Maqolalar : Kambarov Nasibillo Shukirilloyevich

45-48 298 Dec 5, 2022 8:25:25 PM
Annotatsiya

Maqolada Fargʻona vodiysida arxeologik tadqiqotlar olib borgan olimlar va ularning vodiy tarixini davrlashtirish boʻyicha ilgari surgan takliflari berilgan. Shuningdek, olib borilgan arxeologik tadqiqotlar xulosalariga tayangan holda “Jaliltepa” yodgorligi atroflaridan topilgan turli sopol idishlar qiyosiy tahlil qilindi va yodgorlining davriga aniqlik kiritildi.
Ushbu tadqiqotga koʻra “Jaliltepa” yodgoriligining davri miloddan avvalgi II – VII asrlar qilib belgilandi.

#Fargʻona vodiysining arxeologik davrlashtilishi #dehqonchilik madaniyati #Fargʻona I #Fargʻona II #Fargʻona III #Chust madaniyati #eylaton-oqtom madaniyati #Kugay-qorabuloq madaniyati. Jaliltepa yodgorligi #sopol idishlar

54-65 266 Dec 5, 2022 8:33:10 PM
Annotatsiya

Xonobod togʻ yonbagʻridagi Xonobod-1 yodgorligida qadim madaniyatlarga oid topilmalarni aniqlash boʻyicha 2020-2022-yillarda arxeologik qidiruv va qazuv ishlari amalga oshirildi. 2020-yilgi tadqiqot asosan yodgorlikning dastlabki xususiyatini aniqlash maqsadida amalga oshrildi. 2021-yilgi qazuv tadqiqoti davomida M1 qabri toʻliq qazib ochildi va unga yaqin boʻlgan qabrlaning joylari belgilandi, shuningdek, qabrlarni aniqlashda “tanchan” metodikasidan foydalanildi. “Tanchan” yordamida aniqlangan qabrlarga shartli ravishda M3, M4, M5 nomlari berildi. Qazuv tadqiqoti davomida Eylaton madaniyati sohiblariga oʻxshash qabr qoʻrgʻonlar va sopollari mavjudligi kuzatildi.

#temir #Chust #Eylatan va Shoʻraboshot madaniyatlari #qadimiy mozor #manzilgoh #yorma qabr #kulolchilik buyumlari