Maqolalar : Akbarov Rahmatillo Murtozali o'g'li
Мақолада иккинчи жаҳон уруши йилларида ўзбек миллий матбуотида фронт газеталарининг
вужудга келиши, уларда жангчиларни ватанпарварлик руҳида тарбиялашга қаратилган мақолаларнинг чоп
этилиши ва ўзбек жангчиларининг жанг майдонларида кўрсатган қаҳрамонликлари ҳақида сўз боради.
#фронт газеталари #ўзбек жангчилар #“Душманга қарши олға” #“Қизил армия” #“Қизил Ўзбекистон” #“Ватан шарафи учун” #Таран #Аҳмаджон Шукуров #Раҳима Алимова
Ushbu maqolada Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekistonda mamlakatning mudofaa qudratini kuchaytirish hamda aholi ehtiyojlarini qondirish uchun mahalliy resurslardan, ichki imkoniyatlardan foydalanilishi tarixi urush davri o‘zbek milliy matbuoti ma’lumotlari asosida xronologik tartibda tahlil qilindi.
Tadqiqot ishi natijasida urush yillarida O‘zbekistonda oziq-ovqat resurslarini ko‘paytirish uchun ilgari foydalanilmay kelingan yovvoyi mevalar, o‘simliklar, meva danaklari, poliz ekinlarining urug‘lari ham ishlatilganligi aniqlandi. Jumladan, iste’mol qilingan mevalarning po‘choqlari, sanoat chiqindilari bilan urush sharoiti tufayli yetishmayotgan xomashyolarning o‘rnini to‘ldirilgan. Birgina anor mevasining po‘chog‘i – ko‘nchilik (teriga ishlov berish), siyoh tayyorlash va tibbiyotda muhim xomashyo sifatida ishlatilgan.
#sanoat chiqindilari #Ikkinchi jahon urushi #o‘zbek milliy matbuoti #mahalliy resurslar #oziq-ovqat muammosi #yovvoyi mevalar #yovvoyi o‘simliklar #g‘o‘zapoya kuli #tikan shakar