Maqolalar : Abdullayev Baxtiyor Manopovich

54-65 265 Dec 5, 2022 8:33:10 PM
Annotatsiya

Xonobod togʻ yonbagʻridagi Xonobod-1 yodgorligida qadim madaniyatlarga oid topilmalarni aniqlash boʻyicha 2020-2022-yillarda arxeologik qidiruv va qazuv ishlari amalga oshirildi. 2020-yilgi tadqiqot asosan yodgorlikning dastlabki xususiyatini aniqlash maqsadida amalga oshrildi. 2021-yilgi qazuv tadqiqoti davomida M1 qabri toʻliq qazib ochildi va unga yaqin boʻlgan qabrlaning joylari belgilandi, shuningdek, qabrlarni aniqlashda “tanchan” metodikasidan foydalanildi. “Tanchan” yordamida aniqlangan qabrlarga shartli ravishda M3, M4, M5 nomlari berildi. Qazuv tadqiqoti davomida Eylaton madaniyati sohiblariga oʻxshash qabr qoʻrgʻonlar va sopollari mavjudligi kuzatildi.

#temir #Chust #Eylatan va Shoʻraboshot madaniyatlari #qadimiy mozor #manzilgoh #yorma qabr #kulolchilik buyumlari