Maqolalar : Toraeva Bahor Bahriddinovna
Maqolada adabiyotshunoslikning dolzarb muammolaridan biri xronotopning badiiy-funksional xususiyatlari tahlil qilingan. Xronotop olam va odam munosabatlarini tasvirlashda, qahramon qalbidagi kechinma, iztirob, uning o‘zigagina tegishli ruhiyat manzaralarining eng chuqur o‘zanlarini to‘liq his qilishda, yozuvchining badiiy-g‘oyaviy maqsadini ifodalashda hamda asarning mazmun va shaklini ochishda xizmat qiladi. U ijodkor uslubining o‘ziga xos jihatlarini belgilab, milliy fikrlash tarzini aks ettiradi. Xronotop janr va syujetni tashkil etib, asarning ichki izchilligini mustahkamlaydi. Zamon va makon kategoriyasi umumlashtiruvchi vazifa bajaradi.
#real #milliy #psixologik #ijtimoiy #xronotop #badiiy makon #badiiy zamon #zamon-makon dialektikasi #mikroolam #makroolam #megaolam xronotopi