Статьи : Asadov Maqsud Husenovich
Mazkur maqolada yetuk shoir E.Vohidov she’riyatidagi ishq mavzusi tahlil qilingan. Xususan, oshiq va ma’shuqa obrazi talqinlari orqali lirik qahramonning o‘ziga xos ma’naviy olami ochib berilgan. Ishq mavzusining atoqli shoir ijodida tutgan yetakchi mavqei atroflicha tahlil qilingan. Oshiq timsolining ijtimoiy, maishiy hayotning jo‘shqin, shiddatkor va faol kurashchisi sifatidagi muhim roli yorqin she’riy misollar orqali dalillangan. Ayniqsa, shoir irik qahramonining oshiq qiyofasidagi poetik chizgilari, yorga sadoqat, vafo, mehr-u oqibat kabi yuksak insoniy fazilatlari badiiy matn mazmuniga mos tarzda keng yoritilgan. Umuman, maqola orqali E.Vohidov ijodida ishq konsepsiyasi, lirik qahramon – oshiq xarakterining spetsifik xususiyatlari va ma’shuqaning go‘zal axloqiy olami haqidagi savollarga javob topish imkoni mavjud.
#lirik qahramon #ishq #oshiq #ma’shuqa