2022-5

Maqolalar

7-11 415 Dec 5, 2022 7:03:17 PM
Annotatsiya

Ushbu maqolada alohida ta'lm ehtiyojiga ega jismoniy yoki ruxiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning rivojlanish xususiyatlari, ulardagi nuqsonlarning kelib chiqish sabablari, turlari ko‘rib chiqilgan.  Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan alohida ta’lim ehtiyojiiga ega talabalarga yaratilgan sharoitlar va ularga kerak bo‘ladigan jarayonlarni ko‘rib chiqib unga kerakli sharoitlarni ko‘rib chiqish uchun yetarli manbaalar keltrilgan.

#alohida ta’lim #inkulizif ta’lim #nogronlik #ko‘zi ojiz #imkonyati cheklangan #deviantlik

12-17 355 Dec 5, 2022 7:13:23 PM
Annotatsiya

Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablari texnologiya fani oldidagi dolzarb vazifalar va o‘quv jarayonidagi, psixologik, pedagogik hamda texnik-texnologik jihatlari,  ta’lim-tarbiya jarayonida fanlararo bog‘lanishlardan foydalanish haqida va umumiy o‘rta ta’lim tizimini isloh qilish, o‘qitish texnologiyalarini takomillashtirish, o‘quvchilarda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, buning uchun yangicha o‘qitish metodikalaridan foydalanishga doir ko‘plab tashkiliy- huquqiy va ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda. Bu orqali raqobatbardosh va yuksak salohiyatli kadrlar avlodini tayyorlash tizimini yaratish maqsad qilinmoqda. Bu esa o‘quvchi-yoshlarda kreativlik bilan bog‘liq qobiliyatlarni shakllantirishni dolzarb vazifalardan biriga aylantirmoqda. Shu bois innovatsion vositalar asosida yoshlarda kreativlik qobiliyatlari shakllantirish zarurati haqidagi fikr va mulohazalar yuritilgan.

#qobiliyat #ijodiy fikrlash #dizayn #loyiha #kreativ shaxs #ijodkorilik

18-25 534 Dec 5, 2022 7:42:05 PM
Annotatsiya

Jahon iqtisodiyotining globallashuvi va texnologiyalarning rivojlanishi sharoitida milliy iqtisodiy taraqqiyotga raqamli iqtisodiyotni rivojlantirmasdan turib yerishib bo‘lmasligi, ayni haqiqatga aylanmoqda. Bu yesa o‘z navbatida jamiyat hayotining ham bir tarmog‘iga axborot texnologiyalarini keng joriy yetish masalasini talab yetmoqda. Shu sababli, ushbu maqolada pasiyentlarning huquqlarini amalga oshirish bilan bog‘liq tibbiy xizmatlarda raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektdan foydalanish mexanizmlari to‘g‘risidagi ilmiy-nazariy xulosalar keltiriladi.

#raqamli texnologiya #bemor huquqlari #sun’iy intellekt

26-29 360 Dec 5, 2022 7:46:54 PM
Annotatsiya

Maqolada Oliy taʼlim muassasalari talabalari orasida mutolaa madaniyatini shakllantirishdagi mavjud muammolar tahlil qilingan. OTMdagi axborot-resurs markazlarining talabalar orasida mutolaa madaniyatining ayrim muammolari oʻrganilib, oʻlarning yechimlariga oid taklif va tavsiyalar bildirilgan. OTMda talabalarning faqat kutubxon talaba sifatida emas, kitob mutolaachisi va ilmiy-tadqiqotchi etib tarbiyalash ishlarini amalga oshirish boʻyicha zarurligi taʼkidlangan.

#raqamlashtirish #mutolaa madaniyati #maʼnaviy-maʼrifiy jarayon #axborot-resurs markazlari #kutubxona #oliy taʼlim muassasasi

30-35 406 Dec 5, 2022 7:50:31 PM
Annotatsiya

Maqolada Farg‘ona vodiysida birinchi marta eneolit va ilk bronza davri manzilgohi arxeologo-antropologik usullarni qo‘llab topilganligi va uning tarqalish areali,dastlabki dehqonchilik madaniyati va u bilan bog‘liq tadqiqotlar tahlili, “Toshtumor” bilan bog‘liq yangi tadqiqot natijalari to‘g‘risida fikr yuritiladi. Shuningdek, topilgan yangi manzilgohning quyi qatlamlarining tuproqshunoslikda qo‘llaniladigan yangi usullar orqali tuproqlarning morfologik tarkibi aniqlandi.

#Elam #eneolit #ilk bronza #tarozitosh #sarazm madaniyati #Messopotamiya #janubi-g‘arbiy Eron #ilon kulti

36-44 818 Dec 5, 2022 7:56:37 PM
Annotatsiya

Maqolada XII–XV asrlarda Yevropaning tarjima faoliyati yo‘lga qo‘yilgan shaharlarini yagona tizim sifatida «O‘rta asr Yevropa tarjima markazlari» sifatida nomlash konsepsiyasi nazariy jihatdan asoslab berilgan. Muallif tarjima tarixiga oid lotin tilli manbalar tahlili asosida o‘rta asr Yevropa tarjima markazlarining faoliyatini 3 bosqichga ajratish, ulardan XII– XIII asrlarni o‘z ichiga olgan birinchi davrni – Yevropada arabshunoslik sohasining yuzaga kelishidagi ilk bosqich sifatida baholash lozim, degan xulosa kelgan.

#tahlil #konsepsiya #tarjima #arab #O‘rta asrlar #Yevropa #Ispaniya #Italiya #janubiy Fransiya #tarjimonlar #tarjima markazlari #lotin #ibroniy #lotin tilli manbalar

45-48 295 Dec 5, 2022 8:25:25 PM
Annotatsiya

Maqolada Fargʻona vodiysida arxeologik tadqiqotlar olib borgan olimlar va ularning vodiy tarixini davrlashtirish boʻyicha ilgari surgan takliflari berilgan. Shuningdek, olib borilgan arxeologik tadqiqotlar xulosalariga tayangan holda “Jaliltepa” yodgorligi atroflaridan topilgan turli sopol idishlar qiyosiy tahlil qilindi va yodgorlining davriga aniqlik kiritildi.
Ushbu tadqiqotga koʻra “Jaliltepa” yodgoriligining davri miloddan avvalgi II – VII asrlar qilib belgilandi.

#Fargʻona vodiysining arxeologik davrlashtilishi #dehqonchilik madaniyati #Fargʻona I #Fargʻona II #Fargʻona III #Chust madaniyati #eylaton-oqtom madaniyati #Kugay-qorabuloq madaniyati. Jaliltepa yodgorligi #sopol idishlar

49-53 301 Dec 5, 2022 8:28:49 PM
Annotatsiya

Kutubxonalar faoliyatini tizimli ravishda tartibga solish, ulardagi ilmiy va badiiy adabiyotlarni boyitish, chuqur tadqiq qilish jamiyatda maʼnaviy va maʼrifiy soha rivojlanishiga asos boʻladi. Ilmiy kutubxonalar faoliyati esa, xususan, ilmiy soha taraqqiyotiga poydevor boʻladi. Tadqiqotda Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi dastlabki kutubxonalar tarixi va rivojlanish bosqichlari oʻrganilgan. Ularning tarkibiga oid manbalarni keltirish orqali  faoliyatiga ilmiy baho berilgan.
Mazkur maqola ana shunday ilk kutubxonalarning olimlar ilmiy izlanishlarini olib borishidagi oʻrni yoritib berilganligi bilan shu yoʻnalishda qilingan boshqa tadqiqotlardan ajralib turadi.

#Каракалпакстан #библиотека #ученые #научная библиотека

54-65 263 Dec 5, 2022 8:33:10 PM
Annotatsiya

Xonobod togʻ yonbagʻridagi Xonobod-1 yodgorligida qadim madaniyatlarga oid topilmalarni aniqlash boʻyicha 2020-2022-yillarda arxeologik qidiruv va qazuv ishlari amalga oshirildi. 2020-yilgi tadqiqot asosan yodgorlikning dastlabki xususiyatini aniqlash maqsadida amalga oshrildi. 2021-yilgi qazuv tadqiqoti davomida M1 qabri toʻliq qazib ochildi va unga yaqin boʻlgan qabrlaning joylari belgilandi, shuningdek, qabrlarni aniqlashda “tanchan” metodikasidan foydalanildi. “Tanchan” yordamida aniqlangan qabrlarga shartli ravishda M3, M4, M5 nomlari berildi. Qazuv tadqiqoti davomida Eylaton madaniyati sohiblariga oʻxshash qabr qoʻrgʻonlar va sopollari mavjudligi kuzatildi.

#temir #Chust #Eylatan va Shoʻraboshot madaniyatlari #qadimiy mozor #manzilgoh #yorma qabr #kulolchilik buyumlari

66-71 269 Dec 5, 2022 8:38:10 PM
Annotatsiya

Maqolada Qo‘qon xonligining so‘nggi davrlari tarixiga oid “Tarixi shavqiy” asarining topilishi va mazmuni haqida so‘z boradi. Asar muallifi Shamsiddin Shavqiy (1805-1887) Qo‘qon xonligi saroyida munshiy (kotib — kotiblar devoni mudiri) bo‘lib xizmat qilgan. Zaki Validiy Tug‘an qo‘lyozma haqida dastlabki ma’lumot bergan bo‘lsa-da, qo‘lyozma “aholi qo‘lida” ekanligini yozgan. Charlz Stori, T. Beysembiev, Sh. Bu asarga murojaat qilgan Vohidov qoʻlyozma “xalq qoʻlida” yoki “hali topilmagan”ligini taʼkidladi. Ma’lum qilinishicha, qo‘lyozma Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani, Kalvak qishlog‘ida yashovchi Ismoil Xo‘ja Lutfitdinov (1968-yilda tug‘ilgan)ning shaxsiy fondida saqlangan. Asar Qo‘qon xonligining so‘nggi davri va Farg‘onaning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi haqida hikoya qiluvchi tarixiy, she’riy asardir.

#qo‘lyozma #Rossiya imperiyasi #Shavqiy #Shavqiy tarixi #Qo‘qon xonligi #To‘raqo‘rg‘on #Kalvak #Farg‘ona

76-83 284 Dec 5, 2022 8:41:54 PM
Annotatsiya

Maqolada Qo‘qon xonligi tarixini o‘rganishda muhim bo‘lgan manbalardan biri Xudoyorxonzoda qalamiga mansub bo‘lgan  “Anjam at-tavorix” asarida elchilik munosabatlarining yoritilishi masalasi  moliyaviy bayon etilgan.
Xonlikning har bir elchilik munosabatlari moliya tizimiga bevosita bog‘liq bo‘lgan. Bunda davlat  moliyaviy kirim yoki sarf xarajatni amalga oshirgan. Siyosiy mazmundagi elchilik munosabatlari natijasida esa ma’lum bir hudud xonlik tarkibiga qo‘shilsa  soliq ob’ekti ko‘payib, xazinaga daromad kelishidagi resurs paydo bo‘lgan. Yoki, aksincha bo‘lsa, soliq ob’ekti yo‘qotilishi natijasida moliyaviy kamomad vujudga kelgan. Qo‘qon xonligi va chet davlat bilan o‘tkazilgan elchilik muzokaralari ijobiy yakunlansa mamlakatlararo savdo hamda iqtisodiy munosabatlar kuchayib borgan. Bu esa xonlik moliya tizimini ravnaqiga xizmat qilgan.

#do‘stlik #elchi #Qo‘qon #fitna

84-87 259 Dec 6, 2022 4:06:30 PM
Annotatsiya

Maqolada taniqli o‘zbek tarixchi olimi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, tarix fanlari doktori, Abu Rayxon Beruniy nomli davlat mukofoti sovrindori Asomiddin O‘rinboevning ilmiy merosini chuqur o‘rganish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida so‘z boradi. A.O‘rinboev temurshunos olim sifatida mashxur bo‘lsada,  Qo‘qon tarixini o‘rganishda ham samarali faoliyat olib borganligi ochib berilgan.

#qo‘lyozma #Qo‘qon xonligi #Asomiddin O‘rinboev #katalog

88-90 386 Dec 6, 2022 4:11:10 PM
Annotatsiya

Maqolaning maqsadi olim R.H.Sulaymonov tadqiqotlari orqali qadimgi So‘g‘d moddiy madaniyati tarixiga oid muammolar va Yerqo`rg`on yodgorligida olib borilgan tadqiqotlar natijasida So`g`d aholisining e’tiqod ramzlarini aks ettiruvchi terrakotalar, koroplastika san’ati vujudga kelish omillarini o‘rganadi. Olim qo`lga kiritilgan qadimiy moddiy madaniyat namunalarini tahlil etib, So`g`dning antik davr tasviriy san’atiga ikki xil – ellincha va mahalliy uslublar o`zaro samarali ta’sir ko`rsatganligini ta’kidlaydi va ularni taqqoslash, qiyosiy taxlil qilish metodlari orqali o‘rganadi. R.H. Sulaymanov Yerqo`rg`on yodgorligidan topilgan ko`p miqdordagi moddiy ashyolar qadimiy va ilk o`rta asrlarda Qashqadaryo vohasining O`rta Osiyo mintaqasidagi tarixiy va badiiy jarayonlarga uyg`un holda kechganligini ko`rsatib berdi. Yerqo`rg`onda olib borilgan tadqiqotlar natijasida to`plangan ma’lumotlar qadimgi yerqo`rg`onliklarning yuksak madaniyatini ko`rsatatganligini isbotlab berdi.Undagi me’moriy va san’at yodgorliklari qadimiy madaniyatlarning g`arbdagi etrussklar va yunonlardan boshlab Sharqda Hindiston va Sibirga qadar keng maydonlarda yonma-yon rivojlanganligini aniqladi.

#moddiy madaniyat #terrakota #koroplastika #etrussk #antik davr #xiton #ehrom

91-95 243 Dec 6, 2022 4:18:12 PM
Annotatsiya

Maqolada xristian dinining Turkiston o‘lkasiga kirib kelishining qisqacha tarixi, ushbu din vakillarining Chor Rossiyasi tomonidan o‘lkaning bosib olinganidan keyingi hayoti, diniy tashkilotlari faoliyati, xususan Toshkent yeparxiyasi va unga boshchilik qilgan ruhoniylar faoliyatining tahlil qilingan.

#cherkov #din #katolik #xristian dini #provoslav #yeparxiya

101-105 324 Dec 6, 2022 4:25:29 PM
Annotatsiya

В научной статье на основе многочисленных научных трудов, источников, письменных источников, археологических и этнографических материальных свидетельств изучены основные причины, условия, сделавшие возможным историко-географическое изменение местности города в разное время, а также исторического переселения города Гянджа, имеющего очень древнее и почетное историческое прошлое. На основе местных и международных археолого-этнографических экспедиций и раскопок, проведенных местными и зарубежными исследователями и археологами на территории города в течение последних двух столетий, историко-хронологический возраст Гянджи как городского культурного центра и его перемещения на разных этапах были исследованы со ссылкой на научные данные. В научной работе впервые составлена последовательность историко-географических переселенний города Гянджа на основе соответствующих научных источников, неопровержимых документов и рукописей, отражены сведения об археологических и этнографических материалах в соответствии с хронологической периодизацией, как а также памятники истории, образцы материальной культуры, относящиеся к периодам перемещений города, которые наблюдались не менее пяти раз. В статье рассмотрены количество, структура и характеристики его многочисленных исторических жилых кварталов, выступающих свидетельством переселений города Гянджи, были изучены наряду с обнаруженными в этих районах архитектурными памятниками, ремесленными изделиями, относящимися к разным этапам.

#Азербайджан #Гянджа #городская культура #историческое переселение #архитектурные традиции #географическое расположение

106-109 355 Dec 6, 2022 4:34:58 PM
Annotatsiya

Maqolada Mirtemir she’riyatining mavzu ko‘lami, badiiyati masalalari yoritilgan. Shoir she’riyatining uslubiy xususiyatlari, tasvir ko‘lami tadqiq etilgan. Mirtemir asarlarining XX asr o‘zbek she’riyati taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyati ko‘rsatib berilgan.

#she’riyat #mavzu #mahorat #so‘z va ibora #tasvir ko‘lami #so‘z o‘yinlari #she’riy matn #ohangdorlik

110-114 365 Dec 6, 2022 4:37:52 PM
Annotatsiya

O‘zbekiston xalq yozuvchisi Odil Yoqubov “Ulug‘bek xazinasi”, “Ko‘hna dunyo” romanlarida voqea-hodisalar va xarakterlar talqinida hayotiylikka erishish, tasvirda yangilikka intilish natijasida adib asarlari polifonik xususiyat kasb etgan. Natijada, ijodkor milliy romanchiligimiz poetikasiga qator yangiliklarni olib kirishga muvaffaq bo‘lgan. Lekin yozuvchining tarixiy romanlari poetikasiga xos jihatlar va uslubiy izlanishlar maxsus tadqiq etilmaganligi bois, ularni ilmiy- estetik tahlil qilish zaruriyati yuzaga keldi. Chunki yangi davr badiiy-estetik qarashlari asosida o‘zbek tarixiy romanlari poetikasi bir ijodkor misolida yaxlit  o‘rganilmagan. Shuning uchun ushbu masalani  O‘zbekiston xalq yozuvchisi O.Yoqubov adabiy mahorati negizida tahlil qilishni muhim deb bildik. Keyingi yillarda adabiyotshunoslikda umumjahon tarixiy romanchiligining yutuqlari bilan sharqona badiiyat o‘ziga xos tarzda birlashib borayotgani adibning tarixiy romanlariga bugungi kun nuqtai nazaridan munosabat bildirish imkonini berdi. Ayni paytda, “Ulug‘bek xazinasi” va “Ko‘hna dunyo” romanlarini yaxlit holda, “xususiy poetika” aspektida maxsus tadqiqot obyekti qilib olish yuqoridagi fikrlar mundarijasini yana ham kengaytirib, zaruriy xulosalar chiqarish imkonini yaratadi. Maqolada adibning tarixiy romanlari misolida syujet qurish, xarakter yaratish mahorati va o‘ziga xos uslubi tadqiq qilingan. Boshqa tarixiy romanlari bilan qiyosiy o‘rinlar adib mahoratini aniqlashga yordam bergan.

#uslub #konflikt #tarixiy roman #mahorat #xarakter #syujet #davr va sharoit #mantiqiy izchillik #voqelik #afsona va rivoyatlar

115-119 470 Dec 6, 2022 5:00:28 PM
Annotatsiya

Дар мақолаи мазкур ба яке аз масъалаҳои муҳими рӯз – урфу одатҳои мардумӣ, ки онро дар адабиёти бадеӣ шугунҳо ва дар забони халқ ириму сиримҳо меноманд, таваҷҷуҳ зоҳир гардидааст. Муалиф кӯшидааст шугунҳоро чун жанри мустақили фолклорӣ эълон дошта, онҳоро вобаста ба мавзӯъву мундариҷа гурӯҳбандӣ намуда, сарчашмаҳои пайдоиши онро баррасӣ карда, то чӣ андоза ба воқеият ва ҳақиқати зиндагӣ созгор  ва ё хурофотӣ будани онҳоро нишон диҳад.

#жанр #фолклор #хаёл #хурофот #шугун #ирим-сирим #бофта #динӣ

120-124 366 Dec 6, 2022 5:03:49 PM
Annotatsiya

Ushbu maqola «Boburnoma» muallif shaxsining tarixdagi roli, o‘ziga xos xizmati, kurash yo‘li, maslak va matonatini ko‘rsatuvchi ibratli asar hisoblanishi, uning markaziy qahramoni esa, albatta, Mirzo Boburdir ekanlig, «Boburnoma»ga xos tasvir usulini ishlab chiqqan, buni yuksak mahorat bilan bera olgan Boburning qiyoslash uslubida barcha voqea-hodisalar, shaxslar, ularning qiyosiy tasviri bir «o‘q» atrofida aylanishi haqida va ularning tarjimalarda adekvat tarjima qilnishiga bag‘ishlanadi.

#tasviriy vositalar #tarixiy shaxslar #qiyoslash uslubi #muallif uslubi #jahaon adabiy tafakkuri #lingvokulturologik xususiyatlar

125-128 327 Dec 6, 2022 5:28:19 PM
Annotatsiya

Maqoladan ko‘zlangan maqsad quyidagilardan iborat,  A.Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanining inglizcha tarjimalarida leksik-stilistik bo‘yoqdorlikni saqlash muammolarini yoritish; o‘zbek tilidan ingliz tiliga qilingan tarjimalarga bag‘ishlangan ilmiy ishlarda tavsiflangan badiiy tarjimaning o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil qilish va konnotativ ma'noga ega leksik birliklarning tarjima qilish usullarini belgilash; “O‘tkan kunlar” romanida qo‘llangan frazeologik birliklarning stilistik xususiyatlarini tarjima matnida qayta aks ettirish yo‘llarini aniqlash.

#nikoh #xarajat #metafora #o‘xshashlik #lingvistika #metonimiya #stilistik usul #muvofiq #og‘ir gap #qiyin taqdir #voqe’an #turmush #otilgan o‘q #nozik masala #tabiatiga tushmoq #murakkab taqdir #bu dunyodagi #ahamiyat/muhimlik #kostyum #afzallik #boshqaruv masalalaridagi ahamiyat #o‘sish

129-132 269 Dec 6, 2022 5:36:09 PM
Annotatsiya

Movorounahr va Xuroson madaniy, ijtimoiy va siyosiy hayotining shakllanishi va takomillashuvini aks ettirishda Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma”siningo‘rni beqiyosdir. Bu tarixiy durdona nafaqat xalqning o‘tmishdagi voqealarini o‘zida mujassamlashtirib, so‘zlab beradi, balki adabiy asar sifatida o‘zbek mumtoz adabiyotining shakllanishi va rivojlanishida samarali o‘rin qoldirdi. Ushbu maqolada “Boburnoma”da tilga olinmagan forsiy misralar mualliflari va bu misralardagi ayrim xatolarni o‘rganilib, tadqiq etilgan.

#“Boburnoma” #Zahiriddin Muhammad Bobur #muallif #fors-tojikadabiyoti #“Guliston” #“Shohnoma” #“Xamsa”

133-139 312 Dec 6, 2022 5:39:21 PM
Annotatsiya

Maqolada Alisher Navoiyning ustozi Abdurahmon Jomiy vafotiga bag‘ishlangan marsiyalari tahlil qilinadi. Ulug‘ shoirning Abdurahmon Jomiy shaxsi, uning fazilatlari to‘g‘risida qarashlari tahlillar orqali yoritib beriladi. Shu bilan birga shoirning falsafiy qarashlari, pand-nasihatlarining marsiyalar tarkibiga singdirilganligi sharhlar tahlilida ko‘rsatib  berilgan.
Tahlil jarayonida har ikkala shaxs o‘rtasidagi do‘stlik, insoniy munosabat va fazilatlarga urg‘u beriladi. Marsiyada motam marosimiga xos xususiyatlarning badiiy ifodasi, motam marosimiga oid tasvirlarni berishda so‘z qo‘llash mahoratiga doir mulohazalar o‘rtaga tashlanadi.

#marsiya #do‘stlik #lirik janri #motam #pand-nasihat

140-144 244 Dec 6, 2022 5:42:38 PM
Annotatsiya

Maqolada zamonaviy o‘zbek adabiyotining iste’dodli yozuvchisi Nurali Qobul qalamiga mansub “Salom, tog‘lar” qissasining bosh qahramoni  Zulayho obrazi misolida o‘zbek ayollariga xos bo‘lgan fazilatlar xususida so‘z boradi.
Shuningdek, ayol ruhiyati tasviri orqali urushning ayollar taqdiriga salbiy ta’siri  yozuvchi tomonidan qanday yoritib berganligi tahlilga tortilgan.

#oila #muhabbat #dunyoqarash #ayol #urush #tuyg‘u #mehnatkashlik #xat #manfaat

72-75 312 Dec 13, 2022 5:22:19 PM
Annotatsiya

Inson doimo yangilikka intilib keladi va yangiliklarni bilimi orqali yaratadi. Yangi bilimlarni egallashning eng asosiy va samarali usuli esa bu o‘qish hisoblanadi. Lekin o‘qishning siz bilan bizga ma’lum bo‘lmagan usullari ham borligidan xabaringiz bormi? Albatta, bor. Lekin afsuski, ko‘pchilik bu haqda bilmaydi. Ushbu maqolada o‘qish jarayoni, unga yangicha yondashuv – tez o‘qish tushunchasi yoritilgan bo‘lib, unda o‘qish jarayonining samarasini oshirish haqida ma’lumotlar berilgan. Undan tashqari tez o‘qishning bugungi kundagi ahamiyati haqida ba’zi tafsilotlar ham bayon qilingan.

#an’anaviy o‘qish #tez o‘qish va uqish #samarali o‘qish #regressiya #matnnining o‘zlashtirilishi #o‘qish mexanizmi #ma’lumotni qabul qilish kanallari

96-100 451 Dec 13, 2022 5:36:45 PM
Annotatsiya
Maqolada XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkistonda tog‘-metallurgiya sohasida amalga oshirilgan ishlar, Rossiya imperiyasidan tadbirkorlar kelib, ularning yer osti va yer usti foydali qazilmalarini o‘rganganligi haqida so‘z boradi.

#Rossiya imperiyasi #Turkiston #Farg‘ona vodiysi #Buxoro amirligi #Osiyo #konchilik #Oktyabr inqilobi #Turkiston general-gubernatorligi #Turkiston tog‘ okrugi

145-148 298 Dec 13, 2022 6:08:36 PM
Annotatsiya

Mazkur maqolada Tojikiston xalq shoiri Farzonai Xo‘jandiy she’rlarida motam marosimining badiiy aks etish xususiyatlari tadqiq  qilinadi.  Shoiraning motam marosimi udumlarini ifodalovchi so‘z, atama va iboralarni shoirona san'at va mahorat ila yangicha talqin etganligini o‘rganish asosiy maqsad etib belgilandi.

#janoza #motam #xalq madaniyati #tayoqqa suyanish #azo

149-153 272 Dec 13, 2022 6:13:30 PM
Annotatsiya

Maqolada Cho‘lponning “Vayronalar orasida” asari haqida ma’lumot beriladi. Asarning janr xususiyati hamda kompozitsiyasi  tahlili yoritiladi. Safarnoma janri haqida fikr yuritiladi. Safarnoma janri qonuniyatlari nazariy jihatdan asoslanadi. Safarnoma, sayyohatnoma, yo‘l ocherklari janr nuqtayi nazaridan farqlanadi. Safarnoma janridagi obraz va voqealar tahlil etiladi.  Muallif nutqi va voqealarga munosabati ilmiy jihatdan asoslanadi. Safarnoma turlari muallif munosabatiga qarab farqlanadi. Safar janrining ko‘rinishi va shakllari turlicha bo‘ladi. Badiiylikka yo‘g‘rilgan safar, publitsistik yo‘nalishda yozilgan safar,  kundalikka yozib borilgan safar, xotiraga yozib borilgan safar, xatlar asosida yozilgan safar,  shakli ko‘rinishi  har xil, lekin maqsad, vazifa bir xilligi haqida fikr yuritiladi. Safarnoma publitsistika, badiiy yo‘nalishda yozilib: maktublar, kundaliklar, ocherklar va  badiiy asar qonuniyatlariga buysungan holda janrlarga bo‘linadi.

Cho‘lponning “Vayronalar orasida” asarida O‘sh, Andijon, Jalolobodga safari haqida fikr yuritiladi.

#obraz #muallif #safar #Sayyoh #safarnoma

154-157 307 Dec 13, 2022 6:20:05 PM
Annotatsiya

Oʻzbegimning goʻzal urf-odatlari oʻziga xos noodatiydir. Yildan yilga, avloddan avlodga oʻtib kelayotgan beqiyos urf-odatlarni, bir-biriga oʻxshamagan udumlarni sanab sanog‘iga yetolmaydi kishi. Koʻplab udumlarni qancha olqishlasak, qanchalik ular bilan faxrlansak shuncha oz. Ammo, shunday urf-odatlar va udumlar ham borki, ularni foydadan koʻra zarari koʻproqdek goʻyo. Soʻrovnomadagi bir necha oʻz fikrini bayon qilgan oʻzbeklar ushbu udumlardan voz kechish kerak degan takliflarni bildirishgan. Ayrim urf-odatlar bilan esa faxrlanishlarini, ularni juda yoqtirishlarini ayniqsa ta’kidlaganlar.

#Madaniyat #toʻy #kelin #millat #urf-odatlar #udumlar #bayram

158-162 217 Dec 13, 2022 6:26:30 PM
Annotatsiya

Mazkur ilmiy maqola ilmiy tadqiqot mavzusi asosida diplomatik yozishmalarning turlari va ularning tasniflash belgilariga bag‘ishlangan. Shuningdek, “diplomatik yozishmalar” tushunchasi haqida batafsil ta’rif berilgan, diplomatik yozishmalarning asosiy belgilari tavsiflangan.

#diplomatik yozishmalar turlari #tasniflash belgilari

163-167 224 Dec 13, 2022 6:32:04 PM
Annotatsiya

Mazkur maqolada “to‘y” leksemasi bilan bog‘liq turli rasm-rusumlar jumladan, unashtiruv, nahorgi osh, kelin-kuyov tashakkuri, kelin-kuyov raqsi, kelin-kuyov tomonidan tortni kesish, mehmonlarning to‘yga tashrifi, to‘y kuni qarindoshlar va mehmonlar tomonidan sovg‘alar va to‘yonalarning topshirilishi borasida o‘zbek va nemis xalqlaridagi o‘ziga xos xususiyatlar, nemis xalqida 16 yoshga to‘lgan farzand mustaqil, erkin hayot kechirishi mumkinligi, nemis urf-odati bo‘yicha kelinning gul irg‘itishi, asal oyi, o‘zbek xalqidagi kelinning to‘ydan keyingi vazifalari, to‘yda ota-onaning o‘ziga xos o‘rni kabilar atroflicha tadqiq etiladi, ularning o’iga hos hususiyatlari ya’ni ohshash va farqli jihatlari ochib beriladi

#kelin #kuyov #to‘y #unashtiruv #asal oyi #do‘st #sovg‘alar va to‘yonalar #yuz ochdi #kelin salom #mustaqil

168-171 317 Dec 13, 2022 6:39:02 PM
Annotatsiya

Ushbu maqolada, birinchi navbatda, paxtaning kundalik hayotimizdagi o‘rni, xalq xo‘jaligining turli tarmoqlaridagi zarurati, uning o‘zbek millati uchun qanchalik ahamiyatli ekanligi ko‘rsatilgan. Shuningdek, o‘zbek tilidagi “paxta”, ingliz tilidagi “cotton” so‘zlarining etimologiyasiga ham e’tibor qaratilgan. Bu ishda paxta leksemasining ingliz va o‘zbek tillarida turli ma’nolarda qo‘llanishi ochib berilgan, ular ikki tilda qiyoslangan, o‘xshash va farqli tomonlariga e’tibor berilgan. Paxta so‘ziga tegishli iboralarning ma’nolari aniq misollar yordamida tushuntirilgan.

#frazeologik birlik #paxta #etimologiya #morfologiya #idiomalar #tabiiy paxta tolasi #sintetik tola #milliy boylik #be in tall cotton

172-175 214 Dec 13, 2022 6:47:49 PM
Annotatsiya

Xorijiy tillarni o‘rganish bugungi kunning muhim talabidir. Bu yo‘nalishda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish, hech kimdan va hech narsada kam bo‘lmagan insonlar etib voyaga yetishiga xizmat qilmoqda. Iqtisodiyot, siyosat va ijtimoiy sohadagi barcha islohotlarning asosiy maqsadi inson, inson, uning farovonligi va farovonligidir. Bu kadrlar tayyorlash milliy modeli asos bo‘lgan asosiy tamoyil, poydevordir.

#jarayon #usul #intellektual rivojlanish #malaka #o‘qish qobiliyati #tinglash qobiliyati

176-178 228 Dec 13, 2022 6:55:12 PM
Annotatsiya

Ushbu maqola tarjimada realiyaning ahamiyatini tasvirlaydi. Shu bilan birga, ayrim tarjimonlar tomonidan madaniyatga bog‘liq bo‘lgan so‘zlar sifatida tarjima qilishda yo‘l qo‘yiladigan keng tarqalgan xatolar va ularni oldini olishning mumkin bo‘lgan yo‘llari asosiy muhokama mavzusi sifatida ko‘tarildi. Ekvivalentsiz  so‘zlarni tarjima qilish va so‘zlarning  to‘g‘ri tarjima qilingan shaklini tanlash bo‘yicha muvaffaqiyatli strategiyalar ham taklif qilingan.

#Ekvivalentsiz leksika #transliteratsiya #realiya #madaniyatga bog‘liq so‘zlar #olinmaso‘z

179-182 208 Dec 13, 2022 6:59:15 PM
Annotatsiya

Ushbu maqolada frazeologik birliklar lingvomadaniyat bilan bogʼliqligi tahlil qilindi. Lingvomadaniyat tushunchasiga izoh berilib, kontseptsiyalar talqinidagi bayoni keltirildi. Lingvomadaniyatning maqsad va vazifalari, shuningdek, yoʼnalishlari keltirildi. Til madaniyati frazeologik birlik obrazida namoyon boʼlishi hamda frazeologik birliklarni madaniy izohlashda, uning obrazi, madaniyatning maʼlum bir qatlamlarida, yaʼni mifologik, arxetipik, folklor, diniy, badiiy hamda maʼlum bir madaniyat kodi bilan bogʼliqligi yoritildi. Lingvokulturologiya shaxsning soʼz va farazeologik birliklarda namoyon boʼlib, millatning maʼlum bir stereotipini belgilaydi.

#Madaniyat #maktab #frazeologik birliklar #til #lingvokulturologiya #maʼnolar #soʼz

183-186 289 Dec 13, 2022 7:05:58 PM
Annotatsiya

Ushbu maqola hozirgi paytda dunyo tilshunosligining diqqat markazidagi mavzulardan biri bo‘lgan terminologiya va terminologiya masalalari bo‘yicha ilmiy adabiyotlar tahlili haqida. Aynan shu davrda zamonaviy tilshunoslik fanida yanada keng ma’no kasb etgan va chuqurroq o‘rganilayotgan “terminologiya”ni topish mushkul vazifalrdan biri hisoblanadi.

#atama #terminologiya #termin #lingvistika

187-191 223 Dec 13, 2022 7:10:59 PM
Annotatsiya

Ushbu maqolada o‘zbek tilshunosligida o‘zlashma so‘zlarning o‘rganilishiga doir yaratilgan tadqiqotlar borasida so‘z boradi. Maqola muallifiga ko‘ra, sobiq ittifoq davrida yaratilgan mazkur yo‘nalishdagi ishlarda o‘zlashmalarning asosan leksik, semantik va leksikografik jihatlariga diqqat qaratilgan va shu tariqa o‘zlashgan so‘zlar tadqiqining klassik usuli yaratilgan. Istiqlol davri tilshunosligida esa o‘zlashgan qatlam so‘zlari zamonaviy metodlar, xususan, fanga kirib kelgan yangi tarmoqlar mahsuli sifatida o‘rganilib kelmoqda.

#semantika #so‘z #o‘zlashma so‘zlar #leksikografiya #kognitiv tilshunoslik #leksikologiya #etnolingvistika

192-196 234 Dec 13, 2022 7:16:01 PM
Annotatsiya

O‘zbekiston Markaziy Osiyoning ko‘p millatli davlatlaridan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada o‘tgan asrning 80-yillari oxirida O‘zbekiston Respublikasida tillarning vaziyati, o‘zbek tili maqomini olish jarayonining muammolari qisqacha va o‘ziga xos tarzda bayon etilgan. 1988-1989-yillarda nashr etilgan materiallar muhokama qilinib, o‘quvchini o‘z milliy o‘zligini, o‘z-o‘zini bilishini asrashga, eng avvalo, ona tili va davlat tilini muhofaza qilishga chorlaydi.

#davlat tili #tillarning maqomi #milliy tillar #davlat maqomi #tilning ijtimoiy vazifalari #davlat tili va milliy tillarning o‘rni

197-200 401 Dec 13, 2022 7:20:52 PM
Annotatsiya

Mazkur maqolaning maqsadi interferensiya hodisasini lingvistik jihatdan turli til sathlari doirasida tahlil qilishdan iborat. Tadqiqotni amalga oshirishda lingvistik tahlil, qiyoslash, solishtirish metodlaridan foydalanildi.  Tadqiqot natijalariga ko‘ra, tillar qanchalik bir-biriga yaqin bo‘lsa, ijobiy interferensiya, tillar bir-biriga o‘xshamagan bo‘lsa, salbiy interferensiya yuzaga kelishi ehtimoli yuqori bo‘ladi. Interferensiya tillarning o‘zaro taʼsirida vujudga keladigan jarayon bo‘lib, tilning barcha sathlarida namoyon bo‘ladi, degan xulosaga kelindi.

#lingvistik interferensiya #fonetik interferensiya #leksik-semantik interferensiya #sintaktik interferensiya #sotsiolingvistika

201-202 365 Dec 13, 2022 7:24:31 PM
Annotatsiya

Ushbu maqola somatik frazeologik birliklarni  madaniy kodlar orqali o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lib, bu bizga o‘zbek, rus va ingliz tillarida ularning asosiy omillarini ochib berish imkonini beradi. Somatik frazeologizmlarni toifalarga ajratish orqali somatizmlarning turli sohalarda turli madaniyat kodlari bilan qanday ifodalanganligi aniqlandi. Madaniyat kodlari orqali somatizmlarning mohiyatini ochib berish har bir xalqning o‘ziga xos xususiyatlariga ega ekanligi ko‘rsatib berildi.

#Madaniyat #frazeologiya #lingvokulturologiya #somatizm #madaniy kod #kod #ma'naviy dunyo

203-205 217 Dec 13, 2022 7:30:56 PM
Annotatsiya

Ushbu maqolada TikTok leksik izohlariga asoslangan va uning ma'nolarini uch tilga tarjima qiladigan yangi ijtimoiy tarmoqlarda  neologizmining paydo bo‘lishi va ishlatishini muhokama qilamiz. Ilmiy maqolaning maqsadi ingliz tilning neologizmini o‘zbek va rus tillari bilan qiyoslash hamda chog‘ishtirish va undan tashqari yosh avlod uni qay tarzda ishlatishi, ayniqsa “Z avlodi” tomonidan qanday qo‘llanganligini o‘rganishdan iborat. Bu soz’larni tarjima qilinganda qardosh va qardosh bo‘lmagan oila tillarini qanday to‘siqlarga duch kelishni aytib o‘tamiz.

#neologizm #jargon #ijtimoiy tarmoqlar #lug‘at #TikTok sharhlari #sharhlar

206-208 348 Dec 13, 2022 7:36:29 PM
Annotatsiya

Ushbu maqolada nutqiy etiket va uni shakllantirishda milliy madaniyatning o‘rni, turli rasm-rusum va an’analar tufayli nutqiy xulqning ijtimoiy belgilangan shakllari yuzaga kelishi, og‘zaki nutqda yoshlar nutqining o‘ziga xos jihatlari, nutqiy odatda suhbatdoshlar o‘rtasida aloqa o‘rnatishning o‘ziga xos usullari,nutqiy etiketni shakllantirishga ta’sir etuvchi ijtimoiy omillar haqida so‘z yuritilgan.

#Madaniyat #gender #muloqot #ijtimoiy omillar #nutqiy etiket

214-218 319 Dec 13, 2022 7:51:09 PM
Annotatsiya

Maqolada o‘z harakat qonunlariga ega biologik jarayonlarni, jumladan,bakteriyalarning  ko‘payish qonuni, hujayralarning vaqt o‘tishi bilan o‘sish qonuni, tovush maydonida hujayralarni yo‘q qilish qonuni , mushaklarning qisqarish tezligi  kabi masalalarni birinchi tartibli oddiy differensial tenglamalar yordamida o`rganish, turli biologik jarayonlarni  matematik modelini tushishda differensial tenglamalarninig ahamiyati yoritilgan.

#matematik model #biologik jarayonlar

210-213 341 Dec 13, 2022 7:55:57 PM
Annotatsiya

Maqolada onomastikaning nazariy masalalaridan bo‘lgan atoqli otlar nazariyasi va semantikasi, ularning tilda va nutqda tutgan o‘rni, shuningdek, bu borada taniqli tilshunos olimlarning qarashlari bayon etilgan.

#individuallik #onomastika #antroponim #atoqli ot #appelyativ

219-221 240 Dec 13, 2022 8:00:58 PM
Annotatsiya

Ta’lim metodining pedagog tomonidan to‘g‘ri tanlanishi, dars mashg‘ulotlarida turli interfaol metodlar yordamida mavzuning tushuntirilishi ta’lim sifatining oshishiga yordam beradi.Ta’lim metodlarini malakali pedagogning usuli bilan birlashishi natijasida fanning va o‘rganilayotgan mavzuning mazmuni va o‘ziga xosliklari to‘liq ochib beriladi. Bu esa talabalarning fan yuzasidan bilim, ko‘nikma, malaka kompitensiyalarining shakllanishi va rivojlanishiga asos vazifasini o‘taydi. Maqolada Oliy ta’lim muassasalarida radiatsiya xavfsizligi fanida ta’lim berishning interfaol usullaridan mudofaa metodi xususida so‘z yuritilib, metodning amaliy ahamiyati, qo‘llanish usullari va vositalari haqida ma’lumotlar berilgan. Metodning amaliy ahamiyati atroflicha muhokama qilib, pedagogik tahlil qilingan.

#intellektual salohiyat #metod #innovatsion #ilg‘or pedagogik tajriba

223-226 335 Dec 13, 2022 8:10:23 PM
Annotatsiya

Maqolada ta’lim samaradorligini oshirish maqsadida “Atom elektr stansiyalari haqida umumiy ma’lumotlar” mavzusi Tushunchalar tahlili” metodi orqali yoritib berilgan. Hozirgi kunda elektr energiyaga ehtiyoj yuqoriligi sababli kamxarj va sifatli elektr energiyasini ishlab chiqarishda Atom elektr stansiyalarining afzalliklari hamda qulayliklari to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etilgan. Oliy ta’lim jarayonida ta’lim sifatini ta’minlash maqsadida o‘quv jarayonida zamonaviy interfaol metodlardan foydalanishning ahamiyati to‘g‘risida fikrlar berilgan.

#tizim #generator #bino #suv #uran #Yadro reaktori #yoqilg‘i #turbina #nasos #Tushunchalar tahlili” metodi

227-232 382 Dec 13, 2022 8:15:22 PM
Annotatsiya

Universitetlarning “Fizika” bakalavriat ta’lim yo‘nalishida kvant mexanikasini o‘qitishda kvant tasavvurlaridan va buyuk fizik olimlar tomonidan yaratilgan, fanning asoslaridan hisoblangan nazariyalardan foydalanish. Fan tarixiga oid materiallaridan amaliy va seminar mashg‘ulotlarida foydalanish.Talabalarning fanni o‘rganishga qiziqishini kuchaytirish hamda kelgusi pedagogik faoliyatiga tayyorlash sifatini  oshirishdan  iborat.

#yadro #Kvant mexanika #Bor nazariyasi #spektroskopiya #atom modellari #elektron qobiqlar #postulotlar #kvant tasavvurlar #absolyut qora jism #atomning planetar modeli #vodorodsimon atomlar #Plank g‘oyasi

233-236 310 Dec 13, 2022 8:20:48 PM
Annotatsiya

Ta‘lim sifatini oshirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o‘rni muhim ahamiyatga ega. Pedagogik texnologiya – bu ta‘lim oluvchi shaxsga yo‘naltirilgan, demokratik hamda takrorlanuvchan o‘qish natijalarini kafolatlaydigan ta‘lim jarayonlarini loyihalash, amalga oshirish va baholashning tizimiy metodi. Uning an‘anaviy usullardan farqi, u talabalarning o‘zlariga berilgan bilimni yodlab aytib berishga emas, balki ta‘lim-tarbiya jarayonining yakunida konkret bir harakatlarni bajarishga yo‘naltirilganligidadir [1]. Neytronlar fizikasi fanidan ma‘ruza mashg‘ulotlarini o‘qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish ta‘lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Hozirgi kungacha Venn diagramasidan ingliz tilini o‘qitishda, pedagoglarni o‘qitishdа, matematika va fizika fanlarini o‘qitishda foydalanilgan. Ammo Neytronlar fizikasi fanida ma‘ruza mashg‘ulotlarini o‘qitishda ushbu usul yetarlicha tadqiq etilmagan. Ushbu ishda neytronlar fizikasi fanining mavzularini o‘qitishda grafikli organayzerlardan - Venn diagrammasining qo‘llanilishi keltirilgan. [2,3]

#massa #yadro #energiya #neytron #spin #student kriteriyasi

237-242 452 Dec 13, 2022 8:27:20 PM
Annotatsiya

Maqolada boshoqli ekinlarning turlari, bug‘doy va uning turlari, kimyoviy tarkibi, undirilgan bug‘doyning foydali tomonlari haqida ma’lumotlar berilgan. Bug‘doylarni undirilgan holatidan oldin va undirilgandan keyigi holatda foydali tomonlari qaysi birida ko‘proq ekanligi kimyoviy tahlililarda aniqlandi va taqqoslandi.

#bug‘doy #donli ekinlar #boshoqli ekinlar #undirilgan bug‘doy

243-248 354 Dec 13, 2022 8:34:21 PM
Annotatsiya

Ishning maqsadi: Fan texnika rivojlangan hozirgi davrda yangi turdagi sorbentlar sintez qilish, ularning ba’zi metall kationlariga nisbatan kompleks hosil qilish xossalarini aniqlash va ular yordamida eritmalar tarkibidan metall kationlarini ajratib olib, ushbu jarayonida hosil bo‘ladigan birikmalarning tarkibi, tuzilishi, fizik-kimyoviy xossalarini o‘rganish noorganik kimyoning dolzarb muammolaridan biridir. Ushbu maqolada karbamidformaldegid va anilinasosida yangi turdagi polimer ligand sintez qilindi. Ligand sintez qilish sharoitlari, polikondensatsiya jarayoniga haroratning ta’siri, sorbentning IQ-spektroskopik va termik tahlil natijalarini tadqiq qilindi.

#karbamid #Polimer ligand #formaldegid #anilin #statik almashinish #termik tadqiqotlar

249-251 339 Dec 13, 2022 8:38:56 PM
Annotatsiya

Biologik faol moddalar tibbiyotda va kasalliklarning oldini olishda, shuningdek, yuqori darajadagi hayotiy faoliyatni ta’minlash uchun ishlatiladi. Ushbu maqolada yeryong‘oq mevasining tarkibida uchraydigan bilologik faol moddalar, ularning foydali xususiyatlari va kimyoviy tuzilishi haqida ma’lumotlar keltirilgan.

#vitamin #Yeryong‘oq #biologik faol moddalar #antoksidant

252-253 386 Dec 13, 2022 8:44:39 PM
Annotatsiya

Yangi uzilgan karam sharbati inson salomatligi uchun juda ham foydali, uning tarkibida tanamiz tomonidan oson so‘riladigan ko‘plab oziq moddalar mavjud, xalq tabobatida turli kasalliklarga qarshi ishlatiladi. Ma’lumki, shu kungacha o‘simliklar ekstraktlarining antioksidantlik faolligini o‘rganishda olimlar turli xil metodlarni qo‘llagan.

Mazkur maqolada karam sharbatining antioksidantlik xususiyatlari haqida ma’lumotlar keltirib o‘tilgan.

#oziq-ovqat #Antioksidant #meva #karam sharbati #tog‘ asali #yallig‘lanish #kasalliklar

254-258 260 Dec 14, 2022 3:39:55 PM
Annotatsiya

The article is devoted to the study of the chemical components of the aboveground part of the medicinal plant Melilotus officinalis (L.) Pall (sweet clover) of the Fabaceae family. From various fractions of 75% ethanol extract of plant raw materials p-hydroxybenzoic acid, p-hydroxycoric acid, androsin, daucosterol, kaempferol 3-O-β-D-galactopyranoside and quercetin 7-O-α-L-rhamnopyranoside were isolated and identified based on the study of spectral data and chemical transformations.

#chemical composition #Melilotus officinalis #androsin #p-hydroxybenzoic #p-hydroxycinnamic acids #daukosterol

259-262 365 Dec 14, 2022 4:37:57 PM
Annotatsiya

Ushbu maqolada “Asdavo” oziq-ovqat qo‘shilmasining kimyoviy tarkibi, bioligik faolligi va antioksidantlik faolligi haqida ma’lumot berilgan. Biz tomonimizdan yuqoridagi olimlar qo‘llagan metodlardan farqliravishda“Asdavo” oziq-ovqat qo‘shilmasining spirtli va suvli ekstraktlarining antioksidantlik faolliklarini spektrofotometrik tahlil usulida Cary60UV-VisAgilet Technologies spektrofotometri yordamid ao‘rganildi.

#oziq-ovqat #asdavo #antivirus #suli #jambil

263-266 367 Dec 14, 2022 4:42:24 PM
Annotatsiya

Ushbu maqolada homilador ayollardagi toksikoz holatining kelib chiqish sabablari, turlari, xususiyatlari, asoratlari, belgilari, zamonaviy tibbiyotda uni davolash yo‘llari, hamda ularning kamchiligi bayon etilgan. Shuningdek,  toksikoz kasalligini xalq tabobati usullari bilan, O‘zbekistonda o‘sadigan dorivor o‘simliklar asosida tayyorlangan Astosh oziq-ovqat qo‘shilmasi bilan davolash va oldini olish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot ishlari natijalari, bu borada erishilgan yutuqlar, hamda tavsiyalar keltirilgan.

#stress #infeksiya #Xalq tabobati #Xomilador ayol #Toksikoz #trimestr #xomila #stafillakokk

267-271 242 Dec 14, 2022 6:41:29 PM
Annotatsiya

Maqolada qovun po‘stini kimyoviy tarkibidagi vitaminlarni yuqori samarali suyuqlik xromotografiyasi (YSSX) uslubi orqali tekshirib o‘rganilgan. Tekshirish natijalarga ko‘ra, qovun po‘stida mavjud bo‘lgan vitaminlar miqdori: В4-63 mg, В12-7,3 mg, В2-2,96 mg, Е-18 mg, В6-2,03 mg5-0,75 mg,  В9-0,64 mg, С-0,32mg, К-7,32mmg va vitaminlardan tashqari β–karotin – 9 mgborligi aniqlandi. Qovun po‘sti vitaminlarga boy, unda biologik faol moddalar ko‘p bo‘lganligi uchun undan kelgusida oziq-ovqat qo‘shilmalari qilib Xalq tabobatida keng qo‘llash mumkinligi yoritilgan.

#vitamin #xromatografiya #polinevrit #beri-beri #biologik faol modda #me’da-ichak ishi

272-276 468 Dec 14, 2022 6:58:14 PM
Annotatsiya

Polifunksional birikma boʻlgan gossipol va gossipolsimon moddalar biologik faolligi yuqori. Gossipolning Shiff asoslari bilan olingan metallokomplekslarning farmokalogik xossalari ularning Shiff asoslariga nisbatan bir qancha yuqoriligi aniqlangan. Gossipol Shiff asoslaridan sintez qilingan komplekslarni tolali sorbentlarga immobillab, baʼzi ogʻir metallarning optimal sharoitlari oʻrganildi.

#vaqt #temperatura #gossipol #metallokompleks #Shiff asos #immobillash #sorbsion-fotometrik #optimal sharoit ( pH #metall konsentratsiyasi #Re va Me miqdori

277-280 360 Dec 14, 2022 7:02:23 PM
Annotatsiya

Maqolada respublikamizda qishloq xoʼjaligi ehtiyojlari uchun zarur boʼlgan, raqobatbardosh mahsulotlar hajmini oshirish va ularning assortimentini kengaytirish, jumladan, azot, fosfor, kaliy va ayrim mikroelementlar tutgan oʼgʼitlar ishlab chiqish boʼyicha muayyan ilmiy va amaliy natijalar hamda, ferrotsen hosilalarining suvda eruvchan biologik faol birikmalarini sintez qilish va ular asosida tarkibida oʼsimliklarning oʼsib rivojlanishida muhim oʼrin tutuvchi mikroelementlar saqlovchi suyuq oʼgʼitlar olish boʼyicha ma’lumotlar keltirib o‘tilgan. Bundan tashqari KАS va ferrotsen hosilalarini suvda eruvchan tuzlari asosida olingan yangi suyuq azotli oʼgʼitlarining biostimulyatorlik xossalari dala amaliyotida gʼoʼza va bugʼdoy  oʼsimliklarining oʼsishi va rivojlanishida otkazilgan sinovlari hamda ushbu oʼsimliklar uchun yangi suyuq azotli oʼgʼitlarning qoʼllashning  maqbul meʼyorlari aniqlandi. 2019-2021 yillardagi fenologik kuzatuv natijalariga koʼra “Ferben-kaliy” suyuq oʼgʼiti bilan ishlov berilgan oʼsimlikdagi fiziologik jarayonlar bilan birga biokimyoviy jarayonlar ham maqbullashganligi, “Ferben-kaliy” suyuq oʼgʼiti tarkibidagi mikroelementlar va oʼsimlik bargida azot, fosfor va kaliy miqdorini ortishi tufayli hosildorlikni oshirishdan tashqari oʼsimlikni zararkunanda hasharotlarga chidamliligini ham kuchayganligi, suyuq azotli o‘g‘itlarning bug‘doy va g‘o‘za o‘simliklarining bargi orqali qo‘shimcha oziqlantirish orqali o‘tkazilgan dala sinovlari natijalari keltirib o‘tilgan.

#mineral o‘g‘itlar #naychalash #ferrotsen #suyuq azotli o‘g‘itlar #tuplanish #boshoqlash #shonalash

281-285 211 Dec 14, 2022 7:14:46 PM
Annotatsiya

Maqolada Fargʼona viloyati Yozyovon tumanida oʼsadigan achchiq shuvoq (ermon)oʼsimligi bargi va bandi tarikbidagi makro-va mikroelementlar miqdori induktiv bogʼlangan plazma mass spektrometriya usuli yordamida oʼrganildi.Oʼsimlikning tadqiq qilingan organlarida 22 ta makro-va mikroelementlar aniqlandi. K, Mg, Na, Ca, S, P kabi makroelementlar aniqlandi. Barglarida eng yuqori miqdor kaliyga (7410,072 mg/kg) va eng kichik miqdor fosforga (288,627 mg/kg) tegishli ekanligi aniqlandi. Mikroelementlardan Fe, Li ,Be, B, Al ,Si, Ti, V, Cr, Mn, Co, Ni va Re lar aniqlandi. Barglarida eng yuqori miqdor kremniyga (400,250 mg/kg) ga tegishli boʼlib, temir miqdori 89,577 mg/kg ni tashkil etdi. Zaharli elementlar orasida faqat qoʼrgʼoshin barglarida juda oz aniqlandi.Element tarkibga asoslangan holda oʼsimlikning barglaridan turli oziq-ovqat qoʼshimchalarida foydalanish mumkinligi koʼrsatib oʼtildi.

#achchiq shuvoq #makro va mikroelementlar

286-290 422 Dec 14, 2022 7:18:21 PM
Annotatsiya

Ushbu maqolada buyrak toshi kasalligi, uning kelib chiqishi, tibbiyotda va xalq tabobatida uning davolash usullari, bu kasallikni davolashda zaytun moyidan foydalanish istiqbollari ko‘rib chiqiladi.

#Buyrak toshlari #burak toshi kasallgi #antioksidantlik #oksidlanish stressi #zaytun #zaytun mevasi #zaytun moyi

291-296 310 Dec 16, 2022 7:31:12 PM
Annotatsiya

Maqolada pomidor agrotsenozi misolida hasharotlarning “fitofag-xo‘jayin” munosabatlar tizimi yoritilgan. Bir nechta oilaga mansub hasharotlar o‘simlikning turli organlari bilan ochiq sharoitda sun’iy oziqlantirilganda, ularning ozuqani iste’mol qilish miqdori turlicha bo‘lishi aniqlangan.

Tadqiqotlar davomida buzoqboshi (G.gryllotalpa), simqurt (A.meticulosus) va kolorado qo‘ng‘izi (L.decemlineata) pomidor o‘simligi uchun mukammal ixtisoslashgan turlar ekanligi izohlab berilgan. Sun’iy oziqlantirilgan hasharotlar ichida shiralarning (M.euphorbiae) keskin avlod qoldirish xususiyati namoyon bo‘lgan.

Ixtisoslashmagan o‘simlik organi bilan parvarish qilingan hasharotlar nobud bo‘lib ketmaslik uchungina juda kam miqdorda oziqlanadi. Ularning yashovchanligi 2-3 kungacha davom etishi mumkin. Hasharotlar ichida M.euphorbiae, Th.tabaci, L.decemlineata va H.armigera turlari uchun pomidor maqbul o‘simlik hisoblanadi.

Eng muhim va jiddiy zarar yetkazuvchi dominant va subdominant hasharotlarning pomidor o‘simligiga ta’sir darajasi aniqlangan. Bunda o‘simliklarda bo‘ladigan turli o‘zgarishlar mezon sifatida belgilab olingan. Pomidor o‘simligiga hasharotlarning ta’sir kuchi darajasi yuqori bo‘lishi isbotlagan.

#evolyutsiya #“fitofag-xo‘jayin” #fitoadaptatsiya #ta’sir kuchi darajasi #doimiy

297-300 295 Dec 16, 2022 7:46:42 PM
Annotatsiya

Ushbu mаqоlаdа O‘zbеkistоndа sаqlаnаyotgаn kоllеksiya fоndlаridаgi (O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Fаnlаr аkаdеmiyasi Zооlоgiya instituti Оrnitоlоgik kоllеksiyasi,  O‘zbеkistоn Milliy univеrsitеti Оrnitоlоgik kоllеksiyasi vа bоshq.) оrnitоlоgik nusхаlаrni invеntаrizаsiya qilindi. Kоllеksiyalаr аsоsidа Merops аvlоdigа mаnsub tillаrаng kurkunаk-M. apiaster vаko‘k kurkunаk-M. persicus ning o‘tmishdа vа hоzirgi vаqtdаgi tаrqаlish аrеаllаri, tаrqаlish yo‘nаlishlаri hаmdа аrеаllаrining o‘zgаrishigа sаbаb bo‘luvchi оmillаr аniqlаngаn. Tаhlillаr bugungi kundа qаyd etilgаn turlаrning tаrqаlishidа аyrim o‘zgаrishlаrning sоdir bo‘lgаnligini isbоtlаsh imkоnini bеrdi. Оlingаn nаtijаlаr аsоsidа kоllеksiоn mаtеriаllаrning turlаrning zаmоnаviy hоlаtinini аniqlаsh vа bаhоlаshdаgi аhаmiyati оchib bеrilgаn.

#Kоllеksiya #Merops аvlоdi #tillаrаng kurkunаk-M. apiaster #ko‘k kurkunаk-M. persicus #оrnitоlоgik fоnd #tаrqаlish аrеаli #migrаsiya #tulum

301-304 273 Dec 16, 2022 7:51:44 PM
Annotatsiya

Maqolada Farg‘ona viloyati iqlim-sharoitida shakllangan o‘tloqi-voha tuproqlari va Indigofera tinctoria L. o‘simligi tarkibidagi mikroelementlar miqdori tavsiflangan. Mikroelement miqdorlari litosfera va tuproq klarkiga taqqoslangan. O‘tloqi-voha tuproq sharoitida yetishtirilgan basma (Indigofera tinctoria L.) o‘simligi tarkibida Zn, Cr, Ni, Co, As va Mo miqdorlari aniqlangan.

#singdirish #ildiz #poya #barg #Indigofera tinctoria L. #o‘tloqi-voha #mikroelement #urug‘ #litosfera

305-309 211 Dec 16, 2022 8:02:20 PM
Annotatsiya

Bizning ushbu maqolamizda Farg‘ona shahri iqlim sharoitida lipa o‘simligini gullash biologiyasi, urug‘chi, uning ichidagi urug‘kurtakning tuzilishi, taraqiyoti va urug‘ mahsuldorligini o‘rganish asosida o‘simliklar seleksiyasida qo‘llash masalalari bilan bog‘liq tomonlarini yoritib berishga harakat qilingan. Shu nuqtayi nazardan lipaning asosiy ko‘payish organi gul, uning markazida joylashgan urug‘chi ichidagi urug‘kurtakning tuzilishi va taraqiyoti onalik gametafitining hosil bo‘lishini o‘rganish faqat biz yosh oilmlarni bilimini oshiribgina qolmaу, keyinchalik urug‘chilik va seleksiya ishlarini olib borish uchun amaliy ahamiyatga ega hamdir.

#iqlim #seleksiya #urug‘ #Lipa #changlatuvchi #sporalar #asalbop o‘simlik #embriologik nuqtayi nazar #navlar va formalar #generativ va vegetativ

227 Dec 16, 2022 8:16:57 PM
Annotatsiya

Mazkur maqolada madaniyat va san’at instituti talalabriga havaskorlik ssenariylarini yozish qobiliyatini rivojlantirish va takomillashtirish yuzasidan pedagogik maslahatlar berilgan. Asosan, talabalarning qobiliyat deb atalgan ijodiy mehnat mahsuli va unining o‘ziga xos xususiyatlariga alohida urg‘u berilgan. Shunki ssenariy jozish (havaskorlik yoki professional) insondan alohida qobiliyatni talab qiladi. Ijodkor talabalarning qobliyatini esa soha pedagoglari sayqallantirishi va mukammallashtirishi mumkin. Shu nuqtayi nazardan pedagogik tavsiyalar va takliflar berilgan.

#rivojlantirish #ijodkorlik #qobiliyat #ssenariy yozish #tarbiyalash

315 Dec 16, 2022 8:33:16 PM
Annotatsiya

Mazkur maqolada yetuk shoir E.Vohidov she’riyatidagi ishq mavzusi tahlil qilingan. Xususan, oshiq va ma’shuqa obrazi talqinlari orqali lirik qahramonning o‘ziga xos ma’naviy olami ochib berilgan. Ishq mavzusining atoqli shoir ijodida tutgan yetakchi mavqei atroflicha tahlil qilingan. Oshiq timsolining ijtimoiy, maishiy hayotning jo‘shqin, shiddatkor va faol kurashchisi sifatidagi muhim roli yorqin she’riy misollar orqali dalillangan. Ayniqsa, shoir irik qahramonining oshiq qiyofasidagi poetik chizgilari, yorga sadoqat, vafo, mehr-u oqibat kabi yuksak insoniy fazilatlari badiiy matn mazmuniga mos tarzda keng yoritilgan. Umuman, maqola orqali E.Vohidov ijodida ishq konsepsiyasi, lirik qahramon – oshiq xarakterining spetsifik xususiyatlari va ma’shuqaning go‘zal axloqiy olami haqidagi savollarga javob topish imkoni mavjud.

#lirik qahramon #ishq #oshiq #ma’shuqa

268 Dec 16, 2022 8:38:43 PM
Annotatsiya

Ushbu maqolada arxeologiya merosi obyektlarini konservatsiya qilish muammolari haqida soʼz yuritiladi. Unda hozirgi kunga qadar mamlakatimizda amalga oshirilgan arxeologiya merosi obyektlarini konservatsiyalash jarayoni va ular bilan bogʼliq yutuq va kamchiliklarni koʼrsatib berishga harakat qilingan.

Birinchi navbatda aholi oʼrtasida madaniy meros obyektlariga boʼlgan munosabatni oʼrganish uchun Polshada oʼtkazilgan soʼrovlar tahlil qilingan. Аyniqsa, arxeologiya merosi obyektlarining aholi oʼrtasida xabardorlik darajasi rivojlangan davlatlar boʼlgan Yevropa mamlakatlarida ham juda past ekanligi, bizda esa undan ham yomon holatda ekanligi koʼrsatilgan.

Keyingi yillarda Oʼzbekistonda turizmni rivojlantirish jadallik bilan amalga oshirilishi fonida arxeologiya merosi obyektlarini ham ularni muhofaza qilish va saqlash bilan birgalikda konservatsiya qilish va muzeylashtirilgan holda namoyish obyektlariga aylantirish uchun hukumatimiz tomonidan bir qancha qabul qilingan qarorlar asosida amalga oshiriligi rejalashtirilgan ishlarga eʼtibor qaratilgan.

Аrxeologiya merosi obyektlarini konservatsiyalash boʼyicha mustaqillik yillarida bir necha ishlar qilingan boʼlib, ular turli yillarda amalga oshirilganligi va turli xil uslublarda amalga oshirilganligi koʼrib chiqiladi. Аfrosiyob devorlari, Fayoztepa, Oqsaroy, Samarqanddagi qadimiy hammom, Shahrisabz hammomi, Mingoʼrik va Аxsikent kabi arxeologiya merosi obyektlarining konservatsiya qilinishi hamda uslublari tahlil qilingan.

#tadqiqot #madaniy meros #arxeologiya merosi obyekti #konservatsiya #soʼrov #arxeologiya turizmi #muhofaza qilish

181 Dec 16, 2022 8:43:31 PM
Annotatsiya

Ushbu maqolada o‘zbek romanchilik maktabining asoschisi, mohir publitsist, 300 ga yaqin felyetonlar muallifi Abdulla Qodiriyning teatr xususidagi qarashlari, ayrim dramalarga munosabati va bu sohadagi izlanishlari yoritilgan. Shuningdek, hozirda mavjud bo‘lgan Qodiriy maqolalari va feletonlarida teatr san’ati istiqboli, uning shaxs filogenezidagi o‘rni, jamiyatdagi mavqei to‘g‘risida qimmatli  ilmiy- nazariy qarashlari bayon etilgan.

#obraz #jadid #maqola #dramatik tur #pyesa #feleton #teatr

244 Dec 16, 2022 9:17:53 PM
Annotatsiya

Ushbu maqolada Yadro tibbiyoti fani amaliy mashg‘ulotlarni innovatsion ta’lim texnologiyalari yordamida olib borish haqida ma’lumot berilgan. Ta’lim metodining maqsadi yoritilgan. Shu bilan birgalikda mavzuni muammoli vaziyatlarga asoslangan interfaol usullar bilan yoritishga oid masalalar tahlil qilingan.

#An’anaviy ta’lim #muammoli ta’lim texnologiyalari #muammoli vaziyat metodi #yadro tibbiyoti

208 Dec 16, 2022 9:28:20 PM
Annotatsiya

Maqolada bolalar ertak matnlarini kognitiv tilshunoslik nuqtayi nazaridan tahlil etish,ularning  tabiati va dunyoqarashiga mos  matn semantikasi va lingvokognitiv xususiyatlarni ochib berishi misollar orqali tahlil etildi. Ertaklarning majoziy, sehrli va hayvonlar haqidagi ertaklarga ajratilishining o‘zi ham kognitiv axborotning qay tarzda bolaga berilishi, ma’lumot uzatish qanday rejalashtirilganidan dalolat berishi, adabiy ertaklarda muayyan kognitiv dastur mavjud bo‘lib, ertakdan olinadigan xulosa, g‘oya makropropozitsiyani hosil qilishi, ertaklarning kognitiv dasturi insonlarning fikrlash doirasiga qarab belgilanishi misollarda tahlilga tortildi.

#konsept #kognitiv tilshunoslik #fikrlash qobiliyati

269 Dec 16, 2022 9:32:27 PM
Annotatsiya

Mazkur maqola Sharq mumtoz adabiyotida keng tarqalgan Yusuf obrazi, xususan, Qo‘qon adabiy muhitining asoschisi shoh va shoir Umarxon Amiriy ijodida ushbu obrazningbadiiy talqinlari tahlillar asosida yoritilgan. Tadqiqotda  psixologik, sistem-struktur, qiyosiy-tipologik metodlardan foydalanilgan. Buning natijasida shoir  haqidagi fikrlarning umumlanishiga, to‘ldirilishiga erishildi. Amiriyning so‘z qo‘llash mahorati betakror bo‘lib, ko‘plab tadqiqotlar uchun asos bo‘ladi.

#Tasavvuf #obraz #qissa #an’ana #Yusuf #oshiq #ma’shuqa #Amiriy #Qur’on #Ya’qub #Zulayho

197 Dec 16, 2022 9:47:39 PM
Annotatsiya

Mazkur maqolada tilda mavjud boʻlgan til birliklarini muhokama qilishda ingliz va o‘zbek tillardagi manbalarga tayanib tahlil qilingan. Inson tabiatiga va xarakteriga oid iboralar va ularning xususiyatlari semantik, grammatik, etimologik va stilistik jihatlardan frazeosemantik maydon doirasida ko‘rib chiqilgan. Maqolaning xulosa qismida frezeologik birliklarning qo‘llanilish va o‘rganilish doirasi milliy qadriyatlar hamda xalq tajribasi sifatida o‘rganilishi yoritilgan.

#frazeologizm #inson tabiati #frazeosemantika

169 Dec 16, 2022 9:50:21 PM
Annotatsiya

Maqolada yoshlarning huquqiy bilimlari ongi va madaniyatini  yuksaltirish ularning ijtimoiy hayotda bo‘layotgan o‘zgarishlarga faol munosabatda bo‘lishiga, shaxsiy fikrlarini bildirgan holda, jamiyat taraqqiyotiga o‘z hissalarini qo‘shishiga, o‘sib kelayotgan yosh avlodning huquqiy madaniyatni yuksaltirish, o‘z navbatida, davlat va jamiyat hayotini isloh qilish, amaldagi qonun hujjatlarini tanqidiy tahlildan o‘tkazish, davr talablaridan kelib chiqib, amaldagi qonunlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritish, eskirgan va taraqqiyotga to‘siq bo‘layotgan meyorlarni bekor qilish bilan bevosita bog‘liq ekanligi misollarda tahlil etildi.

#Davlat #yoshlar #jamiyat #qonun #siyosiy ong #huquqiy ong

223 Dec 16, 2022 10:00:27 PM
Annotatsiya

Maqolada buyuk nemis yozuvchisi Erix Mariya Remarkning “Uch og‘ayni” romanida uslubiy xususiyatlar, tasviriy ifoda va vositalardan foydalanish mahorati tadqiq etilgan. Asarda aks etgan mavzular ko‘lami, qahramonlar dunyosi keng yoritib berilgan. Yozuvchining qahramonlar ichki dunyosini yoritishdagi mahorati o‘rganilgan. Romanning XX asr o‘zbek prozasi taraqqiyotidagi ahamiyati ko‘rsatib berilgan. Asardagi urushni qoralash g‘oyasi qahramonlarning og‘ir va fojeali taqdiri, ruhiy kechinmalari tasviri orqali ko‘rsatib berilganligi dalillangan.

#uslub #falsafa #tasvir #g‘oya #roman #mahorat #mavzu ko‘lami #qahramon va personajlar

211 Dec 16, 2022 10:03:26 PM
Annotatsiya

Ushbu maqola sabr konseptining lingvomadaniy, lisoniy tadqiqiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda lingvo kognitiv yo‘nalish umuman kognitiv lingvistikada “mental leksika” tushunchasining ahamiyati, konsept va uning mohiyati, “Sabr” tushunchasining falsafiy, diniy hamda lingvofalsafa va lingvokulurologiya nuqtayi-nazaridan ham murakkab va ko‘p qirrali tushunchalardan biri ekanligi haqida mulohazalar bayon etilgan. Bundan tashqari, maqolada zamonaviy jamiyatda “Sabr” va “Bag‘rikenglik” kabi bir-biriga chambarchas bog‘liq bo‘lgan tushunchalarga o‘ziga xos yondoshuv bilan yondashilishi har bir inson va xalq uchun muhim ahamiyatga ega ekanligiga alohida to‘talib o‘tilgan. Bu ikki tushuncha bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lishiga qaramay, ayni paytda ular o‘zaro farq qilishi,  o‘zbek tilidagi “sabr” konseptining faollashuvi, uning istilohiy ma’nosi va frazeologiyada aks etgan jihatlari yoritilgan.

#lingvomadaniyat #lingvokognitiv #“Sabr” konsepti #lingvofalsafa

396 Dec 16, 2022 10:05:50 PM
Annotatsiya

Munozara janri jahon so‘z san’ati tarixining eng qadimiy janrlaridan biridir. Xoja Ahmad Yassaviy o‘zining “Behisht” va “Do‘zax” asari orqali o‘zbek mumtoz adabiyotida birinchi bo‘lib mustaqil asar ko‘rinishidagi munozara janriga asos soldi. U turkiy xalqlarni irshod qilish vazifasida munozara janridan ham samarali foydalandi. Munozarada tashxis, talmih, intoq singari she’riy san’atlar vositasida kibr, manmanlik, zulm, axloqsizlik, munofiqlik qattiq qoralanadi, sabr-toqat, kechirimli bo‘lish, poklik, oriflik singari fazilatlar ulug‘lanadi. Asar qadimgi turkiy she’riyat an’analari asosida bitilgan. Xoja Ahmad Yassaviyning munozarasida qadimgi turkiy she’riyat an’analari ushbu asarning shakli va xalqona uslubida yorqin namoyon bo‘lgan. 

#tashxis #Ahmad Yassaviy #Devoni hikmat #munozara janri #talmih #she’r shakli

182 Dec 21, 2022 7:29:23 PM
Annotatsiya

Ushbu maqola bank ishining dastlabki faoliyati, kapitalizmning yuzaga kelishi bilan banklar ahamiyatining ortib borishi, banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonunlar va O‘zbekistonda birinchi bank, O‘zbekiston tijorat banklar uyushmasi tashkil topishi hamda O‘zbekiston chet el bank va xalqaro moliya muassasalari kapitali ishtirokida qo‘shma bank faoliyatlari haqida ma’lumotlar berilgan

#kredit #bank #pul #kapital #valyuta

FarDU Ilmiy Xabarlari, 2022-5