Articles : SHERMUHAMMADOV Bahodirjon Shermuhammedovich

6-8 439 Nov 8, 2022 2:08:38 PM
Annotation

Maqolada o‘zbek tilining mustahkam huquqiy asosi haqida va munosib maqomga ega bo‘lgan davlat tilimiz yangi rivojlanish va yuksalish bosqichiga ko‘tarilayotganligi xususida fikr yuritilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hamda «Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonlari imzolanganligi, yurtimizda Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil etilganligi, shuningdek, 2020-2030 yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi va mazkur konsepsiyani 2020-2022 yillarda amalga oshirish dasturi qabul qilinib, bu orqali o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari belgilab berilganligi va bu borada olib borilayotgan keng ko‘lamdagi islohotlar davlat tilining rivojlanishiga keng yo‘l ochib berishi misollarda yoritilgan.

#davlat tili #til siyosati o‘zbek tilini rivojlantirish

7-11 490 Dec 5, 2022 7:03:17 PM
Annotation

Ushbu maqolada alohida ta'lm ehtiyojiga ega jismoniy yoki ruxiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning rivojlanish xususiyatlari, ulardagi nuqsonlarning kelib chiqish sabablari, turlari ko‘rib chiqilgan.  Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan alohida ta’lim ehtiyojiiga ega talabalarga yaratilgan sharoitlar va ularga kerak bo‘ladigan jarayonlarni ko‘rib chiqib unga kerakli sharoitlarni ko‘rib chiqish uchun yetarli manbaalar keltrilgan.

#alohida ta’lim #inkulizif ta’lim #nogronlik #ko‘zi ojiz #imkonyati cheklangan #deviantlik

8-11 571 Feb 14, 2023 4:41:57 PM
Annotation

Maqola modernizatsiya vazifasining dolzarbligini asoslaydi va raqamli madaniyat shakllari bo‘yicha o‘qituvchilarni tayyorlash va malakasini oshirishga etibor qaratadi. Maqolaning maqsadi — ta'limni raqamlashtirish sharoitida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy ta'lim dasturini ishlab chiqish bo‘yicha muallifning konsepsiyasini ochib berishdan iborat. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, integral-faoliyat yondashuvi asosida ishlab chiqilgan degan xulosaga kelinadi, o‘qituvchining raqamli madaniyati modeli, shuningdek, yo‘nalish bo‘yicha o‘quv dasturini loyihalash uchun konseptual g‘oyalar ifodalanadi.

#axborot xavfsizligi #axborot huruji #iste’mol #milliy g’urur #kompetensiya va kompetentlik