Maqolalar : Qurbonova Moxinur Abdusoli qizi

134-138 360 Nov 10, 2022 3:31:40 PM
Annotatsiya

Til murakkab, poyoni yo‘q, cheksiz hodisadir. Uning atrofida olib borilayotgan ishlarning soni yanada ko‘paymoqda. O‘zbek tili  tarixidagi muammoli masalalar asta-sekin yechimini topmoqda, bu yo‘nalish bo‘yicha ko‘plab tadqiqotlar yaratildi. Tadqiqotning maqsadi okkazional birliklarning o‘rganilishi masalasini ochib berishdir. Maqolada qiyosiy,  komponent  tahlil  metodlaridan foydalalanilgan.
Maqolada okkazional birliklarning o‘zbek  tilshunosligida o‘rganilishi, bu sohada erishilgan yutuqlar, tadqiqini topmagan masalalar, ularning o‘ziga xos xususiyatlari, neologizmdan farqi, potensial so‘zlar va okkazionallarning o‘zaro qiyosi, ijodkorlarning o‘ziga xos yangi so‘z yaratish mahorati, okkazional birliklarning badiiy adabiyotga ta’siri  kabi masalalar aks etgan.
Okkazionalizmlar  har bir davrda har bir ijodkor tomonidan  o‘z  uslubidan kelib chiqqan holda yaratiladi  va  ular noodatiy, g‘ayritabiiyligi bilan o‘ziga xosdir. Okkazionalizmlar ijodkorning ma’lum maqsadi uchun yaratiladi va adabiyotlarda o‘ziga xos vazifani bajaradi. Okkazional birliklarga doir ko‘plab tadqiqotlaryaratildi va yaratilmoqda.

#neologizm #idiostil #okkazionalizm #individual-uslubiyneologizm #potensialso‘zlar #etimon #nutqiyhodisalar #favqulodda qo‘llanishlar #adabiy norma #maromsiz yasamalar