Maqolalar : Zokirova Gulnoraxon Mamadjonovna

43-46 1048 May 26, 2022 3:27:15 AM
Annotatsiya

Maqolada Farg‘ona vodiysi sharoitida oltinko‘z (Chrysopidae: Chrysoperla) entomofagining biologik xususiyatlarihaqidayangi ma’lumotlarkeltirilgan.

Tadqiqotlar 2020-2021 yillar davomida Farg‘ona viloyati sharoitida o‘tkazilgan. Oltinko‘z lichinkalari va imagolari tabiatda hamda biolaboratoriya sharoitida kuzatilgan. Hasharotlar va ularning entomofaglarini yig‘ish hamda kolleksiyalar tayyorlashda umumiy qabul qilingan entomologik uslublardan foydalanilgan. Hasharotlar biologiyasi va ekologik xususiyatlariga doir ma’lumotlar boshqa mualliflar ishlariga qiyosiy tahlil etib borilgan.

Yig‘ilgan materiallar asosida Farg‘ona vodiysi sharoitida uchrovchi oddiy oltinko‘zning morfometrik belgilari, ularinng rangi va o‘lchamlari, hayotiy sikli bayon etilgan. Oltinko‘z entomofagini laboratoriya sharoitida sun’iy parvarishlash hamda undan unumli foydalanish bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan.

#imago #entomofag #oltinko‘z #biolabaratoriya #sitotroga #zararlangan arpa #tabiiy usul

290-294 537 Jul 15, 2022 3:25:41 PM
Annotatsiya

Maqolada Farg‘ona vodiysi sharoitida ochiq urug‘li o‘simliklarda yashovchi so‘ruvchi hasharotlar ekologik-faunistik jihatdan tahlil etilgan. Ochiq urug‘li daraxt va butalarda shiralarning 7 turi va qalqondorlarning 2 turi uchrashi qayd etilgan. Ulardan Cinara pinicola, qalqondorlardan Carulaspis visci va Carulaspis minima turlari Farg‘ona vodiysi sharoitida ilk marta qayd etildi.

So‘ruvchi hasharotlarning ozuqa o‘simliklariga bog‘lanish darajasiga ko‘ra bir pog‘onali ozuqa spektriga ega bo‘lgan turlar (Cinara picea, Eulachnus alticola, E.tauricus, Carulaspis minima, C.visci), ikki pog‘onali ozuqa spektriga ega bo‘lgan turlar (Cinara tujafilina) ekologik qatoriga ajratilgan.

Shiralar va qalqondorlarning muhim turlari biologiyasi va ekologik xususiyatlari bo‘yicha izlanishlar olib borilgan. Zararkunandalarning entomofaglarini tadqiq etishga doir dastlabki natijalar olingan.

#fauna #daraxt #ekologiya #buta #Ochiq urug‘li #fitofag #shiralar #qalqondorlar #taksonomiya #miqdor zichlik

245-249 534 Nov 9, 2022 7:11:17 PM
Annotatsiya

Maqolada jiddiy invaziv zararkunanda hisoblangan Leptinotarsa decemlineata Sayni 1824 turining Farg‘ona vodiysiga kirib kelishi va tarqalish yo‘nalishlari bayon etilgan. L.decemlineata vodiy mintaqasida aniqlangan 6 ta jiddiy invaziv turlarning biri hisoblanadi. Leptinotarsa decemlineata Say 1824 turi Farg‘ona vodiysi bo‘ylab Rishton → Markaziy Farg‘ona; O‘zbekiston → Markaziy Farg‘ona; Farg‘ona (tumani) → Markaziy Farg‘ona; Kosonsoy → Markaziy Farg‘ona yo‘nalishlarida tarqalib borgan.
Invaziv turlarning Markaziy Farg‘onaga kirib kelish yo‘nalishlari, tarqalish xususiyatlari, shuningdek ularning areallari kengayib borishida ozuqa resursi, harorat, namlik, yorug‘lik, shuningdek antropogen omillarning roli va ahamiyati muhimdir.
Kolorado qo‘ng‘izi Farg‘ona vodiysi sharoitida ertangi kartoshka agrotsenozlarida martning ikkinchi o‘n kunligidan boshlab iyunning o‘rtalariga qadar, kechki kartoshkada esa avgustning dastlabki kunlaridan oktabr o‘rtalariga qadar uchraydi.
Mazkur tur cho‘l hududiga oson moslashadi va yashovchanligini saqlab qoladi. Bu tur Farg‘ona vodiysi sharoitida 3 marta avlod beradi.

#ekologiya #hayotiy sikl #Leptinotarsa decemlineata #invaziv tur #adventiv #tarqalish yo‘nalishlari