Статьи : Maxmudova Aziza Nosirovna
Maqolaning maqsadi olim R.H.Sulaymonov tadqiqotlari orqali qadimgi So‘g‘d moddiy madaniyati tarixiga oid muammolar va Yerqo`rg`on yodgorligida olib borilgan tadqiqotlar natijasida So`g`d aholisining e’tiqod ramzlarini aks ettiruvchi terrakotalar, koroplastika san’ati vujudga kelish omillarini o‘rganadi. Olim qo`lga kiritilgan qadimiy moddiy madaniyat namunalarini tahlil etib, So`g`dning antik davr tasviriy san’atiga ikki xil – ellincha va mahalliy uslublar o`zaro samarali ta’sir ko`rsatganligini ta’kidlaydi va ularni taqqoslash, qiyosiy taxlil qilish metodlari orqali o‘rganadi. R.H. Sulaymanov Yerqo`rg`on yodgorligidan topilgan ko`p miqdordagi moddiy ashyolar qadimiy va ilk o`rta asrlarda Qashqadaryo vohasining O`rta Osiyo mintaqasidagi tarixiy va badiiy jarayonlarga uyg`un holda kechganligini ko`rsatib berdi. Yerqo`rg`onda olib borilgan tadqiqotlar natijasida to`plangan ma’lumotlar qadimgi yerqo`rg`onliklarning yuksak madaniyatini ko`rsatatganligini isbotlab berdi.Undagi me’moriy va san’at yodgorliklari qadimiy madaniyatlarning g`arbdagi etrussklar va yunonlardan boshlab Sharqda Hindiston va Sibirga qadar keng maydonlarda yonma-yon rivojlanganligini aniqladi.
#moddiy madaniyat #terrakota #koroplastika #etrussk #antik davr #xiton #ehrom