Maqolalar
Ushbu maqolada to‘g‘ri to‘rtburchakda Bessel operatori qatnashgan yuqori juft tartibli xususiy hosilali differensial tenglama uchun boshlang‘ich-chegaraviy masala o‘rganilgan. Qo‘yilgan masalaga o‘zgaruvchilarni ajratish usulini qo‘llab, yuqori juft tartibli oddiy differensial tenglama uchun spektral masala olingan. Oxirgi masala o‘z-o‘ziga qo‘shma ekanligi isbotlanib, uning xos funksiyalari sistemasi mavjudligi, shuningdek, ushbu sistema ortonormalligi va to‘laligini ko’rsatilgan.
O‘rganilayotgan masalaning yechimi spektral masalaning xos funksiyalari sistemasi bo‘yicha Fury’e qatori ko‘rinishida qidirilgan. Bu qatorning va undan hadlab differensiallash yo‘li bilan olingan qatorlarning tekis yaqinlashuvchiligini ta’minlovchi shartlar topilgan. Masalani yechishning yagonaligi energiya integrali usuli bilan isbotlangan. Masala yechimi uchun uning berilgan funksiyalarga uzluksiz bog‘liq ekanligi kelib chiqaruvchi bahosi olingan.
#boshlang’ich-chegaraviy masala #spektral masala #masala yechimining mavjudligi #yagonaligi va turg’unligi
Аралаш соҳада сингуляр коэффициентли параболо-гиперболик тенглама учун параболик соҳада интеграл шарт ва гиперболик соҳада Бицадзе-Самарский шарти қатнашган масалалар баён қилинган.
Қўйилган масалаларнинг бир қийматли ечилиши интеграл тенгламалар усули ёрдамида исботланган. Бунда гиперболик типдаги сингуляр коэффициентли тенглама учун соҳада кўриниши ўзгартирилган Коши масаласи ечими формуласидан ва параболик типдаги тенглама учун биринчи чегаравий масала ечими кўринишидан фойдаланилган.
#параболо-гиперболик тенглама #интеграл шарт #Бицадзе-Самарский шарти #ечимнинг ягоналиги #ечимнинг мавжудлиги
Ushbu maqolada teskari spektral masalalar usuli manbali yuklangan Korteveg-de Friz tenglamasini davriy cheksiz zonali funksiyalar sinfida integrallashga qo‘llanilgan. Koeffisiyenti manbali yuklangan Korteveg-de Friz tenglamasining yechimidan iborat bo‘lgan Xill operatorining spectral berilganlarining evolyutsiyasi keltirib chiqarilgan. Shu bilan bir qatorda cheksiz noma’lumli cheksizta Dubrovin differensial tenglamalar sistemasiga qo‘yilgan Koshi masalasining yechimga egaligi isbotlangan. Bundan tashqari Dubrovin differensial tenglamalar sistemasining yechimi va birinchi izlar formulasi yordamida tuzilgan tekis yaqinlashuvchi funksional qatorning yig’indisi manbali yuklangan Korteveg-de Friz tenglamasini qaoatlantirishi ko‘rsatilgan.
#teskari spektral masala #Korteveg-de Friz tenglamasi #Xill operatori #spektral berilganlar #Dubrovin tenglamalar sistemasi
Qоraqalpoq fosforitini fizik-kimyoviy va minerall tarkibi o‘rganildi. Fosfat minerali asosan teng miqdorlarda bo‘lgan kurskit, frankolit va turli qo‘shimchalardan (kalsit, magnezit, glaukonit, kvars, dala shpati va b.) iborat. Qoraqal’oq fosforitini sulfat kislotaning turli kontsentratsiyalari va normalarida faollashtirib oddiy superfosfat olish, hamda ularning fizik-kimyoviy va tovar xossalarini o‘rganish maqsad qilingan. Olingan mahsulotlar fizik-kimyoviy analiz metodlari yordamida o‘rganildi. Jumladan, P2O5 miqdori fotokolorimetrik, CaO miqdori kompleksonometrik titrlash orqali aniqlandi. Fosforit unini kislotali faollashtirish uchun sulfat kislotaning 68, 80 va 93 % li kontsentratsiyalarida va kislota me’yori 60-100 % larida 70℃ haroratda parchalanish olib borildi. Fosforit uni 93 % li sulfat kislotaning 75 me’yorida parchalab olingan mahsulot maqbul me’yor deb hisoblandi.
Mahsulotlardagi P2O5 suvda eruvchan shaklining nisbiy miqdori 60% dan oshadi. Qoraqalpoq fosforitlaridan olingan mahsulotlarda o‘zlashuvchan va suvda eruvchan P2O5 miqdorining yuqori ekanligi aniqlandi. Tadqiqot natijalari Xo‘jako‘l jelvakli fosfat unidan maqbul sifatli oddiy superfosfat olish imkoniyatini ko‘rsatadi.
#парчалаш #сульфат кислота #желвакли фосфорит #активлантириш
Таълим sohasidagi globallashuv jarayonida o‘quvchilar ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali yangiliklardan xabardor bo‘lib borayotganligini inobatga olsak, fan o‘qituvchisi ham o‘z dars mavzusini muntazam ravishda yangiliklar bilan boyitib borishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Maqolaning maqsadi “Hayot davomida o‘qish” tamoyilini asosida “Mavzu ishlanmasi”ni yangi mallumotlar bilan muntazam boyitib boruvchi metod sifatida innovatsion xarakterga ega bo‘lib, fan va texnikaning so‘ngi yangiliklari bilan doimiy boyitib borilganligi bois, o‘qituvchi ertagalik o‘quv mashg’ulotlari uchun dars konspekti yozmaydi, kutubxonalardan maxlumotlar izlamaydi va o‘z ustida ishlashga imkoniyat yaratiladi.
O‘qituvchi darsining mazmuni va sifati ortadi, o‘quvchi bilim darajasi hamda таълим muassasasida таълим– tarbiya jarayonining samaradorligi yanada yuqori darajaga ko‘tariladi. Natijada, “Mavzu ishlanmasi” fan va texnika yangiliklari hisobiga takomillashib, doimiy ravishda mazmunan boyib boraveradi. Tavsiya etilgan ushbu metod asosida tayyorlangan innovatsion xarakterga ega bo‘lgan “Mavzu ishlanmasi” таълим tizimining yanada takomillashib borishining asosiy manbasi bo‘lib xizmat qilish barobarida “Yangi O‘zbekiston”ning bo‘lajak barkamol avlodlari, kelajagimiz poydevori bo‘lgan intekletual yoshlarni kompetentlilik darajasi yuksalib borishini va rivojlangan davlatlar qatoridan o‘zining munosib o‘rnini egallashini taъminlaydi.
#pedagogik texnologiya #texnologik jarayon #dars konspekti #dars ishlanmasi #mavzu ishlanmasi #ta`lim texnologiyasi #texnologik xarita
Mazkur tadqiqotning maqsadi akvakultura sharoitida baliq yetishtiriladigan sun’iy hovuzlarning gidrokimyoviy holati hamda u yerdagi o‘simlikxo‘r baliqlar uchun asosiy ozuqa hisoblangan fitoplankton tarkibini aniqlashdan iborat.
Maqolada Farg‘ona shahrida joylashgan O‘rag’boy Ota baliqchilik xo‘jaligi boquv ko‘lidagi suvning gidrokimyoviy ko‘rsatkichlarining балиқ боқиш учун ruxsat etilgan texnologik meyoriy holati, fitoplankton organizmlarning taksonomik tarkibi, xususan, tur tarkibi, ularning zichligi, biomassasi hamda ularning baliqchilikda o‘simlikxo‘r baliqlar oziqasidagi ahamiyati tahlil qilingan.
#dinamika #hovuz #fitoplankton #produsent #gidrokimyoviy texnologik me’yor
Hozirgi kunga qadar biologik faol moddalarni sintez qilish usullarini ishlab chiqish alkin molekulasidagi karbonil, karboksil va gidroksil guruhlarning organik birikmalar bilan o‘zaro ta'siriga asoslangan. Bu ishda Zn(OTf)2/TBAF•3H2O/NEt3/MeCN katalitik tizimida fenilatsetilen yordamida benzaldegid va uning bir qator hosilalarini enantioselektiv alkinillanish reaksiyasi birinchi marta o‘rganildi.Aromatik atsetilen spirtlarini sintez qilishda erituvchilar, katalizatorlar, reagentlar va substratlarning tabiati va miqdorining mahsulot unumiga ta'siri tizimli tahlil qilinadi.Olingan natijalar asosida Zn(OTf)2/TBAF•3H2O/NEt3/MeCN kompleks katalitik tizimida aromatik atsetilen spirtlarini sintez qilish uchun eng muqobil reaksiya sharoitlari aniqlandi.
#fenilatsetilen #benzaldegid va uning hosilalari #rux triftormetilsulfonat #tetrabutilammoniy ftorid
Maqolada metallosenlarninig muhim vakillaridan biri ferrotsen asosida olingan biologik faol birikmalarning kimyo sanoati, tibbiyot, farmakologiyadagi amaliy ahamiyati hamda o-ferrotsenilbenzoy kislotasining amigdalin bilan hosilasi ([(6-O-β-D-glyukopiranozil-4-O-(o-ferrotsenil-benzoil)β-D-glyukopiranozil)oksi] (fenil)atsetonitril) sintezi, monometilolmochevina bilan reaksiyasi hamda reaksiya mahsuloti 1-(2-karboksifenil)-1'-N-metiloksiferrotsenilamidning IQ, mass-spektroskopiya tahlillari, uning suvda eruvchan tuzlarining biologik faolliklarini o‘rganish bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan.
#Metallosenlar #ferrotsen #siklopendanienil halqa #o-ferrotsenilbenzoy kislotasi #ferrotsenkarbon kislotasi #monometilolmochevina #1-(2-karboksifenil)-1'-N-metiloksiferrotsenilamid
Maqolada sarimsoqpiyozning mеvasi va po‘stining kimyoviy tarkibi maxsusmetod mass-spеktromеtr yordamida aniqlandi. Ushbu mеtod oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi makro va mikroelеmеntlarni aniqlashda qo‘llaniladi. Tajribalar natijalarini tahlili olish tartibi modda miqdori mg da va uning shu miqdordagi erish darajasi ko‘rsatilgan. O‘rganishlarda sarimsoqpiyoz va po‘sti kukuni tarkibidagi elеmеntlarini miqdori kamayib borish tartibi jadvalda va kеtma kеtlikda joylashtirib borilgan va taqqoslangan. Ko‘rsatilgan elеmеntlardan muhim hayotiy zarurlari, shartli muhimlari va zaharliga yaqinlari alohida ko‘rsatilgan. Natijalarga e'tibor bеrganimizda biz chiqindi dеb tashlab yuboradigan po‘stloq qismini tarkibidagi makro va mikro elеmеntlar miqdori mеvasi kukuni tarkibidan farq qilib, ayrim po‘stloqdagi elеmеntlar mеvasidagi elеmеntlarga miqdoriga nisbatan ko‘pligi mass spеktroskopik usulda aniqlangan va foydaliligi bo‘yicha mеvasi kukunidan qolishmasligi aniqlangan.
#bronxial astma #vitaminlar #mikroelementlar #makroelementlar #bakterialar #buyrak kasalliklari #ichak kasalligi
Yeryong‘oq va yong‘oq sevimli oziq-ovqat mahsulotlar sirasiga kirib, dunyo miqyosida ularga bo‘lgan talab juda ham katta. Ular muhim oziq-ovqat mahsuloti bo‘lish bilan birga shifobaxsh xususiyatlarga ham egadir. Ularning bu shifobaxsh xususiyatlari kimyoviy tarkibining foydali moddalarga boyligi bilan bog‘liqdir. Yeryong‘oq va yong‘oq kimyoviy tarkibi jihatidan bir-biriga o‘xshashdir. Ushbu maqolada yeryong‘oq va yong‘oqning qiyosiy kimyoviy tarkibi, ularning foydali xususiyatlari va ular asosida tayyorlanadigan foydali muolaja vositalari haqida ma’lumotlar keltirilgan.
#vitamin #suv #oqsil #uglevod #Yeryong‘oq #yong‘oq #yog‘ kislotalar #aminokislotalar #alkoloidlar
Повышения уровня глюкозы в крови спровоцирует множество заболеваний и для нормализации уровня глюкозы в крови применяются множества синтетических препаратов, которые, несмотря на терапевтические свойства, также обладают побочными эффектами. В данной статье, с целью внедрение в практику природных аналогов лекарственных средств обладающих лечебными свойствами в растениях без побочных эффектов изучаются гипергликемические свойства лекарственных растений, регулирующие уровень глюкозы в крови.
#гипергликемия #пищевая добавка «Олтин водий»
Tadqiqotlar мochevina va formaldegidning o‘zaro ta'siri natijasida mono-, di- va trimetilolмochevina hosil bo‘lishini o‘rgandi.
Ushbu tadqiqotning maqsadi gal kislotasining mono-, di- va trimetilolmochevina bilan efirlarini hosil boʻlishini oʻrganishdan iborat boʻldi.Tadqiqotda mayda organik sintez, IK, mass-spektrometriya, erish nuqtasini oʻlchash, yupqa qatlam, ustunli xromatografiya usullari qoʻllanildi. Efirlarning tuzilishi shuni ko‘rsatdiki, eterifikatsiya reaksiyasi gallik kislotaning karboksil guruhi va metilol karbamidning gidroksil guruhi hisobiga boradi.
#ammiak #monometilolmochevina #mochevina #formal’degid #gall kislotasi #gallatlar #benzoy kislotasi
Tadbirkorlikni rivojlantirish milliy iqtisodiyotni yuksaltirish, bozor tamoyillari asosida munosabatlarni takomillashtirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Mazkur maqolada tadbirkorlikni maxallada rivojlantirish yo‘llariga e’tibor qaratilgan. Natijada ishsiz aholining ish bilan ta’minlanishi, kichik biznesni rivojlantirish yuksaltiriladi.
#kichik biznes #tadbirkorlik #Maxalla #milliy iqtisodiyot #davlat siyosati
Ushbu maqolada Turkiston jadidlari namoyondalarining iqtisodiy qarashlari tahlil qilingan. Jadidlarning milliy uyg‘onish va iqtisodiy yuksalish konsepsiyasi, jamiyatni iqtisodiy yuksaltirish uchun yoshlarga zamonaviy kasblarni o‘rgatish, hunarmandchilik maktablarini tashkil etish kabi iqtisoiy g‘oyalarining mazmuni, mohiyati va konseptual ahamiyati tadqiqi asosiy o‘rin egallaydi. Mualliflar jadidlar tomonidan ilgari surilgan, yoshlarni rivojlangan xorijiy davlatlarda dunyoviy ilm olishi, yetakchi universitetlarda o‘qishi va kasbiy malakasini oshirish borasidagi fikrlarining nazariy va amaliy jihatlarini o‘rganlar.
Ma’rifatparvar jadidlarning Vatan, ona yerni e’zozlash, ushbu resurslardan milliy taraqqiyot uchun samarali foydalanish xaqidagi qarashlari, mamlakatni iqtisodiy rivojlantiruvchi omillar haqidagi fikrlarining futurologik jihatlari tadqiq etilgan.
#yoshlar #ilm-fan #urkiston #jadid-ma’rifatparvarlar #iqtisodiy-ijtimoiy qarashlar #hunarmand maktablar #A.Fitrat
Ushbu maqolada til hodisalarining imkoniyati haqida fikr bildirib, tilda polisemiyaning borligi tufayli insonlar bir so‘z orqali turli xil narsa va hodisalarga nom bera olishi, boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga polisementik lug‘at bilan ishlashni o‘rgatish o‘quvchilar so‘z boyligini sifat jihatdan yaxshilashga xizmat qilishi haqida atroflicha fikrlar keltirilgan. Maktabda boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ona tilini o‘qitish jarayonida polisemiyaning murakkab jihatlarini bosqichma-bosqich o‘rgatib borishni tashkil etadi .Ularga leksik polisemiya yordamida so‘z manolarini farqlashni o‘rgatibgina qolmay, balki o‘quvchilar nutqini yangi so‘z ma’nolari bilan boyitib borish kerakligi haqida fikrlar yoritib berilgan. Shuningdek boshlang‘ich sinflarda ko‘p manoli so‘zlarning o‘quvilar ongida shakllanishi xaqida ko‘p olimlarning fikrlari bilan uyg‘unlashtirilgan.
#muloqot #leksema #polisemiya #Til hodisalari #tadqoqot #eksperement #tashqi nutq #psixolingvistik
Maqolada o‘zbek halqining ming yillar davomida shakllangan muhim ijtimoiy instituti – mahallaning tarixiy rivojlanish bosqichlari, sovetlar davridagi ahvoli, mustaqillik yillarida yuksalish va demokratik taraqqiyotni ta’minlashdagi zamonaviy xususiyatlari, shuningdek O‘zbekistonda mahalla tizimini isloh qilishning dolzarb muammolari, mustaqillik yillarida ko‘p millatli, konfessiyali mahallalar faoliyatini tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari va demokratik omillari, “mahallabay” ishlash tizimining mazmun-mohiyatini o‘rganishni maqsad qilib olinadi.
Tadqiqot metodlari olib borishda muammoga doir tarixiy, siyosiy, falsafiy, sosiologik, psixologik, pedagogik ADABIYOTLARni qiyosiy-tanqidiy o‘rganish, tahlil etish, tarixiylik va mantiqiylik usullaridan foydalanilgan.
Tadqiqot natijalari Vatanimizda qadimdan mahallalar faoliyat ko‘rsatib kelgan bo‘lib, Qal’a ichidagi turar joy majmualari uning ichki devorlari bo‘ylab joylashgan bo‘lib, ular ko‘chalar bo‘ylab 8 ta mahallaga bo‘lingan
#mahalla #boshqaruv #fuqarolik jamiyati #millatlararo totuvlik #islohot #ijtimoiy hayot #Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi #Oliy Majlisga murojaatnoma #“yangi O‘zbekiston- yangi mahalla” #konfessiyali mahallalar #diniy bag‘rikenglik #milliy madaniy markazlar #umuminsoniy qadriyatlar #mahallalar faoliyatini baholashning indikatorlari #“mahallabay” ishlash tizimi #ijtimoiy institut #o‘zini-o‘zi boshqarish #mahalla instituti #demokratik taraqqiyot
Maqolada “Xavfsiz mahalla” tushunchasining mazmun-mohiyati qisqacha yoritib berilgan. Shuningdek, muallif maqolada “Xavfsiz mahalla” tushunchasining mazmun mohiyatini anglash va ilmiy tadqiq etishda, unga taʼsir etuvchi demografik, ijtimoiy-iqtisodiy, geografik va ijtimoiy-maʼnaviy omillarni ayrim jihatlarini ochib bergan.
#xavfsiz mahalla #demografik #ijtimoiy-iqtisodiy
Ushbu maqolada frazeologik tizimlarning oʼziga xos xususiyatlari borasidagi tadqiqotlar keltirilgan. Shuningdek, ingliz va oʼzbek tillarida frazeologik tizimlarga oid misollar keltirilgan. Tadqiqot maqsadi: ingliz va o‘zbek tillarida “quvonch” va “qayg`u” konsepti ishtirok etgan frazeologik birliklari lingvomadaniy xususiyatlarining mushtarak va farqli jihatlarini ochb berish. Tadqiqot metodlari: lingvistik tavsiflash, qiyosiy-tipologik (chog`ishtirma), madaniyatlararo chog`ishtirma, konseptual, kontekstual-situativ. Tadqiqot natijalari: komponent tahlil asosida ingliz va o‘zbek tillari kesimidagi eng ko‘p qo‘llaniladigan frazeologik birliklardan biri bu – maqol, ingliz tilida esa idiomalar ekanligi asoslangan.
#ingliz tili #frazeologik birliklar #frazeologik tizimlar
Maqola mustaqillik yillarida O‘zbekiston-Qozog‘iston munosabatlarida mintaqaviy integratsiya masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, mazkur yo‘nalishda ikkala davlat tomonidan amalga oshirilgan sa’y-harakatlar, vujudga kelgan muammolar, tashqi kuchlarning aralashuvi, Markaziy Osiyo integratsiyasining tarqalib ketishi hamda integratsiya jarayonlarida ikkala davlat yetakchilarining tutgan o‘rni kabi mavzularda so‘z yuritiladi. Shuningdek, mintaqaviy integratsiya masalalarida ikkala davlatning yondashuvlariga asosiy e’tibor qaratiladi.
#Markaziy Osiyo #integratsiya #tashqi kuchlar #virtual regionalizm #Markaziy Osiyo Hamkorlik Tashkiloti #Orolni qutqarish halqaro jamg‘armasi #Yevro-Osiyo Iqtisodiy Hamjamiyati
Mazkur maqolada somatik frazeologik birliklarning tilshunoslikning pragmatik taxlili bo‘yicha tarjima masalalari atroflicha talqin etildi. Madaniy kodlari orqali ularning pragmatik jihatlariga yondashib, ularning muloqotdagi funktsiyasiga to‘xtaldi. Somatik frazeologik birliklarning kommunikativ jarayonda so‘zlovchining tinglovchiga nisbatan emotsional xistuyg'usi, niyati, vaziyat va holatlarning baholanishini atroflicha yoritildi. Maqolada o‘zbek, rus va ingliz tillarida somatik tarkibiy qismlarga ega bo‘lgan frazeologik birliklarning lingopragmatik jihatlari haqida so‘z boradi. Tarjima - bu to‘g'ri aloqa qilishning to‘g'ri usuli va pragmatika - bu aloqa qilishda tilni qanday to‘g'ri ishlatish. Unda madaniy tilshunoslikka, pragmatik idrok va madaniyat va til o‘rtasidagi munosabatlarga turli yondashuvlar tahlil qilindi.
#pragmatika #konnotatsiya #potentsial #somatik frazeologizm #lingvomadaniy kod #antropomadaniy #antropotsentrik #kommunikativ-pragmatik #ekspressivlik #kontseptual #emotsional #tana
Dаvlаt аrхiv tizimining sаmаrаli fаоliyat оlib bоrishi ko‘p jihаtdаn аrхiv ishi uchun huquqiy mаydоn bаrpо etish bilаn bоg’liqdir. Mаqоlаdа mustаqillik yillаridа O‘zbеkistоndа аrхiv ishi huquqiy аsоslаrining shаkllаnish jаrаyoni оchib bеrilаdi. Hоzirgi kungа qаdаr ushbu mаvzu tаriх vа аrхivshunоslik fаnidа mахsus o‘rgаnilmаgаn. Sh.А.Hаyitоv vа А.Х.Hаmrоyеvlаr qаlаmigа mаnsub “O‘zbеkistоn Rеspublikаsining аrхiv qоnunchiligi” (2008) nоmli hаjmаn kаttа bo‘lmаgаn kitоb nаshr etildi, аmmо bu nаshr аsоsаn аrхiv ishigа dоir qоnun vа qаrоrlаrdаn ibоrаt to‘plаm bo‘lib, undа ushbu qоnunchilik hujjаtlаri ilmiy jihаtdаn tаhlil etilmаgаn. Mаqоlа uchun аsоsiy mаnbа sifаtidа O‘zbеkistоn Rеspublikаsining аrхiv ishi to‘g’risidаgi qоnunlаridаn hаmdа ulаrgа mоs rаvishdа rеspublikа Prеzidеnti vа hukumаti tоmоnidаn qаbul qilingаn fаrmоn vа qаrоrlаrdаn fоydаlаnildi. Mаvzuni yoritish uchun elеktrоn rеsurslаr vа mаvjud ilmiy аdаbiyotlаr jаlb etildi. Mаqоlа ustidа ishlаsh jаrаyonidа rеtrоspеktiv usul, tizimli yondаshuv, muаmmоli-хrоnоlоgik vа qiyosiy tаhlil usullаridаn fоydаlаnildi.Mаqоlаdа O‘zbеkistоndа mustаqillik yillаridа аrхiv ishi uchun huquqiy аsоs bаrpо etilgаnligi tufаyli аrхiv muаssаsаlаri fаоliyatidа ko‘p ijоbiy o‘zgаrishlаr yuz bеrdi, dеgаn хulоsа qilinаdi.
#аrхiv ishi #huquqiy аsоs #qоnun #qоnunоsti hujjаtlаr #bitim #qаrоr #“O‘zаrхiv” аgеntligi #Milliy аrхiv fоndi #milliy аrхivlаr #dаvlаt аrхivlаri
Ushbu maqolada O‘zbekiston SSRda 1926 yilda o‘tkazilgan aholini ro‘yxatga olish tadbiri hamda uning bugungi kundagi tarixiy ahamiyati atroflicha yoritilgan. Shuningdek, maqolada aholini ro‘yxatga olish tadbiridan Sovet hokimiyati hukmron doira vakillarining ko‘zlangan maqsadlari atroflicha yoritilgan. O‘zbekiston SSRda dastlab o‘tkazilgan ushbu tadbirning yakuniy natijalari asosida respublikadagi umumiy aholi soni chop etilgani birlamchi statistik manbalar hamda arxiv ma’lumotlari asosida keltirib o‘tilgan. Ushbu tadbirning yakuniy natijalariga asoslangan holda respublika iqtisodiyotini oldindan rejalashtirilishi va kelgusi yillarga o‘lkadagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotni oldindan belgilanganligi to‘g‘risida so‘z boradi. Maqolada o‘lkada aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ishlarining olib borilishi hamda aholi o‘rtasida targ‘ibot ishlarining olib borilgani to‘g‘risida to‘htalib, ilmiy xulosalar berilgan.
#millat #din #uyezd #til #shahar #statistika #Aholini ro‘yxatga olish tadbiri #aholini ro‘yxatga olish dasturi #aholini ro‘yxatga olish shaxsiy varaqasi #aholi soni #aholini soni hisoboti #migratsiya #aholining tabiiy o‘sishi #doimiy aholi
Ingliz tilini o‘qitishning muhim jihatlaridan biri bu kommunikativ kompetentsiyani shakllantirishdir. Talabalarda ingliz tilinio‘qitishxususiyatlarinitahlilqilish, ingliz tili darslarida talabalarning kommunikativ kompetentsiyasini shakllantirish ularning kelgusida shu tildа ravon so‘zlasha olishi, o‘z sohasi raqobatbardosh kadr bo‘lib shakllanishi bilan belgilanadi. Ilmiytadqiqotmetodlaridantahlilqilish, sintez, deduksiyametodlariqo‘llanildi.
#chet tili #kommunikativ kompetentsiya #kommunikativ kompetentsiyani shakllantirish #chet tillarini o‘qitish #tibbiy terminologiya #o‘qitish metodlari #ingliz tilini o‘rganish
Ushbu maqolada mustaqilikning dastlabki yillarida Farg’ona vodiysi viloyatlarida ijtimoiy-iqtisodiy holat, aholini turmush darajasini yaxshilash borasida hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlar va halqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari yoritilgan. Amalga oshirilgan taqiqotlar natijasida Farg’ona vodiysi aholisining ijtimoiy turmushini oshirishda keng miqiyosida jahonning eng nufuzli halqaro tashkilotlaridan biri hisoblanmish BMTning turli sohalardagi bo‘linmalari va boshqa Yevropa, hamda Sharqiy mintaqaning halqaro tashkilotlari bilan keng qamrovli aloqalari o‘rganilgan, shuningdek istiqbollari haqida fikr-mulohazalar bildirilgan.
#taraqqiyot #sog’liqni saqlash #Yevropa Ittifoqi #hamkorlik #viloyat #tuman #BMT #dastur #islohot #suv resurslari #ijtimoiy-iqtisodiy #MDH #Shanhay hamkorlik tashkiloti
Mustaqillik yillarida ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi islohotlarni hayotga tatbiq etishda turli xil mulk shakllarini yaratish va ularni samarali qo‘llash muhim ahamiyatga ega bo‘lib, kooperativ korxonalar aholini keng iste'mol mollari bilan ta'minlashda va ijtimoiy munosabatlarni barqarorlashtirishda dolzarb bo‘lib bormoqda. Bu borada amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, xususan, tashkil etilayotgan qishloq xo‘jaligi birlashmalarida mustaqil va o‘zaro bog‘liq korxonalar, fermer, dehqon xo‘jaliklari hamda tomorqa yer egalarining kooperation birlashishi institutini yaratish, mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarning kooperatsiyasini rivojlantirish kabi masalalarni hal etishda tarixiy tajriba muhim ahamiyat kasb etadi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda ishlab chiqarish kooperativlari faoliyati va ularning hudud ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o‘rni va roli masalalarini yangi metodologik nuqtai nazardan tadqiq etilishi qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Sovet hukumati tomonidan artellarga halq iste'mol mollari ishlab chiqarish bilan bir qatorda kooperativ savdosini kengaytirish haqida topshiriq berildi.Mazkur maqolada Farg‘ona viloyatida Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda faoliyat olib borgan ishlab chiqarish kooperativlarining hududning iqtisodiy rivojlanishidagi o‘rni, keng iste'mol mollarini ishlab chiqarishdagi roli va ularning o‘ziga xos jihatlari haqida fikr yuritilib, ma'lumotlar tahlil qilingan.
#xususiy tadbirkorlik #bozor iqtisodiyoti #Kooperativ harakat #Ikkinchi jahon urushi #artel #nogironlar #nogironlar kooperativ uyushmasi #mahalliy xom ashyo
Ushbu maqoladan bosh maqsad Sh.Sulaymonning hayot yo‘li orqali Turkiston taraqqiyoti uchun qo‘shgan
hissasini yoritib berishdan iborat. U XX asrning 20-30 yillarida ijtimoiy-madaniy hayot, xususan, o‘zbek adabiyotida
o‘zining barakali ijodi va harakatlari bilan alohida iz qoldirgan. Maqolani yoritishda ilmiy ADABIYOTLAR, manbalar va
arxiv hujjatlari jalb qilingan. Qiyosiy taqqoslanib, ma’lumotlar tizimlashtirilgan. Shokir Sulaymonning maqolalari tahlilga
tortilgan. U Turkiston yoshlarini xorijiy ta’limi yo‘lidagi xayriya yig‘ish hamda iqtidorli yoshlarni birlashtirish ishlarida faol
ishtirok etdi. Zamon bilan mos ravishda o‘zi ham Rossiyaning markaziy shahrida ta’lim oldi. O‘zbek ilm-fani rivojiga o‘z
hissasini qo‘shdi. Biroq sovet hukumatining qatag‘on siyosati natijasida istibdod qurboniga aylandi.
#yangi usul maktabi #“Husayniya” madrasasi #“Milliy ittihod” tashkiloti #“Ko‘mak” uyushmasi #xorijiy ta’lim #“Qizil qalam” adabiy jamiyati
Maqolada Turkiston Muxtoriyati bosh vazirining o‘rinbosari, huquqshunos, siyosiy jurnalist Islom Shohsultonovich Shoahmedov (1186-1922) hayoti va faoliyatiga oid ma’lumotlar manbalar asosida yoritilgan.
Bundan tashqari, siyosiy arbobning jadidlar siyosiy yetakchisi hamda “Musulmon gazetasi”ning tashkil etilishi va yirik noshir sifatidagi faoliyatining yangi qirralari, qolaversa, siyosiy muxbir sifatidagi tariximizda uchramaydigan faoliyati hamda qarashlari mahalliy va chet el olimlari asarlari hamda davriy nashrlari asosida yoritilgan.
Islom Shohsultonovich Shoahmedov hayoti va faoliyati mahalliy, xorij olimlarining doimiy e’tiborida bo‘ldi. Ularning ilmiy tadqiqotlarida Islom Shoahmedovning jadid ma’rifatparvari sifatidagi faoliyati, uning noshirlik faoliyati va Turkiston Muxtoriyati bosh vazirining o‘rinbosari sifatidagi faoliyatiga keng e'tibor qaratildi. Lekin Sovet Ittifoqi olimlarining
ayrim tadqiqotlarida Turkiston Muxtoriyati va jadidlar faoliyatiga burjua-millatchi sifatida qaraldi. Ular faoliyati qoralandi. Shuningdek, sovet hukumati qatag‘on siyosatining ijrochi organlaridan biri bo‘lgan – OGPU siyosiy byurosi Islom Shoahmedov va boshqa jadidlar haqida to‘qima, yolg‘on va haqiqatdan yiroq ma’lumotlarni tarqatdi. Bu esa Turkiston
uchun jonini fido qilgan arbobning faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmay qolmadi va umrining oxirida kasalligi bilan vafot etdi.
#g‘oya #Muxtoriyat #jadidlar #“Sho‘roi Islomiya” #legitimlik #qurultoy #bolsheviklar
XX asrning 20-yil oxirlaridan boshlab sovet hokimiyatining qatag‘on siyosati kuchayib bordi. Buning natijasida Turkistonning milliy ziyolilari va ma’rifatparvarlari turli millatchilik bahonalari bilan ayblanib tergovga tortildi. Maqolada ana shunday stalincha qatag‘on siyosatining yosh qurboni, o‘tgan asrning boshlarida o‘zbek adabiyotining iste’dodli shoiri Usmon Nosir hayot yo‘li, pedagogik faoliyati, ijodi, ma’naviy merosi va taqdiri tahlil qilinadi. Sovet hukumati yillarida uning ijodidan mafkura targ‘ibotiga xizmat qiluvchi g‘oya sifatida foydalanib, buzib ko‘rsatildi. Mustaqillik yillarida shoirning ijodi asl mohiyatini topdi.
#Usmon Nosir #“Katta qirg‘in” #ma’rifatparvar #siyosiy qatag‘on #Yormat Maxsum #jadidchilik harakati #qatag‘on qurboni
"Ustoz-shogird" tizimi hunarmandchilik sohasidagi eng barqaror jamoat instituti hisoblanadi. O‘quv mashg'ulotining yakuniy bosqichi Farg'ona vodiysidagi turkiy aholi orasida "fatiy ukish", "fatiy berish", tojik tilida "qamar Baste" marosimidir. Ushbu marosimlarning har qandayida, muayyan tantanali harakatlar amalga oshirilgandan so‘ng, neofit (bag'ishlangan) yangi maqomga ega bo‘ladi, uning tegishli jamoat guruhiga tegishliligi haqidagi guvohnoma.
#ustod-shogird tizimi #yangi maqom #do‘kon terminologiyasi #asboblar #aksessuarlar
Mazkur maqolada Rossiya imperiyasi istibdodi davrida Turkistonda yer-suv munosabatlarida olib borilgan mustamlakachilik siyosati jadidchilik yo‘lboshchisi Ismoil Gasprinskiy va uning “Tarjimon” gazetasi materiallari asosida yoritilgan. Maqolada shuningdek, Turkistonning ilk matbuot nashrlaridan “Taraqqiy”, “Tujjor” va “SHuhrat” gazetalari materiallaridan ham foydalanilgan. Maqoladagi fakt va ma’lumotlar tarixiylik tamoyiliga asoslangan holda tadqiq qilingan. Tadqiqot jarayonida mikrotarix, miqdoriy, tizimli, kontent tahlil va muammoviy-xronologik usullardan foydalanilgan.
#paxta #Turkiston #Ismoil Gasprinskiy #Bog’chasaroy #Toshkent #yer egaligi #ko‘chirish siyosati #soliqlar
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida mahkumlarni ijtimoiy foydali mehnatga jalb etish masalalari tahlil qilindi. Mamlakatdagi jazoni ijro etish muassasalarining maqsadi jazolash emas, balki qayta tarbiyalashdir. Shu bois, mahkumlarni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘rgatish, kasb mahoratini oshirish, bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazish va oilalarni mehnati bilan ta’minlash maqsadida muassasalarda ishlab chiqarish korxonalari tashkil etildi. Shuningdek, mahkumlarni mehnatga jalb etishning asosiy maqsadi ularda ijtimoiy foydali faoliyat bilan shug'ullanish zarurligini shakllantirishdir. Mahkumlarning mehnat munosabatlari O‘zbekiston Respublikasining mehnat qonunchiligi va Jinoyat-ijroiya kodeksi bilan tartibga solinadi.
#mahkum #foydali mehnat #ma'muriy boshqaruv #jazoni ijro etish tizimi #mehnatga haq to‘lash #tuzalish
Ushbu maqoladan ko‘zlangan asosiy maqsad gastronomik turizmning kelib chiqishi va uning mohiyatini keng yoritib berishdan iborat, chunki, bugungi kunda dunyoning rivojlangan juda koʼplab davlatlarida turizmning asosiy turi sifatida gastronomik turizm etirof etilmoqda, negaki gastronomik turizm sohasini jadal rivojlantirish iqtisodiy oʼsishning
muhim omili sanaladi. Shu tufayli gastronomik turizmni rivojlantirish nazariy-uslubiy va amaliy jihatlari boʼyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish dolzarb masala hisoblanadi.
Ushbu tadqiqot ishida asosan xranalogik usuldan shu bilan birga absrakt-mantiqiy tahlil, tizimli tahlil, qiyosiy tahlil usullaridan foydalanilgan.
Gastronomik turizmning tarixiy ildizlari, hamda bugungi kunda bu borada xorijiy mamlakatlar hamda O‘zbekistonda olib borilayotgan ilmiy va amaliy jarayonlar solishtirma misollar bilan koʼrib chiqilgandan so‘ng, gastronomik turizmni rivojlantirish hozirgi kunda qanchalik zarur ekanligi va buning uchun gastronomik turizmni ommalashtirish va bu borada yuqori tashabbuslarni ilgari surush, yurtimizda bu sohadagi bilim darajalarni oshirish, mahalliy hokimiyat organlari, jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalarini bu sohaga jalb qilish, uzoq muddatga mo‘ljallangan rejali oʼquv va ishchi dasturlarni ishlab chiqish, halqaro hamkorliklarni yanada kengaytirish lozim degan xulosaga kelindi.
#tarix #gastronomikturizm #pazandalikturizmi #oziq-ovqatvaichimlik #oshxona #taomlar #sayyohlar
Ushbu maqolada Rossiya imperiyasining XIX asrning ikkichi yarmi – XX asr boshlaridagi Turkiston o‘lkasida imperiya hukumati tomonidan o‘lkani boshqarish uchun tayinlangan rasmiy amaldorlar foaliyatiga alohida to‘xtalib, ularning o‘lkadagi yer-suv munosabatlariga oid olib borgan siyosati ochib berilgan. Shuningdek, Turkistonda yer-suv munosabatlari, xususan, yer va mulkka egalik qilish, suv manbalari hamda sug‘orish tizimini imperiya manfaatlariga mos xolda tartibga solish borasida tashkil etilgan maxsus ishchi va taftish komissiyalarining o‘lkadagi faoliyati hamda ularning natijalari haqida ma’lumotlar berib o‘tilgan. Mazkur maqola davr manbalari hisoblangan arxiv xujjatlari, statistika ko‘mitalari ma’lumotlari, taftish komissiyasi hisobotlari hamda turli davrlarda mavzuga oid olib borilgan tadqiqot ishlari tahlili asosida yoritilgan.
#yer egaligi #Rossiya imperiyasi #Turkiston o‘lkasi #general-gubernatori #nizom #sug‘orish tizimi #taftish komissiyasi
Ushbu maqolada O‘rta Osiyoda islom dining yoyilishidan boshlab rivojlangan o‘rta asrlargacha bo‘lgan davr ichida mintaqa aholisining o‘zliklarida, xususan, kasbiy o‘zligida hunarmandchilik bilan bog'liq o‘zgarishlar to‘g'risida so‘z boradi. Qariyb besh yuz yillik davr mobaynida O‘rta Osiyoning yirik shaharlaridagi yerlik aholining, ayniqsa, hunarmandlarning yangi mafkuraga moslasha borib, qadimiy mahalliy va islomiy an'analarni o‘zaro omuxtalashtirgan holda hunarmandchilikni yangi bosqichga olib chiqqanliklari tahlil qilinadi.
#islom #milliy #shahar #hunarmandchilik #O‘rta Osiyo #an'anlar #o‘zlik #etnik #kasbiy o‘zliklar
Maqolada Usmon Nosir she’riy mahorati va uslubining o‘ziga xosliklarini yoritish maqsad qilingan. Avtobiografik, qiyosiy, tarixiy-funksional metodlar asosida shoir she’rlari tahlilga tortilgan. Muhabbat, bolalik, vatan mavzulari talqini orqali Usmon Nosir she’riyatining XX asr o‘zbek adabiyotidagi o‘rni va ahamiyati ko‘rsatib berilgan. Hassos ijodkor uslubiga xos jihat nozik tuyg‘ularni tabiat tasviriga uyg‘un ifodalash, o‘xshatish, qiyos, taqqos, jonlantirish orqali tasvirdagi hayotiylik, ta’sirchanlikni ta’minlash ekanligi yoritilgan.
#iste’dod #uslub #milliylik #tasvir #mahorat #shoir #tarjimon #dostonnavis #qatag‘on davri #o‘zbek adabiyoti #XX asr
Maqolada lirik she’rlarni janrlarga ajratish muammosi haqida so‘z yuretiladi. Bunda I.Sulton, B.Sarimsoqov, H.Umurov, D.Quronov tasnif tamoyillariga tayangan holda lirik janrlarning shaklanishidagi xilma xillik hamda janr yuzaga kelishda topoxronos ahamiyatiga alohida diqqat qilgan.
#obraz #tasnif #janr #sub’ektivlik #tamoyil #kechinma #makon va vaqt #misralar miqdori #uchlik janri
Halq og‘zakijodiga mansub epik asarlarda, xususan, ertak va dostonlarda safar motivi yetakchi o‘rin tutadi. Mazkur tadqiqotning maqsadi safar motivining genezisi va semantikasiga oid folklorshunoslikdagi qarashlarni qiyosiy-tipologik metodda o‘rganishni ko‘zda tutadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, safar motivining genezisi insoniyatning ilk davri bilan bog‘langan, jamiyat taraqqiyoti natijasida safarning maqsadi va yo‘nalishiga ko‘ra semantik doirasi kengaygan. Tadqiqotning asosiy xulosasi sifatida shuni ta’kidlash mumkinki, hayot haqiqatini badiiy haqiqatga aylanishi jarayonida taransformatsiyasiga uchrashi ushbu motivning qahramon kamolga yetishi va shakllanish bosqichi sifatida tasvirlanishiga olib kelgan.
#ertak #mif #teologiya #: motiv #epik matn #mifologik qahramon #safar #motiv genezisi
Mazkur maqolada Usmon Azim she’riyatidagi kuz motivi orqali tabiat bilan ruhiyat uyg‘unligini aniqlash maqsad qilingan. Maqolada qiyosiy-tipologik va biografik tahlil metodlari qo‘llanildi. Natijada Usmon Azim she’riyatida peyzajning makon va zamon xususiyatiga ko‘ra mavsumiy peyzaj, darajasi va ko‘lamiga ko‘ra milliy peyzaj turi ko‘proq ko‘zga
tashlanishi aniqlandi. “Kuz” shoirning umr sarhisobi, yetuklik pallasidagi hayotiy xulosalar va falsafiy kuzatuvlarining mushohadaviy poetik talqinidir. Usmon Azim asarlarining xronologiyasi bo‘yicha tahlil qilinganda, “kuz” obrazi dastlab baxtiyorlik kayfiyatidan ayriliq hissi ufurib turgan horg‘inlik, umidsizlik ramziga aylana borishi kuzatiladi. Qolgan fasllardan “qish” peyzaji ikki xil mazmunni ifoda qilganini ko‘rish mumkin. Fasllar Usmon Azim ijodining mundarijaviyligini boyituvchi jihat hisoblanadi. Shu jihatdan kelib chiqib, uning ijodini fasllarga bo‘lib o‘rganish kelgusida qilinadigan tadqiqotlar uchun yaxshi ob’ekt bo‘la oladi degan fikrdamiz. Usmon Azimning she’rlarida tabiat she’rdagi nafaqat estetik qadriyat, balki, oliy axloqiy kategoriya sifatida ham namoyon bo‘ladi.Usmon Azim she’rlarida inson qalbidagi og‘riqlarni, azaliy anduhlarni tabiat manzaralariga chog‘ishtirib chuqur dramatizm bilan tasvirlaydi. Milliy peyzajlar shoir ruhiyati, o‘zi tug‘ilib o‘sgan makon va boshqa tabiat unsurlari bilan chambarchas bog‘liq degan xulosaga kelindi.
#образ #метафора #рамз #миллийлик #мотив #пейзаж #лирик қаҳрамон #эстетик категория #ахлоқий қадрият
Мақолада ўзбек адабиётининг пайдо бўлишидан то ҳозирги кунгача бўлган хусусиятлари ҳақида сўз боради. Миллий адабиёт бошқа халқлар адабиётидан, биринчидан, ўз анъаналари, қаҳрамонларнинг миллий хусусиятлари, тасвирланган ҳаётнинг ўзига хослиги билан ажралиб туради. Бу борада ҳар бир алоҳида давр ўзбек адибларининг ижодида ўзбек руҳи, ўзбек турмуш тарзи, ўзбек характери, ўзбек халқининг муҳим мавзу ва ғоялари тасвирланган. Турли давр шоирлари ижодида ижтимоий тузумдан норозилик, ватанпарварлик, фуқаролик пафоси мотивлари намоён бўла бошлайди.
#ўзбек адабиѐти #ўзбек руҳи #ўзбек турмуш тарзи #ўзбек характери #адабий доира
Maqolada ingliz hamda oʼzbek adabiyotida mifologik obrazlarning mifologizatsiyasi va ularning oʼziga xosligi haqida maʼlumot keltirilgan. Maʼlumki, jahon adabiyotida mif(asotir)lar juda muhim oʼrin tutadi. Barcha millat adabiyotida mif, afsona, ertaklar millatning yashash tarzi, xususiyatlarini oʼzida mujassam etganligi kuzatiladi. Mifologik obrazlar ingliz hamda oʼzbek
dabiyotida asrlar davomida ogʼzaki va yozma adabiyot namunalarida keng qoʼllanib kelinmoqda. Ingliz va oʼzbek qadimgi adabiyotidan to hozirgi zamonaviy adabiyot namunalarida ham mifologik obrazlarning mifologizatsiya qilingani uchratish mumkin, bu esa ikkala halq adabiyoti oʼrtasidagi adabiy aloqa va oʼzaro taʼsirni oʼzida namoyon etadi.
#ertak #afsona #mif #asotir #mifologizm #mifologik obraz
Maqolada L. Tolstoyning ishiga Sharq falsafasining ta'siri tahlil qilinadi. Mashhur faylasuflarning asarlarini o‘rganish, shuningdek, Kavkaz halqlarining urf-odatlari, hayoti va dinlari bilan tanishish Tolstoyning faylasufi bo‘lishida katta ahamiyatga ega edi. Falsafiy risolalar, ko‘plab diniy va axloqiy esselar, maqolalar, keng falsafiy yozishmalar bularning barchasi Lev Tolstoyning butun dunyo bo‘ylab e'tirof etilgan Rossiyaning taniqli mutafakkiri sifatida shaxsiyatini ko‘rib chiqishga imkon beradi.
#fikr #yozuvchi #Sharq #Sharq falsafasi #L. Tolstoy #diniy-axloqiy tizim #falsafiy meros #rus adabiyoti
Ushbu maqolada nemis va oʼzbek tillaridagi jonzotlar nomlari bilan bogʼliq frazeologizmlarning tasviri tahlil qilingan. Hayvon nomlariga oid frazeologik birliklarning lingvokulturologik kontekstda koʼrib chiqish ularning faoliyat koʼrsatish xususiyatlarini tahlil qilish imkonini beradi. Nemis va oʼzbek tillarining iboralarini oʼrganish jarayonida hayvonlar nomi bilan bogʼliq frazeologik birliklarning keng tarqalganligi mutlaq haqiqat ekanligini koʼrsatdi. Bunday ibora birikmalarining koʼpligi, ularning obrazli tavsifi va faoliyat koʼrsatishning antropotsentrik xususiyati tilshunoslar va leksikograflarning frazeologik fondining ushbu qismga qiziqishini belgilaydi. Ikkala tilning frazeologiyasida turli hayvonlarning tasvirlari, hasharotlar va qushlar bilan bogʼliq holatlar koʼp kuzatiladi. Tahlil jarayonida shu xulosaga kelish mumkinki, nemis va oʼzbek tillarida zoomorf obrazli frazeologik birliklarni oʼrganish ularning har ikki til umumiy frazeologik tizimi doirasida mikrotizim ekanligini koʼrishimiz mumkin. Nemis va oʼzbek frazeologik birliklarining nomlari bilan qarama-qarshi tahlili ibora birikmalari asosidagi tasvirlardagi oʼxshashlik va farqlarni aniqlashga imkon berdi.
#tahlil #obrazlilik #frazeologizmlar #jonzotlar nomlari #zoomorf tasvirlar #nemis va oʼzbek tili #hayvonlarning tasvirlari
Maqolada diniy frazeologizmlarning ichki shakli va frazeologik maʼno o‘rtasidagi mutanosiblik masalasi o‘rganilgan. Ushbu maqsadga erishish uchun ko‘p aspektli fanlararo yondashuvga asoslanilgan hamda semantik metod, komponent tahlil metodi, lingvomadaniy tahlil metodi, kommunikativ tilshunoslik metodlari, xususan, transformatsion metodika qo‘llanilgan. Qo‘shimcha tadqiqot usullari sifatida etimologik sharhlash va lug‘at taʼriflari (definitsiyalari)ni semantik tahlil qilish usullari qo‘llanilgan. Natijada diniy frazeolik birlik ichki shaklining muhim xususiyati uning dinamik tushuncha ekanligi, uni so‘zlovchilar tomonidan idrok qilish til taraqqiyotining turli davrlarida o‘zgarib borishi hodisasi yoritilgan.
#frazeologik birlik #ichki shakl #frazeologik maʼno #frazeologik birlik prototipi #diniy frazeologizm #etimologik maʼno #diaxron va sinxron motivlashtirilganlik #diniy anʼana
Ushbu maqolada til hodisalarining imkoniyati haqida fikr bildirib, tilda polisemiyaning borligi tufayli insonlar bir so‘z orqali turli xil narsa va hodisalarga nom bera olishi, boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga polisementik lug‘at bilan ishlashni o‘rgatish o‘quvchilar so‘z boyligini sifat jihatdan yaxshilashga xizmat qilishi haqida atroflicha fikrlar keltirilgan. Maktabda boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ona tilini o‘qitish jarayonida polisemiyaning murakkab jihatlarini bosqichma-bosqich o‘rgatib borishni tashkil etadi .Ularga leksik polisemiya yordamida so‘z manolarini farqlashni o‘rgatibgina qolmay, balki o‘quvchilar nutqini yangi so‘z ma’nolari bilan boyitib borish kerakligi haqida fikrlar yoritib berilgan. Shuningdek boshlang‘ich sinflarda ko‘p manoli so‘zlarning o‘quvilar ongida shakllanishi xaqida ko‘p olimlarning fikrlari bilan uyg‘unlashtirilgan.
#muloqot #leksema #polisemiya #Til hodisalari #tadqoqot #eksperement #psixolingvistik #tashqi nutq
Ushbu maqolada frazeologik tizimlarning oʼziga xos xususiyatlari borasidagi tadqiqotlar keltirilgan. Shuningdek, ingliz va oʼzbek tillarida frazeologik tizimlarga oid misollar keltirilgan.
Tadqiqot maqsadi: ingliz va o‘zbek tillarida “quvonch” va “qayg`u” konsepti ishtirok etgan frazeologik birliklari lingvomadaniy xususiyatlarining mushtarak va farqli jihatlarini ochb berish.
Tadqiqot metodlari: lingvistik tavsiflash, qiyosiy-tipologik (chog`ishtirma), madaniyatlararo chog`ishtirma, konseptual, kontekstual-situativ.
Tadqiqot natijalari: komponent tahlil asosida ingliz va o‘zbek tillari kesimidagi eng ko‘p qo‘llaniladigan frazeologik birliklardan biri bu – maqol, ingliz tilida esa idiomalar ekanligi asoslangan.
#ingliz tili #frazeologik birliklar #frazeologik tizimlar
Mazkur maqolada somatik frazeologik birliklarning tilshunoslikning pragmatik taxlili bo‘yicha tarjima masalalari atroflicha talqin etildi. Madaniy kodlari orqali ularning pragmatik jihatlariga yondashib, ularning muloqotdagi funktsiyasiga to‘xtaldi. Somatik frazeologik birliklarning kommunikativ jarayonda so‘zlovchining tinglovchiga nisbatan emotsional xis- tuyg'usi, niyati, vaziyat va holatlarning baholanishini atroflicha yoritildi. Maqolada o‘zbek, rus va ingliz tillarida somatik tarkibiy qismlarga ega bo‘lgan frazeologik birliklarning lingopragmatik jihatlari haqida so‘z boradi. Tarjima - bu to‘g'ri aloqa qilishning to‘g'ri usuli va pragmatika - bu aloqa qilishda tilni qanday to‘g'ri ishlatish. Unda madaniy tilshunoslikka, pragmatik idrok va madaniyat va til o‘rtasidagi munosabatlarga turli yondashuvlar tahlil qilindi.
#pragmatika #konnotatsiya #potentsial #somatik frazeologizm #lingvomadaniy kod #antropomadaniy #antropotsentrik #kommunikativ-pragmatik #ekspressivlik #kontseptual #emotsional #tana
Ingliz tilini o‘qitishning muhim jihatlaridan biri bu kommunikativ kompetentsiyani shakllantirishdir. Talabalarda ingliz tilinio‘qitishxususiyatlarinitahlilqilish, ingliz tili darslarida talabalarning kommunikativ kompetentsiyasini shakllantirish ularning kelgusida shu tildа ravon so‘zlasha olishi, o‘z sohasi raqobatbardosh kadr bo‘lib shakllanishi bilan belgilanadi.
Ilmiytadqiqotmetodlaridantahlilqilish, sintez, deduksiyametodlariqo‘llanildi.
#chet tili #kommunikativ kompetentsiya #kommunikativ kompetentsiyani shakllantirish #chet tillarini o‘qitish #tibbiy terminologiya #o‘qitish metodlari #ingliz tilini o‘rganish
Maqolada oʻzbek tilidan fransuz tiliga tarjima qilishda duch keladigan qiyinchiliklar haqida soʻz yuritiladi.
Oʻzbektiliagglyutinativtilboʻlib, soʻzoʻzakvakoʻplaboldqoʻshimchalar, affikslar, qoʻshimchalarvayakunlardantashkiltopgan.
Fransuz tili analitik tillarga kiradi. Grammatik munosabatlar funksionalso‘zlar (oldqo‘shimchalar, modal fe'llar va boshqalar) orqali ifodalanadi. Bu farq tarjimada muayyan qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, gaplar qurilishida ham farqlar mavjud: fransuz tilida so‘z tartibi to‘g‘ridan-to‘g‘ri –ega–kesim–qo‘shimchalar, o‘zbek tilida esa tartib quyidagicha bo‘ladi: –ega - qo‘shimchalar, gapni kesim yakunlaydi. Ayniqsa frazeologik birlik va gaplarni tarjima qilish qiyin.
Bizning maqolamiz talabalar va fransuz tili o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ularga o‘zbek tilidan fransuz tiliga va fransuz tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilishda yordam beradi.
#hollar #oxirlar #predloglar #gaplar #so‘z tartibi
Quyidagi ilmiy maqolamizda yurtimizga mediata’limning oliy ta’lim tizimidagi o‘rni, talabalar va pedagog o‘qituvchilar mediakompetentligini rivojlantirishning ustuvor belgilari, yutuqlari va uning oliy ta’lim tizimini rivojlantirishda qo‘llash muammolari yoritilgan.
#universitet #oliy ta’lim #mediata’lim #talabalar mediakompetentligi #pedagoglar mediakompetentligi #rivojlantirish dasturi #mediakompetentlik belgilari
In this article a wide range of museum activities and their roles with regard to implementation of cultural heritage among people through establishing these activities in museums are enormously discussed.
Two methods are used to gather information on specific research area. The first method is interview with museum curators and marketers, the second one is questionnaire survey with visitors. Main suggestions can be obtained from the research; a wide variety of museum activities are enlightened in this article, museum curators can use these implementation tools to improve the social status of museums among people.
Museum activities should be more engaging and innovative in digital era to attract a large number of visitors.
The majority of museums are currently adopting to unexpected changes and innovative ideas of the modern world. This paper may help the researchers and museum curators to establish new implement tools while making communication with museum-goer.
#storytelling #multi-sensorial workshops #emotional engagement of visitors #Guided tours and storytelling sessions #reproduction process #educational tours
Maqolada o‘quv jarayonida madaniyatlararo kommunikativ kompetentsiyani kengaytirishning dolzarb muammosi ko‘rib chiqiladi. Bu jarayonda oliy ta’lim asosiy rol o‘ynagani uchun ingliz tili darslarida bu hodisa ko‘rib chiqiladi.
Maqolaning maqsadi - nolingvistik oliy ta'lim talabalarining madaniyatlararo kompetentsiyasini rivojlantirish bosqichlarini yoritib berish, shu bilan oliy ta'lim bo‘lajak mutaxassislar shaxsining kognitiv, ijtimoiy, hissiy va madaniy xususiyatlarini rivojlantirishning murakkab jarayonini o‘z ichiga oladi.Maqolada talabalarga chet tilini o‘rgatish jarayonida madaniyatlararo kommunikativ kompetentsiyani shakllantirishning asosiy yondashuvlari va tamoyillari keltirilgan. 90- yillarningoxiridanboshlabdunyodasodirbo‘layotganmadaniyatlararomuloqotvaglobalo‘zgarishlarningjadalrivojlanishinatijasi da,yigirmanchiasrdako‘pmadaniyatlidunyodaoqilonafaoliyatyuritishuchunzudlikbilanzarurbo‘lganyangifazilatlarvavakolatla rgaegashaxsniyaratishzaruratipaydobo‘ldi.
#madaniy xabardorlik #ingliz tilinini o‘rganish usullari #o‘qitish madaniyati
Ushbu maqolada inson tanasi massasini turli usullar orqali o‘rganilishini tahlil qilish va eng samarali usulni ajratib olish maqsad qilingan. Bu yo‘nalishda tadqiqot olib borishning bir qancha matodlari mavjud bo‘lib, kundalik hayotimizda, tibbiyotda, sportda va turli sohalarda qo‘llaniladi. Inson tana massasini nazariy jihatdan aniqlash uchun bir qancha formulalar ishlatiladi va ular inson tanasining tarkibini hammasi ham to‘g`ri aniqlay olmaydi. Inson tanasi tarkibini o‘rganish usullari va metodlarini tahlil qilish orqali eng samarali usullarni aniqlash kun tartibidagi asosiy masalalardan hisoblanadi. Biz klassik matematik usullardan
foydalandik.Biz o‘zimizni tajribalarimiz va kuzatuvlarimizda yoshlarni bo‘yi,vazni, o‘tirganidagi bo‘yi,ularni tanasidagi yog‘larni miqdorini klipometriya usullarida o‘lchadik.Bizning ishlarimizda o‘ylantiradigan masalalar va savollarning ko‘pligi sababli ayrim ADABIYOTLARda qabul qilingan formulalarni tajribalarimizga yaqinroq kelishini o‘rgandik. Tadqiqotning natijalari sifatida tajriba o‘tkazilgan talabalar tana vazni holatining ko‘rinishlarida ko‘zga ko‘rinadigan kamchiliklari borligi aniqlandi. Masalan: tajribadagi talabalarning ikkalasi xam sog‘lom. Lekin ularning tanasi tarkibida farq borligi aniq. Xulosa sifatida, hozirgi kunda dunyodagi ko‘plab tadqiqotchilar tomonidan bu usullarni osonroq yo‘llarini topish ustida harakat qilinmoqda.Eng asosiysi tana tarkibidagiyog‘,suyak,mushak massalarini,suv miqdorini,ichki organlarning massasini aniqlamasdanturib insonni tana vazni to‘g‘risida aniq bilish uchunbizga tanani tarkibini yuqoridagi qismlarini o‘rganish vazifalari turibdi.
#yog‘ #inson tana tarkibi #o‘rganilish muammolari #klassik matematik usul #klipometriya usuli #suyak #mushak massalarini #suv miqdorini
Maqolaning maqsadi ta'lim sifatini baholash uchun turli yondashuvlar va usullarni o‘rganishdir. Maqolada ta’lim tizimida baholashni axamiyatlari, konsepsiyasi va maqsad vazifalari tahlil etilgan. Buning uchun quyidagi tadqiqot usullari qo‘llanilgan: o‘z-o‘zini baholash, o‘zaro baholash, refleksiya. Tadqiqot natijalariga ko‘ra talabalar darslarga qiziqishi ortishi, shaxsiy natijalar shakllantirilishi, fikrlarlash doirasi kengayishi va mustaqil ravishda ma'lumot olishga intilishi ko‘rsatib o‘tilgan. Ta'lim muassasasida ta'lim sifatini ichki monitoringini tashkil etish bo‘yicha ishlab chiqilgan metodik tavsiyalar ta'limni sifatli baholashga yordam beradi degan xulosa kilingan.
#ta’lim #tahlil #diagnostika #baholash tizimi #sifat kriteriyasi #assimilyatsiya darajasi
Ushbu maqolada XVI-asrda yashab ijod etgan fransuz mutafakkiri Mishel Monten “Tajribalar” asarida aynan farzand tarbiyasiga berilgan fikrlari va o‘sha davrda o‘z asarida foydalangan so‘zlari uning mazmun jihatiga to‘xtalamiz.
Oilaviy ma’naviyatni yuksaltirishga shaxs sifatida xar bir oila a’zolarining muayyan ma’naviy dunyoga ega bo‘lishi ular o‘rtasidagi munosabatlar asosida vujudga keladi. Oilada ota va onaning ma’naviy fazilatlari er-xotinlik munosabatlarining sharqona an’analari insoniylik va axloqiylik darajasini belgilab beradi. Oila ma’naviy olami o‘zaro hurmat, qadrlash, hamkorlik, murosasozlik, mehribonlik, rahmdillik, mehr-oqibat, sabr-bardoshlilik, insonsevarlik, olijanoblik, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat kabi ma’naviy qadriyatlarni o‘zida mujassamlashtirishi muhimdir.
Maqolada qiyosiy va paradigmatik metodlar asosida namunalar to‘plandi. Zotan o‘sib borayotgan yosh avlodni ma’naviyatli, sabrli qilib tarbiyalashda ushbu maqolada berilgan namunalar ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
#intizom #farzand tarbiyasi #ma’naviy fazilat #ovqatlanish #inson hayoti #jismoniy jazo
Insoniyat jamiyati tobora taraqqiy etib boraverar ekan, oila masalalarining dolzarbligi ham shunga mos ravishda ortib boraveradi va oilaga bo‘lgan e`tibor kecha va bugunga qaraganda ertaga yanada yuqoriroq bo‘ladi. Chunki oila jamiyatning kichik bir ko‘rinishi bo‘lib, u qancha inoq, ahil va mustahkam bo‘lsa, jamiyat ham shunchalik qudratli bo‘ladi.
Bu maqolada, oilada shaxslararo munosabatlarni takomilashtirish va oila madaniyatini shakllantirish haqida so‘z boradi.
#oila #shaxslararo munosobat #pedagogik munosabat #shaxslararo madaniyat #oila psixologiyasi
Davr kasalliklari sirasiga kiritiladigan semizlik yoki tana massasining oshiqchaligi bugungi kunda ko‘p kuzatiladigan holat hisoblanadi. Bu holatning mavjud bo‘lishi inson organizmida ko‘plab fiziologik funksiyalarga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Jumladan, yurak-qon tomir, ovqat hazm qilish, nafas tizimi va hokazolarda bir qator kasalliklari kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
#tana massasi indeksi #aholi guruhlari #antropometr
Butun dunyoda parafin va syerezinga qiziqish tobora ortib bormoqda, chunki ularni qo‘llash va qayta ishlash sohalari yangi turdagi polimer va kompozision materiallarni olish uchun doimiy ravishda kengayib boradi. Parafin va syerezin asosan tibbiyot, qog‘oz sanoati, qishloq xo‘jaligi, elektronika va boshqa iqtisodiyot tarmoqlarida qo‘llaniladi. Shu bilan birga, parafinlar va syerezinlarning tozaligi yuqorida aytib o‘tilgan iste’molchilarning asosiy talablaridan biri hisoblanadi va shuning uchun yaratilgan adsorbent kompozisiyalarda parafinlarni chuqur tozalashning innovasion texnologiyasini ishlab chiqish ustuvor ahamiyatga ega.Maqolada mahalliy xomashyodan adsorbentlarda parafinni chuqur tozalashning ishlab chiqilgan kombinirlangan texnologiyasi haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagicha:
- yaratilgan adsorbentlar kompozisiyalarida parafinlar, syerezinlar va ularning aralashmalarini chuqur tozalash uchun rasional sharoitlar ishlab chiqildi;
- mahalliy gil minerallaridan va mexanik-kimyoviy faollashtiruvchidan foydalangan holda adsorbentlar kompozisiyasini olish, shuningdek parafinlar, syerezinlar va ularning aralashmalarini birinchisidan foydalangan holda chuqur tozalash texnologiyalari ishlab chiqildi;
- ishlab chiqilgan texnologiya eksperimental ishlab chiqarish sharoitida ulardan foydalanishning yangi yo‘nalishlari uchun chuqur tozalangan parafinni olish imkonini berdi.
#parafin #kontakt usuli #chuqur tozalash #kombinirlangan #perkolatsiya #mahalliy xomashyo
Ushbu maqolada Buxoro xonligining Rossiya bilan dastlabki rasmiy elchilik munosabatlari tarixi yoritib berilgan.
Maqolada ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarda savdo-sotiq, iqtisodiy va siyosiy omillar asosiy o‘rinda turganligi shuningdek, rasmiy qabul marosimlari, o‘zaro sovg‘alar almashinuvi masalalari rus elchilari, harbiylari, tadqiqotchilari asarlari bilan bir qatorda mahalliy manbalar orqali asoslab berilgan.
#Rossiya #Ashtarxoniylar #Buxoro xonligi #Abdullaxon II #Mixail Fyodorovich #Imomqulixon #Nodir Muhammad #Hoji Faruq #Ubaydullaxon
Ushbu maqolada Markaziy Osiyo davlatlarining tabiiy-geografik, ijtimoiy-iqtisodiy, logistik imkoniyatlari yoritilgan.
Markaziy Osiyo tushunchasi, uning hududi, maydoni bilan bog‘liq tadqiqotlar tahlil qilingan. Mintaqada joylashgan davlatlarning tabiiy-geografik muhiti, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, logistik imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Mintaqadagi jarayonlarni tahlil qilishda analiz va sintez, tarixiylik va mantiqiylik, qiyosiy taqqaoslash, umumlashtirish metodlaridan o‘rinli foydalanilgan.
#logistika #Markaziy Osiyo #geografiya #O‘rta Osiyo #Buyuk ipak yo‘li #milliy manfaat #geografik muhit #geosiyosiy omil
Ma’lumki, sovet davri maorifi metodologiyasida kommunizm g’oyasi asosida o‘qituvchi kadrlarni tayyorlash, kommunistik partiya g’oyalarini yoyish va kelajak avlodni tarbiyalash muhim vazifalardan biri bo‘lgan. shuning uchun umumta’lim maktablarining faoliyati asosan «rivojlangan sotsializm» g’oyasini o‘quvchilarga singdirish, ularni «kommunistik ruhda» tarbiyalashdan iborat bo‘ldi. Mazkur maqoladagi sovet davri ta’lim tizimining o‘ziga xos uslublari, maktab o‘qituvchilarining moddiy ta’minlanganlik darajasini yaxshilash uchun qabul qilingan qarorlar, o‘qituvchilarning tashqi ko‘rinishlari va umumiy faoliyatlari to‘g’risidagi ma’lumotlar davriy nashrlar, arxiv materiallari asosida yoritildi.
#maorif #Sovet davri #kommunistik mezon #kommunistik tarbiya #maktablar faoliyati #o‘qituvchi madaniyati
Ushbu maqola Sakkokiy hayoti va ijodini o‘rganilishi haqidagi ma’lumotlarni umumlashtirishga bag’ishlangan.
Maqolada ko‘plab adabiyotshunoslarning nazariy fikrlariga tayaniladi va ularga munosabat bildiriladi.
O‘zbek adabiyotida dilbar g’azallari bilan salmoqli hissa qo‘shgan shuningdek, o‘zbek qasidachiligining asoschilaridan biri Mavlono Sakkokiy haqida juda kam ma’lumotga egamiz. Shu o‘rinda aytish munkinki, Sakkokiy va u yashagan davr, uning adabiy faoliyati, shuningdek uni XV asr o‘zbek adabiyotida tutgan o‘rni haqida Alisher Navoiyning “Majolis un-nafois”, “Muhokamat ul–lug’atayn” asarlaridan qimmatli ma’lumotlarni bilishimiz mumkin.
#Sayroniy #Sabroniy #sakkok #turkiygo‘y shuaro #malik ul-kalom
Bugungi kunda turli janrlar, ijodiy metodlar, uslubiy yo’nalishlar bilan bog’liq qonuniyatlar, adabiyot taraqqiyotining turli bosqichidagi imkoniyatlar keng tadqiq etilmoqda. XX asr o’zbek adabiyotida yozuvchilarimiz goh oshkora, goh ishoraviy tarzda inson ichki dunyosini ochishning yangi-yangi qirralarini kashf eta boshladilar. Hayot va adabiyotning bosh qahramoni inson ekan, uni o’quvchiga yaqin qilish, surati va siyratini turli qiyofada aks ettirish maqsadida qahramonning ichki dunyosida ro’y berayotgan kechinmalari, his-tuyg’ularini ifodalash, voqea-hodisalar va narsa-buyumlarga munosabatini bildirish, xarakter yaratishda yozuvchi oldida turgan muhim vazifalardan biridir. Maqolada jahon va o’zbek adabiyotida psixologik tahlil metodi, uning printsiplari va usullari haqida ma’lumot berilgan.
#ruhiyat #psixologiya #obraz #tadqiqot #qobiliyat #adabiyot #metod #xarakter #realizm #badiiy asar #muallif #o’quvchi
Maqolada “Muhabbat” konsepti barcha tillarda inson tuyg‘ularini ifodalovchi tushuncha ekanligi hamda etnosemantik spetsifikalari va til tashuvchisining mentaliteti bilan bog‘liqligi haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, “Muhabbat” konseptining subkonseptlari mundarijasi gender parametrlari hisobga olinganda, subkonseptlarning gender ko‘rsatkichlarini farqlanishi ko‘rib chiqiladi.
#gender #tadqiqot #konsept #tuyg‘u #lingvomadaniy #subkonseptlar #etnosemantik #lingvokulturologik
Maqolada XIX asr rus adabiyotida orientalizmning paydo bo'lishi tarixi va rus orientalizmining mustaqil adabiy tizim sifatida kelib chiqishi tasvirlangan. Ilmiy ishda M. Yu. Lermontovning matnlarida «Sharq»dan olingan sharqona so'z birikmalarini ajratish, shoirning matnlarining mazmunli va majoziy tuzilishidagi rolini aniqlash uchun urinish amalga oshirildi. Sharqni tushunishdagi eng muhim jarayonlar rus adabiyotida romantik davr va romantizmdan realizmga o'tish davri bo'lgan.
#orientalizm #Sharq #Kavkaz #dichotomiya G'arb-Sharq #idiostil #M. yu.Lermontov
Maqolada Farg‘ona vodiysi sharoitida ochiq urug‘li o‘simliklarda yashovchi so‘ruvchi hasharotlar ekologik-faunistik jihatdan tahlil etilgan. Ochiq urug‘li daraxt va butalarda shiralarning 7 turi va qalqondorlarning 2 turi uchrashi qayd etilgan. Ulardan Cinara pinicola, qalqondorlardan Carulaspis visci va Carulaspis minima turlari Farg‘ona vodiysi sharoitida ilk marta qayd etildi.
So‘ruvchi hasharotlarning ozuqa o‘simliklariga bog‘lanish darajasiga ko‘ra bir pog‘onali ozuqa spektriga ega bo‘lgan turlar (Cinara picea, Eulachnus alticola, E.tauricus, Carulaspis minima, C.visci), ikki pog‘onali ozuqa spektriga ega bo‘lgan turlar (Cinara tujafilina) ekologik qatoriga ajratilgan.
Shiralar va qalqondorlarning muhim turlari biologiyasi va ekologik xususiyatlari bo‘yicha izlanishlar olib borilgan. Zararkunandalarning entomofaglarini tadqiq etishga doir dastlabki natijalar olingan.
#fauna #daraxt #ekologiya #buta #Ochiq urug‘li #fitofag #shiralar #qalqondorlar #taksonomiya #miqdor zichlik
Maqolada qizil lavlagi o‘simligi tarkibidagi ayrim kimyoviy birikmalar va ularning biologik ahamiyati haqida ma’lumotlar keltirilgan. Qizil lavlagi inson salomatligi uchun juda foydali birikmalarga boy bo‘lib, uning tarkibida vitaminlar, minerallar, fenol birikmalar, karotinoidlar, nitratlar, askorbin kislota, betalain pigmentlar va shu kabi ko‘plab biologik faol birikmalar uchraydi. Ushbu maqolada o‘simlik tarkibidagi uglevodlar, aminokislotalar, vitaminlar, minerallar va ularning organizmda bajaradigan funksiyalari to‘g’risida ma’lumotlar keltirilgan.
#vitaminlar #mikroelementlar #qizil lavlagi #betalain
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ish faoliyatini pandemiya sharoitiga moslashtirib, axborot texnologiyalari imkoniyatlarini samarali qo‘llagan holda qonunchilik hujjatlarini qabul qilish va ularning ijrosini nazorat qilish bilan bog’liq faoliyati xususida fikr yuritilgan. Shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining faoliyatining axborot-tahliliy jihatidan ta’minlash mexanizmi shakllantirilganligi hamda Qonunchilik hokimiyati organi faoliyatini yanada ochiqligini ta’minlash, deputatlar korpusi tomonidan amalga oshirilib kelinayotgan ishlarni keng jamoatchilikka yetkazib borish, deputatlar va saylovchilar o‘rtasidagi qayta aloqani yanada rivojlantirish zaruriyati tahlil etilgan.
#O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi #qonunchilik hujjatlari
Maqolada senat qo‘mitalari vazifasi, senat qarorlari va boshqa normativ hujjatlari loyihalarini tayyorlash mexanizmi haqida tushuncha berilgan. Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi Qonunchilik palatasidan kelib tushgan mudofaa va xavfsizlik sohasiga oid qonunlarni dastlabki tarzda ko‘rib chiqish va tegishli takliflarni Senat Kengashiga kiritishni amalga oshiruvchi Senatning asosiy tuzilmasi ekanligi ta`kidlangan. Qo‘mita faoliyatiga doir masalalar yuzasidan davlat hokimiyati va boshqaruvi, xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar hamda muassasalar, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolar bilan hamkorlik usullari tahlil qilingan.
#O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati #Senat qo‘mitasi #Qonunchilik palatasi
Maqolada diniy uslubni yuzaga keltiruvchi ekstralingvistik omillar haqida fikr yuritilgan. Lingvistik (lisoniy) omillar muayyan tilning strukturaviy va sistemaviy xususiyatlari - fonemalar tizimi, lug‘at boyligi, morfema tiplari, so‘z yasash modellari, grammatik qurilishi, leksik, grammatik birliklarning semantik va funktsional xususiyatlari, ular o‘rtasidagi aloqa va munosabatlarni belgilovchi qoida-qonuniyatlar sanalsa, ekstralingvistik (nolisoniy) omillar tildan tashqarida mavjud bo‘lgan faktorlar kiradi: ijtimoiy tuzum formalari, tarixiyjarayonlar, xalqlar va millatlar o‘rtasidagi iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ma’rifiy aloqalar, ilm-fan rivoji, ishlab chiqarish va texnika taraqqiyoti, ijtimoiy tafakkur, inson ruhiyati, his-tuyg‘ulari, til va yozuvga oid qonun va farmonlar shular jumlasidandir.
#ekstralingvistik omillar #Lingvistik (lisoniy) omillar #diniy uslub #diniy matnlar