Maqolalar : Raxmonov Gʼolib xmadjonovich

151-154 405 May 26, 2022 2:07:38 PM
Annotatsiya

Maqolada istiqlol yillari Oʼzbekistonda, xususan, Fargʼona vodiysida suvdan foydalanishni yaxshilashda suv tejovchi sugʼorish texnologiyalarini joriy etishning afzallik jihatlari, xususan tomchilatib sugʼorishning boshqa sugʼorish usullariga nisbatan ustunliklarga egaligi birlamchi manbalardagi maʼlumotlar va ilmiy adabiyotlar yordamida tahlil qilingan.

Shuningdek, suv xoʼjaligi vazirligi tamonidan suv resurslari sohasidagi hukumat siyosatini ishlab chiqilishi, suv resurslari sohasiga doir yangi texnologiyalarni joriy etish va rivojlantirishning ustuvor vazifalari tahlil qilingan. Barcha sohalarda suvni isteʼmol qilishda uni tejash va suv resurslari sifatini yaxshilashda havzali tashkilotlar uchun siyosat va chora-tadbirlarni ishlab chiqishga qaratilgan xoʼjalik ichida suvdan foydalanishni yaxshilash uchun samarali tadqiqot boʼlimlarini tashkil etishning ahamiyatli jihatlari Norin-Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi misolida yoritilgan.

#Fargʼona vodiysi #suv resurslari #suv xoʼjaligi #sugʼorish texnologiyalari #qishloq xoʼjaligi #yomgʼirlatib sugʼorish