Статьи : Mamajonov Alijon Boboyevich

283-288 321 Jan 20, 2023 5:34:16 PM
Аннотация

Keyingi yillarda o‘zbek tilshunosligida matnni tadqiq etishda bir qancha yo‘nalishlar yuzaga keldi. Mazkur maqolada matnni tahlil qilishdagi zamonaviy tamoyillar va yondashuvlar haqida fikr yuritiladi. Jumladan, an’anaviy tilshunoslikdagi grammatik, semantik, kompozitsion-stilistik, differensiatsiya tamoyillarining matn birliklarini chegaralashdagi o‘rni va funksiyasi lisoniy dalillar vositasida yoritib berilgan. Shuningdek, matnni tadqiq etishda eng zamonaviy yondashuvlar sifatida e’tirof etilayotgan: a) lingvotsentrik yondashuv (“til - matn” munosabatlari aspekti); b) matnga yo‘naltirilgan (tekstotsentik) yondashuv (bunda matn alohida struktural-semantik bir butunlik sifatida muloqot ishtirokchilari munosabatiga e’tibor qaratilmay matnning o‘zi tahlil qilinishi); v) antropotsentrik yondashuv (muallif – matn – o‘quvchi munosabati aspekti); g) kognitiv yondashuv (muallif – matn –matndan tashqaridagi faoliyat korrelyasiyasi aspekti)larning matnni tahlil qilishdagi asosiy jihatlarini ko‘rsatib o‘tish maqsad qilib olingan. Maqolada sinxron-tasviriy, tavsifiy, komponent tahlil, oppozitiv, qiyosiy metodlardan foydalanildi. Olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, an’anaviy tilshunoslikdagi mavjud tamoyillar va ko‘rsatib o‘tilgan zamonaviy yondashuvlar matnni hozirgi zamon talablari asosida kompleks tahlil etishda alohida ahamiyatga ega. Maqolada matn tadqiqidagi ana shunday jihatlar yoritib berilgan va zamonaviy yondashuvlarning matnni turli aspektlarda baholash imkoniyati yuqori ekanligi haqidagi aniq xulosalar berilgan.

#matn #zamonaviy yondashuv #semantik tamoyil #grammatik tamoyil #kompozitsion-stilistik tamoyil #differensiatsiya tamoyili #lingvotsentrik yondashuv #tekstotsentik yondashuv #antropotsentrik yondashuv