Maqolalar : Urinov Axmadjon Qo'shaqovich

185-192 391 Nov 9, 2022 5:58:29 PM
Annotatsiya

Ushbu maqolada soha chegarasining barcha qismida buziladigan to‘rtinchi tartibli tenglama uchun chegaraviy masalalar bayon qilingan va o‘rganilgan. Masala yechimining  mavjudligi, yagonaligi va turg‘unligi isbotlangan. O‘zgaruvchilarni ajratish usuli orqali, oddiy differensial tenglama uchun spektral masala hosil qilingan. Bu spektral masala Grin funksiyasi yordamida simmetrik yadroli ikkinchi tur Fredgolm integral tenglamasiga ekvivalent keltirilgan. O‘rganilayotgan masalaning yechimi spektral masalaning xos funksiyalar sistemasiga nisbatan Furye qatorining yig‘indisi sifatida topilgan. Masala yechimining bahosi olingan, uning berilgan funksiyalarga doimiy bog‘liqligi isbotlangan.

#chegaraviy masala #Grin funksiyasi #spektral masala #integral tenglama #buziladigan to‘rtinchi tartibli tenglama #yechimning mavjudligi