Статьи : Jalilov Muxammadali Abdumutalibovich
Ushbu maqolada to‘rtburchakli sohada Kaputo operatori qatnashgan, involyutsiyali parabolik differensial tenglama uchun teskari masala ko‘rib chiqilgan. O‘zgaruvchilarni ajratish usulidan foydalanib, masalaning yechimi Furye qatori shaklida qurilgan.Masala yechimining yagonaligi isbotlangan, mavjudligi haqidagi teorema keltirilgan. Maqolada ko‘rilgan masala matematik-fizikaning zamonaviy muammolariga oid bo‘lib,olingan natijalar ko‘proq nazariy ahamiyatga ega hamda ular kasr tartibli xususiy hosilali differensial tenglamalar uchun qo‘yiladigan chegaraviy masalalarni o‘rganishda hamda matematik fizika tenglamalari nazariyasida qo‘llanilishi mumkin.
#involyutsiya qatnashgan differensial tenglama #Koshi-Shvars tengsizligi #kasr tartibli integro- differensial operator #Kaputo operatori