Статьи : Turayev Xayit Xudaynazarovich
Ishning maqsadi: Fan texnika rivojlangan hozirgi davrda yangi turdagi sorbentlar sintez qilish, ularning ba’zi metall kationlariga nisbatan kompleks hosil qilish xossalarini aniqlash va ular yordamida eritmalar tarkibidan metall kationlarini ajratib olib, ushbu jarayonida hosil bo‘ladigan birikmalarning tarkibi, tuzilishi, fizik-kimyoviy xossalarini o‘rganish noorganik kimyoning dolzarb muammolaridan biridir. Ushbu maqolada karbamidformaldegid va anilinasosida yangi turdagi polimer ligand sintez qilindi. Ligand sintez qilish sharoitlari, polikondensatsiya jarayoniga haroratning ta’siri, sorbentning IQ-spektroskopik va termik tahlil natijalarini tadqiq qilindi.
#karbamid #Polimer ligand #formaldegid #anilin #statik almashinish #termik tadqiqotlar
Tadqiqot ishini bajarishda karbamid, formaldegid va etilendiamintetrasirka kislotasining dinatriyli tuzi (KFTB) asosida sintez qilingan xelat hosil qiluvchi sorbentning ayrim d-metallari bilan sorbsion xossalarini, ion almashinishning reaktivlar nisbati va statik almashinish sig‘imiga bog‘liqligi o‘rganildi. Sintez qilingan sorbentning IQ spektrlari va Co (II) va Cu (II) ionlari bilan hosil qilgan kompleks birikmasining IQ spektroskopik tahlil natijalari o‘rganilib, tebranish chastotalaridagi siljishlar farqi keltirilgan. KFTB ning Co (II) va Cu (II) ionlari bilan hosil qilgan kompleks birikmalarining taxminiy kimyoviy reaksiyalari va formulalari berilgan. Sintez qilib olingan xelat hosil qiluvchi sorbentning sorbsion xossalarini reaktivlar nisbatiga bog‘liqligi aniqlandi. Sorbentning tuzilishi IQ-spektroskopiya natijalari asosida o‘rganilib, reaksiya tenglamalari taklif qilingan.Sintez qilingan sorbentning statik almashinish qobiliyati 2:5:0,2 molyar nisbatda samarali ekanligini ko‘rsatdi. Sorbent va uning d-metall ionlari bilan hosil qilgan kompleks birikmasining IQ-spektr chiziqlarida farqli siljishlar tahlil qilindi.
#sorbent #karbamid #polikondensatsiya #formaldegid #statik almashinuv sig‘imi #etilendiamintetrasirka kislotasining dinatriyli tuzi #bo‘kish darajasi #sochma og‘irligi
Fan texnika rivojlangan hozirgi davrda yangi turdagi sorbentlar sintez qilish, ularning ba’zi metall kationlariga nisbatan kompleks hosil qilish xossalarini aniqlash va ular yordamida eritmalar tarkibidan metall kationlarini ajratib olib, ushbu jarayonida hosil bo‘ladigan birikmalarning tarkibi, tuzilishi, fizik-kimyoviy xossalarini o‘rganish noorganik kimyoning dolzarb muammolaridan biridir. Ushbu maqolada karbamid formaldegid va anilin asosida yangi turdagi polimer ligand sintez qilindi. Ligand sintez qilish sharoitlari, polikondensatsiya jarayoniga haroratning ta’siri, sorbentning IQ-spektroskopik va termik tahlil natijalarini tadqiq qilindi.
#karbamid #Polimer ligand #formaldegid #anilin #statik almashinish #termik tadqiqotlar