Maqolalar : Abduraxmonov Abiljon Abdusamatovich

137-139 326 Sep 20, 2022 5:33:26 PM
Annotatsiya

Мақолада рангларнинг насрий асарлардаги ўзига хос рамзий ифодалаш масаласи тадқиқ этилади.
Рангнинг лейтмотив сифатида рамзий ифодаси асарнинг етакчи ғоявий-эстетик омилига айланиши А.Мирзаакбаровнинг “Оқ капалак ёҳуд Муҳаббатга йўғрилган бахт”  қиссаси мисолида ёритиб берилади.

#тамойил #ранг #рамзийлик #бадиий асар

122-126 307 Oct 3, 2022 3:49:43 PM
Annotatsiya

Maqolada zamonaviy o‘zbek nasrida rangning g‘oyaviy yo‘nalishni tashkillashdagi ahamiyati masalasi Shoyim Bo‘taevning “Qora tuman” hikoyasi misolida ko‘riladi. Tadqiqot davomida tarixiy-adabiy, genetik, qiyosiy-tarixiy, badiiy tahlil, tavsiflash usullaridan foydalaniladi. Hikoya syujetida to‘rt epizod o‘zaro qora rang vositasida bog‘lanadi. Muallif tomonidan “tanishtirilayotgan” qahramonning taqdiri tumanning rang ifodasi bilan bog‘lanishi orqali sodir bo‘lishi muqarrar fojiali taqdiridan darak beradi. Ta’kid orqali u tasavvurda yanada qat’iy o‘rinlasha boradi: birikmalarida qora rangning orttirma darajasi bilan birga takroriy, ta’kidiy qo‘llanishi leytmotiv sifatida keyingi fojiaviy manzaralardan darakchi bo‘lib keladi. Qora rangning ramziy – salbiy ifodasi psixologik dramatizmda aks eta boradi. Asarda qora rang nafaqat salbiy ifodada, balki ijobiy ramzni ham ifodalaydi. Shuningdek, qora rang timsolidagi ikki xil tushuncha qahramon ruhiyatidagi qarama-qarshiliklarga parallel ko‘chadi. Hikoyada rang yozuvchi g‘oyaviy mantig‘ini shakllantiruvchi muhim omil bo‘lib kelishi, bunda rangning ramziy ifodasi asardagi obraz va detallarni o‘z xususiyatiga xos ravishda badiiy makonda harakatlantirilishi aniqlanadi

#ramz #tushuncha #rang #omil #ifoda #badiiy g‘oya #badiiy makon #psixologik dramatizm

202-204 246 Oct 24, 2022 3:29:24 PM
Annotatsiya

Мақолада Улуғбек Ҳамдамнинг “Бир пиёла сув” ҳикоясидаги рамзий  образлар динамикаси ва унинг талқини ҳақида бўлиб, рамзлар  асар моҳиятини очиб беришга хизмат қилади.

#руҳият #образ #рамз #динамика #кўчим #сюжет тизими #Улуғбек Ҳамдам услуби