Статьи : Rajabova Ma'rifat Baqoyevna

133-139 378 Dec 6, 2022 5:39:21 PM
Аннотация

Maqolada Alisher Navoiyning ustozi Abdurahmon Jomiy vafotiga bag‘ishlangan marsiyalari tahlil qilinadi. Ulug‘ shoirning Abdurahmon Jomiy shaxsi, uning fazilatlari to‘g‘risida qarashlari tahlillar orqali yoritib beriladi. Shu bilan birga shoirning falsafiy qarashlari, pand-nasihatlarining marsiyalar tarkibiga singdirilganligi sharhlar tahlilida ko‘rsatib  berilgan.
Tahlil jarayonida har ikkala shaxs o‘rtasidagi do‘stlik, insoniy munosabat va fazilatlarga urg‘u beriladi. Marsiyada motam marosimiga xos xususiyatlarning badiiy ifodasi, motam marosimiga oid tasvirlarni berishda so‘z qo‘llash mahoratiga doir mulohazalar o‘rtaga tashlanadi.

#marsiya #do‘stlik #lirik janri #motam #pand-nasihat