Maqolalar : Kurbaniyazov Rashid Qalbaevich

248-254 619 Jul 6, 2022 6:41:06 PM
Annotatsiya

Qоraqalpoq fosforitini fizik-kimyoviy va minerall tarkibi o‘rganildi. Fosfat minerali asosan teng miqdorlarda bo‘lgan kurskit, frankolit va turli qo‘shimchalardan (kalsit, magnezit, glaukonit, kvars, dala shpati va b.) iborat. Qoraqal’oq fosforitini sulfat kislotaning turli kontsentratsiyalari va normalarida faollashtirib oddiy superfosfat olish, hamda ularning fizik-kimyoviy va tovar xossalarini o‘rganish maqsad qilingan. Olingan mahsulotlar fizik-kimyoviy analiz metodlari yordamida o‘rganildi. Jumladan, P2O5 miqdori fotokolorimetrik, CaO miqdori kompleksonometrik titrlash orqali aniqlandi. Fosforit unini kislotali faollashtirish uchun sulfat kislotaning 68, 80 va 93 % li kontsentratsiyalarida va kislota me’yori 60-100 % larida 70℃ haroratda parchalanish olib borildi. Fosforit uni  93 % li sulfat kislotaning 75 me’yorida parchalab olingan mahsulot maqbul me’yor deb hisoblandi.
Mahsulotlardagi P2O5 suvda eruvchan shaklining nisbiy miqdori 60% dan oshadi. Qoraqalpoq fosforitlaridan olingan mahsulotlarda o‘zlashuvchan va suvda eruvchan P2O5 miqdorining yuqori ekanligi aniqlandi. Tadqiqot natijalari Xo‘jako‘l jelvakli fosfat unidan maqbul sifatli oddiy superfosfat olish imkoniyatini ko‘rsatadi.

#парчалаш #сульфат кислота #желвакли фосфорит #активлантириш