Maqolalar : Mirzoxidova Maftuna Murodjon qizi
Poliakrilonitril matosining olovga chidamliligini oshirish maqsadida u dastlab karbamid bilan modifikatsiya qilindi.
So‘ngra, modifikatsiyalangan poliakrilonitril matoni ortofosfat kislotasi bilan qayta kimyoviy ishlov berildi va natijada olovbardosh PAN matosi sintez qilindi. Sintes qilingan N va P tutgan yong‘inga chidamli poliakrilonitril materialining tarkibi va yonish darajasi Furye infraqizil spektroskopiyasi, rentgenofazaviy tahlili va cheklovchi kislorod ko‘rsatkichi yordamida o‘rganildi. Yong‘inga chidamli poliakrilonitril matoning cheklovchi kislorod ko‘rsatkichi qiymati 20 marta yuvish davridan so‘ng 28,5% ni tashkil etdi, bu esa yuvilishga bardoshliligidan va yong‘inga chidamliligidan dalolat beradi.
#karbamid #poliakrilonitril matosi #modifikatsiya #yong‘inga chidamli #cheklovchi kislorod ko‘rsatkichi