Maqolalar : Masharipova Leninza Axmedjanovna
Til insoniyat ega boʻlishi mumkin boʻlgan eng muhim vositadir. Til orqali biz bir-birimizga fikrlarimizni bayon qilamiz va ma’lumotlarni yetkazamiz. Tilsiz, ushbu qurolsiz biz nafaqat oʻz qarashlarimizni ifodalay olmaymiz, balki rivojlanishimizga, unib-oʻsishimizga asos boʻluvchi elementlarni qura olishimiz ham imkonsiz. Shuning uchun til dunyo boʻylab har xil jamiyat va sivilizatsiyalar orqali rivojlanib kelmoqda, desak mubolag‘a boʻlmaydi. Tilni oʻrganishning oʻzi juda qiziqarli jarayon boʻlsa-da, tilni oʻrganishga alohida e’tibor berilishi kerak, chunki u alohida jamiyatlarga va tilning rivojlanish va evolyutsiya jarayoniga tegishli xossadir. Til jamiyatdagi madaniyat va uning dunyoni idrok etishdagi aksdir; u axborotni uzatar ekan, shu orqali ma’lum bir jamiyat bu ma’lumotni qanday qabul qilishini, qayta ishlashini, baholashini va yetkazishini koʻrsatadi. Muayyan tilning vaqt oʻtishi bilan rivojlanishi, undan foydalanadigan jamiyat yoki jamiyatlarning vaqt oʻtishi bilan qanday rivojlanishini koʻrsatadi, madaniy nuqtayi nazar, ijtimoiy tarkib va siyosiy sharoitlardagi oʻzgarishlar tilning xususiyatlariga chuqur ta’sir qiladi.
#Madaniyat #axborot #rivojlanish #millat #o‘xshashlik #jamiyat #baho #til #urf-odatlar
Oʻzbegimning goʻzal urf-odatlari oʻziga xos noodatiydir. Yildan yilga, avloddan avlodga oʻtib kelayotgan beqiyos urf-odatlarni, bir-biriga oʻxshamagan udumlarni sanab sanog‘iga yetolmaydi kishi. Koʻplab udumlarni qancha olqishlasak, qanchalik ular bilan faxrlansak shuncha oz. Ammo, shunday urf-odatlar va udumlar ham borki, ularni foydadan koʻra zarari koʻproqdek goʻyo. Soʻrovnomadagi bir necha oʻz fikrini bayon qilgan oʻzbeklar ushbu udumlardan voz kechish kerak degan takliflarni bildirishgan. Ayrim urf-odatlar bilan esa faxrlanishlarini, ularni juda yoqtirishlarini ayniqsa ta’kidlaganlar.
#Madaniyat #toʻy #kelin #millat #urf-odatlar #udumlar #bayram