Maqolalar : Komilov Nodirbek Bokijonovich
Maqolada Turkiston Muxtoriyati bosh vazirining o‘rinbosari, huquqshunos, siyosiy jurnalist Islom Shohsultonovich Shoahmedov (1186-1922) hayoti va faoliyatiga oid ma’lumotlar manbalar asosida yoritilgan.
Bundan tashqari, siyosiy arbobning jadidlar siyosiy yetakchisi hamda “Musulmon gazetasi”ning tashkil etilishi va yirik noshir sifatidagi faoliyatining yangi qirralari, qolaversa, siyosiy muxbir sifatidagi tariximizda uchramaydigan faoliyati hamda qarashlari mahalliy va chet el olimlari asarlari hamda davriy nashrlari asosida yoritilgan.
Islom Shohsultonovich Shoahmedov hayoti va faoliyati mahalliy, xorij olimlarining doimiy e’tiborida bo‘ldi. Ularning ilmiy tadqiqotlarida Islom Shoahmedovning jadid ma’rifatparvar sifatidagi faoliyati, uning noshirlik faoliyati va Turkiston Muxtoriyati bosh vazirining o‘rinbosari sifatidagi faoliyatiga keng e'tibor qaratildi. Lekin Sovet Ittifoqi olimlarining ayrim tadqiqotlarida Turkiston Muxtoriyati va jadidlar faoliyatiga burjua-millatchi sifatida qaraldi.
#g‘oya #Muxtoriyat #jadidlar #“Sho‘roi Islomiya” #legitimlik #qurultoy #bolsheviklar
Maqolada Turkiston Muxtoriyati bosh vazirining o‘rinbosari, huquqshunos, siyosiy jurnalist Islom Shohsultonovich Shoahmedov (1186-1922) hayoti va faoliyatiga oid ma’lumotlar manbalar asosida yoritilgan.
Bundan tashqari, siyosiy arbobning jadidlar siyosiy yetakchisi hamda “Musulmon gazetasi”ning tashkil etilishi va yirik noshir sifatidagi faoliyatining yangi qirralari, qolaversa, siyosiy muxbir sifatidagi tariximizda uchramaydigan faoliyati hamda qarashlari mahalliy va chet el olimlari asarlari hamda davriy nashrlari asosida yoritilgan.
Islom Shohsultonovich Shoahmedov hayoti va faoliyati mahalliy, xorij olimlarining doimiy e’tiborida bo‘ldi. Ularning ilmiy tadqiqotlarida Islom Shoahmedovning jadid ma’rifatparvari sifatidagi faoliyati, uning noshirlik faoliyati va Turkiston Muxtoriyati bosh vazirining o‘rinbosari sifatidagi faoliyatiga keng e'tibor qaratildi. Lekin Sovet Ittifoqi olimlarining
ayrim tadqiqotlarida Turkiston Muxtoriyati va jadidlar faoliyatiga burjua-millatchi sifatida qaraldi. Ular faoliyati qoralandi. Shuningdek, sovet hukumati qatag‘on siyosatining ijrochi organlaridan biri bo‘lgan – OGPU siyosiy byurosi Islom Shoahmedov va boshqa jadidlar haqida to‘qima, yolg‘on va haqiqatdan yiroq ma’lumotlarni tarqatdi. Bu esa Turkiston
uchun jonini fido qilgan arbobning faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmay qolmadi va umrining oxirida kasalligi bilan vafot etdi.
#g‘oya #Muxtoriyat #jadidlar #“Sho‘roi Islomiya” #legitimlik #qurultoy #bolsheviklar