Статьи : Abdunazarov Sobir Ibragimovich

106-112 388 May 26, 2022 2:28:43 PM
Аннотация

Maqolada muallif O‘zbekistonda ma’naviy-mafkuraviy mexanizmlarni amaliyotga joriy etishda kompleks yondashuvning ahamiyatini o‘rgangan. Yoshlarni ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy-mafkuraviy jihatdan rivojlantirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar yoritilgan.

Tadqiqotda ob’ektivlik, tarixiylik, qiyosiy-tarixiy, tuzilmaviy, tuzilmaviy-funksional, tahlil va sintez, induksiya va deduksiya, hujjatlarni o‘rganish, ma’lumotni qayta ishlash, guruhlash kabi sotsiologik usullardan foydalanildi.

Yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va samarali amalga oshirishda kompleks yondashuvning ahamiyati quyidagilarda ko‘rinadi. Yoshlar bilan ishlashda turli “bo‘shliq”lar vujudga kelishining oldini oladi. Bunda jamiyat va davlatning o‘zaro hamkorligi ta’minlanadi, ya’ni davlat yoshlarga o‘z salohiyati va imkoniyatlaridan to‘la foydalanishi uchun tegishli shart-sharoitlarni yaratib berishi, yoshlar, o‘z navbatida, muayyan ijtimoiy vazifalarni bajarishi lozim.

Aннотация

#: yoshlar siyosati #ma’naviy-mafkuraviy mexanizm #kompleks yondashuv #jamiyat taraqqiyoti #ijtimoiy funksiyalar #kompleks tahlil #instrumental daraja