Статьи : Khozhimatova Dilnoza Sultonmurodovna
Maqolada respublikamizda qishloq xoʼjaligi ehtiyojlari uchun zarur boʼlgan, raqobatbardosh mahsulotlar hajmini oshirish va ularning assortimentini kengaytirish, jumladan, azot, fosfor, kaliy va ayrim mikroelementlar tutgan oʼgʼitlar ishlab chiqish boʼyicha muayyan ilmiy va amaliy natijalar hamda, ferrotsen hosilalarining suvda eruvchan biologik faol birikmalarini sintez qilish va ular asosida tarkibida oʼsimliklarning oʼsib rivojlanishida muhim oʼrin tutuvchi mikroelementlar saqlovchi suyuq oʼgʼitlar olish boʼyicha ma’lumotlar keltirib o‘tilgan. Bundan tashqari KАS va ferrotsen hosilalarini suvda eruvchan tuzlari asosida olingan yangi suyuq azotli oʼgʼitlarining biostimulyatorlik xossalari dala amaliyotida gʼoʼza va bugʼdoy oʼsimliklarining oʼsishi va rivojlanishida otkazilgan sinovlari hamda ushbu oʼsimliklar uchun yangi suyuq azotli oʼgʼitlarning qoʼllashning maqbul meʼyorlari aniqlandi. 2019-2021 yillardagi fenologik kuzatuv natijalariga koʼra “Ferben-kaliy” suyuq oʼgʼiti bilan ishlov berilgan oʼsimlikdagi fiziologik jarayonlar bilan birga biokimyoviy jarayonlar ham maqbullashganligi, “Ferben-kaliy” suyuq oʼgʼiti tarkibidagi mikroelementlar va oʼsimlik bargida azot, fosfor va kaliy miqdorini ortishi tufayli hosildorlikni oshirishdan tashqari oʼsimlikni zararkunanda hasharotlarga chidamliligini ham kuchayganligi, suyuq azotli o‘g‘itlarning bug‘doy va g‘o‘za o‘simliklarining bargi orqali qo‘shimcha oziqlantirish orqali o‘tkazilgan dala sinovlari natijalari keltirib o‘tilgan.
#mineral o‘g‘itlar #naychalash #ferrotsen #suyuq azotli o‘g‘itlar #tuplanish #boshoqlash #shonalash