Articles
Maqolada o‘zbek tilining mustahkam huquqiy asosi haqida va munosib maqomga ega bo‘lgan davlat tilimiz yangi rivojlanish va yuksalish bosqichiga ko‘tarilayotganligi xususida fikr yuritilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hamda «Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonlari imzolanganligi, yurtimizda Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil etilganligi, shuningdek, 2020-2030 yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi va mazkur konsepsiyani 2020-2022 yillarda amalga oshirish dasturi qabul qilinib, bu orqali o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari belgilab berilganligi va bu borada olib borilayotgan keng ko‘lamdagi islohotlar davlat tilining rivojlanishiga keng yo‘l ochib berishi misollarda yoritilgan.
#davlat tili #til siyosati o‘zbek tilini rivojlantirish
Maqolada ekologiya, ekoestetika, ekoestetik tarbiya, maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasida ekologik- esthetic tarbiyani rivojlantirish va shakllantirish, kelajak avlodlarga tabiat in’om etgan tabiiy boyliklarni asrab-avaylash, himoya qilish, tabiatga muhabbat ruhida tarbiyalash haqida, hukumatimiz tomonidan ekologik-estetic tarbiya borasidagi chiqarilgan qonunlar asosida uzluksiz ta’lim sohasidagi qilinayotgan va qilinishi kerak bo‘lgan vazifalar haqida so‘z yuritiladi.
#ekologiya #ekoestetika #ekoestetik bilim #ekologik-ekoestetik ta’lim omillari
Ushbu maqolada pedagogik oliy taʼlim muassasalari talabalarining mediakompetentligini rivojlantirishning eng qulay usullari, o‘quv fanlarini o‘qitish jarayonida axborot texnologiyalari va multimediali texnologiyalar vositasida rivojlantirish asoslab berilgan. Mualliflar fikriga ko‘ra, mediakompetentlik darajasini oshirishga qaratilgan maxsus kurslar, berilayotgan materiallarni chuqurroq va mukammalroq o‘zlashtirish imkoniyatini, ta’lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqi yanada ortib borishi, ta’lim olish vaqtining qisqarish natijasida, vaqtni tejash imkoniyatiga erishishi, olingan bilimlar kishi xotirasida uzoq saqlanib, kerak bo‘lganda amaliyotda qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘lishi bitiruvchilarga nafaqat oliy taʼlim muassasasida taʼlim olish, balki keyingi kasbiy pedagogik faoliyatida ham mediakompetentlikning yuqori darajasini namoyish qilishga nisbatan ustunliklarga egaligi birlamchi manbalardagi maʼlumotlar va ilmiy adabiyotlar yordamida tahlil qilingan.
#axborot-kommunikatsiya texnologiyalari #ommaviy axborot vositalari #mediasavodxonlik #mediakompetentlik #media ta'lim #media ijtimoiylashuv
Ushbu maqolada ikki o‘zgaruvchili, to‘rtinchi tartibli F02;3;2;3;2 x, y Kampe de Feriyet funksiyasining integral ko‘rinishlari va bu funksiya qanoatlantiruvchi xususiy hosilali to‘rtinchi tartibli differensial tenglama sistemasi tuzilgan.
#Ko‘p o‘zgaruvchili gipergeometrik funksiyalar #integral ko‘rinishlar
Ushbu maqolada soha chegarasining barcha qismida buziladigan to‘rtinchi tartibli tenglama uchun chegaraviy masalalar bayon qilingan va o‘rganilgan. Masala yechimining mavjudligi, yagonaligi va turg‘unligi isbotlangan. O‘zgaruvchilarni ajratish usuli orqali, oddiy differensial tenglama uchun spektral masala hosil qilingan. Bu spektral masala Grin funksiyasi yordamida simmetrik yadroli ikkinchi tur Fredgolm integral tenglamasiga ekvivalent keltirilgan. O‘rganilayotgan masalaning yechimi spektral masalaning xos funksiyalar sistemasiga nisbatan Furye qatorining yig‘indisi sifatida topilgan. Masala yechimining bahosi olingan, uning berilgan funksiyalarga doimiy bog‘liqligi isbotlangan.
#chegaraviy masala #Grin funksiyasi #spektral masala #integral tenglama #buziladigan to‘rtinchi tartibli tenglama #yechimning mavjudligi
Frezalash stanoklaridan foydalanishda amaliy darslaridan bir qatorda nazariy dars jarayonlari birinchilardan bo‘lib o‘tiladi. Nazariy darslarimizda kompyuter texnologiyalari va AKT vositalaridan zamonaviy innovatsion texnologiyalardan foydalanish talabalarga nazariy bilimlarni beradi, tushunchalari oshadi. Stanoklarning ishlash jarayonlarini interfaol usulda o‘qitish usullarini yaratish yanada bilim darajalarini oshirish, Innovatsion pedagogik texnologiyalarning rivojlantirish usullarini talabalarga tadbiq etish.
#metall #detal #materiallar #Frezalash stanoklari #randalash stanoklari
Ushbu maqolada Cistanche mongolica o‘simligi tana qismidagi flavanoidlar tarkibi va miqdori birinchi marta yuqori samarali suyuq xromatografik usulda o‘rganildi va tarkibidagi kversetin, apiginin, lyutionin, rutin flavanoidlarning miqdori aniqlandi va solishririldi bunga qarab o‘simlikning tana qismida kversetin flavanoidining miqdori nisbatan yuqori ekanligi aniqlandi.
#rutin #Cistanche mongolica G.Beck #yuqori samarali suyuq xromatografiya #flavanoidlar #apiginin #lyutionin
Ushbu maqolada pedagogik tadqiqotlarning o’ziga xos xususiyatlari va uni tashkil etish bosqichlari haqida fikr yuritiladi. Pedagogik tadqiqotni tashkil etish, dalillarni aniqlash, baholash, tahminiy xulosa chiqarish, nazariy umumlashtirish metodikasi pedagogik tadqiqotda asosiy me’zon ekanligi ochib berilgan.
#fan #ta’lim #tajriba #tahlil #nazariya #tadqiqot #pedagogika #ekspremintal #tadqiqotchi #muommo #fakt
Ushbu maqolada respublikamizda keng tarqalgan g‘o‘za o‘simligidan ajratib olinadigan gossipol moddasining benzidin bilan turli nisbatlarda yangi Shiff asoslarini sintez qilish, sintez qilingan yangi birikmalarning ayrim fizik-kimyoviy xossalarini tekshirish, olingan Shiff asoslarining ayrim 3d metallar bilan metallokomplekslarini olish va ularning xossalarini tekshirish usullari bayon etilgan.
#Spirt #gossipol #benzidin #Shiffasoslari #metallokompleks #benzol #atseton
Ushbumaqoladabо‘lajak boshlang‘ich sinf о‘qituvchilarining axborot-kommunikativ kompetentliligini rivojlantirishni modeliko‘ribchiqilgan. Matematik kompetentlikni shakllantirish bugungi kunda katta ahamiyatga ega.
Atrofdagi voqea va hodisalarni tavsiflash va tushuntirishda matematik bilimlardan foydalana olish boshlang‘ich ta’limdan boshlab Davlat ta’lim standartining talablaridan biri sifatida hizmat qiladi.
#kommunikatsiya #kompetentlik #kommunikativ #axborotlashtirish #epistemologik #aksiologik #praksiologik #kasbiy- shaxsiy #fragmentar #predmetli modellashtirish
Tikilgan polivinil spirti asosida olingan gel tomonidan turli konsentratsiyali kuchli kislotalar eritmalaridan boʻkish jarayonining elektrolit tabiati va konsentratsiyasiga, shuningdek suvning aktivligiga bogʻliqligi oʻrganilgan. Boʻkish jarayoni anionlarning ion radiuslariga va gidratlanish energiyalariga bogʻliqligi tajribalarda isbotlangan.
#eritma #sorbsiya #aktivlik #ion radiusi #gidratlanish energiyasi #polivinil spirt geli #kislota
Ushbu maqolada gender yondashuv asosida o‘smir yoshdagi o‘quvchilarda “ommaviy madaniyat”ga qarshi immunitetni shakllantirishning o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilingan bo‘lib, unda o‘smirlik davrining murakkab, ziddiyatlarga boy davr ekanligi, bu davrda o‘z-o‘zini anglash va o‘z-o‘zini baholashning rivojlanishi haqida fikr yuritilgan.
#milliy madaniyat #psixologik xususiyatlar #gender yondashuv #ommaviy madaniyat #o‘smir yoshdagi o‘quvchilar #qiz bolalar #o‘g‘il bolalar #ijtimoiy rollar #pedagogik omillar #gender ziddiyatlar #xulq-atvor meyorlari #qadriyatli yo‘nalishlar #gender ong #ommaviy madaniyat ko‘rinishlari
Ustyurtgaz Kimyo majmuasida metanni pirolizlashda hosil bo‘ladigan chiqindi mahsulotlarining tarkibi aniqlandi, piroliz smolasi-PS dan yo‘l qurilish, tom yopqi bitumlarini olish, koks olish bo‘yich ilmiy tadqiqotlar olb borildi, PS mahsulotni yo‘l qurilish bitumiga 5-50 % miqdorda qo‘shish yo‘l qurulish bitumini xossalarini yomonlashishga olib keldi.
#piroliz #bitum #chiqindi #metan #kokslash #propilen
Yog‘larni deparafinsizlash jarayonida erituvchi tarkibi: toluol, benzol, metil etil keton, aseton, C2-C5 spirtlarining ta'siri o‘rganilib, moylarni deparafinsizlash jarayonida asetonning yo‘qotilishi-55 %ga yetishi aniqlandi, moyning muzlash nuqtasi minus 50 ° C ga tushib, yog 'ajralishini 6% ga oshirdi. gachdagi yog 'miqdori 8% gacha kamayadi, olingan toluol kontsentratining (100-125)°C ulushi spirt fraktsiyasi (C2-C5) bilan birga yog‘ning deparafinsizlash jarayonini tezlashtiradi.
#benzol #atseton #Benzinning (100÷125)0С da qaynaydigan fraktsiyasi: toluol kontsentrati #metiletilketon #spirtlar С2-С5
Maqolada ijodkor talabalar bilan ishlash jarayonida pedagogdan talab etiladigan kasbiy mahorat va amaliy tajribalarning o‘ziga xos xususiyatlari haqida fikr-mulohaza yuritilgan. Shuningdek, madaniyat va san’at sohasida talaba yoshlarni professional va mahoratli san’atkor etib tarbiyalash, ularning ko‘nikma va iqtidorlarini yanada oshirishda pedagog nimalarga e’tibor qaratishi kerakligi yuzasidan taklif va tavsiyalar berilgan. Ijodkor talabalarni nafaqat nazariya va amaliyot orqali, balkim pedagogik mahorat bilan ham sohaga qiziqtirish, ijodiy qobliyatlarini yuzaga chiqarish va rivojlantirishning ahamiyatiga alohida urg‘u berilgan.
#jarayon #san’at #tarbiya #rivojlanish #talaba #amaliyot #nazariya #pedagogika #mahorat #xususiyat #sifat #ijodiy #o‘qitish #ishlashish
Maqola avtomobil yo‘llari uchun bitum emulsiyasi qo‘shilgan sement bilan ishlov berilgan shag‘al-qum qorishmalaridan foydalanish haqida. Eksperimental tadqiqotlar (sinovlar) murakkab bog‘lovchilar yordamida asosni mustahkamlash samaradorligini asoslaydigan tadqiqotning bir qismi sifatida amalga oshirildi. Ushbu maqolada qurilish usullari va materiallar fizik-mexanik xususiyatlarini o‘rganib (sement, shag‘al-qum aralashmasi va bitum emulsiya) bir qancha kompozitsiyalarda o‘tkazilgan sinovlar keltirilgan. Sinov natijalari bitum emulsiyasi qo‘shilgan sement bilan ishlov berilgan shag‘al-qum qorishmalaridan foydalanilganda suv shimuvchanlikning kamayishi va bu konstruksiyaning mustahkamligini oshishini ko‘rsatdi.
#asos #joyida aralashtirish #maksimal quruq zichlik #optimal namlik #shag‘al-qum aralashmasi #sement
Ushbu maqola tarixiy tafakkur orqali bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash mexanizmlari haqida bo‘lib, bugungi kunda pedagogik yo‘naishida ta’lim olayotgan bo‘lg‘usi pedagoglarning ham kasbiy, ham ma’naviy ham ruhiy dunyoqarashlarini tarixiy tafakkur asnosida kamol toptirib borish masalalari yoritilgan. Shuningdek, mamlakatimiz ravnaqi yo‘lida muhim o‘rin tutuvchi soha vakili sifatida bo‘lajak o‘qituvchilar kasbiy komponentliklarini fan yuzasidangina emas balki, tarixiy tafakkur, tarixiy ong bilan chambarchas bog‘lagan holda ta’limjarayonida olib borish masalalari maqolada atroflicha yoritilgan.
#vatanparvarlik #g‘oya #metod #bo‘lajak o‘qituvchi #pedagogik jarayon #Tarixiy tafakkur #kasbiy komponentlik #shakllantirish
Maqolada bugungi kunda O‘zbekistonda mualliflik huquqi himoyasining holati va jarayonlari, xususan bunda ta’limning o‘rni xususida so‘z boradi. Maqolada intellektual mulk bo‘yicha huquqiy savodxonlikni oshirish nafaqat keng jamoatchilikni, balki tegishli davlat organlari va muassasalari mutaxassislarini ham qamrab olinishi haqida aytib o‘tilgan. SHuningdek, intellektual mulkka bo‘lgan hurmat ruhini shakllantirish, bu faqatgina huquqni ta’sirchan vosita sifatida qo‘llash bilan emas, balki bu jarayon o‘qitish, xabardor qilish va aholi o‘rtasida hurmat ruhini shakllantirishda qo‘llab kelinayotgan mexanizmlarni o‘zgartirishni ham talab etishligiga doir jihatlar yoritilgan. Intellektual mulkka bo‘lgan hurmat ruhini shakllantirish, bu faqatgina huquqni ta’sirchan vosita sifatida qo‘llash bilan emas, balki bu jarayon o‘qitish, xabardor qilish va aholi o‘rtasida hurmat ruhini shakllantirishga bo‘lgan qo‘llab kelinayotgan mexanizmlarni o‘zgartirishlar haqida xulosalar qilingan.
#ta’lim #mualliflik huquqi #intellektual mulk huquqi #Butunjahon intellektual mulk tashkiloti
Серосодержащие органические и неорганические соединения являются основным вредным компонентом природного газа и нефти, а также продуктов их переработки. Поскольку соединения серы обладают кислотными свойствами, их содержание приводят к коррозии технологических деталей в производственных процессах.Содержание сероводорода в транспортируемом газе не должно превышать 20 мг/м3. В Узбекистане автотранспортные средства работают в основном на сжиженном природном газе. Соединения серы, в природном газе разъедают газовые баллоны, в результате чего образуется взрыв.
Если синтетические цеолиты используются в производственных процессах, а также в небольших газовых производствах, технологическая деградация будет предотвращена. Синтетические цеолиты широко используются в различных промышленных производственных процессах благодаря их высоким сорбционным свойствам. Данное исследование даёт возможность изучение локализации и сорбционной структуры соединений серы в суперполостях цеолитов типа фожазита. Адсорбцию сероводорода на цеолите NaX проводили в высоковакуумной адсорбционной установке. На основании полученных результатов рассчитали дифференциальную теплоту адсорбции, изотерму, энтропию и время теплового равновесия (термокинетику).
#энтропия #сероводород #изотерма #вакуум #Цеолит типа NaX #микрокалориметр #дифференциальные теплоты
Ushbu maqolada tadqiqotning maqsadiyoshlar iqtisodiy faolligiinnovatsion va transformatsion jihatlarining o‘ziga xosligi va uning hozirgi islohotlar davridagi ahamiyatini ochib berishga harakat qilingan.
Maqoladakompleks yondashuv, tarixiylik va mantiqiylik, tizimlilik, qiyosiy tahlil, kuzatuv, sotsiologik so‘rovnoma kabi tadqiqot usullaridan foydalanilgan.
#ijtimoiy taraqqiyot #novatorlik #nnovatsion muhit #transformatsion jarayonlar #o‘rta qatlam #aхloqiy-estеtik qadriyatlar #faol ishbilarmonlik #ekologik xavfsizlik #krеativ tafakkur #sintеz
Ushbu maqolada moddalarni aniqlashning eng aniq usullaridan biri bo‘lgan mass-spektrometriya yordamida karbamid va furfurol asosida olingan birikma tekshirildi. Natijada, olingan kattaliklar asosida hosil bo‘lgan birikmaga tegishli molekulyar massalar aniqlandi. Ushbu birikmani termik jihatdan tahlil qilish natijasida uning erish harorati, harorat ta’sirida barqarorligi, harorat ta’sirida massa yo‘qotilishlari aniqlandi.
#karbamid #parchalanish #furfurol #furfurolidenkarbamid #mass-spektr #termogravimetrik #suyuqlanish harorati
Mazkur maqolada Sovet hukumati O‘zbekistonda o‘z hokimiyatini mustahkamlash yo‘lida amalga oshirilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari xususida so‘z yuritilgan. Maqola mavzusini tadqiq etishda adabiyotlar atroflicha tahlil qilinib keltirilgan, faktlar xulosalangan. Sovet hokimiyati boshqaruvining asosiy qurollaridan biri hisoblanmish targ‘ibot kompaniyalarining maqsadlarini ochib berilgan. Sovetlarning mafkuraviy tashviqot ishlarining samarali usullari o‘rganilib tahlil qilindi. Shuningdek, mazkurtarg‘ibot- tashviqot ishlarida komunistik mafkura dohiylari sifatida e’tirof etilgan shaxslarning bo‘rttirilgan ma’lumotlaridan keng foydalanilganligiga alohida e’tibor qaratilgan.
#Rossiya imperiyasi #sovet hokimiyati #bolsheviklar #“baynalminalchilik” #“Glavlit” #Proletar #“vatanparvarlik” #“xalqlar dohiysi” #tobelik #itoatkorlik
Ushbu maqolada Amir Temur hamda Oltin O‘rda hukmdori o‘rtasida diplomatik munobasatlarning vujudga kelish sabablari va omillari manbalar va ilmiy adabiyotlarga tayangan holda tadqiq etilgan. Ikki hukmdor o‘rtasida diplomatik, siyosiy va harbiy aloqalarning vujudga kelish arafasida mintaqadagi siyosiy vaziyat hamda diplomatik munosabatlardan ko‘zlangan maqsadlar xususida fikr yuritilgan.
#Amir Temur #Samarqand #Movarounnahr #Diplomatik munosabatlar #Oltin O‘rda #Jo‘ji ulusi
Mazkur maqolada qadimgi Farg‘ona mudofaa inshootlarining O‘rta Osiyo urbanizatsiya jarayoni rivojlanishidagi o‘rni, ularning xususiyatlari, ko‘rinishlari, tarixiy holatlari Chust madaniyatiga tegishli bo‘lgan so‘nggi bronza va ilk temir davriga oid to‘liq shakllangan shahar – Dalvarzintepa yodgorligining mudofaa tizimi misolida yoritilgan.
#Farg‘ona vodiysi #jez va ilk temir davri #sug‘orma dehqonchilik #makonlar va manzilgohlar #mudofaa inshootlari #shahar xarobasi #Dalvarzin I #II
Ushbu ishda biologik chiqindi polimer hisoblangan soch tolalariga sun’iy eritmalar tarkibidagi qo‘rg‘oshin ionlarini yutilish kinetikasi o‘rganilgan. Bunda psevdo-birinchi va ikkinchi tartibli kinetik modellar yordamida kinetika o‘rganilgan bo‘lib, olingan natijalar faollangan soch tolalariga Pb(II) ionlarini yutilishi psevdo-ikkinchi tartibli kinetik modelga bo‘ysunishini ko‘rsatdi. Qo‘rg‘oshin maksimal yutilish sig‘imi 76,125 mg/g ni tashkil qilgan. Muvozanat holatidagi adsorbsiya mexanizmini ifodalash uchun Lengmyur va Freundlix izoterma modellaridan foydalanildi. Olingan natijalar asosida hisoblab topilgan izoterma parametrlari (R2=0,9333 va R2=0,9281) qiymati barcha izoterma modellariga mos kelganligi aniqlandi. Freundlix parametrlari qiymatiga ko‘ra n=2,74 bo‘lib, bu esa sorbsiya yuqori darajada borganligini ko‘rsatadi. Lengmyur tenglamasi bo‘yicha korrelatsion koeffitsiyenti R2 qiymati Pb(II) ionlari uchun 0,9333 ga teng va konsentratsiya o‘zgarishi adsorbsiya jarayoni Lengmyur monomolekulyar adsorbsiya nazariyasiga bo‘ysunishini (RL - qulay bo‘lishi) ko‘rsatadi. Bu esa faollangan soch tolalariga Pb(II) ionlari sorbsiyalanishini ko‘rsatadi.
#adsorbent #kinetika #Lengmyur #Qo‘rg‘oshin ionlari(Pb2+) #soch tolasi #psevdo-birinchi tartib #psevdo-ikkinchi tartib
Maqolada vodiy viloyatlari qishloqlarining ijtimoiy-iqtisodiy hayotida aholini ijtimoiy himoya qilish, turmush sharoitini yaxshilash, ularga moddiy ko‘mak berish, ijtimoiy nafaqa va pensiyalar bilan o‘z vaqtida ta’minlash masalalari yoritilgan.
#ijtimoiy himoya #Farg‘ona vodiysi #qishloq aholisi
Maqolada jiddiy invaziv zararkunanda hisoblangan Leptinotarsa decemlineata Sayni 1824 turining Farg‘ona vodiysiga kirib kelishi va tarqalish yo‘nalishlari bayon etilgan. L.decemlineata vodiy mintaqasida aniqlangan 6 ta jiddiy invaziv turlarning biri hisoblanadi. Leptinotarsa decemlineata Say 1824 turi Farg‘ona vodiysi bo‘ylab Rishton → Markaziy Farg‘ona; O‘zbekiston → Markaziy Farg‘ona; Farg‘ona (tumani) → Markaziy Farg‘ona; Kosonsoy → Markaziy Farg‘ona yo‘nalishlarida tarqalib borgan.
Invaziv turlarning Markaziy Farg‘onaga kirib kelish yo‘nalishlari, tarqalish xususiyatlari, shuningdek ularning areallari kengayib borishida ozuqa resursi, harorat, namlik, yorug‘lik, shuningdek antropogen omillarning roli va ahamiyati muhimdir.
Kolorado qo‘ng‘izi Farg‘ona vodiysi sharoitida ertangi kartoshka agrotsenozlarida martning ikkinchi o‘n kunligidan boshlab iyunning o‘rtalariga qadar, kechki kartoshkada esa avgustning dastlabki kunlaridan oktabr o‘rtalariga qadar uchraydi.
Mazkur tur cho‘l hududiga oson moslashadi va yashovchanligini saqlab qoladi. Bu tur Farg‘ona vodiysi sharoitida 3 marta avlod beradi.
#ekologiya #hayotiy sikl #Leptinotarsa decemlineata #invaziv tur #adventiv #tarqalish yo‘nalishlari
Mazkur maqolada Mamlakatimizda hududiy telekanallarning tashkil etilishi va ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga o‘tkazgan ta’sirlari tizimli asosda tahlil etilgan. Respublikamizda mahalliy televideniyelarning rivojlanish jarayoni va uning fuqorolar hayotidagi o‘rni tarixiylik tamoyiliga amal qilingan holda o‘rganilgan. Maqolada ilmiy tahlilning analiz va sintez, davriylik, tarixiy va tavsifiy yondashuv kabi usullardan foydalanilgan. Shuningdek tarix fanida tan olingan yondashuv va usullar, tarixiy adabiyotlar, aloqa korxonalarning rasmiy veb-saytlari, nashrlari kabi birlamchi manbalar, gazeta, jurnal, to‘plamlarda e’lon qilingan maqolalardan foydalanildi.
#O‘zbekiston #Televizor #ko‘chma telestansiya #teleyangiliklar #teledastur #magnoliya #oynai jahon
Ushbu maqolada yumshoq pishloqlar assortimentini kengaytirish va ishlab chiqarishni ko‘paytirish istiqbollari haqida ma'lumot berilgan. Innovatsion faoliyat, O‘zbekiston Respublikasining oziq-ovqat sohasidagi davlat siyosati dasturiga muvofiq, oziq-ovqat va biologik ahamiyatga ega bo‘lgan ommaviy iste'mol oziq-ovqat turlarini kengaytirishga qaratilgan. Tadqiqot obyekti sifatida mahsulotning kimyoviy tarkibini sozlash uchun biz oziq-ovqat bozorida ommaviy iste'mol qilish tufayli sut va yumshoq pishloq sut mahsulotlarini tanladik.
#chorvachilik #sut va pishloq #yumshoq pishloq #xalqaro bozor
Ushbu maqolada cho‘l mintaqasida tarqalgan sug‘oriladigan o‘tloqi taqir va o‘tloqi saz tuproqlarning genetik qatlamlari bo‘yicha kimyoviy element tarkibi, og‘ir metallar va metalloidlar miqdori, migratsiyasi hamda akkumulyatsiyasi yoritilgan. Shu bilan birga, tuproqlarning og‘ir metallar va metalloidlar bilan ifloslanish darajalari, ekologik jihatdan baholash ko‘rsatkichlari keltirilgan bo‘lib, Markaziy Farg‘ona sug‘oriladigan o‘tloqi taqirli va o‘tloqi saz tuproqlarini ekologik jihatdan baholangan.
#o‘tloqi taqir #o‘tloqi saz #gidromorf #og‘ir metallar va metalloidlar #radioaktiv elementlar
O‘zbekiston sharoitida asalari oilasini mahsuldorligini oshirish maqsadida, erta bahordan boshlab, ko‘plab sun’iy usulda ona asalari yetishtirish va ularni sun’iy usulda urug‘lantirish ishlarini tashkil etish xamda ona asalarini sun’iy usulda urug‘lantirishda uning jinsiy balog‘atga yetilish davri va kunlik tuxum qo‘yishiga ta’siri hamda ona asalari necha kundan so‘ng qancha miqdorda tuxum qo‘yishi kabi ma’lumotlar keltirilgan.
#karbonat angidrid #tuxum #ona asalari #jinsiy qin #sperma suyuqligi #ramka-setka #ilmoqcha #trubka #instirumental #qafascha #nukleus #reproduktsiya
Jizzax vohasidagi aholi maskanlarida oʼtkazib kelinayotgan toʼylar, xususan, nikoh toʼylari, kelin-kuyov bilan bogʼliq koʼplab rasm-rusumlarga duch kelish mumkin. Qiz uzatish va kelin tushirishga aloqador urf-odatlar va marosimlarning aksariyat boshqa viloyatlaridagi bilan deyarli bir xil. Koʼp joylarda hozirgacha amal qilinadigan anʼanaviy “fotiha oshi”, “sarpo yuborish”, “maslahat toʼyi”, “quda tanishuvi”, “hayitlik”, “qizlar bazmi”, “padar oshi” singari rasm- rusmlar yoki toʼydan keyin oʼtkaziladigan “chimildiq yigʼdi”, “kelin salomi”, “kelin koʼrdi”, kabi urf-odatlar oʼtkaziladi.
#Jizzax #nikox #kelin kiyov #qalin #burundiriq #sarpo yuborish #maslahat toʼyi
Taxlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, minerallashgan suvlar bilan bug‘doyni sug‘orish natijasida tuproq tarkibidagi tuzlarning sifati va miqdorida o‘zgarishlar sodir bo‘ladi, yani tuzlarning umumiy miqdori ushbu variantda kam bo‘lsada oshadi, lekin uch yil davomida ham tuproqlar o‘rtacha sho‘rlangan darajada qoladi. Haydov osti qatlamlari esa kuchsiz sho‘rlangan guruhda qoladi.
#sug‘orish #kollektor-zovurlar #minerallashgan suvlar #o‘rtacha sho‘rlangan #quruq qoldiq #sulfatli akkumliatsiya
Shimoli-gʻarbiy universitet Oʻrta Osiyo arxeologik guruhi Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Arxeologik tadqiqotlar instituti hamkorlikda 2014, 2015, 2016-yillarda Sazagan qishlogʻidagi qabrlarda qazuv ishlarini olib bordi.
Qazuv maydonida turli tipdagi qabrlar tadqiq qilindi. 2016-yil M11 qabridagi ikkinchi qabr M11-2 da qazuv ishlari olib borildi va M11da tadqiqot yakunlandi. Ushbu maqolada 2016-yilgi tadqiqot natijalari haqida ma’lumot beriladi.
#Sazagan #M1-2 #Qangʻ madaniyati #oltintaqinchoqlar #kattatipdagiqabr #qabrkirishyoʻli #kuyganqatlam
Mazkur maqola Po‘latjon Qayyumiyning ibratli hayoti, ilmiy faoliyati, pedagogik mahorati xususida o‘z davri zamondoshlari, izdoshlari, shogirdlari tomonidan bildirilgan fikrlar, xotiralarini yoritishga, sharhlashga qaratilgan.
Tadqiqotda avtobiografik, psixologik, sistem-struktur, qiyosiy-tipologik metodlardan foydalanilgan. Buning natijasida olim haqidagi fikrlarning umumlanishiga, to‘ldirilishiga erishildi. Olimning hayoti va ilmiy faoliyati keng qamrovli bo‘lib, ko‘plab tadqiqotlar uchun asos bo‘ladi.
#tazkira #qo‘lyozma #xattot #litografiya #adabiyotshunoslik #avtograf #muzey #maqola
Ushbu maqolada Turonzaminning bir bo‘lagi hisoblangan Ustrushonaning ko‘hna hududlaridan biri bo‘lgan Jizzax viloyatining Zomin va Baxmal tumanlari o‘zbek va qirg‘iz aholisining to‘y marosimlari iqtisodiy antropologik jihatdan tahlil qilingan. Shuningdek, XX asr davomida marosim iqtisodi oila daromadi va jamiyat ijtimoiy muhitga bog‘liq ekanligi ochib berilgan.
#nikoh #an'ana #urf-odat #to‘y #qalin #marosim iqtisodi #Zomin #Baxmal #sovchilik
Maqolada zamonaviy sanʼat menejmentining bugungi kundagi o‘rni, rivojlanish tendentsiyalari, o‘ziga xos xususiyatlari va ahamiyatini taʼminlaydigan strukturalar tahlil qilingan. Sanʼat menejmenti faoliyat yuritishi va rivojlantirilishiga qaratilgan sotsial-madaniy boshqaruv prinsiplari, funksiyalar va usullar tadqiq etilgan. Sanʼat menejmenti mutaxassislarini tayyorlash va bu boradagi o‘quv qo‘llanmalarni yaratish masalasida ilmiy va amaliy ko‘rsatmalar, takliflar berilgan.
#tarix #ijod #biznes #hamkorlik #meros #sanʼat menejmenti #menejer
Maqolada Abdulla Avloniyning bolalarga atalgan hikoyatlaridagi badiiy-estetik va ma’rifiy-tarbiyaviy jihatlar va o‘ziga xosliklar keng tahlil etilgan. O‘zbek bolalar hikoyachiligi taraqqiyotiga qo‘shgan hissalari yoritib berilgan.
SHuningdek, A.Avloniy hikoyatlaridan ayrimlari Ezop hikoyalariga qiyoslanib tahlil qilindi. Adibning bolalar qiyofasi va ularning faoliyatini yoritish, ularda uchraydigan ayrim noto‘g‘ri odatlarni bartaraf etishga qaratilgan hikoyalarda uchinchi shaxsga bog‘liq jihatlar muallif uslubiga ta’siri masalasiga e’tibor qaratildi.
#uslub #mahorat #syujet #hikoyat #hayot haqiqati #jonlilik #ichki kechinma #bolalar adabiyoti
Ushbu maqolada benazir ijodkor Isajon Sulton badiiy nasrining o‘ziga xos xususiyatlari, asarlarida qo‘llanilgan barqaror so‘z birikmalari, maqollar, she’riyatning badiiy matndagi o‘rni, yozuvchining voqelikni tasvirlash uslubi hamda usullarida til vositalaridan foydalanish mahorati haqida bahs yuritilgan
#uslub #maqollar #badiiy matn #milliy til #til #intertekstuallik #badiiy asar tili #tadqiq va tahlil #tasvir usuli #til va madaniyat #lingvomadaniyatshunoslik #lingvomadaniy tushuncha #presedent birliklar
Mazkur maqolada o‘zbek va tojik adabiyotining adabiy aloqalari ko‘rib chiqilib, zullisonain shoirlaridan biri – Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiga e’tibor qaratilgan. Shoh va shoir – Zahiriddin Muhammad Boburning “Buburnoma”siga kirgan forsiy she’rlar XV-XVI asrlarda bu ikki adabiyot o‘rtasidagi munosabat va aloqalardan dalolat berib, shoirning fors-tojik adabiyoti va uning vakillariga hurmatini ko‘rsatadi. Asarda qo‘llanilgan va keltirilgan forsiy misralar turli variantlari bilan qiyoslangan holda muhokama qilinadi, uni nashr etishda yo‘l qo‘yilgan beixtiyor xatolar, o‘sha she’rlarni tahlili bilan bog‘liq holda uning to‘g‘ri shakli muhokama qilinadi. Matnning to‘g‘ri tayyorlanishi ma’noni to‘g‘ri tushunishga yordam beradi, keyingi nashrlarda esa “Boburnoma” matnini chuqur va aniq tadqiqot bilan. ixtiyoriy va beixtiyor xatolarga yo‘l bemasdan tayyorlash zarur.
#“Boburnoma” #bayt #xatolar #qofiya #adabiy aloqalar #fors tili va adabiyoti #zullisonain
Ushbu maqolada O‘zbekiston neft va gaz sanoatining mustaqqillik davrida bosib o‘tayotgan rivojlanish sari bosqichlari,yutuqlari va muammolari haqida qisqacha izoh berilgan.Shu bilan bir qatorda, sohada qilinishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalar,yechilishini kutib turgan ayrim muammolar, shuningdek, bu tizimni iqtisodiyotimizning yetakchi sohasiga aylanishi istiqbollari to‘g‘risida munozara olib boriladi.
#strategiya #gaz #reja #neft #kondensat #qayta ishlash
Maqolada jahon badiiy adabiyotida sarguzasht (detektiv) janrining mashhur asoschisi amerikalik yozuvchi, shoir, munaqqid va muharrir Edgar Allan Poning “Sukunat”, “Qizil ajal niqobi” hikoyalarida o‘zi yashab turgan ijtimoiy muhitning badiiy talqinlari tahlilga tortilgan. Adib hikoyalarida inson erki va ma’naviyati uchun kurash, ruhiy olam manzaralarini jozibador uslublarda bera olish, fantastik realizm, sarguzashtlilik poetikasidagi izlanishlari qiyosiy tahlillar orqali yoritib berilgan.
#ijtimoiy muhit #hikoya #psixologik holat #sarguzasht #dramatik obraz #romantik hodisa #magik realizm #xayoliy-fantaziya
Maqolada O‘.Hoshimovning “Ikki eshik orasi” asari tahlil qilinar ekan, uning ijtimoiy, umuminsoniy, zamonaviy qimmati haqida so‘z yuritiladi. Asardan olingan parchalar orqali unda ishtirok etuvchi personajlar ruhiyati va xarakteri, asarning mohiyati, janri, badiiyati ochib beriladi. O‘ziga xos polifonik tarzda yozilgan bu romanning qimmati hozirgi davrgacha yo‘qolmaganligi, aksincha unda aks etgan odamiylik, insonparvarlik, vatanparvarlik, samimiylik kabi xislatlarning hayotiy va haqqoniy ifodalanishi, asardagi har bir personaj hayoti va ruhiyatida aks etgan voqealar timsolida ko‘rsatib beriladi.
#tahlil #personaj #badiiy #ijtimoiy #polifoniya #polifonik asar #mushohada
Ushbu maqolada navoiyshunos olim S.Olimov ilmiy tadqiqotlarida Alisher Navoiy shaxsiyat va ma’rifiy-badiiy tafakkur talqinlarining o’rganilishi haqida gap boradi.
#mafkura #matn #tariqat #tadqiqot #devon #ma’rifat #navoiyshunos #qit’a
Ushbu maqolada o‘quv lug‘atlari to‘g‘risida, ular o‘quvchilarning intelektual salohiyatini rivojlantirishga, so‘z boyligini oshirishga, tafakkurini o‘stirishga, tilning mavjud adabiy me’yorlarini o‘zlashtirishga, tildan amaliy foydalanish kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qilishi to‘g‘risida,o‘quv lug‘atlarining yaratilishi boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga mo‘ljallangan yangi avlod lug‘atlarini tuzish uchun olib borilayotgan tadqiqotlarning o‘zaro bog‘lanishiga yordam berishi va ulardan foydalana olish ko‘nikmasini shakllantirish zaruriyati mavjud ekanligi haqida so‘z yuritilgan.
#innovatsion ta’lim #leksikografiya #о‘quv lug‘ati #elektron-o‘quv lug‘atlari #konsepsiyasi #semantizatsiya
Ushbu maqola notiqlik san’ati, tafakkur va nutqning fan sifatidagi ahamiyatiga bag‘ishlangan. U notiqlik nutqi qurilishining o‘ziga xos qonunlarini o‘z ichiga oladi, mukammal nutqni amalda o‘zlashtirishga imkon beradi, to‘g‘ri gapirishga, fikrni ifoda etishga, nutq aloqasini tashkil etishga, bayonotlarni ifodalashning yangi shakllarini yaratishga o‘rgatadi, o‘z-o‘zini takomillashtirish va yangi bilimlarni o‘rganishga intilayotgan yoshlarga bularni o‘rgatish muhim va zarurligi haqida to‘xtalib o‘tilgan.
#fan #Madaniyat #muloqot #yoshlar #ritorika (notiqlik) #notiqlik nutqi #qoidalar #o‘rgatish
Maqolada adabiyotshunoslikning dolzarb muammolaridan biri xronotopning badiiy-funksional xususiyatlari tahlil qilingan. Xronotop olam va odam munosabatlarini tasvirlashda, qahramon qalbidagi kechinma, iztirob, uning o‘zigagina tegishli ruhiyat manzaralarining eng chuqur o‘zanlarini to‘liq his qilishda, yozuvchining badiiy-g‘oyaviy maqsadini ifodalashda hamda asarning mazmun va shaklini ochishda xizmat qiladi. U ijodkor uslubining o‘ziga xos jihatlarini belgilab, milliy fikrlash tarzini aks ettiradi. Xronotop janr va syujetni tashkil etib, asarning ichki izchilligini mustahkamlaydi.
Zamon va makon kategoriyasi umumlashtiruvchi vazifa bajaradi.
#real #milliy #psixologik #ijtimoiy #xronotop #badiiy makon #badiiy zamon #zamon-makon dialektikasi #mikroolam #makroolam #megaolam xronotopi
Ushbu maqolada o‘zbek publisistikasining tamal toshlaridan biri bo‘lgan “Sadoi Turkiston” gazetasi haqida fikr yuritiladi. Gazetaning xususiyatlari, tarixi, noshirlik bilan bog‘liq masalalar, o‘sha davr gazeta nashr etish bilan bog‘liq o‘ziga xos jihatlar e’tiborga olingan. Shuningdek, maqolada Ashurali Zohiriy ijodiga mansub “Ona tili” deb nomlangan maqolasining asl nusxasi va uning transliterasiyasi keltirilgan bo‘lib, bu filologlar, tarixchilar, publisistlar, manbashunoslar uchun qimmatli manba bo‘lib xizmat qiladi.
Transliterasiya qilingan matnni tadqiq etish orqali o‘sha davr o‘zbek tili xususiyatlari, matn qurilishi, noshirlik tarixi bilan bog‘liq yangi bilimlarni o‘zlashtirish mumkin.
#maqola #gazeta #tiltarixi #matnshunoslik #manbashunoslik #noshirlik #publisistika #matbuot
Ushbu maqola ingliz tilidagi mavjud reduplikativ elementlarning etimologik, funksional, semantik, kognitiv va qiyosiy tahlili aks etgan lingvistik nazariyalariga oid bo‘lib, bu birliklarning tilda qo‘llanilish maqsad va vazifalarining tadqiqi amalga oshirilgan. Ingliz tilidagi reduplikativ elementlarning lingvistikaning turli sohalaridagi tadqiqi mavjudligi ko‘rsatib berilgan.
#reduplikatsiya #reduplikatsiya usuli #reduplikativ so‘z #fonologik turtki
G‘arb tilshunosligidagi so‘zlarning birikuvchanligi, sintagmatika, valentlik nazariyasi masalalarida fikr yuritilganda collocation atamasi bilan nomlanadigan so‘zlar birikuvi haqida ham to‘xtalib o‘tish lozim bo‘ladi. Xalqaro tilshunoslikda collocation hajmini belgilash masalasining ko‘p qirrali ekanligi uni tushunishda har xillikka olib kelmoqda. Collocationga mukammal ta’rif berish, ularga doir ikki tilli lug‘atlar ishlab chiqish amaliy tilshunoslikning jadal rivojiga hissa bo‘lib qo‘shiladi va mashina tarjimasi muammolarini kamaytirishda qo‘l keladi.
#sintagmatika #so‘zlar birikuvi #endotsentrik #ekzotsentrik #amaliy tilshunoslik
Ushbu maqolada zamonaviy fransuz tilidagi so‘roq gaplarning semantik va funksional xususiyatlari, so‘roq gapning o‘ziga xos jihatlari, so‘roq gaplarning aloqa vositasi sifatida qo‘llanishi, so‘roq gaplarning kommunikativ tipining paradigmasini o‘rnatish va ularning funktsional-semantik turlarining grammatik ma'nolari yoritiladi.
#modus #umumiy so‘roq gaplar #qisman so‘roq gaplar #diktum #modalli so‘roq gaplar
Mazkur maqolada struktur tilshunoslikning jahon tilshunosligida paydo bo‘lishi va uning taraqqiyoti haqida fikr yuritiladi. Maqolada mualliflar sistemaviylik o‘zi nima, system tadqiqotlarning tarixiy negizi qanday shakllangan kabi savollarga batafsil javob beradilar va ushbu soha rivojiga hissa qo‘shgan tilshunos olimlarning ilmiy xulosalari muhokama qilinadi. Maqolada mazmuniy maydon-struktur tilshunoslikning asosiy konsepti sifatida tahlilga tortiladi va uning lingvistik xususiyatlari yoritib beriladi. Mualliflar o‘zbek tilshunosligidagi semantik maydon nazariyasi borasidagi izlanishlar va ularning ilmiy natijalari haqida so‘z yuritadilar.
#semiotika #til birliklari #mazmuniy maydon #system tilshunoslik #strukturalizm #semantik maydon #maydon elementlari #paradigma #ochiq sistema #yopiq sistema
Til murakkab, poyoni yo‘q, cheksiz hodisadir. Uning atrofida olib borilayotgan ishlarning soni yanada ko‘paymoqda. O‘zbek tili tarixidagi muammoli masalalar asta-sekin yechimini topmoqda, bu yo‘nalish bo‘yicha ko‘plab tadqiqotlar yaratildi. Tadqiqotning maqsadi okkazional birliklarning o‘rganilishi masalasini ochib berishdir. Maqolada qiyosiy, komponent tahlil metodlaridan foydalalanilgan.
Maqolada okkazional birliklarning o‘zbek tilshunosligida o‘rganilishi, bu sohada erishilgan yutuqlar, tadqiqini topmagan masalalar, ularning o‘ziga xos xususiyatlari, neologizmdan farqi, potensial so‘zlar va okkazionallarning o‘zaro qiyosi, ijodkorlarning o‘ziga xos yangi so‘z yaratish mahorati, okkazional birliklarning badiiy adabiyotga ta’siri kabi masalalar aks etgan.
Okkazionalizmlar har bir davrda har bir ijodkor tomonidan o‘z uslubidan kelib chiqqan holda yaratiladi va ular noodatiy, g‘ayritabiiyligi bilan o‘ziga xosdir. Okkazionalizmlar ijodkorning ma’lum maqsadi uchun yaratiladi va adabiyotlarda o‘ziga xos vazifani bajaradi. Okkazional birliklarga doir ko‘plab tadqiqotlaryaratildi va yaratilmoqda.
#neologizm #idiostil #okkazionalizm #individual-uslubiyneologizm #potensialso‘zlar #etimon #nutqiyhodisalar #favqulodda qo‘llanishlar #adabiy norma #maromsiz yasamalar
Til insoniyat ega boʻlishi mumkin boʻlgan eng muhim vositadir. Til orqali biz bir-birimizga fikrlarimizni bayon qilamiz va ma’lumotlarni yetkazamiz. Tilsiz, ushbu qurolsiz biz nafaqat oʻz qarashlarimizni ifodalay olmaymiz, balki rivojlanishimizga, unib-oʻsishimizga asos boʻluvchi elementlarni qura olishimiz ham imkonsiz. Shuning uchun til dunyo boʻylab har xil jamiyat va sivilizatsiyalar orqali rivojlanib kelmoqda, desak mubolag‘a boʻlmaydi. Tilni oʻrganishning oʻzi juda qiziqarli jarayon boʻlsa-da, tilni oʻrganishga alohida e’tibor berilishi kerak, chunki u alohida jamiyatlarga va tilning rivojlanish va evolyutsiya jarayoniga tegishli xossadir. Til jamiyatdagi madaniyat va uning dunyoni idrok etishdagi aksdir; u axborotni uzatar ekan, shu orqali ma’lum bir jamiyat bu ma’lumotni qanday qabul qilishini, qayta ishlashini, baholashini va yetkazishini koʻrsatadi. Muayyan tilning vaqt oʻtishi bilan rivojlanishi, undan foydalanadigan jamiyat yoki jamiyatlarning vaqt oʻtishi bilan qanday rivojlanishini koʻrsatadi, madaniy nuqtayi nazar, ijtimoiy tarkib va siyosiy sharoitlardagi oʻzgarishlar tilning xususiyatlariga chuqur ta’sir qiladi.
#Madaniyat #axborot #rivojlanish #millat #o‘xshashlik #jamiyat #baho #til #urf-odatlar
Ushbu maqolada o‘zbek tilida “xursandchilik” etimonlari va ular qo‘llanilgan frazeologik birliklarni o‘rganish, shuningdek, ularning ma’nosi va turlarini izohlash, “xursandchilik” etimonlarini aniqlash maqsad qilib olingan. Tadqiqot jarayonida tavsifiy, tasnifiy va tarxiy-qiyosiy kabi metodlardan hamda sinxron va diaxron aspektlardan foydalanilgan.
Mazkur tadqiqot natijalari sifatida “xursandchilik” etimonlarini ifodalash bilan bog‘liq shakl va ma’no etimonlari, frazeologik birliklar turlari va izohlari o‘rganilishi kelgusi o‘zbek tiliga oid tadqiqotlarda, tilshunoslikning etimologiya va frazeologiya sohalarida qo‘shimcha manba sifatida hamda lug‘atlar tuzishda foydalanilishi mumkin. Mazkur maqolada frazeologiya va so‘zlarning paydo bo‘lish tarixini o‘rganuvchi etimologiya haqida mulohaza yuritilgan. So‘zlarning etimologiyasi o‘rganilishida “xursandchilik” etimonlari tanlab olingan va ular qo‘llanilgan frazeologik birliklar tadqiq etilgan va izohlangan. Ushbu tadqiqotning xulosasi sifatida so‘zlarning etimologiyasini o‘rganish nafaqat so‘zlarning hozirda foydalanishdagi ahamiyatiga ta’siri mavjudligi, balki frazeologiyalar mazmunida ham aks etishi mumkinligini ko‘rsatadi.
#frazeologiya #etimologiya #etimon #ma’no etimoni #shakl etimoni #frazeologik butunlik #frazeologik qo‘shilma
Ushbu maqolada nemis tilidagi harbiy frazeologik birliklarning sotsiopragmatik xususiyatlari tahlil qilindi. Harbiy iboralar tuzilishiga koʼra soʼz birikmasi va gapga tengdir. Harbiy iboralar shakl va mazmun jixatidan lisoniy birlik sifatida hamda ijobiy, salbiy, neytral va baholash munosabatidagi guruhlarga ajratildi. Soʼzlashuv nutqi uslubiga xos baholash munosabatini ifodalovchi frazeologik birliklarda soddalik, taʼsirchanlik, koʼtarinkilik, ulugʼvorlik, erkinlik aniqlandi. Harbiy frazeologik birliklar maʼnoni kuchli, obrazli, emotsional-ekspressiv ifodalovchi til birligi boʼlib, ulardagi konnotatsiyani anglash uchun frazeologik birliklar maʼnosini unga maʼnodosh boʼlgan soʼz semantikasi bilan qiyoslandi. Shuningdek, harbiy frazeologik birliklarning pragmatik funktsiyalari koʼrsatilib, misollarda yoritildi.
#nutq #iboralar #til #soʼzlashuv nutqi #harbiy frazeologik birliklar #pragmatik #soʼzma-soʼz
Ushbu maqolada mustaqil so‘z turkumlariga mansub bo‘lgan ravish so‘z turkumi haqida ma’lumot beriladi.Maqolada ravish, uning tasniflanishi, ravishning tasnifiga oid bo‘lgan yondashuvlar, turli xil fikrlar va umumiy xulosalar haqida ma’lumotlar mavjud. Maqola ushbu mavzuga chuqur yondoshilgani, to‘liq tasniflangani bilan ahamiyatli.
Ravish haqida va uning tasniflanishi borasidagi asosiy ma’lumotlar ma’qolada ta’kidlab o‘tilgan.
#ravish #holat ravishi #daraja – miqdor ravishi #o‘rin – payt ravishi #yo‘nalish ravishi #so‘roq ravishi #ergashtiruvchi ravish #sabab ravishi #maqsad ravishi #ma’noviy guruh #funksional tasnif
So‘z o‘ta serqirra va serjilo til (nutq) birligi bo‘lganligi bois uning hayotimizdagi o‘rni beqiyos ekanligi va hozirgi globallashuv, ilm-fan taraqqiyoti davrida so‘zning ma’no ifodalashi, nominativ funksiyasining muhim ahamiyati, unga berilgan ilmiy ta’rif va talqinlar tasnifi o‘ziga xos lisoniy nuqtayi nazardan tahlil etish ushbu maqoladan ko‘zlangan bosh maqsad hisoblanadi. Maqolada so‘z va uning mantiqiy imkoniyatlarini chuqur o‘rganish Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida milliy yuksalish shartlari hamda tilimizga oid ilmiy tadqiqotlar faoliyatining samarasi kelajagimizni belgilab beruvchi asosiy omil ekanligi ta’kidlanadi. Lingvistik jihatdan mazkur nutq birligi tadqiqida so‘zning semantik xususiyatlari, semantik maydon qamrovi, onomastik holati, ma’no yoki tushuncha ifodalashdagi denotativ va konnotativ funksiyalari, mazkur funksiyalarning signifikativ va struktural shakllari tahlil qilinadi.
#nutq #semantika #so‘z #birlik #onomastika #talqin #polisemiya #denotativ #konnotativ #signifikativ
Maqolada ommaviy axborot vositalari tilini funktsional-stilistik tavsiflashning murakkabligi muhokama qilinadi, ommaviy axborot vositalarining asosiy xususiyatlari, shuningdek, tilning funktsional-stilistik farqlash tushunchalaridagi farqlari tavsiflanadi, "uslub" tushunchalari o‘zaro bog‘liq. " va "funktsional uslub" ommaviy axborot vositalari tilida amalga oshiriladigan funktsional uslubning xususiyatlarini, ommaviy axborot tilini funktsional va stilistik birlikning maxsus turi sifatida belgilashga imkon beradigan omillarni ta'kidlaydi.
#media lingvistika #media matn #ommaviy kommunikatsiya #funksional va stilistik birliklar #funksional va stilistik farqlash
Maqolada “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” kitobida qo‘llangan “yashil” leksemasi doirasida shakllangan birikmalar, birikma komponentlarining etimologiyasi, ularda ustama semalarning ifodalanish usullari, ushbu lug‘aviy birliklarning bugungi siyosiy matnning mazmuniy mundarijasida bajarayotgan vazifasi tahlil qilingan. Tahlil jarayonida qiyosiy metadologik usul asosida “yashil” so‘zining denotativ va konnotativ ma’nolari izohi bo‘yicha yaratilgan ilmiy adabiyotlarga tayanib, ijtimoiy-siyosiy matnlar doirasida yangi siyosiy jarayonlar nomemasi sifatida qo‘llanayotgan birikmalarning kontekstual xususiyati o‘rganilib, “yashil” so‘zi atrofida shakllangan, mavjudlari esa kengaygan semantik maydon tahlil etildi.
#semantika #etimologiya #ustama sema #kontekstual xususiyat
Mazkur maqolada Navoiy g‘azallarida qo‘llangan o‘xshatish qurilmalarining tarkibi xususida fikr yuritilgan. Navoiy g’azallarida o‘xshatish uch xil grammatik vosita yordamida shakllanashi va ularning o‘xshatish qurilmalarini shakllantirishdagi imkoniyatlari teng emasligi haqida ma’lumotberilgan. Navoiy she’riyatida kengaytirilgan o‘xshatish subyektlariga misollar berilib, tahlil etilgan, umuman olganda, tilshunoslikda o‘xshatish qurilmalarining o‘rganilishi nechog‘lik muhim vazifa ekanligi yoritib berilgan.
#O‘xshatish belgisi #o‘xshatish asosi #kengaytirilgan o‘xshatish #morfologik vosita #leksik vosita #sintaktik vosita #izohlovchi #izohlanmish #o‘xshatish subyekti #o‘xshatish obyekti