Maqolalar : Kasimova Zumradxon Sabirjanovna

76-82 425 Jul 6, 2022 8:57:06 PM
Annotatsiya

Ushbu maqolada O‘zbekiston SSRda 1926 yilda o‘tkazilgan aholini ro‘yxatga olish tadbiri hamda uning bugungi kundagi tarixiy ahamiyati atroflicha yoritilgan. Shuningdek, maqolada aholini  ro‘yxatga olish tadbiridan Sovet hokimiyati hukmron doira vakillarining ko‘zlangan maqsadlari atroflicha yoritilgan. O‘zbekiston SSRda dastlab o‘tkazilgan ushbu tadbirning yakuniy natijalari asosida respublikadagi umumiy aholi soni chop etilgani birlamchi statistik manbalar hamda arxiv ma’lumotlari asosida keltirib o‘tilgan. Ushbu tadbirning yakuniy natijalariga asoslangan holda respublika iqtisodiyotini oldindan rejalashtirilishi va kelgusi yillarga o‘lkadagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotni oldindan belgilanganligi to‘g‘risida so‘z boradi. Maqolada o‘lkada aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ishlarining olib borilishi hamda aholi o‘rtasida targ‘ibot ishlarining olib borilgani to‘g‘risida to‘htalib, ilmiy xulosalar berilgan.

#millat #din #uyezd #til #shahar #statistika #Aholini ro‘yxatga olish tadbiri #aholini ro‘yxatga olish dasturi #aholini ro‘yxatga olish shaxsiy varaqasi #aholi soni #aholini soni hisoboti #migratsiya #aholining tabiiy o‘sishi #doimiy aholi