Статьи : Jolliyev Asliddin Normengli o'g'li

233-236 350 Dec 13, 2022 8:20:48 PM
Аннотация

Ta‘lim sifatini oshirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o‘rni muhim ahamiyatga ega. Pedagogik texnologiya – bu ta‘lim oluvchi shaxsga yo‘naltirilgan, demokratik hamda takrorlanuvchan o‘qish natijalarini kafolatlaydigan ta‘lim jarayonlarini loyihalash, amalga oshirish va baholashning tizimiy metodi. Uning an‘anaviy usullardan farqi, u talabalarning o‘zlariga berilgan bilimni yodlab aytib berishga emas, balki ta‘lim-tarbiya jarayonining yakunida konkret bir harakatlarni bajarishga yo‘naltirilganligidadir [1]. Neytronlar fizikasi fanidan ma‘ruza mashg‘ulotlarini o‘qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish ta‘lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Hozirgi kungacha Venn diagramasidan ingliz tilini o‘qitishda, pedagoglarni o‘qitishdа, matematika va fizika fanlarini o‘qitishda foydalanilgan. Ammo Neytronlar fizikasi fanida ma‘ruza mashg‘ulotlarini o‘qitishda ushbu usul yetarlicha tadqiq etilmagan. Ushbu ishda neytronlar fizikasi fanining mavzularini o‘qitishda grafikli organayzerlardan - Venn diagrammasining qo‘llanilishi keltirilgan. [2,3]

#massa #yadro #energiya #neytron #spin #student kriteriyasi