Maqolalar : Yuldashov Abdumumin Abdugopirovich

39-46 406 Sep 29, 2022 7:20:23 PM
Annotatsiya

Maqolada bugungi kunda O‘zbekistonda mualliflik huquqi himoyasining holati va jarayonlari, xususan bunda mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlarning o‘rni xususida so‘z boradi. Ma`lumki, O‘zbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g`risida”gi Qonuniga muvofiq, fan, adabiyot va san’at asarlarining mualliflari, ijrochilar, fonogrammalarni tayyorlovchilar yoki boshqa huquq egalari o‘z mulkiy huquqlarini amalga oshirish maqsadida o‘z mulkiy huquqlarini jamoaviy asosda boshqaradigan tashkilotlar tuzishga haqlidir.
Maqolada ushbu turdagi tashkilotlar o‘z vazifa va funksiyalarini amalga oshirishda qollaydigan huquqiy usul va vositalarning yuridik ahamiyati aytib o‘tilgan. Mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlar o‘zi boshqarayotgan huquqlarni himoya qilish uchun zarur bo‘ladigan har qanday yuridik harakatlarni bajarish huquqiga ega ekanligidan kelib chiqib, ushbu harakatni yuridik tabiati, muallif va huquq egalarining mulkiy hamda shaxsiy nomulkiy huquqlari himoyasini amalga oshirish mexanizmlari sud amaliyoti orqali yoritib berilgan. Shuningdek, maqolada mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot o‘zi qaysi huquq egalarining nomidan ish ko‘rayotgan bo‘lsa, shu huquq egalarining nomidan va ulardan olingan vakolatlar asosida to‘lanadigan haq miqdorini va shartnomalarning tuzilishiga doir boshqa shartlarni foydalanuvchilar bilan kelishib olishi, bunday tashkilot boshqarayotgan huquqlardan foydalanish uchun foydalanuvchilar bilan shartnomalar tuzish va haq miqdorini foydalanuvchilar bilan kelishib olish kabi masalalar ham muhokama qilingan. Xulosada O‘zbekistonda mualliflik huquqini jamoaviy asosda boshqarish “instituti”ni takomillashtirish masalasi haqida xulosalar qilingan.

#foydalanuvchi #mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqarish #mualliflik huquqi #mulkiy huquqlar

37-40 292 Nov 9, 2022 6:43:25 PM
Annotatsiya

Maqolada bugungi kunda O‘zbekistonda mualliflik huquqi himoyasining holati va jarayonlari, xususan bunda ta’limning o‘rni xususida so‘z boradi. Maqolada intellektual mulk bo‘yicha huquqiy savodxonlikni oshirish nafaqat keng jamoatchilikni, balki tegishli davlat organlari va muassasalari mutaxassislarini ham qamrab olinishi haqida aytib o‘tilgan. SHuningdek, intellektual mulkka bo‘lgan hurmat ruhini shakllantirish, bu faqatgina huquqni ta’sirchan vosita sifatida qo‘llash bilan emas, balki bu jarayon o‘qitish, xabardor qilish va aholi o‘rtasida hurmat ruhini shakllantirishda qo‘llab kelinayotgan mexanizmlarni o‘zgartirishni ham talab etishligiga doir jihatlar yoritilgan. Intellektual mulkka bo‘lgan hurmat ruhini shakllantirish, bu faqatgina huquqni ta’sirchan vosita sifatida qo‘llash bilan emas, balki bu jarayon o‘qitish, xabardor qilish va aholi o‘rtasida hurmat ruhini shakllantirishga bo‘lgan qo‘llab kelinayotgan mexanizmlarni o‘zgartirishlar haqida xulosalar qilingan.

#ta’lim #mualliflik huquqi #intellektual mulk huquqi #Butunjahon intellektual mulk tashkiloti