Maqolalar : Maxmudov Mirmuxsin Uchqunbek o'g'li
Maqolada pomidor agrotsenozi misolida hasharotlarning “fitofag-xo‘jayin” munosabatlar tizimi yoritilgan. Bir nechta oilaga mansub hasharotlar o‘simlikning turli organlari bilan ochiq sharoitda sun’iy oziqlantirilganda, ularning ozuqani iste’mol qilish miqdori turlicha bo‘lishi aniqlangan.
Tadqiqotlar davomida buzoqboshi (G.gryllotalpa), simqurt (A.meticulosus) va kolorado qo‘ng‘izi (L.decemlineata) pomidor o‘simligi uchun mukammal ixtisoslashgan turlar ekanligi izohlab berilgan. Sun’iy oziqlantirilgan hasharotlar ichida shiralarning (M.euphorbiae) keskin avlod qoldirish xususiyati namoyon bo‘lgan.
Ixtisoslashmagan o‘simlik organi bilan parvarish qilingan hasharotlar nobud bo‘lib ketmaslik uchungina juda kam miqdorda oziqlanadi. Ularning yashovchanligi 2-3 kungacha davom etishi mumkin. Hasharotlar ichida M.euphorbiae, Th.tabaci, L.decemlineata va H.armigera turlari uchun pomidor maqbul o‘simlik hisoblanadi.
Eng muhim va jiddiy zarar yetkazuvchi dominant va subdominant hasharotlarning pomidor o‘simligiga ta’sir darajasi aniqlangan. Bunda o‘simliklarda bo‘ladigan turli o‘zgarishlar mezon sifatida belgilab olingan. Pomidor o‘simligiga hasharotlarning ta’sir kuchi darajasi yuqori bo‘lishi isbotlagan.
#evolyutsiya #“fitofag-xo‘jayin” #fitoadaptatsiya #ta’sir kuchi darajasi #doimiy