Статьи : Askarov Ibrokhim Rakhmonovich

82-85 676 May 26, 2022 10:48:22 AM
Аннотация

The article provides information about the chemical composition and healing properties of watermelon fruit. The norms of daily consumption of watermelon fruit and how much of it can replenish the necessary substances for the body are given. It is also possible to use not only the inside of the watermelon for consumption, but also the peel part and seeds of the watermelon. Watermelon has more vitamins, dietary fiber, alkaloids and macro-and micronutrients than the inside of the peel and seeds. This article provides information on the use of watermelon waste in folk medicine in the treatment and prevention of diseases.

#protein #water #potassium #silicon #Iron #magnesium #watermelon #total lipid #dietaryfiber

275-278 571 Jul 15, 2022 3:48:05 PM
Аннотация

Maqolada qizil lavlagi o‘simligi tarkibidagi ayrim kimyoviy birikmalar va ularning biologik ahamiyati haqida ma’lumotlar keltirilgan. Qizil lavlagi inson salomatligi uchun juda foydali birikmalarga boy bo‘lib, uning tarkibida vitaminlar, minerallar, fenol birikmalar, karotinoidlar, nitratlar, askorbin kislota, betalain pigmentlar va shu kabi ko‘plab biologik faol birikmalar uchraydi. Ushbu maqolada o‘simlik tarkibidagi uglevodlar, aminokislotalar, vitaminlar, minerallar va ularning organizmda bajaradigan funksiyalari to‘g’risida ma’lumotlar keltirilgan.

#vitaminlar #mikroelementlar #qizil lavlagi #betalain

31-35 368 Sep 19, 2022 6:59:27 PM
Аннотация

Мақолада о-ферроценилбензой кислотаси, о-ферроценилбензой кислотасининг метилолтиомочевина билан ҳосиласи, унинг сувда эрувчан калийли ва натрийли тузлари синтези ҳамда уларнинг биологик фаолликларини ўрганиш бўйича маълумотлар келтирилган.

#ферроцен #дициклопентадиенил #о-ферроценилбензой кислотаси #ферроценкарбон кислотаси #монометилолтиомочевина #диэтил эфир

252-253 389 Dec 13, 2022 8:44:39 PM
Аннотация

Yangi uzilgan karam sharbati inson salomatligi uchun juda ham foydali, uning tarkibida tanamiz tomonidan oson so‘riladigan ko‘plab oziq moddalar mavjud, xalq tabobatida turli kasalliklarga qarshi ishlatiladi. Ma’lumki, shu kungacha o‘simliklar ekstraktlarining antioksidantlik faolligini o‘rganishda olimlar turli xil metodlarni qo‘llagan.

Mazkur maqolada karam sharbatining antioksidantlik xususiyatlari haqida ma’lumotlar keltirib o‘tilgan.

#oziq-ovqat #Antioksidant #meva #karam sharbati #tog‘ asali #yallig‘lanish #kasalliklar

259-262 370 Dec 14, 2022 4:37:57 PM
Аннотация

Ushbu maqolada “Asdavo” oziq-ovqat qo‘shilmasining kimyoviy tarkibi, bioligik faolligi va antioksidantlik faolligi haqida ma’lumot berilgan. Biz tomonimizdan yuqoridagi olimlar qo‘llagan metodlardan farqliravishda“Asdavo” oziq-ovqat qo‘shilmasining spirtli va suvli ekstraktlarining antioksidantlik faolliklarini spektrofotometrik tahlil usulida Cary60UV-VisAgilet Technologies spektrofotometri yordamid ao‘rganildi.

#oziq-ovqat #asdavo #antivirus #suli #jambil

277-280 363 Dec 14, 2022 7:02:23 PM
Аннотация

Maqolada respublikamizda qishloq xoʼjaligi ehtiyojlari uchun zarur boʼlgan, raqobatbardosh mahsulotlar hajmini oshirish va ularning assortimentini kengaytirish, jumladan, azot, fosfor, kaliy va ayrim mikroelementlar tutgan oʼgʼitlar ishlab chiqish boʼyicha muayyan ilmiy va amaliy natijalar hamda, ferrotsen hosilalarining suvda eruvchan biologik faol birikmalarini sintez qilish va ular asosida tarkibida oʼsimliklarning oʼsib rivojlanishida muhim oʼrin tutuvchi mikroelementlar saqlovchi suyuq oʼgʼitlar olish boʼyicha ma’lumotlar keltirib o‘tilgan. Bundan tashqari KАS va ferrotsen hosilalarini suvda eruvchan tuzlari asosida olingan yangi suyuq azotli oʼgʼitlarining biostimulyatorlik xossalari dala amaliyotida gʼoʼza va bugʼdoy  oʼsimliklarining oʼsishi va rivojlanishida otkazilgan sinovlari hamda ushbu oʼsimliklar uchun yangi suyuq azotli oʼgʼitlarning qoʼllashning  maqbul meʼyorlari aniqlandi. 2019-2021 yillardagi fenologik kuzatuv natijalariga koʼra “Ferben-kaliy” suyuq oʼgʼiti bilan ishlov berilgan oʼsimlikdagi fiziologik jarayonlar bilan birga biokimyoviy jarayonlar ham maqbullashganligi, “Ferben-kaliy” suyuq oʼgʼiti tarkibidagi mikroelementlar va oʼsimlik bargida azot, fosfor va kaliy miqdorini ortishi tufayli hosildorlikni oshirishdan tashqari oʼsimlikni zararkunanda hasharotlarga chidamliligini ham kuchayganligi, suyuq azotli o‘g‘itlarning bug‘doy va g‘o‘za o‘simliklarining bargi orqali qo‘shimcha oziqlantirish orqali o‘tkazilgan dala sinovlari natijalari keltirib o‘tilgan.

#mineral o‘g‘itlar #naychalash #ferrotsen #suyuq azotli o‘g‘itlar #tuplanish #boshoqlash #shonalash