Статьи : Azizov Ahror Azamjonovich

148-154 304 Jan 18, 2023 8:14:01 PM
Аннотация

Ushbu maqolada Farg‘ona vodiysi aholisi dunyoqarashida jonivorlarga nisbatan dunyoqarashning ijobiy va salbiy jijatlari shakllanishining tarixiy ildizlari va etnoijtimoiy omillari yoritilgan. Hususan, vodiy aholisi turmush tarzining asosini tashkil etuvchi uy hayvonlari bilan bog‘liq tasavvurlarining hozirgi kundagi holati, uning asoslari hamda dunyoqarashdagi o‘ziga xosliklari ochib berilgan. Shu bilan birgalikda eng qadimiy diniy dunyoqarashlardan to islom diniy asoslarigacha bo‘lgan tasavvurlarning o‘zaro qorishuvi va uyg‘unlashuvi ko‘rsatib berilgan. Bundan tashqari chorvachilik va dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi aholi vakillari turmush tarzida hayvonot olamiga nisbatan shakllangan dunyoqarashning aks etishi tahlil qilingan. Shu kabi turli ishonch elementlari haligacha saqlanib kelishi sabablari, ularning o‘zaro bog‘liqligi va farqli jihatlari solishtirilgan.

Maqolada shuningdek o‘zbek oilasida farzand tarbiyasidagi hayvonot olami bilan bog‘liq tasavvurlarning ayrim qoldiqlari yoritilgan bo‘lib, muallif ushbu materiallarni dala tadqiqoti jarayonida to‘plashga erishgan hamda tahlil etgan. Asrlar davomida yig‘ilgan xalq bilimlarining dunyoqarashdagi ifodalanishi hamda lokal hususiyatlari ajratib berilgan. Farg‘ona vodiysing uch xil jug‘rofiy muhitga ega qismlarida istiqomat qiluvchi aholi dunyoqarashidagi hayvonot olami bilan bog‘liq tasavvurlar solishtirilgan.

#Avesto #Teshiktosh #Takatosh #Qorong‘usoy #Qarnob #Zarautsoy #Sarmishsoy #Aravon #Varaxran