‘g‘itlar deb ham nomlash mumkin. Rentgenografik usulda tuzlarning to‘liq tuzli tarkiblari o‘rganildi, unga ko‘ra dikalsiyfosfat, nitrat, sulfat, ammoniy va kaliy fosfatlarining cho‘qqilari aniqlandi.
#ammiakli selitra #Suprefosli bo‘tqa #kaliy xlorid #NP- #NPK-o‘g‘itlar