Статьи : Soatova Nodira Isomitdinovna

210-213 240 Sep 21, 2022 2:48:52 PM
Аннотация

Мақолада носир ва шоир Шуҳратнинг шоҳ асари −“Жаннат қидирганлар” романининг мазмун-моҳиятини очиб беришга қаратилган. Мақолада адибнинг адабий-эстетик қарашлари халқпарвар доктор, ўзбек фарзанди Абулбарака, эрксевар зиёли Зейтун ва чет эллик оддий фуқаро Зилол образлари орқали кўрсатиб берилган.
Шунингдек, адиб романда чет эллардаги миллий уйғониш, озодликка интилиш мавзусини ҳам анча кенг ва ҳаққоний тасвирлаган.

#руҳият #жараён #мустақиллик #образ #роман #озодлик #эстетик #тушунча #қаҳрамон #адабий #поэтик тафаккур #ватанфурушлик

155-161 310 Oct 3, 2022 4:32:20 PM
Аннотация

Ushbu maqola XX asr shoiri va adibi Shuhrat ijodidan o‘rin olgan masal va hajviy she’rlar tahlil va talqini masalasiga bag‘ishlangan. Maqolada masal va hajviy she’rning o‘ziga xos xususiyatlari ochib beriladi. Shoirning “Tulki va quyon” va “Qurbaqa” masalining g‘oyaviy mazmuni, ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyati satrma-satr tahlil qilinadi. Masallardagi tuyg‘u – fikr – g‘oya zanjiri ko‘rsatib beriladi. Shuhratning ma’rifiy g‘oyalar ifodasi talqin etilgan “Bo‘ri edi, tulki bo‘ldi” va “Xira pashsha” hajviy she’rlarida inson tabiatiga xos bo‘lgan illatni, inson tabiatining zaif tomonlari, nuqsonlari, qusur-kamchiliklari, noto‘g‘ri xatti-harakatlari aniq, o‘tkir hajv orqali ochib berganligi ko‘rsatilgan. Shoirning yuqoridagi masal va hajviy she’rlari didaktik tarbiyaning muhim vositasi sifatida bashariyatni tarbiyalashga xizmat qilishi isbotlangan. Shuhratning masal va hajviy she’rlari XX asr adabiy maydonidagi ma’naviy ibrati bilan hozir ham o‘z ahamiyatini to‘la saqlab qolgani aniqlangan.

#kinoya #obraz #motiv #g‘oya #majoz #tuyg‘u #illat #masal #hajv #allegorik #nuqson #munofiqlik #didaktik tarbiya