Maqolalar : Ahmadaliyeva Saboxon Murodovna

193-196 318 Oct 3, 2022 5:14:17 PM
Annotatsiya

Mahsulot va tovar nomlarini ifodalovchi til birliklari – atoqli nomlar tilshunoslar tomonidan llmiy manbalarda pragmonim, tovaronim, pragmatonim kabi terminlar bilan nomlanayotgani xususida fikr bildirildi. Firma, tashkilot, korxona nomlarini anglatuvchi ergonimlar bir nechta guruhlarga ajratib tahlil qilindi, brend ishlab chiqarilgan mahsulot, tovar yoki xizmat nomini anglatishi izohlandi, pragmatonimlar tarkibiga kiruvchi mashhur brend nomlarining farqlovchi elementlari va funksiyalarini  tasniflash, tavsiflash, qiyoslash va pragmatik tahlil usullari asosida yoritish asnosida ushbu hodisaning til sistemasida tutgan o‘rni aniqlandi. Brend o‘z ichiga brend nomi, logotip, shior, shakl, rang, tovush va ohang, ifor, ta’m, harakat kabi bir nechta elementlarni qamrab olishi misollar asosida ko ‘rsatildi. Ijtimoiy, psixologik va lingvistik omillar brend nomini tanlash va ommalashtirishda muhim ahamiyatga ega ekanligi aniqlandi. Pragmatonimlar farqlovchi, informativ, “asrovchi”, kafolat, psixologik funksiyalarni bajarishi ko‘rsatildi.

#onomastika #ergonim #pragmonim #tovaronim #pragmatonim #farqlovchi funksiya #informativ funksiya #“asrovchi” funksiya #kafolat funksiyasi