Maqolalar : Abdurahmonov Vohidjon Abdusattorovich

267-270 497 May 26, 2022 2:45:36 PM
Annotatsiya

Mazkur maqolada so‘roq gaplarning bir turi hisoblangan alternativ so‘roq gaplarning semantik-struktur belgilarini yoritish bilan birga, ularning mazmuniy va uslubiy jihatdan tasnifi asoslari ko‘rsatib o‘tilgan. Mazmuniy jihatdan alternativ so‘roq gaplar  turlicha bo‘lishi kuzatiladi. Qo‘yilayotgan so‘roqning mavzusi va mazmuniy xarakteriga ko‘ra alternativ so‘roq gaplarni quyidagi turlarga bo‘lib tasnif qilindi: oddiy (emotsional bo‘yoqqa ega bo‘lmagan) alternativ so‘roq gaplar, fikriy murakkablashgan (hissiy-ta’siriy, badiiy-estetik va stilistik bo‘yoqqa ega bo‘lgan) alternativ so‘roq gaplar, oddiy alternativ so‘roq gaplarda so‘zlovchining ichki his tuyg‘ulari ifoda etilmaydi va chuqurlashtirilmaydi. Ularni uslubiy jihatdan neytral shakllangan gaplar sifatida ham baholash mumkin. Alternativ so‘roqning  xarakterli jihati, so‘roq gaplarning boshqa turlaridan farqli o‘laroq, alternativ so‘roqqa “ha”, yoki “yo‘q”, deb javob berib bo‘lmaydi. Alternativ so‘roq gaplar tahlilida shunga alohida e’tibor qaratish  lozimki, ularda aniq kontekst yoki nutqiy vaziyatning aniqligi, kommunikativ shart-sharoit, nutq qatnashchilari miqdori kabilar tadqiqotchining diqqat markazida bo‘lishi zarur, chunki mazkur jihatlar alternativ so‘roq gaplarning shakllanishi, mazmuni, badiiy-estetik tomonlari va uslubiy jihatlariga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.

#grammatika #kontekst #lingvistika #alternativ so‘roq #semantik-struktur aspekt #punktuatsiya #prosodika #ritorika #emotsional-estetik

267-270 262 Aug 31, 2022 2:31:50 PM
Annotatsiya

Mazkur maqolada so‘roq gaplarning bir turi hisoblangan alternativ so‘roq gaplarning semantik-struktur belgilarini yoritish bilan birga, ularning mazmuniy va uslubiy jihatdan tasnifi asoslari ko‘rsatib o‘tilgan. Mazmuniy jihatdan alternativ so‘roq gaplar  turlicha bo‘lishi kuzatiladi. Qo‘yilayotgan so‘roqning mavzusi va mazmuniy xarakteriga ko‘ra alternativ so‘roq gaplarni quyidagi turlarga bo‘lib tasnif qilindi: oddiy (emotsional bo‘yoqqa ega bo‘lmagan) alternativ so‘roq gaplar, fikriy murakkablashgan (hissiy-ta’siriy, badiiy-estetik va stilistik bo‘yoqqa ega bo‘lgan) alternativ so‘roq gaplar, oddiy alternativ so‘roq gaplarda so‘zlovchining ichki his tuyg‘ulari ifoda etilmaydi va chuqurlashtirilmaydi. Ularni uslubiy jihatdan neytral shakllangan gaplar sifatida ham baholash mumkin. Alternativ so‘roqning  xarakterli jihati, so‘roq gaplarning boshqa turlaridan farqli o‘laroq, alternativ so‘roqqa “ha”, yoki “yo‘q”, deb javob berib bo‘lmaydi. Alternativ so‘roq gaplar tahlilida shunga alohida e’tibor qaratish  lozimki, ularda aniq kontekst yoki nutqiy vaziyatning aniqligi, kommunikativ shart-sharoit, nutq qatnashchilari miqdori kabilar tadqiqotchining diqqat markazida bo‘lishi zarur, chunki mazkur jihatlar alternativ so‘roq gaplarning shakllanishi, mazmuni, badiiy-estetik tomonlari va uslubiy jihatlariga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. 

#grammatika #kontekst #lingvistika #alternativ so‘roq #semantik-struktur aspekt #punktuatsiya #prosodika #ritorika #emotsional-estetik #ruhiy-psixologik xarakter