2022-1

Maqolalar

6-18 961 May 26, 2022 2:00:26 AM
Annotatsiya

Soha chegarasida buziladigan parabolik tenglama uchun chegaraviy masalalar bayon qilingan va o‘rganilgan. Masala yechimining  mavjudligi, yagonaligi va turg‘unligi isbotlangan.Masala yechimining yagonali energiya integrallar usuli bilan isbotlangan. O‘zgaruvchilarni ajratish usuli orqali, oddiy differensial tenglama uchun spektral masala hosil qilingan. Bu spektral masala Grin funksiyasi yordamida simmetrik yadroli ikkinchi tur Fredgolm integral tenglamasiga ekvivalent keltirilgan. O‘rganilayotgan masalaning yechimi spektral masalaning xos funksiyalar sistemasiga nisbatan Furye qatorining yig‘indisi sifatida topilgan. Masala yechimining bahosi olingan, undan uning berilgan funksiyalarga doimiy bog‘liqligi isbotlangan.

#chegaraviy masala #Grin funksiyasi #parabolik tipdagi tenglama spektral usul

19-23 854 May 26, 2022 2:14:53 AM
Annotatsiya

Maqolada matematika darslarining  sifatini oshirish usullaridan biri bo`lgan o`quvchilarning yo`l qo`yadigan xatoliklari va ular ustida ishlashusullari yoritib  berilgan. Nazorat, mustaqil va uy vazifalarini bajarishda o`quvchilar tomonidan yo'l qo'yiladigan xatolarni tizimlashtirish va sinflarga ajratish maqsadida  matematika darslarida o`quvchilar yo`l qo`yadigan xatolarning  asosiy  turlari  aniqlandi.

#Matematika darsi #o`quvchilar yo`l qo`yadigan xatolar

24-31 860 May 26, 2022 2:36:53 AM
Annotatsiya

Mazkur maqolada almashinish darajasi (AD) 0.80-0.85 va polimerlanish darajasi (PD) 950-1050 bo‘lgan tozalangan natriy-karboksimetilsellyuloza (NaKMS) va rux nitrat (Zn(NO3)2) eritmalaridan kimyoviy usul yordamida, 80⁰С haroratda, tarkibida turli o‘lchamli, rux oksidi nanozarralari (ZnONZ) tutgan polimermetallokomplekslarsintez qilish sharoitlari aniqlangan. Tarkibida turli o‘lcham va shaklli barqaror ZnONZ tutgan Na-KMS namunalarining fizik-kimyoviy xossalari IK-Fure spektroskopiya, atom kuch mikroskopiya (AKM), rentgen difraktometrik analiz (XRD) usullari orqali aniqlandi.

#gidrogel #natriy-karboksimetilsellyuloza #nanozarralar #almashinish darajasi #polimerlanish darajasi #rux oksid

32-37 962 May 26, 2022 2:49:58 AM
Annotatsiya

Maqolada sabzavot-poliz zararkunanda hasharotlarining entomofaglari taksonomik jihatdan, entomologik uslublar asosida tahlil etilgan. Tadqiqotlar ushbu hududda dominantlik qiluvchi entomofaglarning 5 turkumiga mansub 17 oilaning 72 turi uchrashini ko‘rsatdi. Markaziy Farg‘ona entomofaunasida cho‘lga xos turlar va aborigen turlar ulushi ko‘p, biroq adventiv yoki alloxton turlar almashinuvi sekindir.

Sabzavot-poliz ekinlari hasharotlari tabiiy kushandalari Hemiptera turkumining 5 ta oilasiga mansub 8 tur, Hymenoptera – 6 oilaning 21 turi, Coleoptera – 2 oilaga mansub 27 tur, Neuroptera – 1 oilaning 4 turi va Diptera turkumining 4 oilaga mansub 12 turni tashkil etadi.

Sabzavot-poliz ekinlari zararkunandalarida aniqlangan tabiiy kushandalarning 19 turi uchrash darajasi yuqori, 22 turi tez-tez uchrovchi va qolgan 31 turi esa kam yoki tasodifan uchrovchi hasharotlardir. Entomofaglarning 6 turi monofag bo‘lib, 31 turi oligofag va 35 turi polifagdir. Ular xo‘jayin yoki o‘lja organizmi bilan  oziqlanishiga ko‘ra 41 turi yirtqich va 31 turi parazitlik qiladi.

#fauna #hasharot #sabzavot-poliz #agrotsenoz #entomofag

38-42 702 May 26, 2022 3:00:02 AM
Annotatsiya

Mazkur tadqiqotning maqsadi-quydagicha belgilanadi. O‘zbekistonda uchrovchi kurkunaklar- Merops avlodiga mansub turlarning (tillarang kurkunak-Merops apiaster va ko‘k kurkunak-Merops persicus) ozuqa tarkibini hamda oshqozon massalarini aniqlashdan iborat. Ozuqa tarkibi va uning mavsumiy o‘zgaruvchanligi qayd etilgan turlarning tabiatdagi va xo‘jalikdagi ahamiyatini baholash imkonini beradi. O‘rganilgan qushlarning oshqozon massalarini o‘zgaruvchan xususiyatga egaligi kuzgi migratsiyaga tayyorgarlik bosqichida amalga oshadigan giperfagiya va lipogenez hodisalari bilan tushuntiriladi

#Kurkunaklar avlodi #Merops apiaster #Merops persicus #ozuqa tarkibi #oshqozon #yog‘ #oshqozon massasi #lipogenez

43-46 1162 May 26, 2022 3:27:15 AM
Annotatsiya

Maqolada Farg‘ona vodiysi sharoitida oltinko‘z (Chrysopidae: Chrysoperla) entomofagining biologik xususiyatlarihaqidayangi ma’lumotlarkeltirilgan.

Tadqiqotlar 2020-2021 yillar davomida Farg‘ona viloyati sharoitida o‘tkazilgan. Oltinko‘z lichinkalari va imagolari tabiatda hamda biolaboratoriya sharoitida kuzatilgan. Hasharotlar va ularning entomofaglarini yig‘ish hamda kolleksiyalar tayyorlashda umumiy qabul qilingan entomologik uslublardan foydalanilgan. Hasharotlar biologiyasi va ekologik xususiyatlariga doir ma’lumotlar boshqa mualliflar ishlariga qiyosiy tahlil etib borilgan.

Yig‘ilgan materiallar asosida Farg‘ona vodiysi sharoitida uchrovchi oddiy oltinko‘zning morfometrik belgilari, ularinng rangi va o‘lchamlari, hayotiy sikli bayon etilgan. Oltinko‘z entomofagini laboratoriya sharoitida sun’iy parvarishlash hamda undan unumli foydalanish bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan.

#imago #entomofag #oltinko‘z #biolabaratoriya #sitotroga #zararlangan arpa #tabiiy usul

60-64 649 May 26, 2022 8:57:34 AM
Annotatsiya

В данной работе предложен метод эффективного синтеза N, Nʹ-гексаметилен-бис - [(2,4,6-трибромфенокси) -карбамата], изучены его химические свойства и определена его биостимулирующая активность. В опытах использовались сорта «Узбекистан-740», томаты сорта «Темп» и средневолокнистый хлопок сорта «С-6524». Препараты растворяли в ДМФА и применяли методом предпосевной замочки семян в течение 18-20 часов. Были использованы концентрации 0,1%; 0,01% и 0,001%. Повторность опытов 4-х кратная. Учеты проводили по измерению длины стебля и корня у 10-дневных проростков хлопчатника. Было отмечено, что все препараты имеют тенденцию стимулировать рост корневой системы молодых проростков, как овощных культур, так и хлопчатника.

#2 #гексаметилендиизоцианат #триэтиламин #4 #ДМФА #карбамат #6-трибромфенол #томаты сорта «Темп» #хлопок сорта «С-6524»

65-69 706 May 26, 2022 9:07:46 AM
Annotatsiya

Методом нейтронно-активационного анализа исследованы различные органы Punica granatum сорта “Каюм” произрастающий в Узбекистане: корни, семена, листья, стебли,а также кожура стеблей и плодов. В различных органах растения обнаружено 32 макро- и микроэлементов. Макроэлементы (К, Са и Na) составляли 86,45-96,73% от общего элементного состава, микроэлементы (Mn, Fe, Ba, Sr, Rb, Ni, Br, Zn) 4,27-13,55%. Кожура граната содержит наибольшее количество макроэлементов, а листья содержат наименьшее количество макроэлементов. Общее количество макро- и микроэлементов варьирует от 240,7236 мкг/г до 1427,138 мкг/г. В образцах были обнаружены макроэлементы калия, кальция и натрия. Содержание калия во всех органах растения максимальное, колеблется от 183 мкг/г до 1220 мкг/г. В растении обнаружен 31 микроэлемент. Общее количество микрэлементов варьирует от 29,243 мкг/г до 55,2048 мкг/кг. Максимальное количество микроэлементов содержится в семенах граната. Среди основных микроэлементов Mn, Fe, Ba, Sr, Rb, Ni, Br, Zn в различных органах растения максимальное количество имеет железо13,2 мкг/г,а минимальное количество цинк 0,6 мкг/г. Среди токсичных элементов обнаружен  только мышьяк.

#макро- и микроэлементы #калий #кальций #нейтронно-активационный анализ #Punica granatum #натрий

70-74 631 May 26, 2022 10:22:30 AM
Annotatsiya

In this work, a method for the efficient synthesis of N, Nʹ-hexamethylene-bis - [(2,4,6-tribromophenoxy) -carbamate] is proposed, its chemical properties are studied, and its biostimulating activity is determined. In the experiments, varieties "Uzbekistan-740", tomatoes of the "Temp" variety and medium-staple cotton of the "C-6524" variety were used. The preparations were dissolved in DMF and used by pre-sowing seed soaking for 18-20 hours. Concentrations of 0.1% were used; 0.01% and 0.001%. The repetition of experiments is 4-fold. The counts were carried out by measuring the length of the stem and root of 10-day-old cotton seedlings. It was noted that all preparations tend to stimulate the growth of the root system of young seedlings, both vegetable crops and cotton.

#corn #starch #chemical composition #Biodegradable tableware #bran #polyacid #scientific and economic review

75-77 720 May 26, 2022 10:29:18 AM
Annotatsiya

This article is about the chemical composition of the fruit of the plant Berberis oblonga Schneid , found in the foothills, hills and gardens of the Republic of Uzbekistan, and on this basis to obtain a new medicinal biologically active supplement. First, the fruit was extracted at low temperature with a solution of water-ethanol (70-30) using a vacuum extractor type TN-300. The fact that the medicinal plant is rich in biologically active substances is especially important because it retains a lot of bioflavonoids and organogenic elements. It has immunostimulatory properties because it stores vitamins, micro-and macro-biogenic elements necessary for the human immune system. Due to the fact that the plant contains substances such as vitamin C, which have antioxidant activity, it is possible to obtain natural healing food supplements that have a high antioxidant effect.

#alkaloid #immunostimulant #metabolite #vitamin C #extractor #flavonoid #extractant #vacuum #hematopoiesis #berberine #macrophage

78-81 742 May 26, 2022 10:39:19 AM
Annotatsiya

Maqolada uzum bargi ekstraktini kolonkali xromatografiya usulida fraksiyalarga ajratib, etilatsetat yordamida olingan fraksiya tarkibidagi flavonoidlarning sifat va miqdor tarkibi to`g`risida analiz natijalari keltirilgan. Tajriba agilent-1200 rusumli YSSX Agilent Eclipse XDB-C18 5mkm,4,6x150mm li kolonkada olib borilgan. Elyuirlash izokratik rejimda amalga oshirildi. Xarakatchan faza sifatida 0,1% li triftorsirka kislota va atsetonitrilning 70:30 nisbatdagi aralashmasidan foydalanildi. Quyidagi flavonoidlar rutin, apigenin,kversetin, lyuteolin mavjudligi isbotlandi.

#flavonoid #ekstraksiya #uzum #ekstrakt #kolonkali xromatografiya #fraksiya #sifat analiz #miqdor analiz

82-85 771 May 26, 2022 10:48:22 AM
Annotatsiya

The article provides information about the chemical composition and healing properties of watermelon fruit. The norms of daily consumption of watermelon fruit and how much of it can replenish the necessary substances for the body are given. It is also possible to use not only the inside of the watermelon for consumption, but also the peel part and seeds of the watermelon. Watermelon has more vitamins, dietary fiber, alkaloids and macro-and micronutrients than the inside of the peel and seeds. This article provides information on the use of watermelon waste in folk medicine in the treatment and prevention of diseases.

#protein #water #potassium #silicon #Iron #magnesium #watermelon #total lipid #dietaryfiber

86-89 533 May 26, 2022 12:56:59 PM
Annotatsiya

The chemical composition of representatives of the plant Artemisia annua L. in different geographical regions, in particular the amount of artemisinin, was studied. However, the chemical composition of its representatives growing in Uzbekistan has not been studied. The aim of this study was to isolate and quantify artemisinin from the plant Artemisia annua L. in Uzbekistan, especially in the Ferghana Valley.The extraction of artemisinin from the plant Artemisia annua L. in organic solvents, thin layer and column chromatography, IR, and mass spectrometry were used to determine the physicochemical parameters, chemical composition, and structure of the isolated substance.Isolation of artemisinin from the plant Artemisia annua L., growing in the Ferghana Valley, was achieved by 1.2-1.5% by replacing organic solvents. The extraction process with petroleum ether was carried out at different times. It was found that the yield did not change significantly when the extraction time exceeded 2 days. When analyzing the IR and mass spectra of the obtained substance, it was noticed that the data corresponds to the structure of artemisinin.For the first time, the biologically active substance artemisinin was isolated from the plant Artemisia annua L. growing in the Ferghana Valley in Uzbekistan. Extraction and purification methods have been improved, and the overall yield has been increased to 1.5%.

#extraction #IR spectrum #COVID-19 #SARS-2-CoV-2 #coronaviruses #phytopreparations #Annual wormwood #Artemisia annua L. #artemizinin

90-95 554 May 26, 2022 1:30:09 PM
Annotatsiya

Maqоlada yerqalampiri o’simligining botanik tavsifi,  tarkibida uchrovchi minerallar, organik birikmalarning ozuqaviy ahamiyati, хamda O’RVI (O’tkir respirato’r virusli infeksiya) va gripp kasalligini davоlashdagi ishlatiladigan sintetik dori vositalari tarkibididagi biologik faollikka ega bo’lgan kimyoviy birikmalarning tuzulishi, insоn salоmatligiga qo’shimcha ta’siri, yerqalampirning zamonaviy tibbiyot va хalq tabоbatida ishlatilishi to’g’risida ayrim ma’lumоtlar keltirilgan.

#Yerqalampir #piridоksin #askоrbin kislоta #lizosim #shamоllash #gripp #yog’ kislоtalar #fenilefrin gidrоxlоrid #rinоvirus #adenоvirus

96-100 1043 May 26, 2022 1:53:12 PM
Annotatsiya

Maqolada atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi yer maydonlari salohiyatidan ilm-fan va yangi texnologiyalar yordamida samarali foydalanishga va ekologik toza hamda kam suv ekinlar va mevali daraxtlardan faol foydalanish dolzarbligi maqsad qilindi,  qishloq va suv xo‘jaligi iqtisodiyotni harakatlantiruvchi drayverlardan biri sifatida e’tirof etilishi, ikkinchidan agrosanoat paxta-to‘qimachilik sohasidagi klasterlash tizimini moddiy-texnikaviy bazasini mustahkamlashga hissa qo‘shishi, uchinchidan aholini “temir”, “ayollar”, “yoshlar” daftarlarida turganlarning asosiy ko‘pchilik qismini ish bilan ta’minlashi, agrar sohada klaster korxonasida mehnat qilish va ishlashga o‘rgatilishi to‘g‘risida so‘z boradi.

#qishloq xo‘jaligi #klaster #paxta-to‘qimachilik #agrosanoat #harakatlantiruvchi drayver #“temir” #“ayollar” #“yoshlar” daftarlari #yer maydonlari

295-301 806 May 26, 2022 2:06:28 PM
Annotatsiya

Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tilshunosligida maishiy leksika idish-tovoq va oshxona anjomlari tematik guruhining o‘rganilishi tarixi yoritilib, ushbu turkumdagi leksemalarning aniq yo‘nalishlarda tadqiq etilayotganligi misollarda izohlangan. Tilshunoslikda leksik birliklarni har tomonlama tadqiq etish, ularni til sistemligi va alohida leksik-semantik guruhlarni tashkil etuvchi so‘zlar orasidagi ichki munosabatlarni chuqur o‘rganish muhim ahamiyat kasb etishi,   tilshunosligida maishiy leksikani tashkil etuvchi til birliklarining etimologiyasi, yasalishi, sinxron va diaxron holati, struktur-semantik, lingvomadaniy va lingvokognitiv tadqiqi aniq  tillar misolida  o‘rganilib, qator ilmiy natijalarga erishilganligi, bu sohada shug‘ullanuvchi o‘zbek va ingliz tilshunoslarining ilmiy ishlari tahlili,  ularning har xil nuqtai nazarlarini o‘rganish haqida fikr boradi.

Ilmiy tadqiqotda tahlilga tortilgan har bir leksik birlikning til tarixiy manbalarida uchrashi, ma’nolari, shuningdek bu nomning obyektdagi turkiy tillar shevalaridagi variantlari, sohalarga xos nomlarning ishtirokida hosil bo‘lgan frazeologik iboralar, onomastik holatlarga ham e’tibor qaratilgan. Nomlarning etimologiyasi, ularning atalish usullari, fonetik, leksik-semantik va grammatik xususiyatlarn hamda ular orasida morfologik va sintaktik nuqtai nazardan yasalgan so‘zlar, so‘z birliklari ham ishda atroflicha yoritilgan

#ingliz tili #leksika #til #o‘zbek tili #maishiy leksika #tematik guruh #idish nomlari

151-154 459 May 26, 2022 2:07:38 PM
Annotatsiya

Maqolada istiqlol yillari Oʼzbekistonda, xususan, Fargʼona vodiysida suvdan foydalanishni yaxshilashda suv tejovchi sugʼorish texnologiyalarini joriy etishning afzallik jihatlari, xususan tomchilatib sugʼorishning boshqa sugʼorish usullariga nisbatan ustunliklarga egaligi birlamchi manbalardagi maʼlumotlar va ilmiy adabiyotlar yordamida tahlil qilingan.

Shuningdek, suv xoʼjaligi vazirligi tamonidan suv resurslari sohasidagi hukumat siyosatini ishlab chiqilishi, suv resurslari sohasiga doir yangi texnologiyalarni joriy etish va rivojlantirishning ustuvor vazifalari tahlil qilingan. Barcha sohalarda suvni isteʼmol qilishda uni tejash va suv resurslari sifatini yaxshilashda havzali tashkilotlar uchun siyosat va chora-tadbirlarni ishlab chiqishga qaratilgan xoʼjalik ichida suvdan foydalanishni yaxshilash uchun samarali tadqiqot boʼlimlarini tashkil etishning ahamiyatli jihatlari Norin-Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi misolida yoritilgan.

#Fargʼona vodiysi #suv resurslari #suv xoʼjaligi #sugʼorish texnologiyalari #qishloq xoʼjaligi #yomgʼirlatib sugʼorish

292-294 775 May 26, 2022 2:12:42 PM
Annotatsiya

Dunyoda bir-biriga o‘xshash chehralar, o‘xshash ko‘chalar, o‘xshash ohanglar talaygina.  Bu o‘xshashliklar adabiyot dunyosida ham kuzatiladi. O‘xshash nomlar, o‘xshash syujetlar va o‘xshash kechinmalar va hokazolar… Ammo ularning ifoda uslubi, o‘quvchida qoldiradigan taassurotlari o‘zgacha. Bugun o‘xshash mavzudagi o‘xshash kechimalar haqida so‘z yuritamiz. Ushbu maqolada bir mavzu va bir-biriga o‘xshash syujetdagi hikoyalarda tasvirlangan ona obrazi haqida fikr yuritiladi. Har ikki hikoyadagi ona obrazining o‘xshash va farqli jihtlariga e’tibor qaratiladi.

#ifodauslubi #epizodikobraz #onashaxsiyatinishakllantish

155-157 401 May 26, 2022 2:14:05 PM
Annotatsiya

Maqolada temuriy shahzoda Iskandar mirzoning madaniy hayotdagi ishtiroki va homiylik faoliyati masalasi tadqiq etilgan. Mahalliy va xorijiy   tadqiqotchilar tomonidan Iskandar mirzo faoliyatining o’rganilishi tadqiq etilib, ushbu masalani tadqiq etishga xizmat qiladigan yozma manbalar  tahlil qilingan. Shahzoda homiyligi ostida  Sheroz va Isfahon shaharlarida ilm-fan, adabiyot, san’atning taraqqiy etishi hamda madaniy muhitning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatgan omillar tarixiy manbalarga tayangan holda asoslangan. Temuriylar davri madaniy hayotning taraqqiy etishida Iskandar mirzo faoliyatining ahamiyati ko’rsatib berilgan. 

#Iskandar mirzo #Milkat Og‘o #“Uyg‘onish davri” #madaniy hayot #F.Keshavarz #“Kitab-i viladat-i Iskandar” #“The Miscellancy of Iskandar Sulton” #Muhammad al-Xalavi #astronomik jadval #Anna Caizzo #Ma’ruf Bag‘dodiy #“Iskandar Anonimi” #“Muntaxab ut-tavorixi Muiniy”

101-105 564 May 26, 2022 2:15:26 PM
Annotatsiya

Mazkur maqola xotin-qizlarni ijtimoiy himoya qilishning o’ziga xos xususiyatlari, muammoning mahalliy, milliy va hududiy jihatlariga alohida e’tibor qaratishning o’ta dolzarbligi, uni davlatimizning ustuvor siyosat darajasiga ko’tarilgani, xotin-qizlarni ijtimoiy himoya qilishning butunlay yangi, innovatsion modelini yaratish masalalariga bag’ishlangan.

#YangiO’zbekiston #Harakatlarstrategiyasi #fuqarolikjamiyati #innovatsionmodel #xotin-qizlarmasalasi

158-162 432 May 26, 2022 2:18:04 PM
Annotatsiya

Maqolada, Turkistonda 1917-1924-yillarda aholi mol-mulki musodarasi ya’ni rekvizitsiya va konfiskatsiya ishlarini noqonuniy amalga oshirilganligi, buning natijasida aholining mulkka nisbatan huquqlarini buzilishi, ularni turmush tarzini keskin oʻzgarishi, qashshoqlashuv, shu bilan birga ushbu sohaga oid qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlarni joylardagi ijrosi noqonuniy amalga oshirilganligi ochib beriladi. Turkistonda sovet hokimiyati tomonidan olib borilgan noqonuniy mol-mulk konfiskatsiyasi va rekvizitsiyasi, me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilanmagan mol-mulk musodarasi va bu jarayonda nazoratsizlik, oʻzboshimchalik yoritilgan. Bu fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlariga putur yetganligi, qolaversa, narx-navo (oziq-ovqat mahsulotlari) ning oʻsishiga sabab boʻlganligi koʻrsatilgan.

#mol-mulk #Turkiston #konfiskatsiya #rekvizitsiya #oʻziga toʻq aholi #me’yoriy-huquqiy hujjatlar #kuch ishlatar tuzilmalar

204-210 421 May 26, 2022 2:18:40 PM
Annotatsiya

So‘z o‘yinlari har bir tilda turlicha namoyon bo‘ladi. Ushbu maqolada o‘zbek milliy so‘z o‘yinlari haqida ma’lumot beriladi. Shuningdek, o‘zbek milliy so‘z o‘yinlarining turlari hamda o‘ziga xos xususiyatlari reklama matni misolida tahlil etiladi. So‘z o‘yinlarining til sathlarida namoyon bo‘lishi, uning “fonostilistik o‘yin”, “fonografik o‘yin”, “leksik-semantik o‘yin”, “morfologik o‘yin”, “sintaktik o‘yin” kabi turlari haqida to‘xtalish bilan birga, reklama matnini shakllantiruvchi asosiy stilistik figura sifatida so‘z o‘yinlari nutqning emotsional-ekspressiv jihatlarini namoyon etishi lisoniy dalillar bilan asoslab beriladi.

#reklama matni #askiya #reklama #o‘zbek milliy so‘z o‘yini #so‘z o‘yini #kalambur #latifa #payrov

288-291 427 May 26, 2022 2:18:51 PM
Annotatsiya

Mazkur maqolada mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ular uchun munosib mehnat va turmush sharoitini yaratib berish, qobiliyat va salohiyatini ro’yobga chiqarish, ijtimoiy-siyosiy mavqei va nufuzini ko’tarishning huquqiy jihatlari, ularni ijtimoiy himoya etishdagi qonunchilikning rivojlanishi kabi yo’nalishlar tahlil etilgan.

#fuqarolik jamiyati #demokratik davlat #ijtimoiy soha #Yangi O’zbekiston #jamiyat va davlat boshqaruvi #innovatsion g’oyalar #xotin-qizlar

173-176 456 May 26, 2022 2:23:06 PM
Annotatsiya

Maqolada shoir Xurshid Davronning XX asr 70-80-yillar lirikasida yurt ozodligi  va  inson erki haqidagi orzularning lirik ifodalanishi haqida so‘z yuritiladi. Vatan o‘tmishi, xalqimizning ulug‘ tarixi va uning xalqning porloq kelajagi, ijtimoiy-ma’naviy hayotdagi qarama-qarshiliklar, ozodlik yo‘lida qurbon bo‘lgan xalq qahramonlari, Vatan fidoiylari, shuningdek ogohlik va sergaklikka da’vat etish, ijtimoiy voqea-hodisalarga befarq bo‘lmaslik, buyuk ajdodlarimizga cheksiz hurmat va ehtirom bir necha she’riy misralarda o‘z aksini topgan. Shuning bilan birga maqolada  kelajak avlod uchun g‘amxo‘rlik haqida yozilgan she’riy misralarni ko‘rish mumkin.

#tarix #ijtimoiy hayot #Lirik ifoda #hayot voqeligi #el taqdiri #yurt ozodligi #estetik ta’sir

106-112 386 May 26, 2022 2:28:43 PM
Annotatsiya

Maqolada muallif O‘zbekistonda ma’naviy-mafkuraviy mexanizmlarni amaliyotga joriy etishda kompleks yondashuvning ahamiyatini o‘rgangan. Yoshlarni ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy-mafkuraviy jihatdan rivojlantirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar yoritilgan.

Tadqiqotda ob’ektivlik, tarixiylik, qiyosiy-tarixiy, tuzilmaviy, tuzilmaviy-funksional, tahlil va sintez, induksiya va deduksiya, hujjatlarni o‘rganish, ma’lumotni qayta ishlash, guruhlash kabi sotsiologik usullardan foydalanildi.

Yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va samarali amalga oshirishda kompleks yondashuvning ahamiyati quyidagilarda ko‘rinadi. Yoshlar bilan ishlashda turli “bo‘shliq”lar vujudga kelishining oldini oladi. Bunda jamiyat va davlatning o‘zaro hamkorligi ta’minlanadi, ya’ni davlat yoshlarga o‘z salohiyati va imkoniyatlaridan to‘la foydalanishi uchun tegishli shart-sharoitlarni yaratib berishi, yoshlar, o‘z navbatida, muayyan ijtimoiy vazifalarni bajarishi lozim.

Aннотация

#: yoshlar siyosati #ma’naviy-mafkuraviy mexanizm #kompleks yondashuv #jamiyat taraqqiyoti #ijtimoiy funksiyalar #kompleks tahlil #instrumental daraja

280-287 645 May 26, 2022 2:30:50 PM
Annotatsiya

In the article, the author analyzes the pedagogical and psychological characteristics, the factors of protecting students from the threat of harmful information in the educational process, the mechanisms of interaction between teachers and parents in the formation of information literacy of students. The article also examines the preventive and effective components of the system for protecting students from the threat of malicious information, the problem of forming a critical attitude to other people's information while protecting students from the threat of malicious information.

#internet #education #information #information security #information culture #media literacy #information literacy #harmful information

113-117 334 May 26, 2022 2:35:16 PM
Annotatsiya

Ozbekiston davlat mustaqilligiga erishgandan keyin respublika va uning xalqi manfaatlariga muvofiq keladigan mustaqil ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni otkazish imkoniyati tugildi. U xalqaro huquqning teng huquqli subyekti boldi. Bu esa jahon mehnat taqsimotida munosib orinni egallashga sharoit yaratdi. Maqolada O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng elektroenergetika sanoatini rivojlantirish borasida qabul qilingan qonun, qaror, farmonlar to’grisida ma’lumot berilgan. Elektroenergetika sanoatining huquqiy-meyoriy asoslari ochib berildi.

#qonun #sanoat #Farmon #energiya #Elektr #energetika tizimi #qaror

177-181 464 May 26, 2022 2:37:32 PM
Annotatsiya

The article gives a brief overview of the work of the poet Rauf Parfi and analyzes his sonnets and hokku. the attitude of the representatives of Uzbek and foreign literature to the works of Rauf Parfi was analyzed, and in the process of analysis the formal semantic features of the poems were revealed through the examples of sonnets and hokku. The title of the "trinity" in the works of the poet Rauf Parfi refers to a type of poem called hokku. in hokku the human mood is reflected through nature and nature. this article describes the concept of the sonnet and the poet’s thoughts on it. the sonnet, along with beautiful examples of metaphor, subtly expresses the wonderful waves of the poet's psyche. This article looks at the work of world literature, compares it with the work of Rauf Parfi, and explores the peculiarities and differences in his creative work.

#sonnet #xokku #Rauf Parfi #Feodor Dostoyevskiy #uchlik #Rahimjon Rahmat #tush

276-279 500 May 26, 2022 2:37:45 PM
Annotatsiya

 In this paper, we try to research on the question if it is easier to acquire a new language if the language leaner is multilingual rather than monolingual language leaner. The questionnaire and interview research methods are utilized in order to gain effective and relevant results. From the research data, it can be concluded that in addition to mental relaxation, most languages ​​are lexically and grammatically close to each other and have many similarities, so this factor can create many conveniences for language learners in learning a new language.

#Case study #language learning #Bilingualism #growing up #contemporary life #monolingual people #multilingual world

182-185 609 May 26, 2022 2:40:58 PM
Annotatsiya

Maqolada Muhammad Rizo Ogahiy tarixiy va lirik asarlarida falsafiy-ma’rifiy dunyoqarash ifodasidagi mushtarakliklar hamda shunga muvofiq tarzda istilohlar qoʻllanishidagi ifoda yakrangligi xususida soʻz yuritilgan.  Tadqiqotchi Ogahiyning “Ta’vizu-l-oshiqin” devoni va tarixiy asarlari debochalaridagi falsafiy-ma’rifiy dunyoqarash ifodalarida yaqinlik bilan muarrixning tarixiy asarlari muqaddimalaridagi falsafiy-ma’rifiy leksika mutanosibligiga ham e’tibor qaratgan.

#tarixiy asar #falsafiy-ma’rifiy leksika #lirik asar #muqaddima #istiloh

271-275 872 May 26, 2022 2:42:04 PM
Annotatsiya

Diskurs – matndan ko’ra kengroq tushuncha bo’lib, bir vaqtning o’zida ham tilga xos jarayondan, hamda shu jarayonning natijasi bo’lmish matndan iborat bo’ladi. Diskurs so’zi zamirida nutqning barcha kognitiv-kommunikativ funktsiyalarini tushunish yotadi. Bundan ko’rinib turibdiki diskurs ham jarayon, ham matndir. Matnning turg’un, tayyor mahsulot, diskursning esa kechayotgan nutqiy muloqot jarayoni sifatida talqin qilinishi ularning keskin farqlanishiga sabab bo’ladi. Lingvistik adabiyotlarda “diskurs” terminining qat’iy bir ma’nosi yo’q, u ifodalaydigan hodisalar diapazoni juda keng, ya’ni “matnning qismi” dan yaxlit “nutq”gacha bo’lgan hodisalarni ifodalash uchun ishlatiladi.

#diskurs #matn #kommunikatsiya #termin #diskursiv tahlil #muloqot jarayoni #monologik jumla #kognitiv tilshunoslik #prozaik strofa #murakkab sintaktik butunlik #matn komponenti

267-270 515 May 26, 2022 2:45:36 PM
Annotatsiya

Mazkur maqolada so‘roq gaplarning bir turi hisoblangan alternativ so‘roq gaplarning semantik-struktur belgilarini yoritish bilan birga, ularning mazmuniy va uslubiy jihatdan tasnifi asoslari ko‘rsatib o‘tilgan. Mazmuniy jihatdan alternativ so‘roq gaplar  turlicha bo‘lishi kuzatiladi. Qo‘yilayotgan so‘roqning mavzusi va mazmuniy xarakteriga ko‘ra alternativ so‘roq gaplarni quyidagi turlarga bo‘lib tasnif qilindi: oddiy (emotsional bo‘yoqqa ega bo‘lmagan) alternativ so‘roq gaplar, fikriy murakkablashgan (hissiy-ta’siriy, badiiy-estetik va stilistik bo‘yoqqa ega bo‘lgan) alternativ so‘roq gaplar, oddiy alternativ so‘roq gaplarda so‘zlovchining ichki his tuyg‘ulari ifoda etilmaydi va chuqurlashtirilmaydi. Ularni uslubiy jihatdan neytral shakllangan gaplar sifatida ham baholash mumkin. Alternativ so‘roqning  xarakterli jihati, so‘roq gaplarning boshqa turlaridan farqli o‘laroq, alternativ so‘roqqa “ha”, yoki “yo‘q”, deb javob berib bo‘lmaydi. Alternativ so‘roq gaplar tahlilida shunga alohida e’tibor qaratish  lozimki, ularda aniq kontekst yoki nutqiy vaziyatning aniqligi, kommunikativ shart-sharoit, nutq qatnashchilari miqdori kabilar tadqiqotchining diqqat markazida bo‘lishi zarur, chunki mazkur jihatlar alternativ so‘roq gaplarning shakllanishi, mazmuni, badiiy-estetik tomonlari va uslubiy jihatlariga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.

#grammatika #kontekst #lingvistika #alternativ so‘roq #semantik-struktur aspekt #punktuatsiya #prosodika #ritorika #emotsional-estetik

118-122 357 May 26, 2022 2:45:39 PM
Annotatsiya

Mustamlaka davrida Samarqand viloyati qishloq xo‘jaligi sohalari va mohiyati qaytadan isloh qilindi. Maqolada XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Rossiya imperiyasi tomonidan Samarqand viloyati qishloq xo‘jaligi sohasidagi islohotlar, dehqonchilik ekinlariga oid statistik ma’lumotlar va materiallar, ekin turlari va paxtachilik kengayishining qishloq xo‘jaligiga ta’sirlari aniqlandi. Shuningdek, hudud Zarafshon okrugi va keyinchalik Samarqand viloyati deb nomlangan tarixiy davrda ushbu sohada rus ma’muriyati tomonidan amalga oshirilgan o‘zgarish hamda yangiliklar ta’siri baholandi. Shu bilan birgalikda, viloyatdagi ekin maydonlari va hosil miqdoriga oid statistik ma’lumotlar ko‘rib chiqildi.

#irrigatsiya #paxta #sun’iy sug‘orish #lalmi yerlar #statistika

186-189 494 May 26, 2022 2:45:40 PM
Annotatsiya

The thoughts and ideas of Piri Turkestan, the leader and mentor of many Taliban and caliphs, have been continued by his followers for centuries. The spread of the Yassaviya sect in Central Asia, Crimea, Anatolia and surrounding countries was also due to the experience of the Taliban and the murids. Students from different countries came from Turkestan to study irshad. The Yassavi sect was spread by dervishes in the form of proverbs. Under the influence of Piri Turkestan's guidance, perfect sheikhs and sages were educated in a number of disciplines. The thoughts and imaginations of the great pir have been continued for centuries by the followers. Throughout their lives, these great people, relying on the rules of religion, served to call the people to enlightenment, the prosperity and well- being of society. The study of the followers, caliphs and followers of the Ahmad Yassavi sect is always a topical issue.
Indeed, the study of the activities of the followers of the Turkish Piri shows how great its influence on the development of Islamic culture and Turkish mystical literature.

#murid #murshid #pir #Ahmad Yassawi #“Devon ofwisdom” #Hakim ata #Zangi ata #Sayid ata #Sadr ata

262-266 472 May 26, 2022 2:49:13 PM
Annotatsiya

Maqolada oila muhitida bolalar nutqining shakllanishiga oid muammolar hamda ularning muloqotini o‘rganishga doir olimlarning izlanishlaridan namunalar bayon etilgan. Asosan, real hayotda uchrab turadigan voqea-hodisalar asnosida bolalar nutqidagi o‘ziga xosliklar, rivojlanishidagi jarayonlar, turli tashqi hamda ichki ta’sirlar to‘g‘risida ba’zi fikr-mulohazalar aytib o‘tilgan. Jumladan, Oilada bolaning nutqini o‘rganish, turli tajribalar o‘tkazish, uning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari bilan bog‘liq  muommolarni tahlil qilish uzoq davrdan buyon turli soha vakillarini qiziqtirib kelgan, lekin, shunga qaramay, bu yo‘nalish hozirgacha to‘liq o‘rganilmadi, tadqiq etilmadi.

#oila #muloqot #jamiyat #omil #yosh avlod #bolalar nutqi #ijtimoiy hayot #nutqiy muloqot #aqliy faoliyat

123-128 512 May 26, 2022 2:51:22 PM
Annotatsiya

Maqolada XIX asrda O’rta Osiyo davlatlari Buxoro amirligidagi harbiy sohadagi vaziyat, uning qurollanish usullari, harbiy-mamuriy boshqaruv tizimi va mohiyatiga to’xtalgan. Bu davrda O’rta Osiyo davlatlarining harbiy qurollanish va harbiy taktika sohasida rivojlangan dunyo mamlakatlaridan ortda qolib ketganligi arxiv ma’lumotlari va muhim manbalar asosida yoritib berilgan.

#Muntazam qo’shin #nomuntazam armiya #askariya #navkariya #to’pchiboshi #qoracherik #to’fang #ellikboshi #dahboshi #qorovulbegi

257-261 564 May 26, 2022 2:52:23 PM
Annotatsiya

The connotations of a particular language subject are strongly influenced by various cultural, environmental, social, religious, and political factors, as opposed to its denotations. Accordingly, any analysis of the connotations of linguistic elements provides insight to understand language-specific parameters and to identify nonlinguistic similarities and differences between languages. The study of the metaphorical use of ornithonyms can shed light on language-specific cultural models that refer to connotations of specific animal terms to define human characteristics. An analysis of the use of bird name metaphors usually leads to an important understanding of the dominant cultural model of a particular society. This article discusses these issues and analyzes the features of the use of ornithonyms in two languages ​​in terms of differences and similarities.

#analysis #language #lexeme #linguistics #comparison #semantics #pragmatics #ornithonyms

250-256 1924 May 26, 2022 2:55:38 PM
Annotatsiya

Maqolada an’anaviy lug‘at va elektron lug‘atdan foydalanishining ijobiy hamda salbiy tomonlari mavjudligi haqida so‘z boradi. Amaliy tilshunoslikda elektron lug‘atga bo‘lgan ehtiyoj dinamikasi o‘sib borar ekan. Ularda ma’lum konsepsiyalarni shakllantirishga talab kuchayadi. Bu, ayniqsa, chet tillarini o‘rganish jarayonida etolon tilda mavjud bo‘lgan so‘z shakllarining to‘g‘ri qo‘llanilishiga xizmat qiladi. Shuningdek,  maqolada lug‘atlarni alohida sohalarga ajratish, ularni elektron lug‘at shakliga keltirish jarayonlari aks ettirilgan.

#korpus #elektron #Kompyuter lingvistikasi #Elektron leksikografiya #denotatsiya #algoritim #lug‘at #analizator #kompyuter leksikografiyasi

190-194 475 May 26, 2022 2:57:39 PM
Annotatsiya

Maqola reklamaning mazmuniy mohiyati dominantasi bo‘lmish imperativlik, ya’ni undash, da’vat qilish, ishontirish ma’nosining o‘zbek tilida ifodalanish usullari, mexanizmlari va qonuniyatlarini ilmiy ochib berishdan iborat maqsadning bir qismi sifatida yuzaga kelgan. Mana shu maqsadda tavsiflash, tasniflash, assotsiativ, komponent va kontekstual tahlil, struktur-funktsional tahlil kabi metodlardan foydalanilgan. Natijada o‘zbek tili tabiatida inversiya xabar mazmunining uslubiy bo‘yoqdorligini oshirib, uni odatdagi vaziyatdan hissiy holatga olib chiqishda maqbul usullardan biri sanalishi va uning reklama matnlaridagi o‘rni haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, imperativlik, yaʼni undash, daʼvat qilish, ishontirish maʼnosining o‘zbek tilida ifodalanish usullari, mexanizmlari va qonuniyatlarini ochib berishda gapdagi so‘z tartibi masalasi batafsil yoritib berilgan. Maqola yakunija muallif tashviqiy-siyosiy va reklama matnlariga xos elliptik konstruksiyalar aynan o‘zining ixcham, tugallanmaganlik shaklida ekanligi bois to‘liq, tugallangan jumlalarga qaraganda shaxsning e’tiborini ko‘proq o‘ziga tortishi bilan xarakterlanadi. Kogeziya vositalari (elliptik sintaksis, sintaksik parallelizm, leksik-grammatik takrorlar) transaksiyani qayta tiklash orqali semantik lakunani ta’sirchanligini pasaytiradi. Ushbu vosita shaxsni o‘zga tilga oid lisoniy muhitga o‘tkazish illokutiv kuchiga ega bo‘lib, matn talqinida retsipientni ham “sherik qilish” effektiga erishish imkonini beradi, degan xulosaga keladi.

#reduplikatsiya #inversiya #reklama matni #reklama tili #imperativlik

129-135 507 May 26, 2022 2:57:59 PM
Annotatsiya

Maqolada davlat, boshqaruv va rahbarlik tushunchalarining mazmun-mohiyatini ochib berish, bularga oid tarixiy-ilmiy qarashlarni ochib berish hamda zamonaviy yondashuvlarni yoritib berish maqsad qilingan. Ushbu maqsad yo‘lida davlat, boshqaruv va rahbarlik tushunchalarining jamiyatni muvofiqlashtirish, tashkil etish, nazorat qilish, tartibga solish, ijtimoiy muhitni saqlash va rivojlantirishdagi o‘rni yoritib berilgangan. Shuningdek, bu boradagi qarashlarning insoniyatning davlatchilik tarixi davomida rivojlanib kelishi, davlat boshqaruvining tuzilishi, shakllari, rahbar shaxsi va uning boshqaruv uslublari, yondashuv xususiyatlari, ularning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi ahamiyati bayon qilingan. Ushbu maqolada o‘zaro qiyoslash, tizimlilik, tarixiylik, fanlararo va xolislik tamoyillaridan foydalanilgan.

#rahbar #boshqaruv #Davlat #demokratiya #urf-odat #respublika #monarxiya #nodemokratiya #parlament #prezident #fuqaro

195-197 676 May 26, 2022 3:00:56 PM
Annotatsiya

Maqolada o‘xshatish munosabatini ifodalovchi lisoniy vositalar va ularning bir butun tizimni tashkil etishi, bu jarayonda til va nutqning turli birlik va ifoda vositalari ishtirok etib fikrning obrazliligini, ta’sirchanligini, fikrni tez va oson yetkazilishida muhim o‘rin tutishi haqida fikr yuritilgan. Tilda o‘xshatish munosabatini ifodalovchi lisoniy vositalar doirasi bir muncha keng bo‘lib, ushbu maqolada taqqoslash usuli orqali fikrlar bayon etilgan.
O‘xshatishning shakliy ko‘rsatkichlari o‘xshatish qurilmasida yangi so‘z hosil qilish, qo‘shimcha ma’noni berish, gap bo‘lagi vazifasini bajarish uchun xizmat qiladi. Bu jarayonda til va nutqning turli birlik va ifoda vositalari ishtirok etib fikrning obrazliligini, ta’sirchanligini, fikrni tez va oson yetkazilishida muhim o‘rin tutadi.

#morfologik #leksik #O‘xshatishlar #sintaktik vositalar #subyekt #asos #etalon

146-150 506 May 26, 2022 3:07:37 PM
Annotatsiya

Maqolada Turkiston Muxtoriyati bosh vazirining o‘rinbosari, huquqshunos, siyosiy jurnalist Islom Shohsultonovich Shoahmedov (1186-1922) hayoti va faoliyatiga oid ma’lumotlar manbalar asosida yoritilgan.

Bundan tashqari, siyosiy arbobning jadidlar siyosiy yetakchisi hamda “Musulmon gazetasi”ning tashkil etilishi va yirik noshir sifatidagi faoliyatining yangi qirralari, qolaversa, siyosiy muxbir sifatidagi tariximizda uchramaydigan faoliyati hamda qarashlari mahalliy va chet el olimlari asarlari hamda davriy nashrlari asosida yoritilgan.

Islom Shohsultonovich Shoahmedov hayoti va faoliyati mahalliy, xorij olimlarining doimiy e’tiborida bo‘ldi. Ularning ilmiy tadqiqotlarida Islom Shoahmedovning jadid ma’rifatparvar sifatidagi faoliyati, uning noshirlik faoliyati va Turkiston Muxtoriyati bosh vazirining o‘rinbosari sifatidagi faoliyatiga keng e'tibor qaratildi. Lekin Sovet Ittifoqi olimlarining ayrim tadqiqotlarida Turkiston Muxtoriyati va jadidlar faoliyatiga burjua-millatchi sifatida qaraldi.

#g‘oya #Muxtoriyat #jadidlar #“Sho‘roi Islomiya” #legitimlik #qurultoy #bolsheviklar

211-214 629 May 26, 2022 3:07:50 PM
Annotatsiya

Maqolada nutq hodisalaridan biri “argo”ning definitsiya masalasi mahalliy va  xorij tilshunoslarining  talqin va tahlillari asosida yoritib berilgan. Unda tilshunos-olimlarning bu so‘zning etimologiyasi, ya’ni qachon, qaysi tildan kirib kelganligi, unga bergan ta’riflari va uning talqinidagi tafovutlar, shuningdek,  bu termindan jamiyatning qaysi tabaqa vakillari (quyi, yuqori) yoki ijtimoiy guruhlari tomonidan foydalanishi misollar yordamida izohlangan.

Maqolaning tahlil va natija qismida, tilshunos-olimlarning talqin va tahlillari “argo”ni ikki (2) yo‘nalishga ajratish mumkin ekanligini, ya’ni: a) “argo” jamiyatning qo‘yi tabaqa vakillari nutqida ko‘zatilishi mumkin bo‘lgan til hodisasi va b) “argo” turli soha vakillari tomonidan foydalaniladigan “maxsus so‘z va iboralar” ekanligi ta’kidlangan

#nutq hodisasi #definitsiya masalasi #argo #maxsus ibora #lingvistik qatlam #lingvistik hodisa #kasbiy yoki ijtimoiy guruhlar #semantik munosabatlar #so‘z shakllanishi munosabatlari #yopiq leksik tizim #umumiy jargon #o‘g‘rilar jargoni #kriptologik maqsad

198-203 447 May 26, 2022 3:08:13 PM
Annotatsiya

Mazkur maqolada so‘z yasalishining kognitiv aspekti masalalari haqida so‘z boradi. Tadqiqot maqsadi tub, yasama hamda qo‘shma so‘zlarning kognitiv asosini aniqlashdan iborat. Tadqiqotda konseptual tahlil va kognitiv modellashtirish metodlari qo‘llanildi. Kognitiv model asosida yasalgan so‘zlar inson bilimining verballashuvi tarzida talqin qilinadi. Shuningdek ikkilamchi inerpretatsiya kognitiv faoliyat sifatida ko‘rilib, lingvistik ijodkorlikka asoslanadi va bilimlarni qayta ishlashda selektivlikni o‘z ichiga oladi.

#so‘z yasalishi #konsept #tub so‘z #yasama so‘z #qo‘shma so‘z #manba maydoni #maqsad maydoni

140-145 1316 May 26, 2022 3:11:00 PM
Annotatsiya

Mazkur maqolada Markaziy Osiyo tarixida muhim o'rin tutgan qadimgi Farg'ona (Davan, Day-yuan) davlatining samoviy tulporlari to'g'risida ma'lumotlar berilgan. Shuningdek, maqolada arxeolog olimlar A.N.Bernshtam va Yu.A.Zadneprovskiylar tomonidan o'rganilgan Aravon va Ayrimachtaudagi qoyatoshlarga chizilgan samoviy otlarning suratlari, ularning tarixiy ahamiyati haqida fikrlar ham bildirilgan. Qadimgi Farg'ona davlatining boshkenti[9:55], [17] bo'lmish Mingtepa (Ershi) arxeologiya yodgorligi yaqinidan (Ulug'tog' etaklaridan) topilgan yangi qoyatosh suratlari, ularning tarix va arxeologiya fanlari uchun muhim ekanligi, qadimgi Farg'ona davlati tarixini ilmiy asoslashga xizmat qiluvchi noyob topilmalardan biri ekanligi bayon etilgan.

#Qadimgi Farg'ona (Davan #Day-yuan) davlati #“samoviy tulporlar” #Xan davlati #elchi Chjan Syan #Aravon va Ayrimachtau qoyatosh suratlari #Mingtepa (Ershi) shahri #Mingtepa yaqinidagi Ulug'tog' etagidan topilgan yangi samoviy otlar suratlari

136-139 551 May 26, 2022 3:14:02 PM
Annotatsiya

Maqolada O‘zbekiston va Belarusning 1991-2000 yillardagi savdo-iqtisodiy munosabatlari yoritilgan.O‘zbekiston mustaqillikning ilk yillaridan boshlab demokratik bozor iqtisodiyotiga o‘tish va iqtisodiy jihatdan rivojlanish maqsadida dunyo mamlakatlari hamda sobiq ittifoqdosh mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy munosabatlarni faol yo‘lga qo‘ydi. Sobiq ittifoqdosh davlatlardan Belarus Respublikasi bilan savdo-iqtisodiy munosabatlarni faol olib borishiga asosiy sabab sifatida ikki mamlakat o‘rtasidagi sanoat va ishlab chiqarish korxonalari bir-biri bilan bog‘liqlik jihatlari bor edi. 1991-2000 yillarda O‘zbekistondagi yirik sanoat va mashinasozlik korxonalari faoliyatini rivojlantirish va samaradorlik ko‘rsatkichini oshirish uchun ham aynan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va faollashtirish muhim ahamiyatga ega edi. 

#eksport #import #hamkorlik #saldo #iqtisodiy hamkorlik

215-219 435 May 26, 2022 3:14:52 PM
Annotatsiya

The paper aims at showing the importance of culture in teaching foreign languages and offers some strategies to be used while embedding culture in language classroom. In the article some attitudes towards involving culture in language classrooms by experts are discussed. Moreover, the problems associated with teaching culture are discussed and the reasons pose those problems are pointed out.  As language is developed within the culture, culture is also widely delivered by language, they are indispensible from each other which should be equally emphasized in teaching languages. In the article some techniques are suggested to be involved in language classrooms to achieve language proficiency and improve the student knowledge regarding the target culture.

#culture #Competence #proverbs #view #idioms #authentic materials #mnemonic devices #target culture #collocations

244-249 508 May 26, 2022 3:21:22 PM
Annotatsiya

Maqola mustaqillik davri neym neologizmlarining tavsifiy talqiniga bag‘ishlangan. Unda neymlarning shakllanishida manba til o‘zlashmalarining o‘rni hamda milliy nom tanlashning istiqbolli yo‘llari ergonimlar misolida o‘rganilgan. Tahlil jarayonida savdo maskani nomlariga alohida sistema sifatida yondashilgan. Neymlarning mohiyati, soha sifatida shakllanishining muhim jihatlari aniq misollar asosida yoritib berilgan. Dunyo amaliyotidagi nomlashning yangi modellari tilshunos, marketolog, psixolog va huquqshunos kabi soha vakillarining vazifasiga aylanayotgani izohlab o‘tilgan. Neym mavzusida ilmiy tadqiqot ishlari olib borgan tilshunoslarning fikrlari tahlil etilgan va o‘rni bilan munosabat bildirilgan. Neym neologizmlarning sohalar kesimida aks etish nisbati o‘rganilib, bu mezon tarmoqlarning innovatsiyalarni qabul qilish imkoniyatiga qarab belgilanishi e’tirof etilgan. Nomning leksikadan munosib o‘rin olishida unga qo‘yiladigan talablar aniqlashtirilgan. Yaratiladigan nom o‘zi nomlayotgan obekt yoki mahsulot haqida muhim axborotni yetkaza olishi, tilning fonetik, leksik, morfologik meyorlariga to‘la javob berishi dalillangan.

#leksika #ijtimoiy taraqqiyot #neym neologizm #ergonim #o‘zlashma so‘z

238-243 305 May 26, 2022 3:26:29 PM
Annotatsiya

Данная статься ставит перед собой цель определения концепции «дискурс информационных технологий» в современной лингвистике. Статья анализирует взаимоотношения языка как системы и средства коммуникации со сферой информационных технологий, их взаимного влияния. В статье проведены лингвопрагматические исследования подходов к изучению отдельных лингвистических феноменов, связанных со сферой информационных технологий, включая использование средств связи, компьютеров и сети Интернет. Дана дефиниция «дискурса ИТ» на основе как всех существующих исследований, имеющих отношение к данной области, так и личных выводов автора на основе различных исследовательских методов.

#дискурс #Интернет-общение #Компьютерно-опосредованное общение #Интернет-язык #компьютерный дискурс

224-228 423 May 26, 2022 3:26:56 PM
Annotatsiya

Mazkur maqolada so‘zni turli  kontekstda o‘qitish orqali o‘quvchining so‘z boyligini rivojlantiruvchi o‘quv topshiriqlari amaliy jihatdan tadqiq qilingan. Ushbu topshiriqlarni ona tili darsliklariga tatbiq etish tavsiya etilgan. O‘quvchi nutqining muhim ko‘rsatkichlaridan biri uning so‘z boyligidir. Maqolada 7 yoshdan15 yoshgachabo‘lgan bolalar o‘rtasida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilgan  va natijalari yozilgan. Natijalarga ko‘ra,  hozirgi kunda ona tili ta’limi bo‘yicha Davlat ta’lim standartiga ko‘ra uch omil: ijodiylik, mustaqil fikrlash, fikr mahsulini nutqiy vaziyatga mos ravishda og‘zaki va yozma shakllarda to‘g‘ri, ravon ifodalash ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishga erishish muhimligi isbotlangan.

#lug‘at boyligi #so‘z kuchi #til ta’limi #kontekstda o‘qitish #so‘z ma’nosini o‘zlashtirish.

233-237 418 May 26, 2022 3:29:30 PM
Annotatsiya

Ushbu  maqolada o‘zbek tilshunosligida fundamental ahamiyatga ega bo‘lgan frazeologik birliklar haqida, ularning semantik tuzilishi  tilning lug’at boyligini ko‘rsatuvchi muhim xususiyatlardan biri ekanligi haqida so‘z yuritiladi. Frazeologik birliklarni o‘rganishning metod va usullari juda ko‘p. Xususan, struktural-tipologik metod, variatsion metod, kontekstologik metod, komplikativ metod va boshqa shu kabi metodlar frazeologik birliklarni o‘rganishda juda muhimdir. Maqolada  barcha tillarda  barqaror so‘z birikmalari mavjud  bo‘lib, ulardan foydalanish orqali  nutqdagi fikr ma’nosi  anglashilishi borasida ham fikr-mulohazalar yuritiladi. Shuningdek, fors tilida qo‘llanuvchi ayrim frazeologizmlar va ularning o‘zbek tilidagi muqobillari haqida to‘xtalib o‘tiladi. 

#frazeologik birliklar #o‘zlashgan so‘zlar #tilning leksik boyligi #semantic o‘zgarishlar #til leksikologiyasi

229-232 433 May 26, 2022 3:31:55 PM
Annotatsiya

Qanotli soʻzlar milliy va dunyo madaniyatida alohida oʻringa ega boʻlib, ular sayqallangan shaklda mashhur faylasuf, olim, yozuvchi va davlat arboblarining fikrlaridir. Ular asrlar osha tildan-tilga oʻtib, nutqimizni bezab kelayotgan ma’nodor til birligi sanaladi. Quyidagi maqolada turli xarakter-xususiyat va holatlarni loʻnda ifodalashga xizmat qiladigan sermazmun va obrazli ifodalar, ya’ni qanotli soʻzlar va ularning sitatalardan farqi borasida soʻz yuritiladi

#sitata #manba #muallif #qanotli soʻz #obrazli #ma’nodor #umumlashtiruvchi #farqlovchi

163-166 413 May 26, 2022 3:48:50 PM
Annotatsiya

Mа’lumki, tа’limdаn аsоsiy mаqsаd tаlаbаlаrgа bilim bеrishginа emаs, bаlki bilim оlish yo‘llаrini o‘rgаtish, ulаrni tа’lim jаrаyonining fаоl ishtirоkchisigа аylаntirish dеmаkdir. Yangichа ijtimоiy, iqtisоdiy shаrоitdа tа’limdа o‘qitish tizimini tаkоmillаshtirish, dаrslаrni jаhоn аndоzаlаrigа mоs rаvishdа tаshkil qilish o‘quvchi fаоlligini оshirаdigаn muhim оmillаrdаn hisоblаnаdi.

Ushbu mаqоlаdа tаriх fаnini o‘qitishdа zаmоnаviy pеdаgоgik tехnоlоgiyalаr vа intеrfаоl usullаrni lоyihаlаshtirish mаsаlаlаri tаdqiq etilgаn.

#аn’аnаviy tа’lim #pеdаgоgik tехnоlоgiya #hаmkоrlikdа o‘qish #lоyihа tехnоlоgiyasi #innоvаtsiоn tа’lim tехnоlоgiyalаri #intеrfаоl tа’lim usullаri

47-49 487 Jun 3, 2022 7:13:44 PM
Annotatsiya

Maqolada Qashqadaryo viloyatida mavjud boʼlgan va aholi iste’moli hamda ekin maydonlarni sugʼorishga moʼljallangan Chimqoʼrgʼon va Pachkamar suv omborlarini suvlari va ularni mikroflorasini tadqiq qilishni maqsad qildik.
Olib borilgan tadqiqotlarimizning asosiy obyekti sifatida suv omborlarning qirgʼoq boʼyi va qirgʼoqdan 300-400 metr uzoqlikdagi qismlaridan suv sathining 10-15 sm chuqirligidan namunalar olindi oʼrganildi. Tadqiqot natijalari shuni koʼrsatdiki, mikroorganizmlarning soni yil boʼyi va yil fasllariga qarab bir xil boʼlmas ekan, yaʼni mikroorganizmlarning soni boshqa fasllarga nisbatan ayniqsa, yoz va kuz fasllarida eng koʼp miqdorda boʼladi.

#Bac. fluorescens #Bac. aquatilis #Micrococcus candicans #Chimqo’rg’on #Pachkamar #Paramecium caudatum

50-55 483 Jun 3, 2022 7:23:47 PM
Annotatsiya

Maqolada turli xil tuproq tiplarida, beogeokimyoviy tadqiqotlarda hamda sho‘rxok va sho‘rlangan tuproqlardagi mavjud elementlarning konsentratsiya klarklarini (KK), o‘simlik navi biogeokimyoviy faolligini (BGF) hamda biologik singdirish koeffitsiyentlarini (BSK) hisoblash usullari hozirda muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega ekanligi haqida so‘z boradi.
Qolaversa, mikroelementlarning biologik singdirish koeffitsiyenti qatori, makroelementlarning lito- va pedogeokimyoviy hususiyatlari jadvallar ma’lumotlari asosida misollar tariqasida  yoritib berilgan.
Аннотации
В статье обсуждается актуальная научная и практическая значимость методов расчета концентрации элементов (КК), биогеохимической активности растений (БГА) и коэффициентов биологического поглощения (КБП) в различных типах почв, биогеохимических исследований, а также в засоленных  почвах.
Кроме того, наряду с коэффициентом биологического поглощения микроэлементов, лито- и педогеохимические свойства макроэлементов проиллюстрированы в качестве примеров на основе табличных данных.

#geokimyoviy landshaft #allyuvial #prollyuvial #akkumulyativ #akval #subakval #geokimyoviy baryer #matematik statistika #kaskad

56-59 448 Jun 4, 2022 5:29:59 PM
Annotatsiya

Целью исследования было определение эффективности введения минеральных добавок в рацион быков.
Опыты проведены на 30 бычках методом аналогов. Рационы 15 бычков опытной группы были нормированы введением фторированного фосфата и соответствующих солей микроэлементов по детальной норме корма, в отличие от 15 бычков контрольной группы.
Результаты исследования показали, что за счет добавления в рацион бычков опытной группы 59 г минеральных веществ на 1 кг сухого вещества их пищевая продуктивность и усвоение питательных веществ были достоверно выше, чем в контрольной группе. Переваривание сухих и органических веществ и переваривание органики и белков было на 1,8-3,2 % выше, чем в контрольной группе, а переваривание клетчатки - на 9,7 %.

#рост #продуктивность #витамин #питательные вещества #минерал #рацион #бычок #подкормок #переваримость

167-172 406 Jun 4, 2022 5:37:48 PM
Annotatsiya

Bu maqolada murakkab sinaksisi va janrlar xilma-xilligi bilan ajralib turadigan 20 asrning 2-yarmi lirik she’riyatining turga oid xususiyatlari yoritiladi. Bu davrning eng muhim xususiyatlaridan biri xilma-xil she’riy va no’ananaviy shakllarga murojaat qilish, she’riyat uchun yangi shakllarni kashf etish va an’anaviy shakllarni moslashtirish kabilardir. Ushbu turli janrlarning shakllanishida shoir va til, shoir va badiy voqelikning uzaro ta’sirining imkoniyatlari, umuman sheriy tizim rivojlanishining uziga xos xususiyatlari, ayniqsa, yaqqol namoyon bo’ladi.

#tur #lirika #lirik qahramon #tasniflash #meditatsiya #san'at turlari #she'riyat #refleksiya #janrlar

FarDU Ilmiy Xabarlari, 2022-1