Статьи : Jumayev Buron Ulugʼmurotovich

122-128 381 Jul 7, 2022 12:06:02 AM
Аннотация

 Ushbu maqoladan ko‘zlangan asosiy maqsad gastronomik turizmning kelib chiqishi va uning mohiyatini keng yoritib  berishdan  iborat,  chunki,  bugungi  kunda  dunyoning  rivojlangan  juda  koʼplab  davlatlarida  turizmning  asosiy  turi sifatida  gastronomik  turizm  etirof  etilmoqda,  negaki  gastronomik  turizm  sohasini  jadal  rivojlantirish  iqtisodiy  oʼsishning 
muhim  omili  sanaladi.  Shu  tufayli  gastronomik  turizmni  rivojlantirish  nazariy-uslubiy  va  amaliy  jihatlari  boʼyicha  ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish dolzarb masala hisoblanadi.  
Ushbu tadqiqot ishida asosan xranalogik usuldan shu bilan birga absrakt-mantiqiy tahlil, tizimli tahlil, qiyosiy tahlil usullaridan foydalanilgan.  
Gastronomik  turizmning  tarixiy  ildizlari,  hamda  bugungi  kunda  bu  borada  xorijiy  mamlakatlar  hamda O‘zbekistonda  olib  borilayotgan  ilmiy  va  amaliy  jarayonlar  solishtirma  misollar bilan  koʼrib  chiqilgandan  so‘ng, gastronomik  turizmni  rivojlantirish  hozirgi  kunda  qanchalik  zarur  ekanligi  va  buning  uchun  gastronomik  turizmni ommalashtirish  va  bu  borada  yuqori  tashabbuslarni  ilgari  surush,  yurtimizda  bu  sohadagi  bilim  darajalarni  oshirish, mahalliy  hokimiyat  organlari,  jamoat  tashkilotlari,  ommaviy  axborot  vositalarini  bu  sohaga  jalb  qilish,  uzoq  muddatga mo‘ljallangan  rejali  oʼquv  va  ishchi  dasturlarni  ishlab  chiqish,  halqaro  hamkorliklarni  yanada  kengaytirish  lozim  degan xulosaga kelindi. 

#tarix #gastronomikturizm #pazandalikturizmi #oziq-ovqatvaichimlik #oshxona #taomlar #sayyohlar