Maqolalar : Ganiyeva Dildoraxon Azizovna

171-175 219 Oct 3, 2022 4:49:33 PM
Annotatsiya

Mazkur maqolada feʼl so´z turkumiga xos bahstalab grammatik kategoriyalardan biri bo´lgan nisbat kategoriyasining agglyutinativ va flektiv tillardagi talqini, turlari va funksional-uslubiy xususiyatlari haqida fikr yuritiladi. Nisbat shakllarining sinkretik tabiati hamda polifunksional jihatlari o´zbek va ingliz tillari materiallari asosida tahlilga tortiladi.

#majhul nisbat #nisbat kategoriyasi #ikki nisbatli nazariya #uch nisbatli nazariya #aniq nisbat #o´zlik nisbat #orttirma nisbat #birgalik nisbat #o´rta majhul nisbat #leksik majhul nisbat #sinkretiklik

130-133 391 Nov 10, 2022 3:17:14 PM
Annotatsiya

Mazkur maqolada struktur tilshunoslikning jahon tilshunosligida paydo bo‘lishi va uning taraqqiyoti haqida fikr yuritiladi. Maqolada mualliflar sistemaviylik o‘zi nima, system tadqiqotlarning tarixiy negizi qanday shakllangan kabi savollarga batafsil javob beradilar va ushbu soha rivojiga hissa qo‘shgan tilshunos olimlarning ilmiy xulosalari muhokama qilinadi. Maqolada mazmuniy maydon-struktur tilshunoslikning asosiy konsepti sifatida tahlilga tortiladi va uning lingvistik xususiyatlari yoritib beriladi. Mualliflar o‘zbek tilshunosligidagi semantik maydon nazariyasi borasidagi izlanishlar va ularning ilmiy natijalari haqida so‘z yuritadilar.

#semiotika #til birliklari #mazmuniy maydon #system tilshunoslik #strukturalizm #semantik maydon #maydon elementlari #paradigma #ochiq sistema #yopiq sistema