Articles : Azizov Muzaffar Sulaymonovich
Ushbu maqolada to‘g‘ri to‘rtburchakda Bessel operatori qatnashgan yuqori juft tartibli xususiy hosilali differensial tenglama uchun boshlang‘ich-chegaraviy masala o‘rganilgan. Qo‘yilgan masalaga o‘zgaruvchilarni ajratish usulini qo‘llab, yuqori juft tartibli oddiy differensial tenglama uchun spektral masala olingan. Oxirgi masala o‘z-o‘ziga qo‘shma ekanligi isbotlanib, uning xos funksiyalari sistemasi mavjudligi, shuningdek, ushbu sistema ortonormalligi va to‘laligini ko’rsatilgan.
O‘rganilayotgan masalaning yechimi spektral masalaning xos funksiyalari sistemasi bo‘yicha Fury’e qatori ko‘rinishida qidirilgan. Bu qatorning va undan hadlab differensiallash yo‘li bilan olingan qatorlarning tekis yaqinlashuvchiligini ta’minlovchi shartlar topilgan. Masalani yechishning yagonaligi energiya integrali usuli bilan isbotlangan. Masala yechimi uchun uning berilgan funksiyalarga uzluksiz bog‘liq ekanligi kelib chiqaruvchi bahosi olingan.
#boshlang’ich-chegaraviy masala #spektral masala #masala yechimining mavjudligi #yagonaligi va turg’unligi